Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ОФЛОКСАЦИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ОФЛОКСАЦИН ТАБЛЕТКА 400МГ №10

10 000 so'mdan
(2784)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НЕОГАЛЕНФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari:
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar:
Dozani oshirib yuborilishi:
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 200 mg ofloksatsin.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza, natriy laurilsulfati, povidon, natriy karboksimetil kraxmali, krospovidon, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, magniy stearati;

Qobiq tarkibi: gipromelloza, tozalangan talk, titan dioksidi, magniy stearati, sariq xinolin boʻyogʻi, makrogol 6000, dietilftalat.

 

Taʼrifi: 

sariq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

mikroblarga qarshi vosita (ftorxinolonlar guruhi)

 

 

Farmakologik hususiyatlari:

Farmakodinamikasi

Ftorxinolonlar guruhining keng taʼsir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparatidir. Bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Ofloksatsinning taʼsir mexanizmi bakteriya xujayrasidagi DNK­giraza fermentining blokadasi bilan bogʻliq.

Koʻpgina grammanfiy va baʼzi grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: Aeromonas hydrophila, Branhamella catarrhalis, Brucella spp., Clostridium perfringens, Escherichia coli, Salmonella spp., Enterobacter spp., Serratia spp., Citrobacter spp., Yersinia spp., Providencia spp., Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Haemophilus ducreyi, Plesiomonas, Legionella, Shigella spp., Proteus spp., shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris (indol musbat va indol manfiy), Moraxella morganii, Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella pneumoniae, Helicobacter pylori, Mycoplasma spp., Vibrio spp., Gardnerella vaginalis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Chlamydia trachomatis, Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus coagulase negative.

Ofloksatsinga oʻrtacha sezgir: Acinetobacter spp., Ureaplasma urealyticum, Bacteroides fragilis, Mycrobacterium tuberculosis, Mycrobacterium leprae, Chlamidia psittaci, Anaerobic Gram positive cocci, Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniaye, Pseudomonas spp., Streptococcus spp. (ayniqsa, β­ gemolitik).

Ofloksatsinga sezgir emas: Acinetobacter braumanmii, Clostridium difficile, Enterococci, Listeria monocytogenes, Staphylococci methi-R, Nocardia spp. Ofloksatsin Treponema pallidum ga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

Ofloksatsin ichga qabul qilinganidan keyin meʼda­ichak yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq (95%) soʻriladi. Biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil qiladi. 200 mg bir martalik doza ichga qabul qilinganidan soʻng ofloksatsinning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi 2,5­3 mg/ml ni tashkil qiladi va 1 soatdan keyin erishiladi, ovqat soʻrilishini sekinlashtirishi mumkin. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi. N-oksid ofloksatsin va dimetilofloksatsin hosil boʻlishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi (taxminan 5%). Yarim chiqarilish davri 6­7 soatni tashkil qiladi. Ofloksatsin 90% gacha oʻzgarmagan shaklda buyrak orqali chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml va undan kam) boʻlgan patsiyentlarda ofloksatsinning yarim chiqarilish davri oshadi.

 

Qoʻllanilishi

Ofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion­yalligʻlanish kasalliklari:

  • quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari (pnevmokokk infeksiyasi holatlaridan tashqari);
  • LOR aʼzolarining infeksiyalari (oʻtkir tonzillit holatlaridan tashqari);
  • qorin boʻshligʻi va oʻt chiqarish yoʻllarining infeksiyalari;
  • buyrak (piyelonefrit) va siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari (sistit, uretrit) (shuningdek, gonokokkli);
  • kichik chanoq aʼzolari va jinsiy aʼzolar infeksiyalari (shu jumladan, gonokokkli va xlamidiyali);
  • suyaklar va boʻgʻinlarning infeksiyalari;
  • teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari;

Turli etiologiyali immun tanqisligi boʻlgan bemorlarda (shuningdek, neytropeniyada) infeksiyani oldini olish uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ofloksatsining dozasi va davolash davomiyligi infeksiyaning ogʻirligi va turi, bemorning umumiy holati va buyrak faoliyatiga bogʻliq. Tabletkalar ichga ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida butunligicha suv bilan birga qabul qilinadi.

Kattalar uchun oʻrtacha sutkalik doza ­ 200 mg dan 60 mg gacha. Sutkada 400 mg gacha boʻlgan dozani 1 qabulga buyurish mumkin, ertalab qabul qilgan afzal. Sutkada 400 mg dan yuqori dozani teng oraliqlar bilan ikki qabulga boʻlish kerak.

Davolash davomiyligi ­ 7­10 kunni tashkil qiladi. Davolashni kasallikning simptomlari yoʻq boʻlganidan keyin va tana harorati butunlay normallashganidan keyin yana kamida 3 kun davom ettirish kerak. Salmonellezni davolashda davolash kursi 7­8 kunni tashkil qiladi.

Ogʻir infeksiyalarda yoki tana vazni yuqori boʻlgan bemorlarni davolashda sutkalik doza 800 mg gacha oshirilishi mumkin.

Siydik chiqarish yoʻllarining quyi boʻlimlarining asoratlanmagan  infeksiyalarda preparat sutkada 200 mg dan 3­5 kun davomida buyuriladi. Gonoreyada 400 mg bir marta buyuriladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda ofloksatsinning dozasi kreatinin klirensiga qarab belgilanadi:

  • kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml dan yuqori boʻlgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
  • KK minutiga 50-20 ml boʻlgan bemorlar uchun bir martalik doza qabullar orasida 24 soat interval bilan 200 mg ni tashkil qiladi.

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlar uchun 400 mg sutkalik maksimal dozani oshirish tavsiya qilinmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, allergik nefrit, allergik pnevmonit, eozinofiliya, bronxospazm, anafilaktik shok, koʻp shaklli ekssudativ eritema (Stivens­Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), purpura, isitma.

Teri qoplamlari tomonidan: nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), bullyoz gemorragik dermatit, qatqaloqli papulyoz toshma, vaskulit.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, qorinda ogʻriq, anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm; kam xollarda ­ giperbilirubinemiya va qon plazmasida jigar transaminazalarining faolligini oshishi; ayrim hollarda gepatit, xolestatik sariqliq. Soxtamembranoz kolit rivojlanishi havfi mavjud.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: reaksiya tezligini pasayishi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, umumiy holsizlik; ayrim hollarda ­ ekstrapiramid buzilishlar yoki mushak koordinatsiyasining boshqa buzilishlari, tremor, mushak tirishishlari, qoʻl­oyoqlarda uvishish hissi va paresteziya, jadal tush koʻrish, “dahshatli” tush koʻrish, havotirlanish, qoʻzgʻaluvchanlik, qoʻrquv hissi, depressiya, ongni chalkashishi shaklidagi psixotik reaksiyalar,  koʻrish va eshitish gallyutsinatsiyalari, bosh miya ichki bosimini oshishi.

Sezgi aʼzolari tomonidan: diplopiya, rangni ajratishni buzilishi, taʼmni, hid bilishni  va muvozanatni buzilishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, eozinofiliya; ayrim hollarda ­ gemolitik anemiya, pansitopeniya, aplastik anemiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: ayrim hollarda ­ oʻtkir interstitsial nefrit, giperkreatinemiya, mochevina konsentratsiyasining oshishi, buyrak faoliyatining buzilishi.

Yurak­qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimning pasayishi.

Tayanch­harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, tendinit, tendosinovit, paylarni uzilishi.

Boshqalar: gipoglikemiya (qandli diabeti boʻlgan bemorlarda), holsizlik, fotosensibilizatsiya, disbakterioz, superinfeksiya, vaginit.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
  • ofloksatsin va boshqa xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik;
  • tutqanoq (shu jumladan, anamnezda);
  • tirishish boʻsagʻasi pasayishi bilan birga kechuvchi markaziy nerv tizimining shikastlanishi (bosh­miya jarohatidan, insultdan, MNT ning yalligʻlanish jarayonlaridan keyin);
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalar;
  • glyukozo­6­fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
  • kreatinin klirensi minutiga 20ml dan pastligi;
  • homiladorlik;
  • laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Bosh miya qontomirlarining aterosklerozi, boshmiyada qon aylanishining buzilishi (anamnezda), surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv tizimining organik shikastlanishi, QT intervalini uzayishi boʻlgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Alyuminiy, kalsiy va magniy saqlovchi antatsidlar yoki temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ofloksatsinning samaradorligi pasayadi (bu DV ni buyurish orasidagi interval 2 soatdan kam boʻlmasligi kerak).

Ofloksatsinni bir vaqtda qoʻllaganda qon plazmasida glibenklamidning konsentratsiyasi ahamiyatsiz darajada oshishi mumkin.

Ofloksatsinni probenitsid, simetidin, furosemid yoki metotreksat bilan bir vaqtda qoʻllanganda qon plazmasi ofloksatsinning konsentratsiyasi oshishi mumkin.

Teofillinning klirensini 25% ga pasaytiradi (bir vaqtda qoʻllaganda teofillinning dozasini kamaytirish kerak).

Hosilalari nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantinlar bilan birga buyurilganda neyrotoksik samaralari rivojlanishining havfi oshadi.

Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganda paylarni uzilishining havfi oshadi, ayniqsa keksa yoshdagi odamlarda.

Siydikni ishqorlovchi preparatlar (karboangidrazaning ingibitorlari, sitratlar, natriy gidrokarbonati) bilan buyurilganda kristalluriya va nefrotik samaralarning havfi oshadi.

Ofloksatsinni K vitaminining antagonistlari bilan bir vaqtda qoʻllaganda qonning ivish tizimini nazorat qilish kerak.

Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan bemorlarda ofloksatsinning plazmadagi konsentratsiyasini nazorat qilish kerak, chunki ogʻir jigar yoki buyrak yetishmovchiligida toksik samaralar rivojlanishining havfi oshadi.

QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar (IA va III sinf antiaritmik preparatlari, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar) bilan birga buyurilganda QT intervali uzayishining xavfi oshadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar:

Ofloksatsin qoʻllanilganida tabiiy va sunʼiy ultrabinafsha nurlaridan saqlanish kerak. 2 oydan ortiq qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Nojoʻya samaralar, ayniqsa birinchi bor qoʻllanilishi bilanoq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan markaziy nerv tizimi tomonidan yoki allergik reaksiyalar rivojlangan hollarda preparatni darhol bekor qilish kerak.

Tendinit belgilari paydo boʻlgan hollarda (ayniqsa, keksa patsiyentlarda) davolashni darhol toʻxtatish, axillov paylarining immobilizatsiyasini amalga oshirish va ortoped bilan maslahatlashish kerak.

Davolashning birinchi haftasida Clostridium difficile chaqirgan (soxtamembranoz kolit) ogʻir, davomli diareya yuzaga kelishi mumkin, bunday holda ofloksatsinni qabul qilishni darhol toʻxtatiladi va vankomitsin yoki metronidazolni peroral qoʻllashni oʻz ichiga oluvchi adekvat davolash buyuriladi.

Preparat qoʻllanilganida ayollarga gigiyenik tamponlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi, bu kandidoz (molochnitsa) rivojlanishining havfini oshiradi.

Ofloksatsin miasteniyani kechishini yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Porfiriyaga moyilligi boʻlgan bemorlarda hurujlar soni oshishi mumkin.

Ofloksatsin Mycrobacterium tuberculosis ni chiqarilishiga toʻsqinlik qiladi, bu tuberkulyozni bakterial tashhisida soxta ijobiy natijalarga olib keladi.

Davolash davomida etanolni isteʼmol qilish mumkin emas.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish  qobiliyatiga taʼsiri

Preparat patsiyentning diqqat yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishini buzishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi:

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, qusish, tormozlanish, dezoriyentatsiya, uyquchanlik.

Davolash: meʼdani yuvish; zarurati boʻlganida ­ simptomatik davolash. Spetsifik antidoti mavjud emas. Gemodializda ofloksatsinning 10­30% chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg.

10 tabletkadan blisterda (PVX/alyumin). 10 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoya qilingan joyda, 25°S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.