Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Оксивин-DF СПРЕЙ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Оксивин-DF СПРЕЙ НАЗАЛЬНЫЙ 0,05% 10МЛ №1

8 000 so'mdan
(1985)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Оксивин-DF СПРЕЙ НАЗАЛЬНЫЙ 0,05% 10МЛ №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:oksimetazolin gidroxloridi – 0,1 mg yoki 0,25 mg

yordamchi moddalar:benzalkoniy xloridi (10 % li eritma koʻrinishida), natriy xloridi, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy fosfat dodekagidrati, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 tiniq, rangsiz yoki biroz sargʻish rangli eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Nazal preparatlar. Antikongestantlar va mahalliy qoʻllash uchun boshqa nazal preparatlar. Simpatomimetiklar. Oksimetazolin.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Oksimetazolin mahalliy qoʻllanilganda qon oqimi tizimiga oz miqdorda soʻriladi, shuning uchun qon plazmasidagi uning konsentratsiyasi ahamiyatsiz boʻladi. Preparatning taʼsiri qoʻllanilgandan keyin 15 minut oʻtgach namoyon boʻladi. Taʼsir davomiyligi – 10-12 soat.

Preparat faqat oʻrtacha darajada metabolizmga uchraydi va organizmdan asosan oʻzgarmagan koʻrinishda siydik va axlat bilan chiqariladi.

Farmakodinamikasi

Oksimetazolin imidazolin hosilalari guruhiga mansub alfa-adrenomimetik boʻlib hisoblanadi. Intranazal qoʻllanilganda burun shilliq qavatidagi qon tomirlar torayadi, burun-halqum shilliq qavatidagi shish va giperemiya bartaraf etiladi. Burun shilliq qavati shishi bartaraf etilgandan keyin burun yondosh boʻshliqlari, eshituv naylarini aeratsiyasi uchun chiqaruvchi kanallar ochiladi va kengayadi. Bu burun boʻshliqlarining dranaj funksiyasini ragʻbatlantiradi va bakterial asoratlar rivojlanishi oldini oladi.

 

Qoʻllanilishi
  • oʻtkir, allergik, vazomotor rinit
  • rinosinusit
  • rinit bilan assotsiatsiyalangan yevstaxiit
  • diagnostik muolajalardan oldin burun boʻshligʻi shilliq qavati shishini bartaraf etish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Intranazal buyuriladi.

Qalpoqcha burab yechiladi va flakon korpusiga biroz bosiladi.

0,025% nazal tomchilar 1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga: har bir burun yoʻliga 1-2 tomchidan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

0,01% nazal tomchilar:

  • hayotining birinchi 4 xaftaligida yangi tugʻilgan chaqaloqlarga – har bir burun yoʻliga 1 tomchidan sutkada 2-3 marta
  • hayotining 5 xaftasidan boshlab 1 yoshgacha boʻlgan bolalarga – har bir burun yoʻliga 1-2 tomchidan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Quyidagi muolajaga yoʻl qoʻyiladi: yoshga qarab 1-2 tomchi 0,01% eritma paxtaga tomiziladi va burun yoʻllari artiladi.

Davolash kursi 5-7 kungacha.

Tomizganda flakon-tomchilagichning uchi boshqa predmetlar yoki yuzalarga tegmasligi yuzasidan kuzatish kerak. Tomizgandan keyin flakon-tomchilagich qalpoqcha bilan zich berkitilsin!

 

Nojoʻya taʼsirlari

Tez-tez:

  • burun yoʻllari shilliq qavatida achishish va qurishi
  • ogʻiz va tomoqni qurishi
  • aksirish

tez-tez emas:

  • bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi
  • uyqusizlik
  • charchoqlik (toliqish)
  • koʻngil aynishi
  • shilliq qavatlarni shishi (burun bitishi hissi)
  • reaktiv giperemiya
  • shilliq qavat atrofiyasi
  • allergik reaksiyalar (Kvinke shishi, eshakemi, qichishish)

juda kam hollarda:

  • pulsni tezlashishi
  • arterial gipertenziya
  • taxikardiya
  • taxifilaksiya

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • atrofik rinit
  • yaqqol ateroskleroz
  • surunkali yurak yetishmovchiligi
  • aritmiyalar
  • arterial gipertenziya
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi
  • prostata bezi giperplaziyasi
  • monoaminooksidaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish va ularni qoʻllash toʻxtatilgandan keyin 14 kungacha boʻlgan davr
  • qandli diabet
  • tireotoksikoz, gipertireoz
  • yopiq burchakli glaukoma
  • koʻzlarning ogʻir kasalliklari
  • feoxromatsitoma
  • porfiriya
  • 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas (Oksivin-DF® 0,025% uchun).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vositalarning soʻrilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi.

Oksivin-DF® ni qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa vositalar (yuborish usulidan qatʼiy nazar) bilan qoʻllaganda nojoʻya samaralarni oʻzaro kuchayishi kuzatilishi mumkin.

Monoaminooksidaza ingibitorlari (shu jumladan ular bekor qilingandan keyin 14 kun muddat davomida) va tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda buyurish arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Oksivin-DF® ni uzoq vaqt qoʻllash va dozasini oshirib yuborishdan saqlanish kerak.

Qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni davomli yoki tez-tez qoʻllash preparatning samaradorligini kamayishiga, shuningdek ularni notoʻgʻri qoʻllash burun shilliq qavatini atrofiyasi va shishiga olib kelishi mumkin.

Surunkali rinitni davolash uchun Oksivin-DF® buyurilganda burun shilliq qavatini atrofiyasidan saqlanish uchun faqat shifokor kuzatuvi ostida qoʻllanishi mumkin.

Imidazolin hosilalarini yuqori dozalarda tez-tez qoʻllash burun yoʻllarining reaktiv dimlanishiga (burun bitishiga) olib kelishi mumkin. Shuning uchun tavsiya etilgan dozani mustaqil oshirish va preparatni 5-7 kundan ortiq qoʻllash mumkin emas.

Yurak ishemik kasalligida (YUIK) ehtiyotkorlik bilan qoʻllanilsin.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola va homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgan hollardagina qoʻllash mumkin.

Dori vositasining transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsirining oʻziga xosligi

Oksivin-DF® tavsiya etilgan dozalarda transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Oksivin-DF® ni tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllagandan keyin yurak-qon tomir tizimi va markaziy nerv tizimiga umumiy taʼsirini inkor etib boʻlmaydi. Bunday hollarda transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tavsiya etilgan dozalar oshirilganda yoki toʻsatdan ichga qabul qilinganda quyidagi simptomlar yuzaga kelishi mumkin: qorachiqlarni torayishi, koʻngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratini oshishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatini susayishi, arterial gipertenziya, oʻpka shishi, nafas buzilishlari. Bundan tashqari ruhiy buzilishlar, shuningdek uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni toʻxtashi va ehtimol koma rivojlanishi bilan kechuvchi markaziy nerv tizimi funksiyasini susayishi paydo boʻlishi mumkin.

Davolash: darhol faollashtirilgan koʻmir (absorbent), natriy sulfati (surgi vositasi) buyuriladi yoki meʼda yuviladi. Arterial bosimni pasaytirish uchun noselektiv alfa-adrenoblokator (fentolamin 5 mg tuzli (fiziologik) eritmada sekin vena ichiga yoki 100 mg peroral) buyuriladi. Vazopressor vositalarni qoʻllash mumkin emas.

Zarurati boʻlganida isitmani tushiruvchi, tirishishga qarshi davolash va oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyasi oʻtkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

10 ml dan preparat birinchi ochish nazoratli qalpoqcha bilan berkitilgan plastik flakon-tomchilagichlarda. Har bir flakonga etiketka yopishtiriladi. Bir flakondan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.