Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Оно (ондансетрон)

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Оно (ондансетрон) АМПУЛЫ 8мг/мл 4мл №5

76 441.75 so'mdan
(1318)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ondansetron
Ishlab chiqaruvchi
SAMARTH LIFE SCIENCES
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Противорвотные препараты
Dori tafsilotlari
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Farmakodinamikasi

Ondansetron kuchli ta'sir qiluvchi 5NT retseptorlarining yuqori selektiv antagonisti hisoblanadi. Ko'ngil aynishi va qusishni bostirish mexanizmi noma'lum. Nur terapiyasi va kimyoterapevtik preparatlari qo'llanganda ingichka ichakda 5NT3-retseptorlarini faollashuvi va adashgan nervning afferent oxirlarini faollashtirishi yordamida qusish refleksini chaqiradigan serotonin (5NT) ajralib chiqishi mumkin.
Ondansetron bu refleksni kuchayishini bloklaydi. Adashgan nervning afferent oxirlarini faollashuvi o'z navbatida miyani to'rtinchi qorincha tubining orqa maydonida (area postrema) 5NT zarb bilan ajralib chiqishini chaqirishi va shuningdek markaziy mexanizmi orqali qusish refleksini ishga tushirishi mumkin. Shunday qilib, ondonsetronning ta'siri sitotoksik kimyoterapiya va radioterapiya oqibatida qo'zg'atilgan ko'ngil aynishi va qusishni bostirish bo'yicha ko'proq ham periferik, ham markaziy nerv tizimida joylashgan neyronlarning retseptorlarini 5NT ga antagonistik ta'siri tufayli amalga oshiriladi.
Ondansetron qon plazmasida prolaktinning kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Ondansetronning farmakokinetik parametrlari uni takroriy ko'p marta yuborilganda o'zgarmaydi. So'rilishi
Ondansetron mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda bir hil tizimli ta'sirga ega.
Taqsilanishi
Ondansetron qon plazmasi oqsillari bilan o'rtacha bog'lanishi xususiyatiga ega (70-76%). Ondansetronni kattalarda mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda taqsimlanish darajasi o'xshash, taqsimlanish hajmi muvozanat holatida taxminan 140 l ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Ondansetron asosan jigarda bir nechta fermentlar ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP2D6 fermentini (spartein/debrizoxin turi polimorfizmi) yo'qligi ondansetronni farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilishi
Ondansetron asosan jigardagi metabolizmi orqali tizimli qon oqimidan chiqariladi. Yuborilgan dozaning 5% kami siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Ondansetronni ham mushak ichiga, ham vena ichiga yuborilganda yarim chiqarilish davri tahminan 3 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Uchrash tezligining quyidagi atamalari qo'llanadi:
juda tez-tez: ≥1/10;
tez-tez: ≥1/100, <1/10;
tez-tez emas: ≥1/1000, <1/100;
kam hollarda: ≥1/10000; <1/1000;
juda kam hollarda: <1/10000 va alohida hisobotlar
Immun tizimining buzilishlari
Kam hollarda:
Darhol avj oluvchi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, ba'zida og'ir, jumladan anafilaktik shok. Anafilaktik shok o'lim bilan yakunlanish mumkin. 5-NT3 ni boshqa selektiv antagonistlariga sezuvchan bo'lgan patsiyentlarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh og'rig'i.
Tez-tez emas:
Garchi aniq mexanizmi bo'lmasada, ekstrapiramid reaktsiyalari, masalan, okulogir/distonik krizis reaktsiyalar va turg'un klinik oqibatlarsiz diskineziya (masalan, tutqanoq spazmlari) kabi harakatni buzilishlarini kuzatilganligi to'g'risida hisobotlar mavjud.
Kam hollarda: tez vena ichiga quyishda bosh aylanishi.
Juda kam hollarda: depressiya.
Oftalьmologik buzilishlar
Kam hollarda:
Tez vena ichiga yuborilganda ko'rishni o'tkinchi buzilishlari (masalan, ko'rishni xiralashuvi).
Juda kam hollarda:
Kimyoterapevtik preparatlarni, jumladan sisplatinni qabul qilgan bemorlarda, alohida hollarda tranzitor ko'rlik aniqlangan. Qayd etilgan holatlarning ko'pchiligi
20 minut davomida tuzalgan.
Kardiologik buzilishlar
Tez-tez emas: ST ni pasayishi yoki usiz kechuvchi ko'krakda og'riq, yurak aritmiyalari va bradikardiya. Ko'krakda og'riq va yurak aritmiyalari alohida hollarda o'lim bilan yakunlanishi mumkin.
Kam hollarda: EKG da tranzitor o'zgarishlar, jumladan QT intervalini uzayishi, asosan Ondansetronni vena ichiga qo'llangandan keyin kuzatiladi.
Qon tomir buzilishlari
Tez-tez:
Qizib ketishlar va iliqni his qilish.
Tez-tez emas: gipotenziya.
Nafas, torakal va mediastinal buzilishlar
Tez-tez emas: hiqichoq tutish.
Me'da-ichak buzilishlari:
Tez-tez emas:
Ondansetron ichakning tranzit vaqtini oshiruvchi vosita sifatida ma'lum va u ayrim bemorlarda qabziyatni chaqirishi mumkin.
Gepatobiliar buzilishlar:
Tez-tez emas:
Jigarning funktsional sinamalarini simptomsiz oshishi kuzatilmagan. Sisplatin bilan kimyoterapiya o'tkazilgan patsiyentlarda bunday reaktsiyalar ko'pincha kuzatilgan.
Teri va teri osti to'qimalarini shikastlanishi
Tez-tez emas:
Preparatni yuborish joyida ba'zida preparat yuborilgan vena bo'ylab tarqaladigan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, toshma, qizarish, qichishish) paydo bo'lishi mumkin.
Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyida mahalliy asoratlar
Tez-tez:
Mahalliy reaktsiyalar.
Preparatni vena ichiga yuborish joyidagi maxalliy reaktsiyalar.
Bolalar populyatsiyasi
Bolalarda va o'smirlarda nojo'ya reaktsiyalarining profili, kattalardagi profil bilan bir xil darajada bo'lgan.

Maxsus shartlar

5-NT3 retseptorlarini boshqa selektiv antagonistlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsiyentlarda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan.
Ma'lumki, Ondansetronni yo'g'on ichakni passaj vaqtini oshirishi tufayli, ichakni nimo'tkir tutilishi belgilari bo'lgan patsiyentlar, preparatni qabul qilganlaridan keyin nazoratda bo'lishlari kerak.
Kam hollarda, Ondansetronni qabul qilgan patsiyentlarda EKG ni tranzitor o'zgarishlari, jumladan QT intervalini uzayishi aniqlangan. Bundan tashqari, patsiyentlarda postmarketing tadqiqotlarda titrash-lipillash hollari aniqlangan. Ondansetronni QT intervalini uzayishi mumkin bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Bu shartlar elektrolit nuqsonlari, tug'ma QT intervalini uzayishiga olib keladigan dori vositalarini qo'llayotgan patsiyentlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun yurak ritmini buzilishi yoki o'tkazuvchanlikni buzilishi bo'lgan patsiyentlarda, aritmiyaga qarshi preparatlarni yoki beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, shuningdek elektrolit muvozanatini yaqqol buzilishi bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Adenotonzillyar operatsiyasi o'tkazilgan patsiyentlarda ondansetron bilan ko'ngil aynishi va qusishni profilaktikasi yashirin qon ketishini niqoblashi mumkin. Shuning uchun bunday patsiyentlarni Ondansetron qo'llangandan keyin sinchkov nazorat qilish lozim.
Bolalar populyatsiyasi
Ondansetronni gepatotoksik kimyopreparatlari bilan qabul qilgan pediatrik bemorlarda jigar funktsiyasini buzilishlarini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
O'tkaziladigan kimyoterapiya fonida paydo bo'ladigan ko'ngil aynishi va qusish
Dozalarni mg/kg asosida va 3 dozani 4 soatlik intervallar bilan qabul qilishni hisoblaganda sutkalik yig'indi doza, keyinchalik peroral dozaga o'tadigan bir martalik 5 mg/kg dozaga qaraganda yuqori bo'ladi. Bu ikkita turli dozalash tartibini qiyosiy samaradorligi klinik tadqiqotlarda o'rganilmagan. Kesishgan tadqiqotlarni solishtirish ikkala dozalash tartibini samaradorligini o'xshashligini ko'rsatadi.
Xomiladorlik vaqtida qo'llanilishi
Ondansetronni homiladorlik vaqtida qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan. Ondansetronni qabul qilayotgan onalar o'z chaqaloqlarini emizmasliklari kerak.

Qo'llanilishi
Ono® ni sitotoksik kimyoterapiyasi, kimyo- va nur bilan davolash oqibatida yuz bergan chaqirgan ko'ngil aynishi va qusishni profilaktikasi va davolash uchun, shuningdek operatsiyadan keyin ko'ngil aynishi va qusish bo'lganida uni profilaktikasi (oldini olish) uchun qo'llanadi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ondansetronga yoki 5-NT3 retseptorining har qanday selektiv antagonistlariga (masalan, granisetron, dolasetron) yuqori sezuvchanlik
Homiladorlik va emizish davri.

Maxsus saqlash sharoitlari

25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Dozirovkasi

In'ektsion eritmani suyultirish uchun quyidagi eritmalar qo'llanishi mumkin:

0,9% li natriy xloridi eritmasi

5% li glyukoza eritmasi

Ringer eritmasi

10% li mannitol eritmasi

Suyultirilgan eritmalarni yorug'likdan himoyalangan joyda saqlash lozim.

Birinchi marta ochilgandan keyin dori preparatini darhol ishlatish lozim.

Eritmalar bilan suyultirilgan eritmaning kimyoviy va fizik barqarorligi 25ºS haroratda 48 soat davomida namoyish qilingan. Mikrobiologik nuqtai-nazardan, preparatni darhol ishlatish lozim. Agar darhol qo'llanmasa, ishlatish uchun saqlash va ishlatilgunga qadar sharoitlar foydalanuvchining majburiyati hisoblanadi va agar suyultirish nazoratli aseptik sharoitda amalga oshirilgan bo'lsa, unda saqlash muddati odatda +2 dan +8ºS gacha bo'lgan haroratda ko'pi bilan 24 soatni tashkil qiladi.

Kattalarda, o'smirlarda va bolalarda kimyoterapiya yoki nur bilan davolash bilan bog'liq kechroq yuz bergan ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun ondonsetronni buyurilganda, mavjud bo'lgan amaliyotni va preparatni boshqarish muvofiq tamoyillarini hisobga olish lozim.

Kimyoterapiya va nur bilan davolash oqibatida yuz bergan ko'ngil aynishi va qusish

Kattalar:

O'smaga qarshi terapiyaning emetogen potentsiali dozaga va kimyo- va radioterapiyaning qo'llaniladigan sxemasini majmuasiga qarab o'zgaradi. Ondonsetron in'ektsiya uchun yoki quyish uchun eritmasining dozalar diapazoni sutkada 8-32 mg ni tashkil qiladi va quyida ko'rsatilgandek aniqlanadi.

Emetogen kimyo va radioterapiya

Emetogen kimyoterapiya yoki radioterapiyani qabul qilayotgan patsiyentlar uchun Ondansetronni vena ichiga yoki boshqa qo'llash usullari yordamida qo'llash mumkin, ammo bu mahsulot faqat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan. Ondansetronni vena ichiga tavsiya qilinadigan dozasi 8 mg ni tashkil qiladi, uni sekin in'ektsiya yoki venaga quyish ko'rinishida bevosita davolashni boshlashdan oldin 15 minut davomida amalga oshiriladi, keyin vena ichiga qo'llanadigandan tashqari, boshqa dori shakllari bilan davolanadi. Vena ichiga yuborishdan boshqa dori shakllari bilan davolash tutib qolingan yoki uzoq qusishdan himoya qilish uchun birinchi 24 soat o'tgach tavsiya qilinadi.

Kuchli emetogen kimyoterapiya

Kuchli emetogen kimyoterapiyani, masalan, sisplatinning yuqori dozalarini, qabul qilayotgan patsiyentlar uchun ondansetronni vena ichiga yoki boshqa yuborish yo'llari orqali buyurish mumkin, ammo bu mahsulot faqat vena ichiga ishlatiladi. Ondansetron kimyoterapiyadan keyin birinchi 24 soat davomida vena ichiga yuboriladigan dozada samarali ekanligini ko'rsatdi:

8 mg li bir martalik dozani bevosita kimyoterapiyadan oldin sekin vena ichiga in'ektsiya qilish ko'rinishida yuboriladi.

8 mg li dozani kimyoterapiyadan bevosita oldin vena ichiga sekin yoki qisqa muddatli vena ichiga infuziyasi ko'rinishida 15 minut davomida yuboriladi, keyin yana ikkita 8 mg li dozalarni ikkidan to'rt soatgacha, yoki soatiga 1 mg dan doimiy infuziya ko'rinishida 24 soat davomida yuboriladi.

50-100 ml natriy xloridining 9 mg/ml li eritmasida (0,9% v/h) yoki boshqa mos keladigan infuzion eritmada suyultirilgan bir martalik 16 mg dozani vena ichiga yuborish va bevosita kimyoterapiyadan oldin kamida 15 minut davomida quyiladi.

16 mg dan ortiq bir martalik dozani QT intervalini uzayish xavfini dozaga bog'liq oshishi tufayli qo'llash mumkin emas.

Kuchli emetogen kimyoterapiyada Ondansetronning samaradorligini kimyoterapiyadan oldin 20 mg deksametazon natriy fosfatini vena ichiga bir marta yuborish yo'li bilan oshirish mumkin. Uzoq qusishni tutib qolish va undan himoya qilish uchun birinchi 24 soatdan keyin Vena ichiga yuboriladigan dori shaklidagi Ondansetron bilan davolashdan farq qiluvchi davolash davolash kursi to'xtagandan keyin davom ettirilishi kerak.

Bolalar populyatsiyasi

O'tkaziladigan kimyoterapiyaning fonida ≥6 oylikdagi bolalarda va o'smirlarda paydo bo'ladigan ko'ngil aynishi va qusish.

O'tkaziladigan kimyoterapiya fonida paydo bo'ladigan ko'ngil aynishi va qusishda dozani tana yuzasining maydoniga (TYuM) yoki vazniga asosan hisoblash mumkin (quyiga qarang). Tana vazni asosidagi dozalash TYuM ga asosan dozalashga nisbatan, umumiy sutkalik dozani oshishiga olib keladi. Ondansetron in'ektsiyasini 5% li glyukoza eritmasida yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki boshqa mos keladigan infuzion suyuqliklarda suyultirish va vena ichiga kamida 15 minut davomida quyish lozim.

Hozirgi vaqtda Ondansetronni bolalarda o'tkaziladigan nur bilan davolash fonida paydo bo'ladigan ko'ngil aynishi va qusishda qo'llanishi bo'yicha nazoratli klinik tadqiqot ma'lumotlari yo'q.

TYuM bo'yicha dozalash:

Ondansetronni bevosita kimyoterapiyadan oldin bir martalik 5 mg/m2 dozada vena ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborish uchun doza 8 mg dan oshmasligi kerak. Peroral dozani o'n ikki soatdan keyin boshlash va 5 kungacha davom ettirish mumkin (jadval 1). Umumiy sutkalik doza kattalar uchun 32 mg dan oshmasligi kerak

 

Jadval 1: ≥6 oylik bolalar va o'smirlarda TYuM asosida kimyoterapiya uchun dozalari

 

ТЮМ

 

Кун 1 (а,в)

Кунлар 2-6(в)

<0,6 м2

5 мг/ мв/и + 12 соат ўтгач 2 мг сироп

ҳар 12 соатда 2мг сироп

≥0,6 м2

5 мг/ м2 в/и + 12 соат ўтгач 4 мг сироп ёки таблетка

4 мг сироп ёки таблетка ҳар 12 соатда

 

a. Vena ichiga doza 8 mg dan oshmasligi kerak

b. Umumiy kundalik doza kattalar uchun doza 32 mg dan oshmasligi kerak.

 

Tana vazni bo'yicha dozalash:

Tana vazniga asosan yuqori kundalik dozalarni, TYuM asosidagi dozalashga nisbatan dozalash natijalari. Ondansetronnni vena ichiga bir martalik doza ko'rinishida bevosita kimyoterapiyadan 0,15 mg/kg oldin yuboriladi.

Vena ichiga yuborish uchun doza 8 mg dan oshmasligi kerak. Yana ikkita dozani vena ichiga 4 soatlik interval bilan yuborish mumkin. Umumiy sutkalik doza kattalar uchun doza 32 mg dan oshmasligi kerak.

O'n ikki soatdan keyin peroral dozani qayta qabul qilishni boshlash va uni 5 kungacha davom ettirish mumkin.

 

Jadval 2: Kimyoterapiya uchun tana vazni asosidagi dozalari ≥6 oylik bolalar va o'smirlar uchun

 

Вазн

Кун 1 (а,в)

Кунлар 2-6 (в)

≤10 кг

0,15 мг/кг дан 3 дозагача ҳар 4 соатда

2 мг (сироп ҳар 12 соатда)

>10 кг

0,15 мг/кг дан 3 дозагача ҳар 4 соатда

4 мг (сироп ёки табл ҳар 12 соатда)

 

a. Vena ichiga yuborish dozasi 8 mg dan oshmasligi kerak

b. Umumiy kundalik doza kattalar uchun 32 mg li doza oshmasligi kerak.

 

Keksalar

Ondansetron 65 yoshdan katta patsiyentlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Shu bois uni dozasini dozalash tezligini va qo'llash usulini o'zgartirishga ehtiyoj yo'q.

 

Operatsiyadan keyingi ko'ngil aynishi va qusish (OKKQ)

OKKQ profilaktikasi

Kattalar: OKKQ profilaktikasini qilish uchun Ondansetronni vena ichiga yoki boshqa dori shaklida yuborish mumkin. Narkozni yuborishda ondansetronni bir martalik 4 mg dozada sekin vena ichiga in'ektsiyasi ko'rinishida buyurish mumkin.

Operatsiyadan keyingi ko'ngil aynishi va qusish

Operatsiyadan keyingi ko'ngil aynishi va qusishda bir martalik 4 mg dozani vena ichiga yuborish tavsiya qilinadi.

Bolalar populyatsiyasi

≥1 oy yoshli bolalarda va o'smirlarda operatsiyadan keyingi ko'ngil aynishi va qusish

Pediatrik bemorlarda umumiy narkoz ostidagi operatsiyada OKKQ profilaktikasi uchun ondansetronni 0,1 mg/kg dan 4 mg gacha bo'lgan dozada bir marta sekin vena ichiga in'ektsiya qilish anesteziya qilish oldin, anesteziya vaqtida yoki undan keyin (kamida 30 sekund) yo'li bilan yuborish mumkin.

Umumiy narkoz ostidagi operatsiyada pediatrik bemorlarda operatsiyadan keyingi ko'ngil aynishi va qusishda Ondansetronning bir martalik dozasini 0,1 mg/kg dan 4 mg/kg gacha bo'lgan dozada sekin vena ichiga in'ektsiyasi (kamida 30 sekund) ko'rinishida yuborish mumkin. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda Ondansetronni qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Keksalar

Keksa yoshli odamlarda ONO® ni operatsiyadan keyingi ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish va davolashda cheklangan qo'llash tajribasi mavjud, ammo ONO® ni kimyoterapiyani qabul qilgan 65 yoshdan katta bemorlar yaxshi o'zlashtirishadi.

 

Umumiy populyatsiyalar

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar

Dozani, dozalash tezligini va qo'llash usulini o'zgartirishga hojat yo'q.

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar

Jigar funktsiyasininig o'rtacha yoki og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda Ondansetronning klirensi ahamiyatli darajada kamayadi, zardobdan yarim chiqarilish davri ahamiyatli darajada uzayadi. Bunday patsiyentlarda umumiy sutkalik doza 8 mg dan oshmasligi kerak.

Spartein/debrikozinni metabolizmi yomon bo'lgan patsiyentlar

Spartein va debrikozinni yomon metabolizatorlari sifatida tasniflangan sub'ektlarda Ondansetronning yarim chiqarilish davri o'zgarmaydi. Demak, bunday patsiyentlarda takroriy dozalar, preparatning umumiy populyatsiyadagi darajadan farq qilmaydigan ekspozitsiya darajasini beradi. Dozalashni yoki dozalash tezligini o'zgartirishga hojat yo'q.