Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НОРМОДОКС ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НОРМОДОКС ТАБЛЕТКА №30

65 800 so'mdan
(1196)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DOXYLAMINE,PYRIDOXINE
Ishlab chiqaruvchi
ИНДИЯ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противорвотные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qullanilishi
Qoʻllash usuli va dozalar
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin bulmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Mahsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Doksilamin suksinati – 10 mg; piridoksin gidroxloridi – 10 mg

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajoʻxori kraxmali, laktoza, natriy metilparaben, natriy propilparaben, magniy stearati, talk, aerosil, AKRI KOAT L- 100, atseton, izopropil spirti, dibutilftalat, titan dioksidi, sanset sarigi, polietilenglikol-6000.

 

Taʼrifi: 

Zarzargʻaldoq rangli, dumaloq, ikki tomoni qabariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Uxlatuvchi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Doksilamin suksinati. Etanolaminlar guruxi N1-gistamin retseptorlarining blokatori. Preparat uxlatuvchi, sedativ va M-xolinobloklovchi taʼsir kursatadi. Uyquga ketish vaktini qisqartiradi, uyquning davomiyligi va sifatini oshiradi, bunda uyquning bosqichlarini uzgartirmaydi. Taʼsirining davomiyligi – 6-8 soat.

Piridoksin gidroxloridi. V6 vitamini (Piridoksin gidroxloridi) – moddalar almashinuvida qatnashadi; markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Organizmga tushgach u fosforlanib, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning karboksil gurhini ajralishi amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin. sistein, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida qatnashadi, eritrotsitlarning xosil boʻlishini ragʻbatlantiradi, koʻpchilik neyromediatorlarning (dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin, serotonin) biosintezida qatnashadi. Gistaminning almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi juda kam, asosan maxsus sunʼiy ozuklantirishda boʻlgan bolalarda uchraydi (diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon boʻladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin). Sianokobalamin bilan birga nerv tuqimasidagi yalligʻlanish jarayoninn yokotadi va uning regeneratsiyasini tezlashtiradi.

Farmakokinetikasi

Doksilamin suksinati. Soʻrilishi – yukori, jigarda metabolizmga uchraydi. Gistogemotik toʻsiqlar orqali yaxshi oʻtadi (gematoensefalik toʻsiqni xam qushib). Uzgarmagan xolda 60% buyraklar orqali, qisman – meʼda-ichak yullari orqali chiqariladi.

Piridoksin gidroxloridi. Ingichka ichakda tez soʻriladi. Jigarda farmakologik faol metabolitlarining xosil boʻlishi bilan metabolizmga uchraydi (piridoksal fosfat va piridoksaminofosfat). Barcha toʻqimalarga yaxshi utadi; asosan jigarda toʻplanadi.

Yuldosh orqali utadi, koʻkrak suti bilan ajraladi. Buyraklar orkali. shuningdek gemodializ vaqtida chiqariladi.

 

Qullanilishi

– homiladorlikning erta toksikozi;

– turli genezli koʻngil aynishi;

– uyquning buzilishi, uyqusizlik;

– V guruxi vitaminlarining gipo- va avitaminozi (davolash va oldini olish);

– turli genezli anemiyalar;

– nerv tizimining turli genezli kasalliklarini simptomatik davolash: nevrit, nevralgiya, mialgiya, periferik parezlar va falajlar, retrobulbar nevrit, yuz nervining parezi, lyumbago, pleksitlar. yon amiotrofik sklerozi, bolalar serebral falaji, periferik nervlarning jaroxatlari;

– cheklovchi parxezlarga rioya qilinganida, ovqatlanish disbalansida, isitmada, surunkali kasalliklarda, jadal jismoniy yuklamda va kuchli toliqishdagi vitaminlarning tanqisligi, operatsiyadan keyingi davrida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalar

Tavsiya etilgan doza kuniga 1/2 tabletkadan 1 tabletkagacha. Tabletkalar ozgina kam mikdordagi suyuklik bilan birga qabul qilinadi. Tabletkalarni uxlashdan oldin qabul kilish kerak. Agarda davolash samarasiz bulsa. shifokor tavsiyasi boʻyicha doza kuniga 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar, koʻngil aynishi, kunduzgi vaqtdagi uyquchanlik, ogʻizning qurishi, akkomodatsiyaning parezi, kabziyat, siydikning tutilishi, kam – tirishishlar kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin bulmagan xolatlar

– doksilaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

– yopiq burchakli glaukoma;

– prostata bezining adenomasi, siydikni tutilishi;

– meʼda va oʻnikki barmoq ichakning yara kasalligi;

– yurak ishemik kasalligida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Doksilamin suksinati

Barbituratlar, benzodiazepinlar, klonidin, opioid analgetiklar, neyroleptiklar, anksiolitiklar bilan bir vaqtda qullanganida markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi taʼsir kuchayadi. Apomorfinga boʻlgan qusish refleksini pasaytirishi mumkin. M-xolinobloklovchi vositalar bilan birga qabul qilinganida nojuya taʼsirlarini paydo boʻlishini xavfi oshadi: ogizni qurishi, siydikni tutilishi. Alkogolni preparatning sedativ taʼsirini kuchaytirishi tufayli, alkogolli ichimliklar va alkogol saqlovchi dori preparatlarini isteʼmol qilishdan saqlanish lozim.

Piridoksin gidroxloridi

Diuretiklarning taʼsirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqaruvchi oqsillar sintezini oshirishga yordam beradi), glutamin kislotasi, kaliy va magniy asparaginati bilan mutanosib. Tiamin va sianokobalamin bilan farmatsevtik nomutanosib.

Mahsus koʻrsatmalar

Jigarning ogʻir shikastlanishlarida preparat uning faoliyatini yomonlashishini

chaqirishi mumkin.

Xomiladorlik va laktatsiya   davrida preparat xavfsiz.

Avtomobilni xaydash va myexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri:

Extiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojuya reaksiyalarining kuchayishi.

Davolash: simptomatik davolash. Maxsus antidoti yuk.

 

Chiqarilish shakli

Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar. 100 tabletka qoʻllash buyicha yuriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruk, yorugʻlikdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept buyicha.