Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Нитросорбид таб.

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Нитросорбид таб. 10мг №40

5 500 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Нитросорбид таб. 10мг №40
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Isosorbide dinitrat
Ishlab chiqaruvchi
(Борщаговский ХФЗ , Украина)
Chiqarilish shakli
таблетка
Farma. Guruh
Антиангинальное средство
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Dozani oshirib yuborish
Ta‘rifi:
Chiqarilish shakli
Farmakoterapevtik guruhi:
Saqlash sharoiti
Farmakologik xususiyatlari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dori shakli: 
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: izosorbid dinitrat– 10 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.

 

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, yurak urishi, bosh aylanishi, arterial gipotenziya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: simptomatik davolash.

Ta‘rifi:

 oq rangli tabletkalar.

 

Chiqarilish shakli

10 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyali o‘ramlarda.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Antianginal vositalar.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Organik nitrat. Ko‘proq vena qon tomirlariga ta‘sir qiluvchi periferik vazodilyatator. Antianginal ta‘sir mexanizmi miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yurakni qisqarishi oldidagi yuklamani kamayishi (periferik vena qon tomirlarni kengayishi oqibatida va o‘ng bo‘lmachaga qon kelishini kamayishi hisobiga) va qisqargandan keyingi yuklamani kamayishi (prekapillyar tomirlarni kengayishi va tomirlarning umumiy periferik qarshiligini (OPSS) kamayishi), hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri koronar qon tomirlarini kengaytirishi oqibatida bo‘ladi. Buning natijasida miokard perfuziyasi, uni kislorod bilan ta‘minlanishi yaxshilanadi, miokardning qisqaruvchanlik funksiyasi yaxshilanadi. Preparatning ta‘siri 30-50 minutdan so‘ng boshlanadi, yuqori samarasi 1,5-2 soatdan so‘ng yuzaga chiqib, 4-6 soatgacha davom etadi.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Qo‘llanilishi

Stenokardiya hurujlarini profilaktikasi va davolash, miokard infarktini tiklovchi davolash (majmuaviy davolash tarkibida), surunkali yurak yetishmovchiligini davolash (majmuaviy davolash tarkibida), o‘pka gipertenziyasini davolashda qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Stenokardiya hurujlarini to‘xtatishda 10 mg nitrosorbit tabletkasini yarmi yoki bittasi chaynaladi va og‘izda ushlab turiladi (til tagida).

Stenokardiya hurujlarini oldini olishda boshlang‘ich dozasi 1 tabletka (10 mg) bo‘lib, sutkada 4-5 marta qabul qilinadi.

Samarasi yetarli bo‘lmaganda davolanishning 3-5 kunidan boshlab preparat dozasini sutkada 60-120 mg gacha oshirish mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida 1-2 tabletkadan (10-20 mg) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Davolash muddatini turli xil holatlarda individual ravishda shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni qabul qilganda: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, arterial gipotenziya, taxikardiya, ko‘ngil aynashi, qusish, qizib ketish, uyquchanlik, tilning yengil achishish hissi, eritematoz toshmalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
  • organik nitratlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;

– gemorragik insult;

– yaqqol arterial gipotoniya (sistolik AB 90 mm simob ustunidan kam);

– bosh miya suyagi ichki bosimining oshishi;

– kollaps, shok;

– yaqqol arterial gipotenziya bilan kechadigan o‘tkir miokard infarkti;

– o‘pkaning zaharli shishi;

– ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan yopiq burchakli glaukoma;

– bosh miya suyagi, miya shikastlanishi;

– homiladorlik, laktasiyada qo‘llash mumkin emas.

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Nitrosorbidni antigipertenziv dori vositalari, antidepressantlar, MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llaganda preparatni gipotenziv ta‘siri kuchayishi mumkin, digidroergotamin va etanol bilan esa, bu preparatlarning ta‘siri kuchayadi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Nitrosorbid preparatini uzoq muddat qo‘llaganda tolerantlik rivojlanishi mumkin, shuning uchun preparatni 3-6 xafta muntazam qabul qilgandan keyin 3-5 kun tanaffus qilish tavsiya qilinadi. Bu vaqtda nitrosorbid boshqa antianginal vositalar bilan almashtiriladi.

Preparat bilan davolanish davrida alkogol iste‘mol qilishni istisno qilish kerak.

Alohida hollarda, ayniqsa davolanishni boshida, tezkor ruhiy va harakat reaksiyalariga, xususan avtomobil boshqarishga bo‘lgan qobiliyati kamayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.