Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Орципол ТАБ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Орципол ТАБ №10

30 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Орципол ТАБ №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
CIPROFLOXACIN,ORNIDAZOLE
Ishlab chiqaruvchi
(World Medicine , Турция)
Chiqarilish shakli
таблетка
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Ta‘rifi
Farmakoterapevtik guruhi
Farmakodinamikasi  
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

siprofloksasin (siprofloksasin gidroxloridi shaklida) 500 mg;

ornidazol                                                                                        500 mg;

yordamchi moddalar: natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, povidon, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk, makkajo‘xori kraxmali;

qobig‘ining tarkibi: sariq Opadri 02F22025 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol 6000, temir (II) oksidi, talk).

Ta‘rifi

 oval shaklli, och sariq rangli, bir tomonida “ORCP” gravirovkasi, boshqa tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

Farmakoterapevtik guruhi

 tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi preparatlar.

Farmakodinamikasi  

Orsipol – mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi majmuaviy preparat bo‘lib, farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar: siprofloksasin (II avlod ftorxinoloni hosilasi) va ornidazol (5-nitroimidazol hosilasi) ning xususiyatlari bilan ifodalanadi.

Siprofloksasin bakteriyalardagi DNK-giraza fermentini ingibisiya qiladi va DNK sintezini susaytiradi; bakteriyalarning hujayra devori va membranasida morfologik o‘zgarishlar chaqiradi, bu hujayralarni tez nobud bo‘lishiga olib keladi. Ko‘payotgan va tinch holatdagi mikroorganizmlarga ta‘sir qiladi. Mikroblarga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega, qator aerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar: Staphylococcus spp. (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari, metisillinga rezistent bo‘lgan shtammlari), Streptococcus spp. (shu jumladan S. pneumoniae va S. pyogenes shtammlari), Enterococcus spp, Listeria monocytogenes; Enterobacter spp., Haemophilus influenzae, Klebsiella spp., Legionella spp., Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Neisseria spp., Proteus spp., Pseudomonas aeruginosa, Salmonella spp., Shigella spp., Vibrio cholerae, Campylobacter spp., Citrobacter spp., Yersinia enterocolitica, E.coli; va boshqalar – Mycobacterium tuberculosis, Chlamydia trachomatis va Mycoplasma hominis. Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides lar siprofloksasinga rezistentdir. Treponema pallidum nisbatan ta‘siri yetarli darajada o‘rganilmagan.

Ornidazolning ta‘sir mexanizmi sezgir mikroorganizmlarning DNK strukturasini buzilishi bilan bog‘liq. Trichomonas vaginalis, Giardia lamblia, Entamoeba histolytica larga nisbatan, shuningdek ba‘zi anaerob bakteriyalar (shu jumladan Bacteroides spp., Clostridium spp., Fusobacterium spp. va anaerob kokklar) ga nisbatan faoldir.

Farmakokinetikasi

Siprofloksasin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) dan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil etadi.

Ornidazol peroral qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

Orsipol siprofloksasin/ornidazolning majmuasiga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun mo‘ljallangan:

  • kichik chanoq a‘zolarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash, shu jumladan abortlar va operasiyadan keyingi infeksiyani oldini olish uchun;
  • buyrak va/yoki siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, sistit, uretrit, prostatit, epididimit, shu jumladan, asoratlangan va qaytalanuvchi infeksiyalarda;
  • jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar: xlamidioz, mikoplazmoz, gonoreya, trixomoniaz, aralash infeksiyalar (mikst-infeksiyalar) da;
  • nafas yo‘llarining infeksiyalari: o‘tkir bronxit, surunkali bronxitni zo‘rayishi, pnevmoniya (Orsipol preparatini Klebsiella, Enterobacter, Proteus, E. coli, Pseudomonas, Haemophilus, Branhamella, Legionella, Staphylococcus chaqirgan pnevmoniyalarda buyurish tavsiya etiladi), infeksiyalangan bronxoektazlar, o‘pka abssessi, plevra empiemasida;
  • LOR-a‘zolarining infeksiyalari: sinusit, tashqi va o‘rta quloq otiti, mastoiditda;
  • ko‘zning infeksiyalarida;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida;
  • suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalarida;
  • qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari, MIY va o‘t chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, peritonitda;
  • amyobiazda (Entamoeba histolytica chaqirgan ichak infeksiyalari, shu jumladan amyobali dizenteriya va amyobiazning ichakdan tashqari barcha shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessida);
  • lyambliozda;
  • sepsisda;
  • immuniteti past bo‘lgan pasientlarda (masalan, immunodepressantlar qabul qilayotgan pasientlar yoki neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarda) infeksiyalarni oldini olish va davolashda;
  • immuniteti past bo‘lgan pasientlarda tanlangan ichak dekontaminasiyasida;
  • yo‘g‘on ichakda o‘tkazilgan operasiyalarda va ginekologik aralashuvlarda anaerob infeksiyani oldini olish uchun;
  • kuydirgining (Bacillus anthracis chaqirgan) o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun;
  • 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘pka mukovissidozi bilan xastalangan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Orsipol ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin 2 soat o‘tgach ichga chaynamasdan qabul qilinadi.

O‘tkir infeksiyalarda davolash kursi 5-7 kunni tashkil etadi, surunkali qaytalanuvchi infeksiyalarni davolashda esa 10-14 kunni tashkil etadi, 1 tabletkadan sutkada 2 marta qo‘llanadi.

Kasallik simptomlari bartaraf bo‘lganidan so‘ng yana 2 kun davomida preparat qabul qilishni davom ettirish kerak.

Kreatinin klirensi minutiga 20 minut va undan kam bo‘lgan bemorlarga, keksa yoshdagi pasientlarga va tana vazni yengil bo‘lgan pasientlarga odatdagi dozasning yarmi buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Simptomlar odatda yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida va tez o‘tib ketadigan bo‘ladi, ayrim hollarda davolashni bekor qilish talab etiladi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi;

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozonofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombositlar miqdorini o‘zgarishi;

Immun tizimi va teri qoplamlari tomonidan: allergik reaksiyalar, yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Siprofloksasin yoki ornidazolga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siprofloksasin va teofillinni bir vaqtda qabul qilish sitoxrom R450 ni bog‘langan sohalarida raqobatli ingibisiya bo‘lishi hisobiga qon plazmasida teofillinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu teofillinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga va teofillin qo‘zg‘atgan nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib keladi.

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu ularning dozalariga tuzatish kiritishni talab etadi.

Ornidazol vekuroniy bromidning miorelaksasiya qiluvchi ta‘sirini uzaytiradi.

Siprofloksasin va varfarinni bir vaqtda qo‘llash varfarinning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Antasidlar, shuningdek tarkibida alyuminiy, rux, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish siprofloksasinning so‘rilishini pasaytirishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq kamida 4 soat bo‘lishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi. Keksa yoshdagi pasientlarda, bosh miyadagi qon-tomirlar aterosklerozida, bosh miyada qon aylanishini buzilishlarida, tutqanoqda, noma‘lum etiologiyali tirishish sindromida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Davolanish vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun rivojlanishi mumkin bo‘lgan havfdan ahamiyatli darajada ustun bo‘lgan holatdagina Orsipol preparatini qo‘llash tavsiya etiladi. Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Juda zarur bo‘lgan hollarda, ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Orsipolni qabul qilganda diqqatni jamlash qobiliyati va psixomotor reaksiyalar tezligi pasayishi mumkin, ish faoliyati avtotransportni boshqarish, mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish, noturg‘un holatda ish bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarda preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida yuqoridagini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish hurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarni shikastlanishi bo‘lishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Spesifik antidoti mavjud emas.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.