Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Панкреатин Форте

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Панкреатин Форте ТАБЛЕТКА №20

7 300 so'mdan
(1307)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Панкреатин Форте ТАБЛЕТКА №20
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari

Ichak tutilishi simptomlari (ileosekal bo‘limda va ko‘tariluvchi chambar ichakda stikturalar hosil bo‘lishi) va darhol avj oluvchi turdagi allergik reaksiyalar (mukovissedozda, ayniqsa bolalarda).

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan cho‘chqa go‘shtini o‘zlashtiraolmaslik), o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitni zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Temirni so‘rilishini susaytiradi (ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganida).

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Chiqarilish shakli

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 TB.

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 60 tabletkadan tortiladigan plastmassa qopqoqchalar bilan berkitilgan zarg‘aldoq shisha bankalarda yoki buraladigan qopqoqchali polimer bankalarda. Bankadagi erkin bo‘shliq tibbiy paxta yoki polietilen zichlatgich bilan to‘ldirilgan. Bankaga etiketka yoki yozuv yoki o‘zi yelimlanadigan qog‘oz yorliq yopishtiriladi.

6 kontur uyali o‘ram yoki banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 12 dan 20oS gacha haroratda.

 
Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

 
Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Dori shakli:

 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,1 g pankreatin (proteolitik faolligi kamida – 25 XB, lipolitik faolligi kamida – 140 XB, amilolitik faolligi kamida – 1500 XB);

yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi) – 0,2120 g, metilsellyuloza MS-16 – 0,0048 g, kalsiy stearati – 0,0032 g;

qobig‘ining tarkibi: selasefat – 0,01386 g, qizil 2S kislotali bo‘yovchisi – 0,00010 g, A-1 markali titan dioksidi – 0,00100 g, polisorbat 80 – 0,00006 g.

 

Ta‘rifi:

 Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, pushti yoki to‘q pushti rangli qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli tabletkalar. Tabletka yadrosining ko‘ndalang kesimida dog‘larning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Me‘da osti bezi fermentlarining tanqisligini o‘rnini to‘ldiriladi. Ekskretor pankreatik fermentlar: lipaza, alfa-amilaza, tripsin, ximotripsin saqlaydi, oqsillarni (aminokislotalargacha), yog‘larni (gliserin va yog‘ kislotalarigacha) va kraxmalni (dekstrin va monosaxaridlargacha) parchalanishga yordam beradi, ovqat hazm qilish jarayonini normallashtiradi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar ingichka ichakning ishqoriy muhitida ajralib chiqadi, chunki me‘da shirasining ta‘siridan qobiq yordamida himoyalangan. Tripsin ingichka ichakning yuqori sohasida me‘da osti bezining rag‘batlantirilgan sekresiyasini ingibisiya qilib, pankreatinning og‘riqni qoldiruvchi samarasini namoyon etadi.

 

Qo‘llanilishi

Axiliyada, me‘da osti bezi faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan surunkali pakreatitda, jigar va me‘da osti bezi kasalliklari bilan bog‘liq ovqat hazm qilishining buzilishlarida, anasid va gipasid gastritda, surunkali enterokolitlarda qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki undan keyin darhol, chaynamasdan qabul qilinadi. Kattalar uchun pankreatitning bir martalik dozasi 0,5-1,0 g ni, sutkalik – 4 g ni tashkil qiladi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pankreatin kukun ko‘rinishida bir marta qabul qilganda 0,1-0,15 g dan, 2 yosh – 0,2 g, 3-4 yosh – 0,25 g, 5-6 yosh – 0,3 g, 7-9 yosh – 0,4 g, 10-14 yosh – 0,5 g dan buyuriladi.

Preparat tabletkalarda bolalarga quyidagi dozalarda buyuriladi: 6-7 yosh – 1 tabletka (0,25 g), 8-9 yosh – 1-2 tabletka (0,25-0,5 g), 10-14 yosh – 2 tabletka (0,5 g).

Davolash kursi 4-6 haftadan 2-3 oygacha va undan ko‘proqni tashkil qiladi.