Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Новацинк КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Новацинк КАПСУЛА №50

28 600 so'mdan
(4562)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
FORMULIFE GROUP PHARMACEUTICALS
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
FARMAKOLOGIK GURUH
FARMAKOLOGIK TA’SIR:
QO’LLASHGA DOIR KO’RSATMALAR:
QO’LLASH USULI VA DOZALARI:
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O'ZARO TA'SIRI
NOJO'YA TA'SIRI
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI
FARMAKOLOGIK GURUH

Organizmning magniyga bo’lgan ehtiyojini to’ldirish hamda magniy tanqisligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar profilaktikasi.

FARMAKOLOGIK TA’SIR:

- Oqsillar, uglevodlar va fosfor almashinuvini me’yorga keltiradi;

- Yaralarning bitishini tezlashtiradi;

- Immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi;

- Jinsiy rivojlanishni va erkaklar reproduktiv salomatligini yaxshilashga yordam beradi;  

- Spermatogenezni yaxshilaydi;

- Endokrin tizimi balansini me’yorga keltiradi;

- Yuqumli kasalliklar profilaktikasi uchun muhim;  

- Yuqori va quyi nafas yo’llari kasalliklari kechishini yengillashtiradi;

- Eshitish, ta’m bilish va hid bilish sezgilarini yaxshilaydi;

- Biriktiruvchi to’qima va suyaklar  hosil bo’lishi uchun zarur.

- Uzoq davom etuvchi me’da-ichak trakti buzilishlarida tuzalishni tezlashtiradi.

QO’LLASHGA DOIR KO’RSATMALAR:

1. Immun tanqisligi holatlari;

2. Gripp va O’RK epidemiyasi davrida  (kasallikni oldini olish uchun);

3.Teri kasalliklari:

- turli genezli dermatitlar  (kompleks terapiya tarkibida);

- o’smirlik husnbuzarlari  (kompleks  terapiya tarkibida);

- qiyin bituvchi yaralar  (kompleks  terapiya tarkibida);

4. Hid va ta’m bilishning buzilishi.

5. Bolalarda bo’y o’sishi va aqliy rivojlanishning kechikishi; jinsiy rivojlanish davri.

6. Bepushtlik  (kompleks  terapiya tarkibida).

7. Soch to’kilishi va allopesiya.

8. Kortikosteroid vositalari bilan uzoq vaqt davolanganda, ayniqsa, preparatni bekor qilish davrida.

QO’LLASH USULI VA DOZALARI:

Bolalarda: 3 - 7 yoshgacha– 1 kapsuladan kuniga  1 mahal.

                 7 yoshdan katta bolalar va  o’smirlar 1 kapsuladan kuniga  2 mahal.

Kattalar: 1 kapsuladan kuniga 3 mahal.

Preparatni ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish lozim. 

Preparat dozasi bemor diagnozi va belgilangan davolash turiga bog’liq.

Davolanish  kursi 2-4 hafta. Zarur hollarda qayta davolanish kursi belgilanishi mumkin. 

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O'ZARO TA'SIRI

Tarkibida mis, temir, folat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish sink so’rilishini pasaytiradi.

 

NOJO'YA TA'SIRI

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin (ayniqsa preparatni katta dozada qabul qilinganda). 

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI

Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C gacha haroratda saqlanishi lozim. 

Saqlanish muddati – 2 yil.