Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Окситоцин АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Окситоцин АМПУЛЫ 5МЕ 1мл №5

5 000 so'mdan
(2541)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Oxytocin
Ishlab chiqaruvchi
УЗГЕРМЕД
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat shifokor kuzatuvi ostida stasionar sharoitda bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati, homilaning holati, ayolning arterial bosimi va umumiy holatining nazorati ostida qo‘llanilsin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bachadonni haddan tashqari rag‘batlantirilishi, bu gipertonusga va bachadonni tetanik qisqarishlariga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida bachadonni yorilishi, tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar, homilaning yurak faoliyati tomonidan turli o‘zgarishlarga, gipoksiyaga va homilani nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin: homilani ezilishi, homilaning asfiksiyasi, homilaning bradikardiyasi, bachadon-yo‘ldosh gipoperfuziyasi, giperkapniya, homilaning tug‘ruq jarohatlari, suvli intoksikasiya, tirishishlar.

Davolash: oksitosinni yuborishni darhol to‘xtatish, suyuqlikni yuborishni kamaytirish, diurezni jadallashtirish, simptomatik preparatlar va gipertonik tuzli eritmalarni (elektrolit muvozanatni normallashtirish maqsadida), barbituratlarni (ehtiyotkorlik sifatida) yuborish kerak. Pasientni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 4°S dan 20°S gacha haroratda.

Dori shakli

 vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Farmakologik xususiyatlari

Oksitosin – gipofizning orqa qismi peptid gormonining sintetik analogidir – bachadonning silliq mushaklari (ayniqsa homilador) va sut bezlaridagi mioepitelial xujayralarni qisqarishini rag‘batlantiradi.

Oksitosin kuchsiz antidiuretik samara ko‘rsatadi va terapevtik dozalarda arterial bosimga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Samarasi teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda 1-2 minutdan keyin kuzatiladi, 20-30 minut davom etadi; vena ichiga yuborilganda 0,5-1 minutdan keyin boshlanadi.

Farmakokinetikasi

T1/2 – 1-6 minut (homiladorlikning kechki davrlarida va laktasiya davrida qisqaradi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (30%).

Jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Homiladorlik davrida nishon-a‘zolarda, yo‘ldoshda endogen va ekzogen oksitosinni faolsizlantiruvchi oksitosinazaning darajasi oshadi. O‘zgarmagan ko‘rinishda asosan buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish va rag‘batlantirish uchun; tug‘ruqdan keyingi erta davrda bachadondan gipotonik qon ketishlarini oldini olish va davolash uchun va bachadonni tug‘ruqdan keyingi involyusiyasini tezlashtirish uchun: kesar kesishda (yo‘ldosh olib tashlangandan keyin) bachadonni qisqaruvchanlik qobiliyatini kuchaytirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Oksitosin vena ichiga, mushak ichiga yuboriladi. Tug‘ruqni qo‘zg‘atish uchun mushak ichiga         0,5-2,0 XB oksitosin yuboriladi; zarurati bo‘lganida har 30-60 minutda in‘eksiya takrorlanadi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 1 ml oksitosin (5 XB) 500 ml 5% li dekstroza eritmasida suyultiriladi. Yuborishni minutiga 5-8 tomchidan boshlanadi, keyinchalik tug‘ruq faoliyatining xarakteriga qarab tezlik oshiriladi, lekin minutiga 40 tomchidan oshmasligi kerak. Infuziya jarayonida bachadon faolligi va homilaning YUQS ni doimiy nazorat qilish kerak.

Bachadondan gipotonik qon ketishlarni oldini olish uchun oksitosin mushak ichiga 3-5 XB dan sutkada 2-3 marta 2-3 kun davomida har kuni, bachadondan gipotonik qon ketishlarni davolash uchun esa 5-8 XB dan kuniga 2-3 marta 3 sutka davomida yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aritmiya va bradikardiya (onada va homilada), arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, shok, subaraxnoidal qon ketishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, neonatal sariqlik, homilada fibrinogen darajasini kamayishi, allergik reaksiyalar, bronxospazm, suvni tutilishi, tug‘ruq faoliyatini haddan tashqari faolligi, bu homilaning o‘tkir gipoksiyasi, normal joylashgan yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishi, bachadonni yorilishiga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlarning simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligi, bachadon yorilishiga moyillik, ona chanog‘ining o‘lchamlarini homilaning o‘lchamlariga mos kelmasligi (anatomik va klinik tor chanoq), homilani ko‘ndalang yoki qiyshiq joylashishi, muddatidan oldingi tug‘ruq, bachadon yorilishi xavfi, kesarev kesish yoki bachadondagi boshqa operasiyalardan keyin chandiqlarni mavjudligi, bachadonni haddan tashqarishi cho‘zilishi, ko‘p marta tug‘ruqdan keyingi bachadon, bachadon sepsisi, bachadon bo‘yini invaziv karsinomasi, bachadon gipertonusi (tug‘ruq jarayonida paydo bo‘lmagan), homilani ezilishi, yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishiga gumon, homilani bachadon ichidagi gipoksiyasi, yo‘ldoshni oldin kelishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Oksitosinni simpatomimetiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (simpatomimetiklarning pressor ta‘sirini kuchaytiradi).

MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash arterial bosim oshishi xavfini oshiradi. Galotan va siklopropan arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini kuchaytiradi.