Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Оксолин МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Оксолин МАЗЬ 0,25% 10г №1

3 500 so'mdan
(4236)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ВИШФА. УКРАИНА
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Противовирусные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

nazal surtma

 

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dioksotetragidroksitetragidronaftalin (oksolin) – 0,25 g.

yordamchi moddalar: suyuq parafin (vazelin moyi), vazelin.

 

Taʼrifi: 

oqdan och-sariq rangligacha boʻlgan surtma.

Izoh: saqlanganda pushti tus paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 viruslarga qarshi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi faollikka ega, gripp virusining hujayra membranasi yuzasidagi bogʻlanish joylarini bloklab, hujayralarni ularga virusni kirishidan himoya qiladi.

Farmakokinetikasi

Shilliq qavatiga surtilganida preparatning taxminan 20% soʻriladi. Organizmda toʻplanmaydi va sutka davomida asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Virusli rinitlarni davolash, grippni oldini olish uchun qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Mahalliy.

Virusli rinitni davolash: burun shilliq qavatiga surtma kuniga 2-3 marta 3-4 sutka davomida surtiladi.

Grippni oldini olish uchun: gripp epidemiyasining koʻtarilgan va maksimal rivojlangan davrida yoki gripp bilan kasallangan bemor bilan muloqotda boʻlganda, burun shilliq qavatiga har kuni sutkada 2-3 marta 25 kun davomida surtiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Burun shilliq qavatida tez oʻtib ketuvchi achishish hissi, rinoreya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, laktatsiya davri, 2 yoshgacha boʻlgan bolalar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori preparatlari bilan birga qoʻllanganida salbiy koʻrinishlar aniqlanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat koʻzning virusli shikastlarishlarida qoʻllash uchun moʻljallanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari taʼriflanmagan.

 

Chiqarilish shakli

10 g dan alyumin tubada. Har bir tuba tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

10oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.