Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Нирзолид РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Нирзолид РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 0.2% 300мл №1

48 000 so'mdan
(4884)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Linezolid
Ishlab chiqaruvchi
Aculife Healthcare Pvt Ltd
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozani oshirib yuborilishi
Dozirovkasi
Dori shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari

30оС дан юқори бўлмаган хароратда сақлансин. Ёруғлик таъсиридан ҳимоялансин. Музлатилмасин.

Яроқлилик муддати
2 йил.

Dozani oshirib yuborilishi

Hech qanday maxsus antidotlar ma'lum emas.
Dozani oshirib yuborish holatlarining birontasi kelib tushmagan. Shunga qaramay, quyidagi ma'lumot foydali bo'lishi mumkin. Tutib turuvchi davolash kalavalar filьtratsiyasini tutib turish bilan birga tavsiya etiladi. Taxminan linezolidning 30% dozasi gemodializning 3 soati davomida chiqariladi, ammo peritoneal dializ va gemoperfuziya yo'li orqali linezolidni chiqarilishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q. Linezolidni birlamchi ikki metaboliti shuningdek ma'lum darajada gemodializ yordamida chiqariladi.

Dozirovkasi

Arterial bosimni sinchiklab kuzatish va monitoring qilish imkoniyati bo'lgan hollardan tashqari, quyidagi klinik holatlari yoki quyidagi preparatlarni birga qabul qilganda, Nirzolid®*ni buyurish mumkin emas:
nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, feoxromotsitoma, kartsinoid, tireotoksikoz, bipolyar depressiya, shizoeffektiv buzilishlar, bosh aylanishini o'tkir epizodlari;
serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, serotonin 5-NT1-retseptorlarning agonistlari (triptanlar), bevosita va bilvosita simpatomimetiklar (shu jumladan adrenergik bronxodilatatorlar, soxtaefedrin, fenilpropanolamin), vazopressorlar (epinefrin, norepinefrin), dofaminergik birikmalar (dopamin, dobutamin).

Dori shakli
100 мл, 300 мл тиниқ пластик флаконда. Пакетга жойланган 1 флакон қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутида.

 

 
Farmakodinamikasi

Nirzolid®* mikroblarga qarshi preparatlarning yangi guruhi - oksazolidinlarga kiruvchi sintetik antibakterial vosita hisoblanadi. In vitro aerob grammusbat, ayrim grammanfiy bakteriyalarga va anaerob mikroorganizmlarga qarshi faol. Nirzolid® bakterial xujayralarda unikal ta'sir mexanizmi bilan oqsillar sintezini selektiv ingibirlaydi. Xususan, u bakterial ribasomada (23S subbirlik 50S bilan) bog'lanadi va funktsional 70S initsiyalovchi kompleksni hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, u translyatsiya jarayonining muhim komponenti bo'lib hisoblanadi.
Linezolidga quyidagi mikroorganizmlar sezgirdirlar: grammusbat aeroblar, Enterococus faecalis, Enterococus faecium*, Staphylococcus aureus*; koagulozamanfiy stafilokokklar Streptococcus agalactiae*, Streptococcus pneumoniae*, Streptococcus pyogenes*, S guruhi streptokokklari, G guruhi streptokokklari, grammusbat anaeroblar Clostridum petfringens, Peptostreptococcus anaerobius, Peptostreptococcus spp.
Rezistent mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Mora[ella catarrhalis, Neisseria species Enterobacteriaeae, Pseudomonas spp. Gramotritsatelьnaya flora ustoychiva za isklyucheniyem Moraxella catarrhalis, Haemophilus influenzae, Bacillus petrussis, Neisseria gonorrhoeae i Legionella spp.

Farmakokinetikasi

Linezolid biologik faol (S)-linezolid saqlaydi va organizmda nofaol hosilalarining hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Linezolidning suvdagi eruvchanligi taxminan 3 mg/ml ni tashkil qiladi va 3-9 diapazonda rN ga bog'liq emas. Qon plazmasidagi linezolidning maksimal (Smax) va minimal (Cmin) kontsentratsiyasi (o'rtacha qiymati va standart og'ish) preparat vena ichiga sutkada ikki marta 600 mg dozada yuborilganidan keyin muvofiq 15,1; 2,5 ml/l va 3,68;2,68 mg/l ni tashkil qiladi. Muvozanat holatida taqsimlanish hajmi o'rtacha 40-50 litrni tashkil viladi, bu organizmdagi suvning umumiy miqdoriga to'g'ri keladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish darajasi taxminan 31% va preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga bog'liq emas.
Linezolidning kontsentratsiyasi organizmning turli suyuqliklarida aniqlanadi. Linezolidning so'lak va terdagi kontsentratsiyasini qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga nisbati muvofiq 1,2:1 va 0,55:1 ni tashkil qiladi. Bronxoalьveolyar levaj suyuqligidagi va o'pkaning alьveolyar xujayralaridagi kontsentratsiyasining qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) nisbati muvozanat xolatida muvofiq 4,5:1 va 0,15:1 ni tashkil qiladi
Ventrikuloperitoneal shuntlari bo'lgan bolalarda olingan farmakokinetik ma'lumotlar, preparat bir marta va ko'p marta yuborilganidan keyin orqa miya suyuqligidagi (OMS) lizenolidning kontsentratsiyasini o'zgaruvchanligidan dalolat beradi; OMS preparatning turg'un terapevtik kontsentratsiyasiga erishilmaaydi va tutib turilmaydi. Shuning uchun markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari bo'lgan bolalarda Nirzolid®ni emperik mikroblarga qarshi davolash uchun qo'llash tavsiya etilmaydi.
Metabolizmi. Linezolid asosan morfilon xalqasini oksidlanishi yo'li bilan ochilgan xalqali karboksil kislotasining ikki nofaol xosilalarini xosil qilib metabolizmga uchraydi: aminoetoksisirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti va gidroksietilglitsin (PNU-142586) metaboliti. Gidroksietillitsin (PNU-142586) metaboliti odamda predominant hisoblanadi, u ehtimol, nofermentativ jarayon yo'li bilan hosil bo'ladi. Aminoetilsirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti kamroq miqdorda aniqlanadi. Shuningdek boshqa nofaol metabolitlari identifikatsiyalangan.
Chiqarilishi. Buyraklar faoliyati normal bo'lgan yoki axamiyatsiz yoki o'rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda linezolid muvozanat holatida asosan siydik bilan PNU-142586 metaboliti (40%), o'zgarmagan holda (30%) va PNU-142300 metaboliti ko'rinishida (10%) chiqariladi. O'zgarmagan holda ahlatda preparat amalda aniqlanmaydi, har bir asosiy metabolitlaridan, PNU-142586 va PNU-142300 bir qismi muvofiq 6% va 3% ni tashkil qiladi. Linezolidning yarim chiqarilish davri (T1/2) o'rtacha 5-7 soatni tashkil qiladi. Buyrakdan tashqari klirensi linezolidning umumiy klirensini taxminan 65% ni tashkil qiladi. Linezolidning dozasi oshirilganida klirensini noto'g'ri chiziqliligini ahamiyatsiz darajasi kuzatiladi. Aniq, bu linezolidning yuqori kontsentratsiyalaridagi pastroq buyrak va buyrakdan tashqari klirensining oqibatidir. Lekin klirensidagi farq ahamiyatsiz va T1/2 bevosita aks etmaydi.
Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi
Linezolidning klirensi bolalarda yuqori va yosh o'tishi bilan pasayadi. Linezolidning farmakokinetikasi 65 yoshli va undan katta bemorlar guruhida ahamiyatli tarzda o'zgarmaydi. Ayollarda biroz farmakokinetik farqlar aniqlanadi, ular taqsimlanishni biroz kam hajmi, klirensini taxminan 20% ga pasayishi, ba'zida plazmadagi yuqoriroq kontsentratsiyalari bilan ifodalanadi.
Ayollar va erkaklarda linezolidning yarim chiqarilish davri axamiyatli tarzda farq qilmasligi tufayli, preparatning dozasiga tuzatish kiritish zarurati paydo bo'lmaydi.
O'rtacha, o'rtacha og'ir yoki og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish kerak emas, chunki kreatinin klirensi va preparatni buyraklar orqali chiqarilishi orasida bog'liqlik yo'q.
Gemodializda 3 soat davomida preparatning dozasini 30% chiqarilishi tufayli, linezolidni dializdan keyin buyurish kerak. O'rtacha yoki o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda linezolidning farmakokinetikasi o'zgarmaydi, shuning uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda linezolidning farmakokinetikasi o'rganilmagan, lekin linezolid nofermentativ jarayon oqibatida metabolizmga uchrashi tufayli, jigar faoliyati preparatning metabolizmiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmasligi kerak.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralari diareya, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, toshma, ishtaxani yo'qolishi, qabziyat va isitmani o'z ichiga oladi. Patsiyentlarning katta bo'lmagan miqdorida og'ir allergik reaktsiyalar, tinnit, soxtamembranoz kolit kuzatilgan. Linezolidni 14 kun davomida (ishlab chiqaruvchining tavsiyalari bo'yicha) qabul qilayotgan patsiyentlarda uncha tez-tez bo'lmagan trombotsitopeniya kuzatiladi, lekin davomliroq kursdagi patsiyentlarda yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda bunday reaktsiyalarning tez-tezligi yuqori. Linezolid chaqirgan anemiya va trombotsitemiyani kuniga 125 mg dozada piridoksinni qabul qilish bilan oldi olinmaydi.
Linezolid mitoxondriyalarga nisbatan toksik (mumkin mitoxondrial va bakterial ribosomalarning o'xshashligi oqibatida). Mitoxondrial toksiklikning belgilari laktoatsidoz va neytropeniyani o'z ichiga oladi

Maxsus shartlar

Nirzolid®* MAO ingibitorlarining qaytar, noselektiv ingibitori hisoblanadi, lekin antibakterial davolash uchun qo'llanadigan dozalarda, preparat antidepressiv samara namoyon qilmaydi. Yondosh kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga yoki MAO ning susayishini chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlarni birga qabul qilayotgan patsiyentlarga buyurilgan sharoitda, Nirzolid®* preparatining o'zaro ta'siri va xavfsizligi haqida ma'lumotlar cheklangan. Shuning uchun bunday vaziyatlarda, patsiyentni sinchiklab kuzatish va monitoringi imkoniyati bo'lmagan hollardan tashqari hollarda, Nirzolid®ni qo'llash tavsiya etilmaydi. Patsiyentlar katta miqdorda tiramin saqlovchi ovqat qabul qilishdan saqlanishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak. Preparatning tarkibiga glyukoza kiradi. Buni qandli diabeti yoki glyukozaga buzilgan tolerantlik bilan xarakterlanuvchi boshqa holatlari bo'lgan patsiyentlarni davolashda e'tibor berish kerak. Linezolid qo'llanganda qaytuvchi miyelosupressiya (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya) hollari bo'lishi mumkn, uning yaqqolligi preparatning dozasi va davolashning davomiyligiga bog'liq. Ma'lum bo'lgan asoratlari holida, linezolid bekor qilinganidan keyin, gematologik ko'rsatgichlar, davolash boshlanganigacha kuzatilgan darajaga qaytgan. Bu samaralarni rivojlanish xavfi davolash davomiyligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Trombotsitopeniya ko'proq og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda, patsiyent dializdami yo'qmi, bundan qat'iy nazar paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun mavjud anemiyasi, granulotsitopeniyasi, trombotsitopeniyasi bo'lgan, periferik qonda gemoglobin darajasini yoki trombotsitlar miqdorini pasaytirish yoki ularning faoliyatini susaytirish qobiliyatiga ega bo'lgan preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, og'ir buyrak yetishmovchiligi; qon ketishini paydo bo'lishini yuqori xavfi, ilgari aniqlangan miyelosupressiyasi bo'lgan patsiyentlarda yoki antibiotiklar bilan davolash olayotgan patsiyentlarda, qonning kengaytirilgan klinik tahlilini amalga oshirish kerak.
Soxtamembranoz kolit turli og'irlik darajasidagi, deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan linezolidni qo'llash fonida rivojlanishi mumkin, va og'irlik darajasi bo'yicha o'rtacha ifodalangandan to patsiyentning hayotiga xavf soluvchigacha bo'lishi mumkin, buni antibiotiklar bilan davolanayotgan patsiyentda diareya rivojlanganda hisobga olish kerak.. Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan diareya hollari amalda barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan linezolid qo'llanganida qayd etilgan. Og'irlik darajasi darajasi bo'yicha diareya o'rtacha ifodalangan diareyadan to o'limga olib keluvchi kolitgacha bo'lishi mumkin. Antibakterial vositalarni qo'llash bilan davolash chambar ichak normal florasiningo'zgartiradi, bu C. difficile ni haddan ziyod o'sishiga olib keladi.
C. difficile diareyaning rivojlanishini chaqiruvchi A va V toksinlarni ishlab chiqaradi. C. difficile shtammlari ishlab chiqaradigan gipertoksin, kasallanish va o'lim darajasini oshishini chaqiradi, chunki ular chaqirgan infektsiya mikroblarga qarshi davolashga refrakter bo'lishi va kolektomiya o'tkazilishini talab qilishi mumkin. Antibiotiklarni qo'llash vaqtida diareya rivojlangan barcha patsiyentlarda, Clostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan diareyani istisno qilish kerak.
Homiladorlik
Nirzolid® fertillikni qaytar pasaytiradi va odamdagiga taxminan teng ekspozitsiya darajalarida katta erkak kalamushlarda spermaning anormal morfologiyasini belgilaydi. Preparatni odamning reproduktiv tizimiga mumkin bo'lgan samaralari noma'lum.
Homiladorlikning S kategoriyasi
Linezolid eksperimentlarda odam uchun hisoblangan AUCs ga asoslangan (sichqonlarda), ekvivalent (kalamushlarda), yoki 0,06 barobar (quyonlarda) dozadan 6,5 marta yuqori dozalarda sichqonlar, kalamushlar va quyonlarga yuborilganda teratogen bo'lmagan. Lekin embrional toksiklik aniqlangan (Noteratogen samaralariga qarang). Homiladorlarda linezolidni qo'llash bo'yicha adekvat va yaxshi nazoratli tekshirishlar o'tkazilmagan, shuning uchun Nirzolid® preparatini homiladorlik davrida faqat agar ayol uchun davolashdan kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holdagina buyurish mumkin.
Noteratogen samaralar
Sichqonlarda embrional toksiklik faqat onada toksiklik chaqiradigan dozalarda kuzatilgan (klinik belgilari, vaznni qo'shilishini pasayishi). Kuniga 450 mg/kg doza (AUCs ga asoslangan odam organizmiga taxmin qilingan ta'sir darajasidan 6,5 barobar) embrionni postimplantatsion o'limi darajasi tez-tezligini oshishiga, shu jumladan uning to'liq yo'qolishini, embrional massani kamayishiga va tog'ayni qovurg'a birikmasi darajasini oshishiga olib kelgan. Kalamushlarda o'rtacha embrional toksiklik sutkada 15 va 50 mg/kg dozalarda kuzatilgan (AUCs ga asoslangan odam organizmiga taxmin qilingan ta'siriga taxminan ekvivalent 0,22 barobar darajalar). Samaralar embrional massani kamayishidan va umurtqa pog'onasini suyaklanishini pasayishidan, ko'pincha majmuada, tashkil topgan. Vazn qo'shilishini pasayishi shaklidagi onaga eng katta toksiklik, sutkada 50 mg/kg doza yuborilganida kuzatilgan. Quyonlarda embrional massani pasayishi faqat onada toksiklik chaqiruvchi dozalarda (klinik belgilar, vazn qo'shilishini va ovqat iste'mol qilishni pasayishi), sutkada 15 mg/kg doza yuborilganda kuzatilgan (AUCs ga asoslangan odam organizmiga taxmin qilingan ta'siriga 0,06 barobar). Linezolid urg'ochi kalamushlarga homiladorlik va emizish vaqtida sutkada 50 mg/kg dozalarda yuborilganda (AUCs ga asoslangan odam organizmiga taxmin qilingan ta'siriga taxminan ekvivalent) avlodning yashab qolishi tug'ruqdan keyingi 1-4 kunda pasaygan. Reproduktiv yoshga yetgan urg'ochi jinsli va erkak jinsli kalamushchalarda, preimplantatsion bola tashlashlar tez-tezligini oshishi kuzatilgan.
Laktatsiya
Linezolid va uning metabolitlari laktatsiyalovchi kalamushlarning ko'krak sutiga o'tadi. Linezolidni odam ko'krak sutiga chiqarilishi noma'lum, shuning uchun Nirzolid® preparatini emizish davrida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Pediatriyada ishlatilishi
Nirzolid®* preparatini bolalarni davolash uchun xavfsizligi va samaradorligi, katta patsiyentlarda muvofiq va yaxshi o'tkazilgan tekshirishlar bilan quyidagi infektsiyalarda, bolalarda qo'llangandagi farmakokinetik ma'lumotlar, va preparatni qiyosiy tekshirishlarni qo'shimcha ma'lumotlari, bolalardagi tug'ilgandan boshlab bo'lgan grammusbat infektsiyalarni davolash bilan isbot qilingan.
Mexanizmlarni haydash va boshqarishga ta'siri
Linezolidni vena ichiga yuborishning mexanizmlarni haydash va boshqarishga ta'sirini o'rganish bo'yicha tekshirishlar o'tkazilmagan. Shuning uchun linezolid bilan davolanish davrida mashina haydash yki mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Preparatni ishlatish bo'yicha yo'riqnoma
Preparat saqlanganda yoki muomalada kontaminatsiya yuz berishi mumkin. Agar bosilganda suyuqlikni oqishi kuzatilsa yoki eritma tiniq bo'lmasa, preparatni ishlatmang. Ko'rinadigan qattiq zarrachalar bo'lgan eritmani ishlatish mumkin emas. Vena ichiga yuborish uchun aseptika texnikasini ishlatish kerak. Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Linezolidga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma'lum bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik.
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari
MAO A va V ni susaytiruvchi preparatlarni (masalan, fenelzin, izokarboksazid, selegilin, moklobemid) qabul qilayotgan patsiyentlarda yoki bunday preparatlarni qabul qilgandan keyin 2 hafta davomida Nirzolid®ni qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Arterial bosimni sinchiklab kuzatish va monitoring qilish imkoniyati bo'lgan hollardan tashqari, quyidagi klinik holatlari yoki quyidagi preparatlarni birga qabul qilganda, Nirzolid®*ni buyurish mumkin emas:
nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, feoxromotsitoma, kartsinoid, tireotoksikoz, bipolyar depressiya, shizoeffektiv buzilishlar, bosh aylanishini o'tkir epizodlari;
serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, serotonin 5-NT1-retseptorlarning agonistlari (triptanlar), bevosita va bilvosita simpatomimetiklar (shu jumladan adrenergik bronxodilatatorlar, soxtaefedrin, fenilpropanolamin), vazopressorlar (epinefrin, norepinefrin), dofaminergik birikmalar (dopamin, dobutamin).