Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Омнадрен 250

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Омнадрен 250 Р-Р Д/ИН 1МЛ №5

107 300 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Омнадрен 250 Р-Р Д/ИН 1МЛ №5
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
TESTOSTERONE
Ishlab chiqaruvchi
(JELFA )
Chiqarilish shakli
порошок для инфузий
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar

Testosteron propionati                30,0 mg

Testosteron fenilpropionati     60,0 mg

Testosteron izokapronati             60,0 mg

Testosteron dekanoati                               100,0 mg

Yordamchi moddalar

Benzil spirti, yeryong‘oq moyi

Ta‘rifi: 

Och-sariq rangli, tiniq moysimon suyuqlik ampulalarda

Farmakologik xususiyatlari

Preparat gormonal ta‘sirga ega. U turli ta‘sir tezligiga ega bo‘lgan testosteronning to‘rtta efirini saqlaydi.

Erkaklarda testosteronning ta‘siri asosan gonadalarni shakllanishi va faoliyati, tashqi jinsiy a‘zolar, prostata bezi rivojlanishi, moyakni rivojlanishi, erkaklarning ikkilamchi jinsiy belgilari (bo‘yin, past ovoz, yuzda sochlarni o‘sishi) paydo bo‘lishi uchun javob beradi. Ayol organizmida estrogenlarga nisbatan antagonistik ta‘sirga ega. Menopauza simptomlarida ijobiy samaraga ega.

Preparatdagi testosteronning so‘rilish va chiqarilish tezligiga bog‘liq to‘rtta efirlari aralashmasi bir marta in‘eksiyasidan keyin 4-xafta davomida testosteronning doimiy, turg‘un androgen samarasini ta‘minlaydi.

U turli ta‘sir tezligiga ega testosteronning to‘rtta efirini saqlaydi. Testosteron efirlarining aralashmasi kuchli va uzoq ta‘sir qilishi bilan xarakterlanadi. Bunday turdagi preparatlar taxminan 4 xafta davom etuvchi samarani tez rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Testosteronning ko‘rsatilgan efirlari erkaklarning jinsiy a‘zolarini rivojlanishi va ularni tegishli anatomik va funksional holatda tutib turish uchun javob beradi. Erkaklarda ekzogen testosteron (endogen testosteronga bog‘liq holda) gonadalarni shakllanishi va faoliyati, tashqi jinsiy a‘zolar, prostata bezi rivojlanishi, moyakni rivojlanishi, erkaklarning ikkilamchi jinsiy belgilari (bo‘yin, past ovoz, yuzda sochlarni o‘sishi) paydo bo‘lishida yordam beradi.

Ayol organizmida estrogenlarga nisbatan antagonistik ta‘sirga ega (giperestrogenemiya bilan bog‘liq kasalliklarni davolash). Menopauzadagi buzilishlarda ijobiy samaraga ega. Ayollarda ham, erkaklarda ham tashqi gonadalarga anabolik ta‘sirga ega.

OMNADREN® 250 preparatida testosteron efirlarni tanlash so‘rilish va chiqarilish tezligiga asoslangan; bu bir marta in‘eksiyasidan keyin 4-xafta davr davomida testosteronning doimiy, turg‘un androgen samarasini ta‘minlashga kafolat beradi.

Androgen samaralar davomiyligi qisqaroq yoki davomliroq bo‘lishi mumkin, bu pasientning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq.

Testosteron propionatining ta‘siri bevosita yuborilgandan keyin boshlanadi va 24 soat davomida davom etadi.

Testosteron izokapronati va fenilpropionati deyarli shunday ta‘sirga ega, uning ta‘siri 24 soatdan keyin boshlanadi va taxminan 2 xafta davom etadi.

Testosteron dekanoatining ta‘siri testosteron izokapronati va fenilpropionatining ta‘siri tugashi bilanoq boshlanadi.

Farmakokinetikasi

Omnadren 250 mushak ichiga yuborilgandan keyin turli vaqt oralig‘ida sekin so‘riladigan testosteron efirlarining aralashmasidan iborat, shu tufayli qonda testosteronning nisbatan barqaror darajasi tutib turiladi. Preparat 4-xaftalik tanaffuslar bilan buyuriladi.

Testosteronning taxminan 98% qondagi spesifik globulinlar fraksiyasi bilan bog‘lanadi, shu tariqa testosteron va estradiol bog‘lanadi. Turli 17-ketosteroidlar jigarda biologik transformasiyaga uchraydi va glyukuron va sulfat kislotalari bilan bog‘langandan keyin taxminan 90% siydik bilan chiqariladi. So‘rilgan dozaning 6% shunchaki axlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparat jinsiy bezlari faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan erkaklar uchun o‘rinbosar davolash sifatida ishlab chiqilgan.

  • Erkaklar gipogonadizmi.
  • Jinsiy yetilishni orqada qolishi.
  • Postkastrasion sindrom.
  • Spermatogenezni buzilishlari.
  • Testosteron tanqisligi bilan bog‘liq impotensiyada qo‘llanadi.

Preparat ayollarda faqat giperestrogenizm bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Shaxsiy ravishda – davolash mutaxassis tomonidan olib boriladi.

Odatda OMNADREN® 250 preparatining 1 ampulasi har 4 xaftada mushak ichiga yuboriladi.

Muhim:

Jinsiy olatning patologik ereksiyasi paydo bo‘lgan hollarda dori preparati bilan davolash to‘xtatilishi lozim.

Moyli eritmaning tiniqligini kamayishi va cho‘kmalarni paydo bo‘lishi preparatning yaroqlilik muddati o‘tganligidan dalolat bermaydi. Agar ampula iliq suvga botirilsa, eritma o‘zining dastlabki tiniqligini tiklaydi.

Erkaklarda birlamchi gipogonadizm (anorxizm, Klyaynfelter sindromi, kastrasion sindrom, moyak atrofiyasi).

Omnadren® 250 jinsiy bezlarning faoliyatini buzilishi darajasiga qarab (klinik baholash va laborator tekshiruvlar natijalari asosida) har 7-14-21 kunda mushak ichiga yuboriladi.

Boshqa ko‘rsatmalar:

Erkaklar bepushtligining ayrim hollarida (azospermiya, oligospermiya) Omnadren® 250 2- xaftalik interval bilan 2 in‘eksiyasi qo‘llanadi.

Omnadren® 250 faqat interseksual turda rivojlanayotgan erkaklar jinsiy a‘zolarida o‘zgarishlar ko‘rsatilgan turli shakldagi germafrodizmda jinsni o‘zgartirish holatlarida qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Ayollar: hayz siklini buzilishi, amenoreya, gonadotropinlar sekresiyasini susayshi, maskulinizasiya.

Erkaklar: ginekomastiya, priapizm, yuqori dozalar qabul qilinganda oligospermiya.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Girsutizm, erkaklar turi bo‘yicha sochlarni to‘kilishi, akne.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar

Ko‘ngil aynishi, obstruktiv sariqlik, jigar faoliyatini buzilishi, jigar dog‘lari yoki jigarni o‘smali shikastlanishi.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

II, V, VI va X qon ivishi omillarini ingibisiya qilinishi, peroral antikoagulyantlar bilan davolanayotgan pasientlarda qon ketishi, polisitemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Libidoni o‘zgarishi, bosh og‘rig‘i, xavotirlik, paresteziya.

Ovqatlanish va moddalar almashinuvi buzilishlari

Qonda xolesterol konsentrasiyasini oshishi. Natriy, xlor, suv, kaliy, kalsiy va noorganik fosfatlarni tutilishi.

Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar

Yuborish joyida yallig‘lanish va og‘riq.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Nefrotik sindrom.

Erkaklarda: sut bezi raki, prostata bezining gumon qilinayotgan yoki diagnostika qilingan raki.

Ayollarda: homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ushbu dori preparati yeryong‘oq moyi saqlaydi. Yeryong‘oq yoki soyaga allergiyasi bo‘lgan pasientlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar bilan davolanayotgan pasientlarda adrogenlarni yondosh qo‘llaganda, xususan bu preparatlarni yuborish vaqtida yoki qabul qilish to‘xtatilganda qon ivishi tizimini qat‘iy kuzatishni amalga oshirish kerak.

Jigar kofermentlarining induktorlari hisoblangan dori preparatlari: rifampisin, barbituratlar, karbamazepin, salisilatlar, fenitoin va primidon testosteronning samarasini susaytirishi mumkin.

Insulin qabul qilayotgan pasientlarda androgen preparatlari glyukozaning konsentrasiyasini kamaytirishi mumkin.

Androgenlarni AKTG yoki kortikosteroidlar bilan qo‘llanganda shish xavfi oshadi, ayniqsa jigar yoki yurak kasalliklari bo‘lgan shaxslarda.

Androgenlar bir vaqtda qabul qilinayotgan oksifenbutazonning darajasini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yutish mumkin emas.

Sut bezi raki bo‘lgan pasientda androgenlar bilan davolash giperkasiemiyani chaqirishi va bir vaqtning o‘zida osteolizisni boshlashi mumkin. Bu jarayon suyak tizimiga metastazlanishiniga olib kelishi mumkin. Agar preparat giperkalsiemiyani chuqurlashtirsa, uni bekor qilish lozim. Androgen preparatlar bilan davolanayotgan ayollarda siydik va qonda kalsiy darajasini sinchkovlik bilan kuzatish muhim.

Yuqori dozalarni uzoq vaqt qabul qilish jigar purpurasini chaqirishi yoki jigarda o‘sma rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Androgen preparatlarning yuqori dozalari qabul qilinganda gemoglobin konsentrasiyasi va gematokrit darajasini nazorat qilish kerak.

Agar pasientda gepatit, sariqlik simptomlari kuzatilsa yoki jigarning funksional testlari natijalarida o‘zgarishlar bo‘lsa, bu o‘zgarishlarning etiologiyasi aniqlanguncha androgen preparatlar bilan davolashni to‘xtatish kerak. Jigar faoliyatini kuzatish kerak.

Keksa erkaklar prostata bezi giperglaziyasi yoki raki rivojlanishini yuqori xavfiga ega. Davolashdan oldin va keyin prostata bezini tekshirish va PSA (PSA) konsentrasiyasini kuzatish kerak.

Agar yurak-qon tomir tizimi, jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qonni dimlanishi bilan yoki qon dimlanishisiz shish aniqlansa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Jinsiy rivojlanishi orqada qolgan pasientlarni androgenlar bilan davolash buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Har 6 oyda bo‘y o‘sishini baholab, davolashni kuzatish kerak.

Omnadren® 250 ni doping sifatida qabul qilish jiddiy nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.

Ta‘siri uzaytirilgan testosteron preparatini to‘satdan bekor qilish mumkin va erkaklar gipogonadizmi yoki ADAM (keksa erkaklarda androgenlarni yetishmovchiligi) yoki PADAM (keksa erkaklarda androgenlarni qisman yetishmovchiligi) yoki ayrim ayollarda libidoni yo‘qolishidan tashqari, hayot va sog‘liq uchun xavf soluvchi hech qanday simptomlar ta‘riflanmagan.

Dori preparati benzil spirti saqlaydi. Uni chala tug‘ilgan chaqaloqlar yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga berish mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda toksik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qabul qilish

Dori preparati asosan erkaklarda qo‘llanadi.

Agar u ayolarda qo‘llansa, uni homiladorlik vaqtida qat‘iyan qo‘llash mumkin emasligini e‘tiborga olish lozim.

Testosteronni ko‘krak sutiga kirishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Agar preparat bilan davolash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

OMNADREN® 250 avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini buzmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat kichik dozada – bir oyda 1 ml qo‘llanadi – agar preparat qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llansa, dozani oshirib yuborilishi xavfi yo‘q.

Yuqori dozani qo‘llash yoki bir xafta bir martadan ortiqroq qo‘llash natijasidagi dozani oshirib yuborilishi simptomlari erkaklarda jinsiy olatni og‘riqli ereksiyasini va ayollarda qaytmas ovoz o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan ovoz bo‘g‘ilishini olib kelishi mumkin. Bunday hollarda dori preparatini qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Chiqarilish shakli

Ampulalarda 1 ml dan yog‘li eritma. 5 ampuladan karton qutida. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Dori preparatini qo‘llashdan oldin o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatini tekshirish kerak.

Bu sanadan keyin dori preparatini qo‘llash mumkin emas.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha