Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Оксолин МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Оксолин МАЗЬ 0,25% 10г №1

2 500 so'mdan
(3790)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЗИЕ НУР ФАРМ
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Противовирусные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

nazal surtma

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi faollikka ega, gripp virusining hujayra membranasi yuzasidagi bog‘lanish joylarini bloklab, hujayralarni ularga virusni kirishidan himoya qiladi.

Farmakokinetikasi

Shilliq qavatiga surtilganida preparatning taxminan 20% so‘riladi. Organizmda to‘planmaydi va sutka davomida asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Virusli rinitlarni davolash, grippni oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy.

Virusli rinitni davolash: burun shilliq qavatiga surtma kuniga 2-3 marta 3-4 sutka davomida surtiladi.

Grippni oldini olish uchun: gripp epidemiyasining ko‘tarilgan va maksimal rivojlangan davrida yoki gripp bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lganda, burun shilliq qavatiga har kuni sutkada 2-3 marta 25 kun davomida surtiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Burun shilliq qavatida tez o‘tib ketuvchi achishish hissi, rinoreya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, laktasiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlar aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat ko‘zning virusli shikastlarishlarida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.

 

Saqlash sharoiti

10oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.