Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Паклитаксел КОНЦЕНТРАЦИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Паклитаксел КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 30мг/5мл №1

150 000 so'mdan
(4261)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Kocak Farma
Chiqarilish shakli
КОНЦ Д/ИНФ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus saqlash sharoitlari
Dori shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus saqlash sharoitlari

Bolalar ololmaydigan joyda, original o'ramida (yorug'likdan ximoya qilish maqsadida), 25oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
Original o'ramida: 2 yil.
Birinchi ochilgandan keyin: 28 kun.
Suyultirilgandan keyin: 2-8oS xaroratda 24 soat.
Mikrobiologik nuqtai nazardan suyultirilgan preparat bevosita tiklangandan yoki suyultirilgandan keyin ishlatilishi kerak, bu operatsiyalar nazoratli va validatsiyalangan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan xollardan tashqari. Kimyoviy va fizik turg'unligi, 2-8oS xaroratda yorug'likdan ximoyalangan joyda saqlanganda 14 kun davomida yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirilgandan keyin – 7 kun davomida, va 0,9% li natriy xolridining eritmasi bilan suyultirganda va yorug'likdan ximoyasiz xona xaroratida – 5 kun davomida, namoyish qilingan.
Saqlash muddatlari va sharoitlariga rioya qilish bo'yicha javobgarlik foydalanuvchi zimmasida bo'ladi.

Dori shakli

Rezina tiqinlar bilan bekitilgan va rangli plastik qopqoqli siqma alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan jigar rang shisha flakonlar.

Farmakodinamikasi
Paklitaksel tubulin dimerlaridan mikronaychalar yig'ilishini rag'batlantiradi, va ularning depolimerizatsiyasini buzib, ularning strukturasini turg'unlashtiradi. Bu interfaza va mitoz davrida mikronaychalar to'rini normal kechuvchi qayta tuzilishini bostiradi. Bundan tashqari, paklitaksel xamma xujayra sikli davomida mikronaychalar bog'larining va mitoz jarayonida mikronaychalarning ko'psonli yulduzsimon to'plamlarining patologik yig'ilishini induktsiya qiladi.
 
Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilgandan keyin paklitaksel qon plazmasidagi kontsentratsiyasining pasayishini ikki fazali davri bilan xarakterlanadi. Preparatning yarimchiqarilishini o'rtacha terminal davri 3,0 dan 52,7 soatgacha o'zgaradi, umumiy klirensi 11,6 dan 24,0 l/s/m2 ni tashkil qiladi va qon plazmasida paklitakselning kontsentratsiyasini oshishi bilan pasayadi. Preparatning taqsimlanishini o'rtacha muvozanatli xajmi 198 dan 688 l/m2 ni tashkil qiladi. Preparat 100 mg/m2 dozada vena ichiga tomchilab yuborilgandan keyin 3 soat davomida Smax ni o'rtacha qiymati 1530 ng/ml, AUC ni o'rtacha qiymati – 5619 ng/s/ml ni, taqsimlanish xajmi – 291 l/m2 ni tashkil qiladi.
Davolash sikllarini ko'psonli takrorlanishida preparat to'planmaydi. Paklitakselni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 89-98% ni tashkil qiladi. Simetidin, ranitidin, deksametazon va difengidramin oqsillar bilan bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi.
Yuborilgan dozaning 1,3% lan12,6% gachasi o'zgarmagan xolda siydik bilan chiqariladi. Paklitaksel asosan sitoxrom R450 ning CYP2C8, CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi. Axlat bilan yuborilgan dozaning o'rtacha 34% metabolitlari ko'rinishida chiqariladi. Gemodializ olayotgan patsiyentlarda 3-soatlik infuziya ko'rinishida tana yuzasining maydoniga 135 mg/m3 dozada paklitaksel yuborilganda, uning farmakokinetikasini parametrlari, dializli davolash olmayotgan patsiyentlardagi shundaylar bilan solishtirarli bo'lgan.

Nojo'ya samaralari

Noxush samaralarning uchrash tez-tezligini quyidagi mezonlari ishlatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ≤1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ≤1/100); kam hollarda (≥1/10000, ≤1/1000); juda kam hollarda (≤1/10000); noma'lum (bor bo'lgan ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar
Juda tez-tez: infektsiyalar (asosan siydik chiqarish tizimining va yuqori nafas yo'llarining), shu jumladan o'lim bilan yakunlanuvchi.
Tez-tez emas: septik shok.
Kam: peritonit, pnevmoniya.
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan
Juda tez-tez: suyak ko'migi faoliyatini yetishmovchiligi, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, qon ketishi.
Kam hollarda: febril neytropeniya.
Juda kam hollarda: o'tkir miyeloleykoz, miyelodisplastik sindrom.
Noma'lum: qon ivishini disseminirlangan tomirichki sindromi (DVS).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: o'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir bo'lmagan reaktsiyalari (asosan giperemiya va teri toshmalari).
Tez-tez emas: o'ta yuqori sezuvchanlikning davolash o'tkazishni talab qiluvchi og'ir reaktsiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shishi, respirator distress-sindrom, yoyilgan eshakemi, qaltirash, orqada og'riqlar, ko'krak qafasida og'riqlar, taxikardiya, qorin og'riqlari, oyoq-qo'llarda og'riqlar, ko'p terlash va arterial gipertenziya).
Kam hollarda: anafilaktik reaktsiyalar.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Ovqatlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari
Juda kam hollarda: anoreksiya.
Noma'lum: o'sma lizisi sindromi.
Ruxiy buzilishlar
Juda kam hollarda: ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: neyrotoksiklik (asosan periferik neyropatiya).
Kam hollarda: motor neyropatiya (oyoq-qo'llarning distal bo'limlarida mushaklarning biroz kuchsizligiga olib keluvchi).
Juda kam hollarda: avtonom neyropatiya (ichakni o'tkazmasligiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ataksiya.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: ko'ruv nervi va/yoki ko'rish tomonidan buzilishlar (jimillovchi skotoma), ayniqsa preparatni tavsiya etilgandan yuqori dozalarda olgan patsiyentlarda.
Noma'lum: sariq dog'ni shishi, fotopsiya, shishasimon tananing suzib yuruvchi xiralashishi.
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: eshitishni yo'qolishi, ototoksiklik, quloqlarda jaranglash, bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bradikardiya.
Tez-tez emas: kardiomiopatiya, simptomsiz qorincha taxikardiyasi, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokard infarkti.
Kam hollarda: yurak yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda: bo'lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya.
Tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: arterial gipotenziya.
Tez-tez emas: arterial gipertenziya, tromboz, tromboflebit.
Juda kam hollarda: shok.
Noma'lum: flebit.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: dispnoe, plevral suyuqlik, interstitsial pnevmoniya, o'pka fibrozi, o'pka arteriyasini tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda: yo'tal.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit.
Kam hollarda: ichakni o'tkazmasligi, ichakni teshilishi, ishekmik kolit, pankreatit.
Juda kam hollarda: qatqorin trombozi, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qabziyat, astsit, neytropenik kolit.


Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: jigar nekrozi, jigar entsefaolpatiyasi (ikala xolda xam o'lim xollari aniqlangan).
Ter iva teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: alopetsiya.
Tez-tez: tirnoqlar va terining o'tkinchi yaqqol bo'lmagan o'zgarishlari.
Kam hollarda: terini qichishishi, teri toshmalari, eritema.
Juda kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixoliz (davolanish davrida patsiyentlar qo'l va oyoq kaftlarini quyosh yorug'idan ximoya qilishlari kerak).
Noma'lum: sklerodermiya.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: artralgiya, mialgiya.
Noma'lum: tizimli qizil yugirik.
Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Tez-tez: yuborish joyidagi reaktsiyalar (shu jumladan lokal shish, og'riq, eritema, induratsiya, ekstravazatsiya, u gipodermitga, fibrozga va terining nekroziga olib kelishi mumkin).
Kam hollarda: asteniya, pireksiya, degidratatsiya, shishlar, darmonsizlik.
Laborator va instrumental tekshirishlardagi o'zgarishlar
Tez-tez: aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini axamiyatli oshishi.
Tez-tez emas: bilirubinning kontsentratsiyasini axamiyatli oshishi.
Kam hollarda: qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi.

Maxsus shartlar

Paklitaksel faqat sitostatiklarni ishlatish tajribasiga ega bo'lgan shifokorlar tomonidan ishlatilishi kerak.

O'ta yuqori sezuvchanlikning mumkin bo'lgan og'ir reaktsiyalarini shoshilinch bartaraf qilish uchun muvofiq jixozlar bo'lishi kerak.

Kontsentratni suyultirish faqat maxsus o'rgatilgan xodim tomonidan aseptik sharoitlarda bajarilishi kerak.

Xodimlar sitostatiklar bilan ishlashga o'rgatilgan bo'lishlari kerak.

Xomilador ayollar paklitaksel bilan ishlamasliklari kerak.

Preparat toksik va ishlash va utilizatsiya qilishda maxsus Extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab etadi.

Xamma boshqa sitostatiklar kabi paklitaksel xam aloxida extiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak: u bilan ishlaganda ximoya kiyimi va qo'lqoplarni kiyish va niqob taqish kerak.

Paklitakselni teri va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Paklitaksel eritmasi teriga tushganida, darxol shikastlangan soxani sovunli suv bilan yuvish kerak. Maxalliy ta'siridan keyin to'qimalarning sanchilishi, achishishi va qizarishi rivojlanishi mumkin. Paklitaksel eritmasi shilliq qavatlarga tushganida shikastlangan soxani suv bilan yaxshilab yuvish va darxol tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya etiladi. Preparat nafas bilan kirgandan keyin dispnoe, ko'krak qafasida og'riq, tomoqda achishish va ko'ngil aynishi aniqlangan.

Preparatning hamma ishlatilmagan qoldig'i va u bilan ifloslangan materiallarni maxalliy normativ aktlarning talablariga muvofiq utilizatsiya qilish kerak.

Qon va limfani atrofdagi to'qimalarga tushishi va tarqalishi mumkinligini xisobga olib, preparatni yuborish jarayonida infuziya soxasiga infilьtratsiya mumkinligiga sinchikov monitoring o'tkazish tavsiya etiladi.

Paklitak selpreparatini yuborish oldidan xamma patsiyentlarda kortikosteroidlar, antigistamin vositalari va N2-retseptorlarining blokatorlari bilan premedikatsiya o'tkazish kerak, masalan, quyidagi tartibda:

Preparat

Doza

Paklitaksel Naprodni yuborishga nisbatan yuborish muddatlari

Deksametazon

20 mg peroral*

yoki vena ichiga

Peroral qabul: taxminan 12 va 6 soat

Vena ichiga yuborish:

Difengidramin**

50 mg vena ichiga

30-60 minut oldin

Simetidin yoki

ranitidin

300 mg vena ichiga

50 mg vena ichiga

30-60 minut oldin

* Kaposhi sarkomasida – 8-20 mg.

** Yoki boshqa o'xshash antigistamin preparat, masalan, xlorfeniramin.

Paklitaksel Naprodni teshiklar diametri ≤ 0,22 mkm bo'lgan filьtr o'rnatilgan sistema yordamida yuborish kerak.

Infuziya oldidan Paklitaksel Naprodni aspetik sharoitlarda natriy xloridining 0,9% li eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi va natriy xloridining 0,9% li eritmasining aralashmasi bilan 0,3-1,2 mg/ml yakuniy kontsentratsiyasigacha suyultirish kerak. Suyultirganda eritma loyqa bo'lishi mumkin.

Paklitaksel Naprodni, shuningdek uning eritmalarini polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan yoki uni saqlovchi konteynerlar va moslamalar bilan kontaktidan saqlanish kerak. Preparatning yordamchi moddalari (polioksietillangan kanakunjut moyi) plastifikator dietilgeksilftalatni (DEGF) PVX dan ishqorlashib chiqarilishiga olib kelishi mumkin.

Paklitakselinfuziya uchun eritmasi shisha, polipropilen yoki poliolefin konteynerlarda saqlanishi va polietilen (PVX saqlamaydigan) infuzion sistemalar yordamida yuborilishi kerak.

Kam xollarda Paklitaksel Naprodni infuziyasi jarayonida (odatda 24 soatlik infuziyaning oxirida) cho'kma paydo bo'lishi aniqlangan. Paklitaksel Naprodni Cho'kmaga tushishi xavfini pasaytirish maqsadida Paklitakselsuyultirilgandan keyin mumkin bo'lgan qisqa muddatlarda ishlatilishi kerak; shuningdek xaddan ziyod vibratsiya va silkitishdan saqlanish kerak. Ishlatish oldidan infuzion sistema yaxshilab yuvilgan bo'lishi kerak. Infuziya jarayonida eritmaning tashqi ko'rinishini tez-tez nazorat qilish lozim; cho'kma paydo bo'lganda infuziyani to'xtatish kerak.

Paklitakseletanol (401,66 mg/ml) saqlashi tufayli, MNGT va organizmning boshqa tizimlari tomonidan uning samaralari rivojlanishi mumkin.

Sisplatin bilan majmuada ishlatilganda paklitakselni birinchi yuborish kerak.

O'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir reaktsiyasi rivojlangan xolda darxol paklitaksel infuziyasini to'xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Bu patsiyentga preparatni takroriy yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Preparat yuborilganda qonning ko'rsatgichlarini tez-tez nazorat qilish kerak. Paklitaksel Naprodni neytrofillar kamida 1500/mm3 (KS da – kamida 1000/mm3) va trombotsitlar miqdori kamida 100 000/mm3 (KS da – kamida 75 000/mm3) gacha tiklanmagunicha takroriy yuborish mumkin emas. Patsiyentda og'ir neytropeniya (7 kun va ko'proq vaqt davomida neytrofillar miqdorini ≤ 500/mm3 ga pasayishi) rivojlangan xolda yoki og'ir periferik neyropatiyada davolashning keyingi sikllarida paklitakselning dozasi 20% ga (KS da – 25% ga) pasaytirilishi kerak.

Paklitakselni infuziyasi vaqtida o'tkazuvchanlikning og'ir buzilishlari rivojlanganda, muvofiq davolashni boshlash va preparat bilan keyingi davolash davomida yurak faoliyatini uzuluksiz monitoringini o'tkazish kerak.

Xayotiy muxim faoliyatlar parametrlarini, ayniqsa paklitaksel infuziyasini birinchi soati davomida tez-tez monitoring qilish tavsiya etiladi.

Sut bezining metastatik rakini birinchi yo'nalish davolash sifatida paklitaksel doksorubitsin va trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda, yurak faoliyatini sinchikov monitoringini amalga oshirish kerak. Bu majmualarda paklitaksel bilan davolashni boshlash oldidan, yurakningdastlabki xolatini o'tkazish va davolashning xamma vaqti davomida (masalan, xar 3 oyda) yurak faoliyatini muntazam nazoratini o'tkazish kerak. Yurak faoliyatining xatto simptomsiz buzilishi aniqlanganda, davolovchi shifokor davolashni davom ettirishning klinik foydasini, yurakning shikastlanishini potentsial, shu jumladan potentsial qaytmas xavfi bilan sinchiklab solishtirishi kerak. Davolash davom ettirilgan xolda yurak faoliyatining monitoringini tez-tezroq o'tkazish kerak (masalan, xar 1-2 oyda).

Paklitaksel ishlatilganda tez-tez periferik neyropatiya rivojlanishi aniqlanadi, lekin u kam jiddiy shaklda bo'ladi. Og'ir xollarda bu preparat bilan davolashning keyingi sikllari vaqtida paklitakselning dozasini 20% ga (KS sida – 25% ga) pasaytirish tavsiya etiladi.

Paklitaksel ishlatilganida, shu jumladan bir vaqtda antibiotiklarni olmayotgan patsiyentlarda, soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkin.

O'pkalar soxasiga nurli davolashni paklitaksel bilan davolashni qo'shilishi (ularning ketma-ketligidan qat'iy nazar) interstitsial pnevmonit rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Paklitakselni arteriya ichiga yuborishni oldini oshish uchun, aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki maxalliy o'zlashtirilishini xayvonlardagi tekshirishlarda arteriya ichiga yuborilganda u og'ir maxalliy reaktsiyalar chaqirgan.

Jigar faoliyatini og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlar paklitaksel olmasliklari kerak.

Paklitakselni 18 yoshdan kichik bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish

Paklitakselni xomiladorlikda qo'llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ikkala jins patsiyentlari va/yoki ularning jinsiy xamkorlari paklitaksel bilan davolashning xamma davomiyligi davrida va u yakunlangandan keyin eng kamida 6 oy davomida kontratseptsiyaning samarali usullarini qo'llashlari kerak. Erkak jinsi patsiyentlarga, bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolashni boshlashgacha urug' suyuqligini konservatsiya qilish bo'yicha maslaxat olish tavsiya etiladi.

Emizish davrida paklitakselni qo'llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta'siri

Paklitaksel bu qobiliyatga xech qanday ta'sir qilmaydi. Lekin Paklitaksel Naprodni etanol saqlashini e'tiborga olish kerak.

 
Qo'llanilishi

- Tuxumdon raki
Paklitaksel ko'rsatilgan:
Tarqalgan yoki laporatomiyadan keyin rezidual (≥1 sm) tuxumdon rakini sisplatin bilan majmuada birinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida.
Platina preparati asosidagi standart davolashda muvaffaqiyat bo'lmagandan keyin tuxumdonning metastatik rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida.
- Sut bezining raki
Paklitaksel antratsiklin va siklofosfamid majmuasi bilan davolashdan keyin regionar limfa tugunlarida metastazlari bo'lgan sut bezining rakini ad'yuvant davolash sifatida (AS). Paklitaksel preparati bilan ad'yuvant davolash, AS ximioterapiyaning uzaytirilgan kursiga alьternativa sifatida qaralishi kerak.
Paklitaksel trastuzumab bilan majmuada sut bezining tarqalgan yoki HER-2 giperekspressiyasi bo'lgan (+++ immunogistoximik tekshirishlarning ma'lumotlari bo'yicha), shuningdek antratsiklinlarni ishlatishni iloji bo'lmaganda, birinchi yo'nalish davolash sifatida ko'rsatilgan.
Paklitaksel monoterapiyada samara yo'qligiga iqror bo'lgandan keyin yoki antratsiklin asosidagi davolashni ishlatish mumkin bo'lmaganda sut bezining metastatik rakini davolash uchun ko'rsatilgan.
- O'pkaning tarqalgan maydaxujayrali raki
Paklitaksel sisplatin bilan majmuada, potentsial radikal jarroxlik aralashuvi va/yoki nur bilan davolash rejalashtirilmagan, o'pkaning maydaxujayrali raki bo'lgan patsiyentlarga ko'rsatilgan.
- Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) bilan assotsiatsiyalangan Kaposhi sarkomasi
Paklitaksel lizosomal antratsiklinlar bilan ilgari o'tkazilgan davolashdan muvaffaqiyat bo'lmaganda, OITS bilan assotsiatsiyalangan tarqalgan Kaposhi sarkomasida (KS) ko'rsatilgan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Paklitakselni quyidagilarda qo'llash mumkin emas:
Faol moddadagi yoki yordamchi moddalardan xar qandayiga, ayniqsa makrogoglitserol ritsinoleatiga o'ta yuqori sezuvchanlik.
Xomiladorlik va emizish.
Neytrofillarning dastlabki miqdori ≤1500/mm3 (KS da - ≤1000/mm3).
Yondosh jiddiy va nazorat qilinmaydigan infektsiyasi bo'lgan Kaposhi sarkomasi bor bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Majmuaviy davolash
Paklitaksel va sisplatin
Paklitakselni sisplatin bilan majmuasida, ayniqsa 175 mg/m2 doza 3 soat davomida yuborilganda 135 mg/m2 doza 24 soat davomida yuborilishi bilan solishtirganda, asosan periferik neyropatiya shaklidagi neyrotoksiklikning yuqori xavfi bor. Periferik neyropatiya davolashni birinchi siklidan keyin aniqlanishi va paklitaksel bilan davolash davom etgan sari yomonlashishi mumkin. Sensor buzilishlari paklitaksel bekor qilinganidan keyin bir necha oy davomida kamayadi yoki o'tib ketadi. Ilgari o'tkazilgan davolash bilan bog'liq bo'lgan mavjud neyropatiya, paklitaksel bilan davolash o'tkazishga qarshi ko'rsatma xisoblanmaydi. Ayollar jinsiy a'zolarining o'smalari bo'yicha paklitaksel sisplatin bilan majmuada ishlatilganda, sisplatinni monoterapiyada ishlatish bilan solishtirganda, buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishi mumkin.
Paklitaksel va trastizumab
Paklitaksel trastizumab bilan majmuada ishlatilganda, paklitaksel monoterapiyada ishlatilgandagi bilan solishtirganda, quyidagi nojo'ya ko'rinishlarning tez-tezligini oshishi mumkin (ularni ikkali preparatlarni qo'llash bilan aloqasidan qat'iy nazar): yurak yetishmovchiligi, infektsiya, qaltirash, tana xaroratini oshishi, yo'tal, teri toshmalari, artralgiya, taxikardiya, diareya, arterial gipertenziya, burundan qon ketishi, akne, oddiy gerpes, tasodifiy travmalar, insomniya, rinit, sinusit va yuborish joyidagi reaktsiya.
Paklitaksel va doksorubitsin
Sut bezining metastatik raki bo'lgan bemorlarda doksorubitsinni paklitaksel bilan majmuada ishlatishda yurak mushagining qisqaruvchanligini buzilishi rivojlanishini yuqori xavfi bor (chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini ≥20% ga pasayishi). Dimlangan yurak yetishmovchiligi ≤1% patsiyentlarda kuzatilgan. Trastuzumab paklitaksel bilan majmuada ilgari antratsiklinlar olgan patsiyentlarga yuborilganda, paklitaksel monoterapiyada ishlatilgandagi bilan solishtirganda yurak faoliyatining buzilishlarini tez-tezligi va og'irlik darajasini oshishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Sisplatin
Tuxumdon rakini birinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida paklitakselni sisplatin oldidan yuborish tavsiya etiladi, chunki aks xolda miyelosupressiya xavfini oshishi va paklitakselning klirensini taxminan 20% ga pasayishi aniqlangan. Ayollar jinsiy a'zolarining o'smalari bo'lgan va paklitakselni sisplatin bilan majmuada olgan patsiyentlarda, sisplatin monoterapiyada ishlatilgandagi bilan solishtirganda, buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini xavfi oshishi mumkin.
Doksorubitsin
Doksorubitsin va sisplatinni yuborishlar orasidagi qisqa vaqt oralig'ida, doksorubitsin va uning faol metabolitlarini chiqarilishini sekinlashishi mumkin, shuning uchun paklitakselni doksorubitsindan keyin 24 soat o'tgach yuborish kerak.
Sitoxrom R450 izofermentining substratlari
Paklitaksel CYP2C8 yoki CYP3A4 ingibitorlari (masalan, ketokonazol yoki boshqa imidazolli zamburug'larga qarshi vositalar, eritromitsin, fluoksetin, gemifibrozil, klopidogrel, simetidin, ritonavir, sakvinavir, indinavir va nelfinavir) bilan bir vaqtda ishlatilganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki paklitakselning ekspozitsiyasi qiymatlarini oshishi va uning toksikligini kuchayishi mumkin. Paklitakselni CYP2C8 yoki CYP3A4 ni ma'lum induktorlari (masalan, rifampitsin, karbamazepin, fenitoin, efavirenz va nevirapin) bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki paklitakselning ekspozitsiyasi qiymatlarini va uning samaradorligini pasayishi mumkin.
Simetidin
Simetidin bilan premedikatsiya paklitakselning klirensiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Proteaza ingibitorlari
Indinavirdan farqli ravishda, nelfinavir va ritonavir, paklitakselning tizimli klirensini ishonchli pasaytiradi. Bir vaqtda proteaza ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarda, paklitakselni extiyotkorlik bilan ishlatish kerak

Dozirovkasi

Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan va suyultirishni talab qiladi.
Tuxumdon rakini birinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Garchi dozalashning boshqa sxemaliri tekshirilayotgan bo'lsa xam, Paklitaksel preparatini sisplatin bilan majmualash tavsiya etiladi. Paklitaksel ni infuziyaning davomiyligiga qarab, ikki turli dozalarda ishlatish tavsiya etiladi: 175 mg/m2 tana yuzasi maydoniga, vena ichiga, 3 soat davomida, so'ngra – sisplatin (75 mg/m2), yoki 135 mg/m2, tomchilab, 24 soat davomida, so'ngra - sisplatin (75 mg/m2). Davolash sikllari orasida 3 xafta davomiylikdagi interval qilish kerak, uning davomida davolash o'tkazilmaydi.
Tuxumdon rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
Sut bezi rakini ad'yuvant ximioterapiyasi
Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. AS davolash yakunlanganidan keyin davolashning to'rt sikli 3 xaftalik intervallar
bilan takrorlanadi.


Sut bezi rakini birinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Doksorubitsin (50 mg/m2) bilan majmuada ishlatilganda Paklitaksel ni undan keyin 24 soat o'tgach yuborish kerak. Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 220 mg/m2 ni tashkil qiladi, vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
Trastizumab bilan majmuada ishlatilganda Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi, vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Trastizumab bilan majmuada ishlatilganda paklitakselning infuziyasini trastuzumabning birinchi dozasi yuborilgandan keyingi kuni yoki, agarda trastuzumabni oldingi yuborishlari yaxshi o'zlashtirilgan bo'lsa, trastuzumabning navbatdagi dozalari yuborilgandan keyin bevosita boshlash mumkin (trastuzumabni yuborish usuli bo'yicha batafsil ma'lumot uni qo'llash bo'yicha uni qo'llash bo'yicha yo'riqnomasida keltirilgan).
Sut bezi rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi
Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
O'pkaning tarqalgan mayda xujayrali bo'lmagan rakini davolash
Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, so'ngra sisplatin80 mg/m2 dozada yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi.
OITS bilan assotsiatsiyalangan Kaposhi sarkomasi (KS)
Paklitaksel preparatining tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, davolash sikllari 2 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Keyingi yuborishlardagi Paklitaksel preparatining dozasi davolashni shaxsiy o'zlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Jigar funktsiyasini yengil va og'irligi o'rtacha darajali buzilishi bo'lgan patsiyentlarda paklitakselning dozasini modifikatsiyalash bo'yicha tavsiyalar xaqida adekvat ma'lumotlar yo'q. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlar paklitakselni olmasliklari kerak.
Bolalarda ishlatilishi 

Paklitaksel  preparatini 18 yoshdan kichik bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki patsiyentlarning bu populyatsiyasida uning xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q.
 
Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan xolda ishlatish uchun paklitakselning antidoti noma'lum. Dozani oshirib yuborilishini asosiy kutiladigan ko'rinishlari quyidagilar: miyelosupressiya, periferik neyropatiya va mukozit. Doza oshirib yuborilgan xolda patsiyent sinchikov kuzatuv ostida bo'lishi kerak. Davolash toksiklikning asosiy kutiladigan ko'rinishlari bilan belgilanadi.
Bolalarda dozani oshirib yuborilishi etanolning toksikligini o'tkir ko'rinishlari bilan assotsiatsiyalanadi.