Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ОКСАЛИПЛАТИН ФЛАКОН

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ОКСАЛИПЛАТИН ФЛАКОН 100МГ №1

340 000 so'mdan
(4924)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Chiqarilish shakli
ФЛ
Farma. Guruh
Противоопухлевые препараты
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus saqlash sharoitlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Oksaliplatinni:
anamnezda oksaliplatinga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasiga ega bo'lgan patsiyentlarda;
emizikli ayollarda;
birinchi siklaterapiya boshlanishi paytida miyelosupressiya bilan kasallangan patsiyentlarda, bu haqida neytrofillar dastlabki miqdorining < 2×109/l ga va/yoki trombotsitlarning<100 ×109/l ga pasayishi dalolat beradi;
davolashning birinchi sikli boshlanishiga qadar faoliyati buzilgani holda periferik sensorli neyropatiya bilan kasallangan patsiyentlarda.
buyrak funktsiyasi og'ir buzilishi (kreatininklirensi 30 ml/minutdan kam) bo'lgan patsiyentlarda qo'llash mumkin emas.

Dori shakli

Infuzion eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun rangsiz shisha flakonlarda.

Farmakodinamikasi
Oksaliplatin o'zi bilan o'smaga qarshi platina preparatlarining yangi sinfiga mansub bo'lgan vositani ifodalaydi, bunda platina ionlari 1, 2-diaminotsiklogeksan va oksalat guruhi bilan kompleksni hosil qiladi. Oksaliplatinning biotransformatsiyasi jarayonda hosil bo'ladigan oksaliplatin gidratatsiyasi mahsulotlari molekulaning bitta yoki har ikkala zanjiri asoslari o'rtasida choklar hosil bo'lishiga olib kelgan holda DNK bilan o'zaro ta'sirlashadi, bu esa DNK sintezi buzilishiga olib keladi. Oksaliplatin sitotoksiklikka qarshi va o'smaga, shu jumladan odamning kolorektal rakiga, shuningdek sisplatinga rezistent bo'lgan o'smalarga qarshi faollikning keng spektriga ega. Oksaliplatin 5-ftoruratsil bilan kombinatsiyalanganida har ikkala preparatning sinergik sitotoksik faolligi in vitro va in vivo kuzatilgan.
 
Farmakokinetikasi
Ulьtrafilьtrlanadigan platinaning o'rtacha AUC0-48 qiymatlari – 4,19 mkg×soat/ml, Cmax – 0,814 mkg/ml, AUC – 4,68 mkg×soat/ml, Vss – 440 l, CL –17,4 l/soat, t1/2α – 0,43 soat, t1/2β –16,8 soat, t1/2γ –391 soatni tashkil etadi. 2 soat davom etadigan infuziya yakunida yuborilgan platina dozasining 15 foizi qon oqimi tizimida aniqlanadi, qolgan 85 foizi to'qimada tezda taqsimlanadi yoki siydik bilan chiqariladi. Preparat qon plazmasi eritrotsitlari va oqsillari bilan qaytmas holda bog'lanadi. Platina plazmaning ulьtrafilьtratida to'planmaydi va farmakokinetikaning muvozanat holatiga davolashning birinchi sikli davomida erishiladi. Oksaliplatin organizmda nofermentativ parchalanish yo'li bilan jadal biotransformatsiyaga uchraydi, natijada 2 soat davom etadigan infuziya yakunida plazmaning ulьtrafilьtratidagi o'zgarmas modda aniqlanmaydi. Platina ko'pincha siydik bilan (ko'pincha yuborilganidan keyin 48 soat davomida) chiqariladi. Beshinchi kunga kelib preparatning umumiy yuborilgan dozasining taxminan 54 foizi siydikda va <3 foizi najasda aniqlanadi.
 
Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlarning uchrashi tez-tezligiga doir quyidagi toifalardan foydalaniladi: juda tez-tez (10 tadan ≥1 ta);tez-tez (100 tadan ≥1 ta, ammo10 tadan <1 ta); tez-tez emas (1000tadan ≥1 ta, ammo100 tadan <1); kam hollarda (10000 tadan ≥ 1 ta, ammo 1000 tadan <1 ta); juda kam hollarda (10000 tadan <1 ta); noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalarda
Juda tez-tez: infektsiyalar.
Tez-tez: rinit,yuqori nafas yo'llari infektsiyalari,neytropenik sepsis (shu jumladan o'lim bilan yakun topuvchi).
Tez-tez emas: sepsis.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: anemiya, neytropeniya, trombotsitopeniya, leykopeniya, limfopeniya.
Tez-tez: febril neytropeniya.
Kam hollarda: immunoallergiktrombotsitopeniya,gemolitikanemiya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: allergiya, allergik reaktsiyalar.Platinaning barcha preparatlaridan foydalanilganida kesishib o'tadigan, ayrim hollarda o'lim bilan yakun topgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan.
Ovqatlanish va modda almashinuvi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: anoreksiya, giperglikemiya, gipokaliyemiya, gipernatriyemiya.
Tez-tez: degidratatsiya.
Tez-tez emas: metabolik atsidoz.
Ruhiy buzilishlar
Tez-tez: depressiya, insomniya.
Tez-tez emas: yuqori darajada qo'zg'aluvchanlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: periferik sensor neyropatiya, sensor buzilishi, disgevziya, bosh og'rig'i.
Tez-tez: bosh aylanishi, motorga oid nevrit, meningizm.
Kam hollarda: dizartriya, qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiyasisindromi.
Noma'lum: tirishishlar.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez:kon'yunktivit, ko'rishni buzilishi.
Kam hollarda: ko'rish o'tkirligining tranzitor pasayishi, ko'rish maydonlarining o'zgarishlari, ko'rish nervi nevriti, ko'rishning tranzitor yo'qotilishi (davolash to'xtatilganidan keyin qaytuvchan bo'ladi).
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ototoksiklik.
Tez-tez emas: karlik.
Tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: qon ketishi, quyilishlar, chuqur venalar trombozi, gipertenziya.
Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar
Juda tez-tez: dispnoe,yo'tal, burundan qon ketishi.
Tez-tez: hiqichoq, o'pka arteriyasining tromboemboliyasi.
Kam hollarda:o'pkaning interstitsial kasalligi (gohida o'lim bilan yakun topadigan), o'pka fibrozi.
Noma'lum: laringospazm.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko'ngil aynishi, diareya, qusish (degidratatsiya,paralitik ichak tutilib qolishi, ichak obstruktsiyasi, gipokaliyemiya rivojlanishiga, metabolik atsidozga va buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin), stomatit/mukozit, qorinda og'riq, qabziyat.
Tez-tez: dispepsiya, gastroezofagealreflyuks, me'da-ichakda qon ketishi, rektal qon ketishi.
Tez-tez emas: ichak tutilib qolishi,ichak obstruktsiyasi.
Kam hollarda: kolit, shu jumladan Clostridiumdifficile bilan bog'liq diareya, pankreatit.
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: jigar kapillyarlari obstruktsiyasi sindromi (jumladan pelioz, bo'g'imli regenerativ giperplaziya va perisinusoidal fibroz).
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: teri tomonidan buzilishlar, alopetsiya.
Tez-tez: teri eksfoliatsiyasi (xususan, qo'l kafti-oyoq kafti sindromi sindrom), eritematoz teri toshmalari, teri toshmalari, toshma, gipergidroz, tirnoqlar tomonidan buzilishlar.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: belda og'riq.
Tez-tez: artralgiya, suyakda og'riq.
Siydik ajratish tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: gematuriya, dizuriya, siydik chiqarish tez-tezligining patologik o'zgarishlari.
Juda tez-tez: kanalchalarning o'tkir nekrozi, o'tkir interstitsial nefrit vao'tkir buyrak yetishmovchiligi.
Tizimli buzilishlar va yuborilish joyida asoratlar
Juda tez-tez:tana haroratini oshishi, charchoq, asteniya, og'riq, yuborish joyida reaktsiyalar.
Laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalarining o'zgarishlari
Juda tez-tez: qonda jigar fermentlari faolligining, ishqoriy fosfatazaning, bilirubin, laktat degidrogenaza (LDG) kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini ortishi (ad'yuvant terapiya sifatida foydalanilganida).
Tez-tez: kreatinin kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini kamayishi (metastatik o'sma yuzasidan foydalanilganida).

Maxsus shartlar

Oksaliplatindan faqat ixtisoslashtirilgan onkologiya bo'limi sharoitlarida foydalanish va tajribali onkolog kuzatuvi ostida uni yuborish lozim.
Buyrak funktsiyasi buzilishida
Buyrak funktsiyasi yengil yoki o'rtacha darajada buzilishi bo'lgan patsiyentlarni nojo'ya ta'sirlar yuzasidan sinchkov kuzatish va preparat dozasiga uning toksikligi namoyon bo'lishiga muvofiq holda tuzatish kiritish zarur.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Anamnezda platinaning har qanday preparatiga nisbatan allergik reaktsiyalari bo'lgan patsiyentlar ustidan o'ta sinchkov kuzatuvni ta'minlash zarur. Anafilaksiya namoyon bo'lishi rivojlanganida oksaliplatin infuziyasini darhol to'xtatish va mos keladigan simptomatik davolashni boshlash lozim. Bunday patsiyentlarga oksaliplatinni takroriy yuborish mumkin emas. Platinaning barcha preparatlaridan foydalanilganida kesishib o'tuvchan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan bo'lib, ular ayrim hollarda o'lim bilan yakun topgan. Ekstravazatsiyada oksaliplatinni yuborishni darhol to'xtatish va odatdagi mahalliy simptomatik davolashni boshlash lozim.
Neyrotoksikligi
Oksaliplatinni neyrotoksikligi namoyon bo'lishi hollarini, ayniqsa uni boshqa neyrotoksik dori vositalari bilan kombinatsiyada qo'llaganda sinchkov nazorat qilish zarur. Preparatni har bir yuborishdan oldin va keyinchalik vaqti-vaqti bilan nevrologik tekshiruvni o'tkazish zarur.
Agar patsiyentda oksaliplatin infuziyasi vaqtida yoki 2 soat davom etuvchi infuziya yakunlanganidan keyin bir necha soat o'tgach bo'g'iz va/yoki halqumning o'tkir dizesteziyasi rivojlansa, u holda preparatning keyingi infuziyalarining davomiyligi 6 soatni tashkil etishi kerak.
Periferik neyropatiya
Nevrologik simptomatika (paresteziyalar, dezesteziyalar) rivojlanganida mavjud simptomatika davomiyligi va og'irliligi darajasiga bog'liq ravishda oksaliplatin dozasining quyidagi modifikatsiyasi tavsiya etiladi.
Agar simptomlar 7 kundan ortiq davomida saqlanib tursa va patsiyentni bezovta qilsa, keyingi yuborilishlarda oksaliplatin dozasini 85 dan 65 mg/m2 gacha (kasallikning metastatik fazasini davolashda) yoki 75 mg/m2 gacha (ad'yuvant davolashda) pasaytirish zarur.
Agar paresteziya faoliyat buzilmagan holda keyingi siklaterapiyaga qadar saqlanib tursa, keyingi yuborilishlarda oksaliplatin dozasini 85 dan 65 mg/m2 gacha (kasallikning metastatik fazasini davolashda) yoki 75 mg/m2 gacha (ad'yuvant davolashda) pasaytirish zarur.
Agar paresteziya faoliyat buzilgan holda keyingi siklaterapiyaga qadar saqlanib tursa, oksaliplatin bilan davolashni to'xtatish zarur.
Mazkur simptomlarning og'irlik darajasi oksaliplatin qo'llanilishi bekor qilinganidan keyin kamayganida undan foydalanishni qayta boshlash masalasini ko'rib chiqish mumkin.
Patsiyentlarni davolash yakunlanganidan keyin barqaror periferik sensor neyropatiyasi rivojlanishi ehtimoli haqida xabardor qilish zarur. O'rtacha og'irlik darajasidagi lokallashgan paresteziya patsiyentlarning funktsional faolligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin, u ad'yuvant davolash yakunlanganidan keyin 3 yilgacha saqlanishi mumkin.
Qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiya sindromi (QOLS)
Oksaliplatinni kombinatsiyalangan kimyo terapiyasi tarkibida qabul qilgan patsiyentlarda qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiya sindromi (QOLS) rivojlanishi hollari qayd etilgan. Ushbu sindrom o'zi bilan kam uchraydigan, qaytuvchan, tezda rivojlanadigan nevrologik buzilishni ifodalaydi. Ushbu buzilish tirishish tutqanoqlari, arterial gipertenziya, bosh og'rig'i, ongning xiralashishi, ko'rmaslik va boshqa ko'rish va nevrologik buzilishlar bilan namoyon bo'lishi mumkin («Nomaqbul ta'sirlari» bo'limiga qarang).
QOLS tashhisi bosh miyaning nur tadqiqotlari, ko'proq magnit-rezonans tomografiya (MRT) natijalariga ko'ra aniqlanadi.
Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, degidratatsiya, gematologik ko'rsatkichlarning o'zgarishi
Me'da-ichak yo'llari tomonidan oksaliplatinning toksik ta'sirlari (xususan, ko'ngil aynishi va qusish) profilaktika yoki davolash maqsadida antiemetiklardan foydalanishni talab qiladi.
Og'ir diareya/qusish, xususan oksaliplatinni 5-ftoruratsil bilan kombinatsiya qilish fonida degidratatsiya, paralitik ichak tutilishi, ichakning obstruktsiyasi, gipokaliyemiya, metabolik atsidoz va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Gematologik toksiklik rivojlanganida (neytrofillar sonini <1,5x109/l yoki trombotsitlar sonini <50 x 109/l pasayishida) keyingi siklni qon ko'rsatkichlari maqbul darajaga tiklanishiga qadar qoldirib turish zarur. Davolash boshlanishi va keyingi barcha sikllar oldidan leykotsitar formulasi hisoblangan holda qonning kengaytirilgan tahlilini amalga oshirish zarur.
Oksaliplatinning miyelosupressiv ta'sirlari bir vaqtda qo'llanilayotgan boshqa kimyo preparatlarining miyelosupressiv ta'sirlari bilan qo'shilishi mumkin. Og'ir va barqaror miyelosupressiyali patsiyentlarda infektsiya asoratlari rivojlanishi xavfi yuqori bo'ladi. Oksaliplatinni qabul qilgan patsiyentlarda sepsis, neytropenik sepsis va septik shok, shu jumladan o'lim bilan yakun topgan hollar qayd etilgan. Har qanday mazkur asoratlar rivojlanganida oksaliplatin qo'llanilishini bekor qilish zarur.
Patsiyentlarni oksaliplatin va 5-ftoruratsil yuborilganidan keyin diareya, qusish, mukozit, stomatit va neytropeniya xavfi haqida hamda ular rivojlanganida mos davolashni amalga oshirish maqsadida darhol shifokor bilan bog'lanish zarurati haqida mos ravishda xabardor qilish zarur.
Mukozit/stomatit (neytropeniya mavjud bo'lgani holda yoki uningsiz) rivojlanganida davolashning keyingi siklini mukozit/stomatit og'irligi 1-darajadan yuqori bo'lmagan darajasiga mos holda qaytishiga qadar va/yoki neytrofillar soni ≥1,5x109/l ga oshishiga qadar qoldirib turish lozim.
Oksaliplatinni 5-ftoruratsil (shuningdek folin kislotasi) bilan kombinatsiyalanganida toksiklik namoyon bo'lganida 5-ftoruratsil dozasiga tuzatish kiritishning odatdagi printsiplariga amal qilish zarur.
4-darajali diareya, 3–4-darajali neytropeniya (neytrofillar sonining <1x109/l pasayishi), 3–4-darajali trombotsitopeniya (trombotsitlar sonining <50x109/l pasayishi) rivojlanganida, 5-ftoruratsil dozasini pasaytirish zarurati ehtimoli bilan bir vaqtda oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (kasallikning metastatik fazasini davolashda) yoki 75 mg/m2 gacha (ad'yuvant davolashda) pasaytirish zarur.
O'pka tomonidan buzilishlar
Nafas olish tomonidan izohlab bo'lmaydigan simptomlar, xususan unumsiz yo'tal, dispnoe, xirillash yoki nur tadqiqotlari natijalariga ko'ra o'pka infilьtratlari rivojlanganida, nafas olish tizimida o'tkazilgan o'pkaning interstitsial kasalligini istisno etish imkonini beruvchi doir boshqa tadqiqotlarnatijalari olinishiga qadar oksaliplatin qo'llanilishini bekor qilish zarur.
Qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar
Gemolitik-uremik sindrom (GUS) o'zi bilan hayotga tahdid soluvchi nojo'ya ta'sirni ifodalaydi (uning tez-tezligi noma'lum). Mikroangiopatik gemolitik anemiyaning har qanday belgilari paydo bo'lganida, xususan trombotsitopeniya bilan bir vaqtda, bilirubin, kreatinin va mochevina kontsentratsiyasi yoki zardobda LDG faolligi oshishi bilan bir vaqtda gemoglobin kontsentratsiyasining tezda pasayishi yuz berganida oksaliplatin qo'llanilishini bekor qilish zarur. Buyrak yetishmovchiligi davolash yakunlanganidan keyin qaytmas bo'lishi mumkin, shu munosabat bilan dializ terapiyasi talab qilinishi mumkin.
Jigar tomonidan buzilishlar
Jigar funktsiyasi probalarida jigarning metastatik shikastlanishi bilan yaqqol bog'liq bo'lmagan patologik o'zgarishlar yoki portal gipertenziya rivojlanganida jigar tomirlarining juda kam hollarda uchraydigan dorilar bilan shikastlanishini istisno qilish zarur.
Fertillikka ta'siri
Klinika oldi tadqiqotlarida oksaliplatinda genotoksik potentsial mavjudligi ko'rsatib berilgan. Shu sababli preparatni qabul qilayotgan erkaklarning ayol jinsiy sheriklariga davolash kursi davomida va u yakunlanganidan keyin 6 oy davomida homilador bo'lishdan saqlanish tavsiya etiladi. Oksaliplatin bilan davolash rejalashtirilayotgan erkaklar davolash boshlanishiga qadar urug'lik suyuqligini konservatsiya qilish yuzasidan maslahat olish haqidagi masalani ko'rib chiqishlari kerak, chunki oksaliplatin fertillikka qaytmas salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ayollar oksaliplatin bilan davolash davrida homilador bo'lishdan saqlanishlari va samarali kontratseptsiya vositalaridan foydalanishlari kerak.
Homiladorlikvalaktatsiya davrida
Homiladorlik davrida, shuningdek reproduktiv potentsialga ega va kontratseptivlardan foydalanmaydigan ayollarda oksaliplatindan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Oksaliplatinning potentsial genotoksikligi tufayli, davolash vaqtida va davolash yakunlanganidan keyin 4 oy (ayollarda) yoki 6 oy (erkaklarda) davomida mos keladigan kontratseptivlardan foydalanish zarur.
Oksaliplatinni laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Oksaliplatin bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish rivojlanishi hamda qadam tashlash va muvozanatni saqlashga salbiy ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan nevrologik buzilishlar rivojlanishi xavfini oshiradi, bu o'z navbatida avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy (engil va o'rtacha darajada) ta'sir qilishi mumkin. Ko'rishning buzilishi, xususan ko'rishning tranzitor yo'qotilishi (davolash yakunlanganidan keyin qaytuvchan bo'ladi) shuningdek avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Qo'llanilishi

Oksaliplatin 5-ftoruratsil vafolin kislotasi bilan kombinatsiyada quyidagilar sifatida:
Yo'g'on ichakning III bosqichdagi (Dьyuk bo'yicha S bosqichidagi) rakini birlamchi o'sma radikal olib tashlanganidan keyin ad'yuvant davolashda.
Metastatik kolorektal rakni davolashda buyuriladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oksaliplatinni bir marta 85 mg/m2 dozada 5-ftoruratsilni yuborishdan bevosita oldin qabul qilgan patsiyentlarda qon plazmasida uning kontsentratsiyasi o'zgarishlari qayd etilmagan.
Oksaliplatin eritromitsin, salitsilatlar, granisetron, natriy valьproati paklitakseli kabi preparatlar bilan bir vaqtda yuborilganida qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarilmaydi.
Bolalarda
Dorilarning o'zaro ta'sirini o'rganishga doir tadqiqotlar faqat kattalarda o'tkazilgan.
Mos kelmaslik
Mazkur dori vositasini boshqa preparatlar bilan aralashtirish kerak emas, bundan 5% li glyukoza (50 mg/ml) mustasno.
Ishqoriy muhitga ega dori preparatlari va eritmalar, xususan 5-ftoruratsil va folin kislotasi bilan, shuningdek yordamchi modda sifatida trometamolni va faol modda sifatida trometamol tuzlarini saqlaydigan preparatlar bilan aralashtirish MUMKIN EMAS. Ishqoriy muhitga ega bo'lgan dori preparatlari va eritmalari oksaliplatin barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Oksaliplatinni natriy xloridi eritmasi va xlorid ionini saqlovchi boshqa eritmalar (jumladan kalьtsiy, kaliyyoki natriy xloridlari) bilan suyultirish MUMKIN EMAS.
Bitta infuziya paketida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish va bitta infuziya tizimi orqali yuborish MUMKIN EMAS.
Alyuminiyni saqlovchi in'ektsiya qurilmalaridan foydalanish MUMKIN EMAS.

Dozirovkasi

Parenteral yuborish uchun sitostatiklar eritmalarini tayyorlash foydalaniladigan dori preparatlarining tavsif ko'rsatkichlarini biladigan mutaxassislar tomonidan ularning tavsif ko'rsatkichlari o'zgarishlari yo'qligini, atrof muhitni va preparatlar bilan ishlovchi xodimlarni himoya qilish sharoitlarida muassasada qabul qilingan printsiplarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Mazkur ishlarni chekish, ovqatlanish va ichimliklar ichish taqiqlangan, maxsus ajratilgan xonalarda amalga oshirish zarur.
Faqat katta yoshli patsiyentlarda qo'llaniladi
Ad'yuvant davolashda qo'llanilganida oksaliplatinning tavsiya etiladigan dozasi tana yuzasi maydonining har kvadrat metriga 85 mg ni tashkil etadi. Preparat vena ichiga
2 haftada bir marta, 12 ta sikl (6 oy ) davomida yuboriladi.
Metastatik kolorektal rakni davolashda oksaliplatinning tavsiya etiladigan dozasi tana yuzasi maydonining har kvadrat metriga 85 mg ni tashkil etadi. Preparat vena ichiga 2 haftada bir marta kasallik rivojlanishiga qadar yoki toksik ta'siri ko'tarib bo'lmaydigan darajada rivojlanishiga qadar yuboriladi.
Doza preparat ta'sirini ko'tara olinishiga muvofiq tanlanishi kerak.
Oksaliplatinni yuborilishi barcha hollarda ftorpirimidinlarni, ya'ni
5-ftoruratsilni (5-FU) yuborishdan oldin amalga oshirilishi kerak.
Oksaliplatin vena ichiga tomchilatib (2–6 soat davomida) 250–500 ml 5 foizli glyukoza eritmasida (ya'ni 50 mg/ml li glyukoza kontsentratsiyasida) suyultirilganidan keyin yuboriladi. Oksaliplatindan ko'pincha 5-ftoruratsilni tomchilatib yuborish nazarda tutilgan kimyo terapiyasi rejimlari bilan kombinatsiyada foydalaniladi.
5-ftoruratsilni 2 haftada bir marta yuborish nazarda tutilgan rejimlar qo'llanilganida mazkur preparatni tomchilatib va bolyusli yuborishni kombinatsiyalash amalga oshiriladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlarida qo'llanilishi
Buyrak funktsiyasida buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda
Oksaliplatindan buyrak faoliyati og'ir buzilishlarida foydalanmaslik kerak. Yengil yoki o'rtacha darajada buyrak faoliyati buzilishlari bo'lgan bemorlarda oksaliplatinning tavsiya etiladigan dozasi 85 mg/m2 ni tashkil etadi.
Jigar funktsiyasida buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlarning tez-tezligi va og'irligi jigar shikastlanishini rivojlanishi mavjudligiga va uning faoliyati buzilishi ifodalanishining dastlabki darajasiga bog'liqligi ko'rsatib berilgan. Klinik tadqiqotlar jarayonida jigar funktsional probalari patologik o'zgarganida dozani maxsus modifikatsiya qilish amalga oshirilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda
Keksa yoshdagi patsiyentlarda oksaliplatin dozasini o'zgartirish talab qilinmaydi.
Bolalarda
Bolalarda oksaliplatinni qo'llash uchun ko'rsatmalar aniqlanmagan. Bolalarda oksaliplatinni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qo'llash usuli
Oksaliplatin vena ichiga tomchilatib yuboriladi.
Preparatni yuborishdan oldin patsiyentni gipergidratatsiya qilish talab qilinmaydi. Yuborishdan oldin oksaliplatinni suyultirish zarur.
Preparatni tiklash yoki suyultirish uchun natriy xlorid eritmasidan foydalanishga YO'L QO'YILMAYDI.
Vena ichiga infuziya qilishdan oldin oksaliplatinni suyultirish
Preparatni eritish uchun natriy xloridi eritmasini yoki boshka xlorid sašlovchi eritmalarni ishlatish mumkin emas. Liofillangan kukunni 10 ml (50 mg li flakon uchun) yoki 20 ml (100 mg li flakon uchun) in'ektsiya uchun suvda USP yoki 5% glyukoza eritmasida USP eritish kerak. Olingan eritmani keyingi suyultirishsiz kullash mumkin emas. Ushbu eritma yana 250-500 ml gacha in'ektsiya uchun 5% glyukoza eritmasida USP suyultiriladi va 0,2-0,7 mg/ml kontsentratsiyali oksaliplatin eritmasini hosil buladi (50 mg/ml) .
0,7 mg/ml li kontsentratsiya klinik amaliyotda 85 mg/m2 dozada maksimal foydalanish uchun mos keladi.
Vena ichiga tomchilatib yuboriladi.
Foydalanishdan oldin eritmani diqqat bilan ko'zdan kechirish zarur. Faqat ko'rinib turgan zarrachalari bo'lmagan tiniq eritmadan foydalanish zarur.
Mazkur preparat faqat bir marta foydalanish uchun mo'ljallangan. Infuziya eritmasining foydalanilmagan jami qoldig'i utilizatsiya qilinishi kerak.
Mikrobiologik nuqtai nazardan eritmadan u tayyorlanganidan bevosita keyin foydalanish kerak, aks holda preparatni saqlash yuzasidan va saqlash sharoitlari uchunmas'uliyat foydalanuvchi zimmasida bo'ladi. Har qanday holda ham saqlash davri xona haroratida (20–25°C) 24 soatdan oshmasligi kerak, tiklash (suyultirish) nazorat qilinadigan va validatsiyalangan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Infuziyalar uchun kontsentratsiyasi 0,2 mg/ml va 1,0 mg/ml bo'lgan oksaliplatin eritmalarining (5 mg/ml) kimyoviy va fizikaviy barqarorligi 2–8°C haroratda 4 kun davomida, shuningdek yorug'likdan himoya qilish sharti bilan ham xona haroratida (20–25°C) 24 soat davomida namoyon qilingan.
Infuziyani o'tkazish
250–500 ml glyukoza (50 mg/ml; 5%) eritmasida 0,2 mg/ml dan kam bo'lmagan kontsentratsiyaga qadar suyultirilgan oksaliplatin periferik venaga yoki markaziy vena kateteriga 2–6 soat davomida yuborilishi kerak.
Ekstravazatsiya holatida preparatni yuborish darhol to'xtatilishi kerak.
Folin kislotasi (kalьtsiyfolinati yoki dinatriyfolinati ko'rinishida) bilan kombinatsiyada yuborish bo'yicha yo'riqnoma
Oksaliplatin folin kislotasi bilan bir vaqtda (5% li [50 mg/ml] glyukoza eritmasida vena ichiga tomchilatib) infuziya joyida bevosita joylashtirilgan Y-simon tarmoqlanuvchi tizim orqali 2–6 soat davomida yuboriladi. Ushbu ikki preparat bitta infuziya paketida aralashmasligi kerak. Folin kislotasi preparati o'z tarkibida yordamchi modda sifatida trometamolni saqlamasligi va faqat 5% li [50 mg/ml] glyukoza eritmasida suyultirilishi kerak; preparatni suyultirish uchun ishqoriy muhitga ega bo'lgan eritmalardan, natriy xlorid eritmasidan va xlorid ionini saqlovchi boshqa eritmalardan foydalanish mumkin emas.
5-ftoruratsil bilan kombinatsiyada yuborish bo'yicha yo'riqnoma
Oksaliplatin har doim ftorpirimidinlar (ya'ni 5-ftoruratsil) yuborilishiga qadar yuborilishi kerak.
Oksaliplatin yuborilganidan keyin tizimni yuvib tashlash, so'ngra esa 5-ftoruratsil infuziyasini boshlash zarur.
Yuborilganda maxsus ehtiyotkorlik choralari
Alyuminiyni saqlovchi in'ektsiya qurilmalaridan foydalanish MUMKIN EMAS.
Suyultirilmagan kontsentratni yuborish MUMKIN EMAS.
Kontsentratni suyultirish uchun faqat infuziyalar uchun 5% li glyukoza eritmasidan (50 mg/ml) FOYDALANISh ZARUR.
Preparatni natriy xloridi eritmasi va xlorid ionini saqlovchi boshqa eritmalar bilan suyultirish MUMKIN EMAS.
Preparatni bitta infuziya paketida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish va bir vaqtda bitta infuziya tizimi orqali yuborish MUMKIN EMAS.
Ishqoriy muhitga ega dori preparatlari va eritmalar, xususan yordamchi modda sifatida trometamolni va trometamol tuzlarini saqlaydigan 5-ftoruratsil va folin kislotasi preparatlari bilan aralashtirish MUMKIN EMAS. Ishqoriy muhitga ega bo'lgan dori preparatlari va eritmalari oksaliplatin barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Sitostatiklar bilan ishlanganda tibbiy xodimlar preparat bilan ishlaydigan shaxsni va uning atrofini himoya qilishga qaratilgan barcha ehtiyot choralariga rioya qilishi kerak.
Parenteral yuborish uchun sitostatiklar eritmalarini tayyorlash mazkur preparatlar bilan ishlash printsiplariga o'rgatilgan mutaxassislar tomonidan preparatning intaktligi, atrof muhitning ifloslanishini bartaraf qilish va preparatlar bilan ishlovchi xodimlarni himoya qilish ta'minlanadigan sharoitlarida muassasada qabul qilingan standartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Xususan, preparatning eritmalarini tayyorlash chekish, ovqatlanish va ichimliklar ichish taqiqlangan, maxsus ajratilgan xonalarda amalga oshirilishi zarur. Xodimlar zarur himoya vositalari, xususan yenglari uzun xalat, himoya niqobi, shapka, himoya ko'zoynaklari, steril bir martalik qo'lqoplar, ishchi zona uchun himoya qoplamalaribilan, shuningdek chiqindilarni to'plash uchun konteynerlar va qoplar bilan ta'minlanishi kerak.
Shuningdek preparatni qabul qilayotgan patsiyentlarning ekskretlari va qusish massalariga nisbatan ehtiyot choralariga rioya qilishlari zarur.
Homilador ayollar sitostatiklar bilan kontaktda bo'lmasliklari kerak, ular bu haqda ogohlantirishlari kerak.
Shikastlangan konteynerlar kontaminatsiyalangan chiqindilar sifatida qaralishi va ularga nisbatan xuddi shunday ehtiyot choralari qo'llanilishi kerak. Kontaminatsiyalangan chiqindilar tegishli tarzda markalangan qattiq konteynerlarga joylanishi va yoqib yuborilishi kerak.
Infuziyalar uchun oksaliplatin kontsentrati yoki eritmasi teriga yoki shilliq qavatlarga tushganida ushbu joyni ko'p miqdordagi suv bilan darhol yuvib tashlash lozim.

Dozani oshirib yuborilishi
Oksaliplatin antidoti noma'lum. Doza oshirib yuborilganida preparatning nomaqbul ta'sirlari kuchayishi mumkin. Gematologik ko'rsatkichlarni nazorat qilish va simptomatik davolashni boshlash zarur.
 
Maxsus saqlash sharoitlari

25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan himoya qilish uchun tashqi karton qutida saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.