Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НИСТАТИН СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НИСТАТИН СВЕЧИ 500000ЕД №10

10 000 so'mdan
(4840)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
NYSTATIN
Ishlab chiqaruvchi
БЕЛМЕДПРЕПАРАТЫ
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Противогрибковые препараты
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Bir tabletkaning tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, tabletkani chaynamasdan, butunligicha yutiladi. Kattalarga 500000 TB dozada kuniga 3-4 marta yoki 250000 TB dozada kuniga 6-8 marta buyuriladi. Sutkalik doza 1500000-3000000 TB ni tashkil qiladi. Og‘ir tarqalgan kandidozda sutkalik dozani 4000000-6000000 TB gacha oshirish mumkin. 13 yoshdan kattalarga -1000000 dan 1500000 TB gacha kuniga 4 marta qabul qilishga buyuriladi. O‘rtacha davolash davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izda achchiq ta‘m, dispeptik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.

Allergik reaksiyalar: tana haroratining oshishi, etni uvishishi, qichishish, teri toshmasi, shu jumladan eshakemi, kam – Stivens-Djonson sindromi.

Boshqalar: fotosensibilizasiya, taxikardiya, bronxaspazm, yuzning shishi, nospesifik mialgiya; zamburug‘larning rezistent shakllarini tarqalish xavfi bo‘lishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning har qanday komponetiga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar faoliyatining buzilishi;
  • pankreatit;
  • me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Klotrimazol bilan bir vaqtda qabul qilinganida klotrimazolning zamburug‘larga qarshi faolligi pasayadi.

Polien qatori antibiotiklari bilan, masalan, amfoterisin V bilan qarama-qarshi chidamlilik kuzatiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat tizimli mikozlarni davolash uchun qo‘llanmaydi.

Doza o‘tkazib yuborilganida iloji boricha uni tezroq qabul qilish kerak.

Nistatin quyosh nurlariga nisbatan terining sezuvchanligini oshirishi mumkin. Shuning uchun davolash vaqtida to‘g‘ri quyosh nurlaridan va sun‘iy ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish kerak.

Yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganda yoki zamburug‘larning rezistent shakllarini ko‘payishi hollarida preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarning kuchayishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar, 10 tabletkadan kontur-uyali o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bir tabletkaning tarkibi:

Ta‘sir etuvchi modda: Nistatin – 500000 TB.

Yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, makkajo‘xori kraxmali, talk, magniya stearat, mikrokristallik sellyuloza, kroskarmelloza natriy.

Ta‘rifi: 

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, yashil tusli och-sariq rangli chetlari shikastlanmagan va bir xil bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakologik xususiyatlari

Nistatin – Streptomyces noursei aktinomiseti tomonidan ishlab chiqariladigan polien guruhi antibiotigidir. Zamburug‘larga qarshi samara ko‘rsatadi. Nistatin zamburug‘larning hujayra membranalaridagi sterinlar bilan bog‘lanadi, natijada membrana selektiv to‘siq kabi faoliyat ko‘rsataolmaydi, bu hujayraning asosiy komponentlarini yo‘qolishiga olib keladi.

Nistatin Candida va Aspergillus ururug‘ining patogen achitqi zamburug‘lariga tanlab ta‘sir qiladi.

Fungistatik, katta dozalarda esa – fungisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat bakteriyalar, aktinomisetlar va viruslarga nisbatan nofaol. Trichomonas vaginalis va Gardnerella vaginalis (Haemophilus vaginalis) ga nisbatan samarasiz.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida ovqat hazm qilish yo‘llarida yomon so‘riladi (uning biokiraolishligi 3-5% dan oshmaydi). Antibiotikning fungistatik konsentrasiyasiga qonda va terapevtikka yaqin ichki a‘zolarning to‘qimalarida, faqat u katta dozalarda yuborilganida erishiladi. Preparat gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi va orqa miya suyuqligiga kirmaydi.

Ichga qabul qilingan antibiotikning asosiy massasi o‘zgarmagan holda ahlat bilan chiqariladi.

So‘rilgan preparat organizmdan siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Achitqisimon zambrug‘larning Candida turi (Candida albicans va boshqalar) chaqirgan kasalliklarni, shilliq qavati (og‘iz, qin va boshqalar), teri va ichki a‘zolari (me‘da-ichak yo‘llari, o‘pka, buyrak va boshqalar) kandidozlarini davolashda qo‘llanadi.

Antibiotiklarni (ayniqsa tetrasiklin qatori antibiotiklari, levomisetin, neomisin va boshqalar) uzoq qo‘llanishi oqibatida kelib chiqadigan zamburug‘li asoratlarni oldini olishda xam qo‘llanadi.