Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ОМЕПРАЗОЛ КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ОМЕПРАЗОЛ КАПСУЛА 20МГ №20

5 264 so'mdan
(4402)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
OMEPRAZOLE
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Вяжущие обволакивающие и антацидные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: omeprazol – 20 mg.

pelletning yordamchi moddalari: kalsiy karbonati, kaliy gidrofosfati (ikki almashingan kaliy fosfati), gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza), mannitol, qand upasi [saxaroza, kraxmal patokasi] (qand pelletlari), qand qiyomi [saxaroza, suv], makrogol-6000 (polietilenglikol-6000), povidon-K30 (polivinilpirrolidon-K30), natriy gidroksidi, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi, polisorbat-80 (tvin-80).

Pellet qobigʻining tarkibi: metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri (akril qobigʻi L30D).

Jelatin kapsulaning tarkibi: titan dioksidi, jelatin, xinolin sarigʻi boʻyovchisi (sariq xinolin), sariq shafaq boʻyovchisi (shafaq-sariq), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi.

 

Taʼrifi: 

oq korpusli, sariq qopqoqli №2 jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq sferik shaklli pelletlar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

meʼda bezlari sekretsiyasini pasaytiruvchi vositalar (proton nasosi ingibitori).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Omeprazol – meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparat boʻlib, N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza fermentining ingibitoridir. Meʼdaning pariyetal xujayralarida N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza (N+/K+-adenozintrifosfat) – (ATF)-faza, yaʼni “proton nasosi”) faolligini tormozlaydi, shu yoʻl bilan vodorod ionlarini oʻtkazilishini va meʼdada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Omeprazol olddori hisoblanadi. Pariyetal xujayralar kanalchalarining kislotali muhitida omeprazol sulfenamid faol metabolitiga aylanadi, u disulfid koʻprikcha hisobiga membrananing N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-fazasi bilan birikib, uni ingibitsiya qiladi. Bu bilan sulfenamid hosil boʻlishi uchun mavjud boʻlgan muhit aynan pariyetal xujayralarga omeprazolni tanlab taʼsir qilishi bilan tushuntiriladi. Omeprazolni sulfenamidga biotransformatsiyasi tez (2-4 minut oʻtgach) amalga oshadi. Sulfenamid kation hisoblanadi va soʻrilmaydi.

Omeprazol xlorid kislotasining bazal va har qanday taʼsirlovchi yordamida ragʻbatlantirilgan sekretsiyasini yakuniy bosqichida susaytiradi. Meʼda sekretsiyasining umumiy xajmini kamaytiradi va pepsinni ajralib chiqishini susaytiradi. Omeprazolda gepatoprotektor faollik aniqlangan, uning mexanizmi nomaʼlum. Kaslaning ichki omilini ishlab chiqarilishi va ovqat massasini meʼdadan oʻn ikki barmoq ichakka oʻtish tezligiga taʼsir qilmaydi. Omeprazol atsetilxolin va gistamin retseptorlari taʼsir qilmaydi.

Omeprazol kapsulalari qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar saqlaydi, omeprazolni asta-sekin ajralib chiqishi va taʼsirini boshlanishi qabul qilgandan 1 soatdan keyin boshlanadi, 2 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat va undan koʻproq saqlanadi. 20 mg preparatni bir marta qabul qilgandan keyin maksimal sekretsiyani 50% ga ingibitsiya qilishi 24 soat davom etadi.

Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi meʼda sekretsiyasini tez va samarali susayishini taʼminlaydi, u 4 kun davolashdan keyin maksimumga erishadi. Oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligi boʻlgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish meʼda ichida rN=3,0 ni 17 soat davomida tutib turadi. Preparatni qabul qilishni toʻxtatishdan keyin sekretor faollik 3-5 sutka oʻtgach toʻliq tiklanadi.

Omeprazolning antibakterial preparatlar bilan birga taʼsiri Helicobacter pylori ning eradikatsiyasiga olib keladi, bu kasallik simptomlarni tez bartaraf etish, shikastlangan shilliq qavatni yuqori darajada bitishi, barqaror uzoq muddatli remissiyaga erishish va meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishi rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkonini beradi, shuningdek uzoq vaqt davolash zarurati bartaraf etiladi.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshdagi odamlarda va jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan bemorlarda ortadi, buyrak funksiyasini yetishmovchiligi taʼsir koʻrsatmaydi. Maksimal konsentratsiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega boʻlib, meʼdaning pariyetal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 90-95% (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein).

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli toʻliq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda chiqarilish kamayadi.

 

 

Qoʻllanilishi

Kattalar

  • meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligi (zoʻrayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori chaqirgan (majmuaviy davolash tarkibida);
  • gastroezofagel reflyuks kasalligi, reflyuks-ezofagit, shu jumladan, eroziv (zoʻrayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda);
  • gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, meʼda-ichak yoʻllarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastotsitoz);
  • Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish chaqirgan meʼda va oʻn ikki barmoq ichakni eroziv-yarali shikastlanishida qoʻllanadi.

Bolalar

  • 2 yoshdan oshgan bolalarda gastroezofagel reflyuks kasalligi.
  • 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi.

Kattalar

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligini zoʻrayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yalligʻlanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni ogʻir darajali kechishi boʻlgan patsiyentlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi.

Oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati boʻlganida – 4-5 hafta; meʼda yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi.

Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi koʻpgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani toʻliq chandiqlanishi amalga oshmagan patsiyentlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak.

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. Oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, meʼda yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati boʻlganida dazani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga boʻlinadi).

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Helicobacter pylori ni eradikatsiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksitsillin 1 g, klaritromitsin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromitsin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksitsillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida: omeprazol 20-40 mg va amoksitsillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromitsin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksitsillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) oʻtkaziladi.

Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (ogʻir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak funksiyasini buzilishida va keksa yoshdagi patsiyentlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

2 yoshdan oshgan bolalarda (tana vazni 20 kg dan yuqori) gastroezofageal reflyuks kasalligida 20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Zarurati boʻlganida doza sutkada 1 marta 40 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi 4-8 xaftani tashkil etadi. 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligida (majmuaviy davolash tarkibida):

Tana vazni 15-30 kg boʻlgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 10 mg, amoksitsillin 25 mg/kg, klaritromitsin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta (bunda kapsula ichidagisi 50 ml ichimlik suviga qoʻshiladi, aralashtiriladi, yarmi oʻlchanadi va bolaga beriladi);

Tana vazni 31-40 kg boʻlgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksitsillin 750 mg, klaritromitsin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta;

Tana vazni 40 kg dan yuqori boʻlgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksitsillin 1000 mg, klaritromitsin 500 mg – sutkada 2 marta buyuriladi.

Butun kapsulani yutish bilan bogʻliq muammolar boʻlganida uni ochib ichidagisini yutish yoki kapsulani shimish, shuningdek kapsula ichidagisini nordon suyuqlik (sharbat, yogurt) bilan aralashtirish va hosil boʻlgan suspenziyani 30 minut davomida ishlatish mumkin.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Noxush nojoʻya reaksiyalarning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq rivojlanish tez-tezligi boʻyicha tasnifi

Juda tez-tez – 1/10 buyurishlar (≥10%); tez-tez – 1/100 buyurishlar (≥1%, <10%); tez-tez emas – 1/1000 buyurishlar (≥0,1%, <1%); kam hollarda – 1/10000 buyurishlar (≥0,01%, <0,1%); juda kam hollarda (shu jumladan alohida holatlar) – 1/10000 dan kam (<0,01%).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda ogʻriq, diareya, qabziyat, koʻngil aynishi, qusish, meteorizm (koʻpgina hollarda sanab oʻtilgan koʻrinishlarning yaqqolligi davolash davom ettirilganda oshib boradi); tez-tez emas – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi (qaytuvchan xarakterda); kam hollarda – mikroskopik kolit, til rangini jigarrang-qora ranggacha oʻzgarishi va klaritromitsin bilan bir vaqtda qoʻllaganda soʻlak bezlarining xavfsiz kistalarini paydo boʻlishi (koʻrinishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash toʻxtatilgandan keyin yoʻq boʻladi); juda kam hollarda – ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini qurishi, stomatit, kandidoz, pankreatit, jigarning ogʻir kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan kechuvchi), jigar funksiyasini buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, xolsizlik (uzoq vaqt davolaganda ogʻirlashadi); tez-tez emas – bosh aylanishi, uyqusizlik, vertigo; kam hollarda – paresteziya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ayniqsa keksa patsiyentlarda yoki kasallik ogʻir kechganda; juda kam hollarda – bezovtalik, qoʻzgʻalish, depressiya, ayniqsa keksa patsiyentlarda yoki kasallik ogʻir kechganda, jigarning ogʻir kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda – ensefalopatiya.

Sezgi aʼzolari tomonidan: tez-tez emas – koʻrishni buzilishlari, shu jumladan koʻrish maydonini qisqarishi, koʻrish oʻtkirligi va koʻrish aniqligini pasayishi, eshitishni buzilishi, shu jumladan “quloqlarda shangʻillash” (odatda davolash toʻxtatilgandan keyin oʻtib ketadi); kam hollarda – taʼm bilishni buzilishi (odatda davolash toʻxtatilgandan keyin oʻtib ketadi).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – umurtqa pogʻonasi, bilak suyaklari, son suyagi boshchasini sinishi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang); kam hollarda – mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda – mushak kuchsizligi.

Qon yaratish aʼzolari tomonidan: bolalarda gixrom mikrotsitar anemiya; juda kam hollarda – qaytuvchan trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, pansitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – eshakemi, teri toshmasi va/yoki qichishishi, fotosensibilizatsiya, koʻp shaklli eritema, alopetsiya, koʻp terlash; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – toshma, angionevrotik shish, tana haroratini oshishi, isitma, bronxospazm, allergik vaskulit, anafilaktik reaksiyalar/shok.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – interstitsial nefrit.

Boshqalar: tez-tez emas – periferik shish (odatda davolash toʻxtatilgandan keyin oʻtib ketadi), kam hollarda – lohaslik, giponatriyemiya; juda kam hollarda – ginekomastiya; tez-tezligi nomaʼlum – gipomagniyemiya (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Omeprazol yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; fruktozani oʻzlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya; atanazanavir, dalachoy, erlotinib va pozakonazol bilan bir vaqtda qabul qilish; jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda klaritromitsin bilan bir vaqtda qoʻllash.

2 yoshdan kichik va/yoki tana vazni 20 kg dan kam boʻlgan bolalar (gastroezofageal reflyuks kasalligini davolaganda).

4 yoshdan kichik bolalar (Helicobacter pylori chaqirgan oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligini davolaganda).

Gastroezofageal reflyuks kasallik va Helicobacter pylori chaqirgan oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligidan tashqari barcha koʻrsatmalar uchun 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan.

Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; osteoporoz; klaritromitsin, klopidogrel, intrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, vorikonazol, rifampitsin bilan bir vaqtda qoʻllaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Omeprazol bilan bir vaqtda qoʻllanilganda ketokonazolning soʻrilishi pasayishi mumkin.

Meʼda shirasining kislotaligini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi omeprazol bilan davolash ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va ergotinibning soʻrilishini pasayishiga, shuningdek digoksin kabi preparatlarning soʻrilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Sutkada 1 marta 20 mg dozada omeprazol va digoksinni birga qabul qilish digoksinning biokiraolishligini 10% ga oshiradi (20% patsiyentlarda digoksinning biokiraolishligi 30% gacha oshgan).

Omeprazol uzoq vaqt davolaganda V12 vitaminining soʻrilishini pasaytirishi mumkin.

Yaqqol klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsiri tufayli, omeprazolni dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Omeprazolni klaritromitsin yoki eritromitsin bilan birga qabul qilinganda omeprazolning qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshadi.

Omeprazol bilan bir vaqtda qoʻllanilganda atanazavirning “konsentratsiya-vaqt” egri chizigʻi ostidagi maydon 75% ga kamayadi, shuning uchun ularni bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Omeprazol sitoxrom R450 ingibitori boʻlib, varfarin, klomipramin, sitalopram, geksabarbital, disulfiram (sitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning konsentratsiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin.

Metotreksatni proton pompa ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʻllaganda ayrim patsiyentlarda qon plazmasida metotreksatning konsentratsiyasini ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Metotreksatning yuqori dozalari bilan davolaganda omeprazolni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatish kerak.

Omeprazolni amoksitsillin yoki metronidazol bilan bir vaqtda qabul qilish omeprazolning qon plazmasidagi konsentratsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Omeprazolni kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin, fenatsetin, budesonid, antatsidlar, estradiol bilan birga qoʻllaganda klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsirlar aniqlanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin xavfli oʻsma jarayoni (ayniqsa meʼda yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblab, toʻgʻri tashhis qoʻyishni kechiktirishi mumkin.

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning samaradorligiga taʼsir qilmaydi.

Meʼda kislotaligini pasayishi, shu jumladan proton pompa blokatorlarini qoʻllaganda meʼda-ichak yoʻllarida bakteriyalarning soni oshadi, bu meʼda-ichak infeksiyalarini yuzaga kelishini oshiradi. Xlorid kislotasi sekretsiyasini pasayishi oqibatida xromogranin A (CgA) konsentratsiyasini oshiradi. Qon plazmasida CgA konsentratsiyasini oshishi neyroendokrin oʻsmalarni aniqlash yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning natijalariga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ushbu taʼsirni oldini olish uchun CgA konsentratsiyasini aniqlash tekshiruvini oʻtkazishdan 5 kun oldin omeprazolni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatish kerak.

Jigar funksiyasini yaqqol yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda omeprazol preparati bilan davolash vaqtida “jigar” fermentlari koʻrsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak.

Preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uglevod almashinuvining tugʻma buzilishlari (fruktozani oʻzlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi) boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

NYAQP ni qabul qilish bilan bogʻliq eroziv-yarali shikastlanishlarni davolaganda yaraga qarshi davolashning samaradorligini oshirish uchun NYAQP bilan davolashni cheklash yoki toʻxtatish masalasini sinchkovlik bilan koʻrib chiqish kerak.

Preparat natriy saqlaydi, buni natriy nzoratlangan parhezga rioya qilayotgan patsiyentlarda eʼtiborga olish kerak. Omeprazol preparati bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi uzoq vaqt (1 yil koʻp) davolashning fosla va xavfini muntazam baholash kerak. Asosan keksa patsiyentlarda, shuningdek moyil omillari boʻlgan patsiyentlarda umurtqa, bilak suyaklari, son suyagini sinishlari yuzaga kelishi xavfini oshishi haqida maʼlumotlar bor. Osteoporoz rivojlanishi xavfi boʻlgan patsiyentlarda D vitamini va kalsiyni adekvat isteʼmol qilishini taʼminlash kerak.

Proton nasos ingibitorlari, shu jumladan omeprazol bilan uzoq vaqt davolanayotgan patsiyentlarda, ayniqsa digoksin yoki qon plazmasida magniyning darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qoʻllanilganda magniyning darajasini muntazam nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Tadqiqot natijalari homiladorlikni kechishi, homilani va yangi tugʻilgan chaqaloqning sogʻligʻiga noxush taʼsiri yoʻqligini namoyish etadi. Omeprazolni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin. Omeprazol koʻkrak suti bilan ajraladi, lekin terapevtik dozalarda qoʻllanilganda bolaga taʼsir koʻrsatishining ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, koʻrishni noaniqliligi, uyquchanlik, ogʻizni qurishi, koʻngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh ogʻrigʻi.

Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas.

Spetsifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 20 mg.

10 kapsuladan kontur uyali oʻramda.

3 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.