Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НОЛГРИПП ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НОЛГРИПП ТАБЛЕТКА №100

78 390 so'mdan
(4334)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
PARACETAMOL,CAFFEINE,PHENYLEPHRINE,CHLORPHENAMINE
Ishlab chiqaruvchi
КУРАМАКС
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средство для устранения симптомов ОРЗ
Dori tafsilotlari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari

Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi oʻzlashtiriladi. Baʼzida quyidagi nojoʻya samaralar kuzatilishi mumkin:

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, ogʻizni qurishi;

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak yetishmovchiligi, oʻtkir tubulyar nekroz, interstitsial nefrit;

Qon tizimi tomonidan: anemiya, metgemoglobinemiya;

Nafas tizimi tomonidan: hansirash, eozonofil pnevmoniya;

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: gipertoniya, gipotoniya;

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquni buzilishi, uyqusizlik, toliqish, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik;

Allergik reaksiyalar: oʻta yuqori sezuvchanlik, teri toshmasi, eritema, eshakemi, anafilaksiya;

Agar nojoʻya samaralarning simptomlari mavjud boʻlsa, preparatni qabul qilish toʻxtatilganidan soʻng yoʻqolishi kerak. Agar simptomlar oʻtib ketmasa, shifokorga murojaat qiling. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik, laktatsiya davri;
  • bolalar (6 yoshgacha);

Ehtiyotkorlik bilan

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiq burchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bez kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi.

Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, ogʻizni qurishi, qabziyatniivojlanish xavfini oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar glaukomani rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qoʻzgʻaluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Guanitidinning gipotenziv taʼsirini pasaytiradi. 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas.

Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qoʻllash vaqtida preparatning gepatotoksik taʼsirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Nojoʻya samaralarini hisobga olib, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: allergik reaksiyalar, bosh ogʻrigʻi, psixomotor qoʻzgʻalishlar, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish.

Davolash: meʼdani yuvish, simptomatik davolash. 

Saqlash sharoiti

Qorongʻi va quruq joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

4 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz. 

Dori shakli

tabletkalar 

Tarkibi

Har bir qobiqsiz tabletka saqlaydi:

faol moddalar: 500 mg paratsetamol, 30 mg kofein, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati.

yordamchi moddalar: kraxmal, sariq xinolin boʻyovchisi, kalsiy sulfat digidrati, povidon, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, tozalangan talk, natriy kroskarmeloza, natriy laurilsulfati, natriy kraxmal glikoli, tozalangan suv. 

Farmakologik xususiyatlari

Paratsetamol ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishi bilan bogʻliq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi taʼsiri, gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazlariga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri bilan bogʻliq, buning natijasida tomirlarning kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikni chiqarilishi kuchayadi.

Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, tomirlardagi a-adrenoretseptorlarni stimulyatori hisoblanadi, yurakdagi b-adrenoretseptorlariga kam taʼsir koʻrsatadi. Arteriolalarni torayishini va arterial bosimni oshishini chaqiradi. Koʻz qorachigʻini kengaytiradi va glaukomada koʻz ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Preparatning midriatik taʼsiri atropin qoʻllangandagiga nisbatan kam davom etadi. Nafas olish yoʻllari shilliq qavatidagi a-adrenergik retseptorlariga taʼsir qilib, tomirlarni torayishini chaqiradi. Bu esa burun yoʻllari shilliq qavatini yalligʻlanish oqibatidagi shishini vaqtinchalik kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati – gistaminning N1-retseptorlari antagonisti boʻlib, allergiyani davolashda qoʻllanadi. Effektor hujayralaridagi N1-retseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistamin taʼsirini (toʻqima shishini va kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini oshishini) bartaraf qiladi, ammo ular rivojlangan boʻlsa, uning taʼsir samarasini yoʻqotmaydi. U burunni bitib qolishini, tumovni va aksirishni qoʻshimcha kamayishini taʼminlaydi.

Kofein markaziy nerv tizimiga stimullovchi taʼsir koʻrsatib, charchoqlikni va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshishiga olib keladi. 

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganida tez va yaxshi soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 10-60 minutdan keyin erishiladi. Organizmning deyarli barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldosh orqali oson oʻtadi va koʻkrak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo toʻplanganida jigarni nekroziga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlar koʻrinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt orasida oʻzgaradi. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu organizmda metabolitlarni toʻplanishiga olib keladi.

Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi oʻtish hisobiga va monoaminooksidaza bilan meʼdada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi meʼda-ichak yoʻllarida va jigarda yuz beradi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleat ichga qabul qilinganidan soʻng meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Oqsillar bilan bogʻlanishi – yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri – 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlari koʻrinishida chiqariladi.

Kofein ichga qabul qilinganidan soʻng tez soʻriladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal konsentratsiyaga bir soatdan keyim erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi. 

Qoʻllanilishi

Isitma va grippdan tez halos etadi.

Nolgripp® plyus tabletkalari isitma, shamallosh, gripp, tanadagi ogʻriq (boʻgʻim va mushaklardagi ogʻriq), allergik rinit, burun bitishi, tumov, koʻz yoshlanishi, tomoq qichishi, sinusit, bosh ogʻrigʻi, inflyuensa boʻlganida qoʻllanadi. 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: ichga 1 tabletkadan har 4-6 soatda yoki shifokor koʻrsatmasiga koʻra buyuriladi. 24 soat ichida 6 tabletkadan ortiq qabul qilinmasin.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: ichga ½ tabletkadan har 4-6 soatda yoki shifokor koʻrsatmasi buyicha ichga qabul qilinsin. 24 soat ichida 3 tabletkadan ortiq qabul qilinmasin.

6 yoshdan kichik boʻlgan bolalar: faqat shifokorning koʻrsatmasi boʻyicha.