Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Омид-20 КАПС

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Омид-20 КАПС №30

6 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Омид-20 КАПС №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Omeprazole
Ishlab chiqaruvchi
(Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. , Индия)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

 kapsulalar

Tarkibi

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Omeprazol ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan granulalar ko‘rinishida – 20 mg

Ta‘rifi: oq rangli granulalar saqlovchi pushti rangli qopqoqchali va tiniq korpusi bilan qattiq jelatin «2» o‘lchamli kapsulalar.

Farmakologik xususiyatlari

Proton nasosining ingibitori, kislota hosil bo‘lishini pasaytiradi – me‘daning parietal xujayralarida N+/K+-ATF-aza faolligini tormozlaydi va shu bilan HCI sekresiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Preparat olddori bo‘lib, parietal xujayralarning sekretor naychalarining kislotali muhitida faollashadi.

Ta‘sirlovchining tabiatidan qat‘iy nazar me‘dada bazal va rag‘batlantirilgan sekresiyani pasaytiradi.

20 mg qabul qilinganidan keyin antisekretor faolligi birinchi soat davomida, maksimum – 2 soat o‘tgach yuz beradi. Maksimal sekresiyani 50% ingibisiya qilinishi 24 soat davom etadi.

Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi me‘da sekresiyasini tez va samarali  susayishini ta‘minlaydi, 4 kun davolashdan keyin o‘zining maksimumiga yetadi va qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 3-4 kunga kelib yo‘qoladi. O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish me‘da ichidagi rN 3 darajasini 17 soat davomida saqlab turadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori darajada. TCmax – 0,5-3,5 coat, biokiraolishligi -30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi; yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me‘daning parietal xujayralariga yengil kiradi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-95% (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein).

T1/2– 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi minutiga 500-600 ml Jigarda CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida farmakologik faol bo‘lmagan 6 metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfidli va sulfonli metabolitlari va boshq.) hosil bo‘lishi bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. CYP2C19 fermentining ingibitori hisoblanadi. Buyrak (70-80%) orqali va safro (20-30%) bilan chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida KK pasayishiga proporsional pasayadi. Keksa pasientlarda chiqarilishi pasayadi, biokiraolishligi oshadi.

Qo‘llanilishi

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (shu jumladan qaytalanishlarini oldini olish), reflyuks-ezofagit, gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me‘da-ichak yo‘llari stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastositoz); NYAQP-gastropatiya.

Infeksiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori eradikasiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi, kapsulalar odatda ertalab oz miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi, kapsulalarni chaynash mumkin emas. Kapsulalar ovqatdan oldin qabul qilinadi.

Yara kasalligini zo‘rayishida, reflyuks-ezofagitda va NYAQP-gastropatiyada 20 mg sutkada 1 marta. Reflyuks-ezofagitni kechishi og‘ir bo‘lgan pasientlarda doza sutkada 1 marta
40 mg gacha oshiriladi. 12-barmoq ichak yara kasalligida davolash kursi – 2-3 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me‘da yara kasalligi va ezofagitda – 4-8 hafta.

Boshqa yaraga qarshi dori vositasi bilan davolashga rezistent bemorlarga sutkada 40 mg buyuriladi. 12-barmoq ichak yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me‘da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromida – 60 mg, zarurati bo‘lganida doza sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (bunday holda u 2-3 qabulda buyuriladi).

Yara kasalligining qaytalanishlarini oldini olish uchun – 10 mg sutkada 1 marta.

Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun “uch yoqlama” davolash qo‘llaniladi (1 hafta davomida: 20 mg omeprazol, 1 g amoksisillin, 500 mg klaritromisin sutkada 2 marta; yoki 20 mg omeprazol, 250 mg klaritromisin, 400 mg metronidazol sutkada 2 martadan; yoki
40 mg omeprazol sutkada 1 marta, 500 mg amoksisillin va 400 mg metronidazol– sutkada 3 martadan) yoki “ikki yoqlama” davolash (2 hafta davomida: 20-40 mg omeprazol va 750 mg amoksisillin – sutkada 2 martadan yoki 40 mg omeprazol sutkada 1 marta va 500 mg klaritromisin – sutkada 3 marta yoki 0,75-1,5 g amoksisillin – sutkada 2 marta).

Jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi; buyrak faoliyatini buzilishida va keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya yoki qabziyat, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, meteroizm; kam hollarda – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, ta‘mni buzilishi; alohida hollarda –  og‘izni qurishi, stomatit, ilgari og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik), jigar faoliyatini buzilishi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: alohida hollarda – leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz, pansitopeniya.

Nerv tizimi tomonidan: og‘ir darajali yondosh somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, depressiya, ilgari jigarning og‘ir darajali kasalligi bo‘lgan bemorlarda – ensefalopatiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: alohida hollarda – artralgiya, miasteniya, mialgiya.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – teri toshmasi va/yoki qichishish, alohida hollarda – fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, alopesiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, isitma, bronxospazm, interstisial nefrit va anafilaktik shok.

Boshqalar: kam hollarda – ginekomastiya, loxaslik, ko‘rishni buzilishi, periferik shishlar, ko‘p terlash, uzoq muddat davolash vaqtida me‘da glandulyar kistalarning xosil bo‘lishi (HCL sekresiyasini ingibisiya qilinishi oqibatida, havfsiz, qaytuvchi harakterga ega).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan. Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ampisillin efirlari, Fe tuzlari, itrakonazol va ketokonazolning so‘rilishini pasaytirishi mumkin (omeprazol me‘daning rN oshiradi).

Sitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, diazepam, bilvosita ta‘sir etuvchi antikoagulyantlar, fenitoinning (jigarda sitoxrom CYP2C19 orqali metabolizmga uchraydigan dori vositasi) konsentrasiyasini oshirishi va chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda dori vositasining dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin.

Omeprazolni 20 mg dozada sutkada 1 marta uzoq vaqt kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propronalol, etanol, siklosporin,  lidokain, xinidin va estradiol bilan majmuada qo‘llash, plazmada ularning konsentrasiyasini o‘zgarishiga olib kelmagan.

Boshqa DV ning qon yaratish tizimiga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Bir vaqtda qabul qilinayotgan antasidlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin xavfli jarayon borligini istisno qilish kerak (ayniqsa me‘da yarasida), chunki davolash, simptomlarni niqoblashi tufayli, to‘g‘ri tashhis qo‘yilishini kechiktirishi mumkin.

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish uning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya.

Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarlicha samarali emas.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.