Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ОМЕС КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ОМЕС КАПСУЛА 20МГ №30

4 500 so'mdan
(2911)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
OMEPRAZOLE
Ishlab chiqaruvchi
АТМ ФАРМ
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Вяжущие обволакивающие и антацидные препараты
Dori tafsilotlari
Qo‘llanilishi
Dori shakli:
Tarkibi
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llanilishi
  • Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalliigi (majmuaviy davolash tarkibida);
  • Reflyuks-ezofagit (shu jumladan, eroziv);
  • Gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me‘da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastositoz);
  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiya.

 

Dori shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: omeprazol – 20 mg.

yordamchi moddalari: kalsiy karbonati, kaliy gidrofosfati, gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza), mannitol, qand upasi [saxaroza, kraxmal] (qand pelletlari), qand qiyomi [saxaroza, suv], natriy gidroksidi, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi, polisorbat-80 (tvin-80).

kapsulaning tarkibi: titan dioksidi, jelatin, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (sariq xinolin), sariq shafaq bo‘yovchisi (shafaq-sariq), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi.

 

Ta‘rifi:

ichida oq rangli granulalarni saqlovchi pushti rangli, tiniq qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulaning yuzasida OMES yozuvi bosilgan.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita (proton nasosi ingibitori).

Farmakologik xususiyatlari

Omeprazol – me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparat bo‘lib, N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza fermentining ingibitoridir. Me‘daning parietal xujayralarida N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza (N+/K+-adenozintrifosfat) – (ATF)-faza, ya‘ni “proton nasosi”) faolligini tormozlaydi, shu yo‘l bilan vodorod ionlarini o‘tkazilishini va me‘dada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Omeprazol olddori hisoblanadi. Parietal xujayralar kanalchalarining kislotali muhitida omeprazol sulfenamid faol metabolitiga aylanadi, u disulfid ko‘prikcha hisobiga membrananing N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-fazasi bilan birikib, uni ingibirlaydi. Bu bilan sulfenamid hosil bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan muhit aynan parietal xujayralarga omeprazolni tanlab ta‘sir qilishi bilan tushuntiriladi. Omeprazolni sulfenamidga biotransformasiyasi tez (2-4 minut o‘tgach) amalga oshadi. Sulfenamid kation hisoblanadi va so‘rilmaydi.

Omeprazol xlorid kislotasining har qanday ta‘sirlovchi yordamida rag‘batlantirilgan sekresiyasini bazal va yakuniy bosqichida susaytiradi. Me‘da sekresiyasining umumiy xajmini kamaytiradi va pepsinni ajralib chiqishini susaytiradi. Omeprazolda gepatoprotektor faollik aniqlangan, uning mexanizmi noma‘lum. Kasalning ichki omilini ishlab chiqarilishi va ovqat massasini me‘dadan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish tezligiga ta‘sir qilmaydi. Omeprazol asetilxolin va gistamin reseptorlari ta‘sir qilmaydi.

Omeprazol kapsulalari qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar saqlaydi, omeprazolni asta-sekin ajralib chiqishi va ta‘sirini boshlanishi qabul qilgandan 1 soatdan keyin boshlanadi, 2 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat va undan ko‘proq saqlanadi. 20 mg preparatni bir marta qabul qilgandan keyin maksimal sekresiyani 50% ga ingibirlanishi 24 soat davom etadi.

Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi me‘da sekresiyasini tez va samarali susayishini ta‘minlaydi, u 4 kun davolashdan keyin maksimumga erishadi. O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish me‘da ichida rN=3,0 ni 17 soat davomida tutib turadi. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan keyin sekretor faollik 3-5 sutka o‘tgach to‘liq tiklanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshli odamlarda va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ortadi, buyrak faoliyatining yetishmovchiligi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me‘daning parietal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-95% (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein).

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Keksa yoshli pasientlarda chiqarilish kamayadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni og‘ir darajali kechishi bo‘lgan pasientlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi.

O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me‘da yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi.

Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi ko‘pgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani to‘liq chandiqlanishi amalga oshmagan pasientlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me‘da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati bo‘lganida dazani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga bo‘linadi).

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 1 g, klaritromisin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromisin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksisillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida: omeprazol 20-40 mg va amoksisillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromisin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksisillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) o‘tkaziladi.

Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (og‘ir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak faoliyatini buzilishida va keksa yoshli pasientlarda dozalash tartibini to‘g‘rilash talab etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya yoki qabziyat, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizim; kam hollarda – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, ta‘m bilishni buzilishi; ayrim hollarda – og‘izni qurishi, stomatit, jigarni mavjud kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – gepatit (shu jumladan, sariqlik bilan), jigar faoliyatini buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: og‘ir darajali somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, depressiya, jigarni mavjud kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – ensefalopatiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: ayrim hollarda – artralgiya, miasteniya, mialgiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz, pansitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: kam – teri toshmasi va/yoki qichishish, ayrim hollarda fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, alopesiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, isitma, bronxospazm, interstisial nefrit va anafilaktik shok.

Boshqalar: kam – ko‘rishni buzilishi, lohaslik, periferik shish, ko‘p terlash, ginekomastiya, uzoq muddat davolash vaqtida me‘da glandulyar kistalarni hosil bo‘lishi (xlorid kislotasini sekresiyasini ingibirlanishi natijasida, xavfsiz, qaytuvchan xarakterga ega).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan.

Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ampisillin efirlari, temir tuzlari, itrakonazol va ketokonazolning so‘rilishini kamaytirishi mumkin (omeprazol me‘daning rN ko‘rsatkichini oshiradi).

Sitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, diazepam, bilvosita antikoagulyantlar, fenitoin (sitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning konsentrasiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin. Klaritromisinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Ayni vaqtda omeprazolni sutkada 1 marta 20 mg dozada uzoq muddat kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan majmuada qo‘llash, ularning plazmadagi konsentrasiyasini o‘zgartirishiga olib kelmagan.

Qon yaratish tizimiga va boshqa dori vositalariga ingibirlovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Birga qabul qilinadigan boshqa antasidlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni (ayniqsa me‘da yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblaydi, to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Ovqat bilan qabul qilish uning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqliligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i.

Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas.

Spesifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda.

3 kontur uyasiz o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Salqin, qorong‘i, quruq, joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.