Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Окситон СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Окситон СИРОП 100мг/мл 20мл №3

75 900 so'mdan
(3160)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ДАРБИОЛ ЭНДО
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Стимуляторы метаболических процессов
Dori tafsilotlari
TARKIBI: 
QILINISH SHAKLI:
TA’SIRI: 
QO’LLASH USULI VA DOZALARI: 
QABUL QILISH KURSI:
NOJO’YA TA’SIRI: 
SAQLASH SHAROITI:
ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI: 
TARKIBI: 

Har bir 10 ml da: L-karnitin - 1 000 mg. Yordamchi moddalar: shakar, suv, apelsin aromatizatori, natriy benzoati.

 

QILINISH SHAKLI:

 Iste’molchilarga qulay bo’lishi uchun sirop ko’rinishida ishlab chiqarilib ichga qabul qilinadi (peroral qabul).

 

TA’SIRI: 

L-karnitin-bu aminokislota bo’lib, BT vitamin guruhi deb ham ataladi, biologik faol qo’shimcha. L-karnitin - B guruh vitaminlariga (бошқа сўз топиш керак) tabiiy modda sanaladi. Pirovardida ATF hosil bo’luvchi sitoplazmadan mitohondriyaga membrana orqali yog’ kislotalarini tashuvchi hisoblanadi. Yog’larni ular energiya hosil qiluvchiga aylanishini ta’minlovchi hujayra mitohondriyasiga yog’ kislotalarini faol olib kelish orqali asosiy energiya manbai sifatida qo’llanilishini ta’minlaydi. Optimal fiziologik holat va energiya ta’minotini ta’minlashni qo’llab-quvvatlaydi.

 

• Organizmning tashqi muhit va stresslarga qarshiligini oshiradi; • Biofaol moddalar kompleksida organizmning turli metabolik va biokimyoviy funksiyalariga ta’sir o’tkazadi, miya, jigar va erkin radikal to’qimalar membranasida himoya bilan ta’minlaydi (antioksidant ta’sir), bolalar va 16 yoshga yetmagan o’smirlarda bo’y o’sishida to’xtalish va vazn yetishmovchiligida qo’llaniladi, to’qimalarning energiya bilan ta’minlanishida ijobiy ishtirok etadi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi va qon-tomir holatini yaxshilaydi;

• Asab anoreksiyasida, jismoniy toliqish, xirurgik amaliyotlardan so’ng, kasalliklarni yengib o’tgandan keyingi holatlarda, yurak ishemik hastaliklarining surunkali formalarida anabolik vosita sifatida tavsiya etiladi;

• Keksa yoshdagi odamlarda ovqat rasioniga qo’shimcha sifatida, boshmiyadagi qarish oqibatidagi o’zgarishlar profilaktikasida, shuningdek diqqat va e’tiborni, xotirani yaxshilovchi vosita sifatida tavsiya etiladi;

• Ko’rish qobliyati va ko’z funksiyalarini yaxshilaydi. «OKSITON» mahsuloti ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi va katarakta rivojlanishini 40% ga pasaytiradi. Bu vitaminsifat modda L-karnitinning setchatka tomirlarining distrofik o’zgarishlari jarayonining sekinlashishi bilan tushuntiriladi. TAVSIYAETILADI: Ushbu vosita turli stress holatlari, nevrozlar, yurakqon-tomir xastaliklarida va uyqubuzilishlarida qo’llaniladi.

 

QO’LLASH USULI VA DOZALARI: 

Ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi. Qo’llashdan oldin chayqatilsin. 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1,0 ml dan kuniga 2-3 mahal. (1/5 hisobda choyqoshiqda yoki 10 tomchi), 1 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1/4 choyqoshiqd ayoki 14 tomchidan kuniga 1-2 mahal, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga kuniga 1/4 choyqoshiq dan kuniga 2-3 mahal (100-200 mg),12 yosh va undan kattalarga 2,5 ml dan kuniga 2-3 mahal (sutkalik doza 400-900 mg). 

 

QABUL QILISH KURSI:

10 kundan 30 kungacha, qabul qilishni bir oydan so’ng takrorlash mumkin. QARSHI KO’RSATMALAR: Homiladorlik va emiziklik davrda qo’llanilish bo’yich ama’lumotlarning yetishmasligi sababli tavsiya etilmaydi. Qandli diabetda.

 

NOJO’YA TA’SIRI: 

Kam holatlarda nojo’ya ta’siri paydo bo’lgan holatlarda qabul qilish to’xtatilsin va shifokorga murojaat etilish ilozim. 

 

SAQLASH SHAROITI:

Mahsulot quruq, qorong’u, harorat +2°С dan kam bo’lmagan va +25°С dan yuqori bo’lmagan va nisbiy namligi 70% dan oshmagan joyda saqlansin. 

 

 
ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI: 

20ml li 3 ta plastik flakonda karton korobkada qo’llalsh bo’yicha yo’riqnoma bilan birgalikda. Dori vositasi emas.