Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НИСТАТИН МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НИСТАТИН МАЗЬ 25Г №1

3 000 so'mdan
(2619)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
NYSTATIN
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Противогрибковые препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilishi shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 sirtga qoʻllash uchun surtma 100000 TB/1 g

 

Tarkibi:

Har bir tuba (15 g surtma) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nistatin – 1500000 TB,

yordamchi moddalar: suvsiz lanolin, oq yumshoq parafin.

 

Taʼrifi: 

och-sariqdan toʻq-sariq rangligacha boʻlgan surtma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Sirtga qoʻllash uchun zamburugʻlarga qarshi vosita. Antibiotiklar.

 

 

Qoʻllanilishi

Nistatin 100000 TB/1 g sirtga qoʻllash uchun surtmasi teri va shilliq qavatlar kandidozida qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Surtma 7-10 kun davomida har kuni sutkada 2 marta shikastlangan sohaga yupqa qilib surtiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: surtmani surtish joyida teri qichishishi, toshmalar, giperemiya. Bunday hollarda dori vositasi bekor qilinadi va simptomatik davolash amalga oshiriladi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik.

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Nistatin klotrimazol bilan birga qoʻllanganida, klotrimazolning faolligi pasayadi. Poliyen qatori antibiotiklari, masalan Amfoteritsin V bilan kesishgan rezistentlik kuzatiladi. Preparatning faolligi ikki valentli ionlar, yogʻ kislotalari mavjudligida pasayadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Koʻzlarning shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak. Vulva va qin kandidozini davolaganda jinsiy aloqalardan saqlanish kerak.

Qinning zamburugʻli kasalliklarida jinsiy sherikni bir vaqtda davolash tavsiya qilinadi.

Surtma terining tuberkulyoz, virusli shikastlanishlari, shuningdek stafilokokkli piodermiyada qoʻllanilmasin.

Nistatin surtmasi faqat sirtga qoʻllash uchun moʻljallangan. Dori vositasini burun yoki ogʻiz boʻshligʻiga ishlov berish uchun qoʻllash mumkin emas.

Surtma tarkibida oq yumshoq parafin boʻlganligi sababli, uni genital va anal sohalarda qoʻllanilganda, lateksli prezervativlarni mustaxkamligi pasaytirishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishi

Nistatinni agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun boʻlgan hollardagini homiladorlikda buyurish mumkin. Garchi preparat kam miqdorlarda soʻrilsa ham, koʻkrak suti bilan ajralishi nomaʼlum, shuning uchun Nistatinni laktatsiya davrida buyurish zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish haqidagi masalani hal qilish kerak.

Bolalarda qoʻllanilishi

Bolalarda qoʻllashning xavfsizligi haqidagi maʼlumotlar cheklangan.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dori vositasini qoʻllaganda hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining koʻrinishlari taʼriflanmagan.

 

Chiqarilishi shakli

15 g dan tubalarda. Har bir tuba ilova-varaqasi bilan birga qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

5oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.