Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Нипертен комби

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Нипертен комби ТАБЛЕТКА 5мг+5мг №30

30 000 so'mdan
(1985)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Нипертен комби ТАБЛЕТКА 5мг+5мг №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Niperten® preparati oʻzi nima va u nima uchun qoʻllaniladi
Niperten® qoʻllashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
Niperten® qanday qoʻllaniladi
Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar
Niperten® qanday saqlash kerak
Oʻram oʻz ichiga nimani oladi va boshqa axborot
Niperten® preparati oʻzi nima va u nima uchun qoʻllaniladi

Bisoprolol Niperten® preparatining taʼsir etuvchi moddasidir. Bisoprolol beta-blokatorlar deb ataladigan dori preparatlari guruhiga mansub boʻlib, ushbu preparatlar ayrim nerv impulslariga, ayniqsa yurakda, organizmning javobiga taʼsir koʻrsatgan holda ishlaydi. Natijada bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashtiradi va qonni tana boʻylab samarali haydashga yurakni majbur qiladi. Ayni vaqtda bisoprolol kislorodga boʻlgan ehtiyojni va qonni yurakka oqib kelishini kamaytiradi. Yurak mushagi kuchsiz boʻlganda va organizm ehtiyojlari uchun yetarlicha qon miqdorini haydab berishga qodir boʻlmaganida yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Niperten® quyidagilarni davolash uchun:

  • yuqori arterial bosim (arterial gipertenziya);
  • stenokardiya;
  • stabil surunkali yurak yetishmovchiligi. Niperten® ni ushbu kasallikni davolash uchun toʻgʻri keladigan boshqa preparatlar (AAF ingibitorlari, siydik haydovchi preparatlar va yurak glikozidlari kabi preparatlar) bilan majmuada qoʻllaniladi.
Niperten® qoʻllashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak

Quyidagi hollarda Niperten® qabul qilinmasin

Sizda quyidagi kasalliklardan biri mavjud boʻlganida Niperten® preparati qabul qilinmasligi kerak:

  • ushbu preparatning faol moddasi yoki har qanday boshqa komponentlariga (6-boʻlimda sanab oʻtilgan) allergiya boʻlsa;
  • ogʻir bronxial astma yoki oʻpkaning ogʻir surunkali kasalligi;
  • qoʻl-oyoqlaringizda ogʻir darajada qon aylanishini buzilishi (masalan, Reyno sindromi), u qoʻl va oyoq barmoqlarida ogʻriq hislarini yoki ularni ocharishi yoki koʻkarib ketishini keltirib chiqarishi mumkin;
  • buyrak usti bezlarining kam uchraydigan oʻsmasi boʻlgan davolanmagan feoxromotsitoma;
  • qonda kislota miqdorining oshib ketadigan holati boʻlgan metabolik atsidoz.

Sizda quyidagi yurak kasalliklardan biri mavjud boʻlganida Niperten® preparati qabul qilish mumkin emas:

  • oʻtkir yurak yetishmovchiligi;
  • yurak yetishmovchiligini avj olishi, u yurak mushagi qisqarishi kuchini koʻpaytiradigan preparatlarni vena ichiga yuborishni talab qiladi;
  • past arterial bosim;
  • yurak qisqarishlarini juda past tez-tezligiga yoki Sizda oʻrnatilgan kardiostimulyator mavjud boʻlmaganida yurakning nomuntazam qisqarishlariga olib keluvchi yurakning ayrim kasalliklari;
  • past arterial bosimga va qon aylanishining yetishmovchiligiga olib keladigan, yurakning oʻtkir jiddiy patologiyasi boʻlgan kardiogen shok.

Maxsus koʻrsatmalar

Niperten® ni qoʻllashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Sizda quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlsa, bu haqda oʻz shifokoringizni Niperten® tabletkalari qabul qilinguniga qadar xabardor qiling; ehtimol u bunga alohida eʼtibor qaratishi (masalan, qoʻshimcha davolashni buyurishi yoki koʻproq nazorat oʻlchashlarini oʻtkazishi) mumkin:

  • qandli diabet;
  • roʻza tutish;
  • yurak ritmini buzilishi yoki tinch holatda koʻkrakda kuchli ogʻriq (Prinsmetal stenokardiyasi) kabi yurakning ayrim kasalliklari;
  • buyrak yoki jigar kasalliklari;
  • ogʻirlik darajasi kamroq boʻlgan qoʻl-oyoqlarda qon aylanishini buzilishi;
  • ogʻirlik darajasi kamroq boʻlgan bronxial astma yoki surunkali oʻpka kasalligi;
  • anamnezda tangachali teri toshmasi (psoriaz);
  • buyrak usti bezi oʻsmasi (feoxromotsitoma);
  • qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi;
  • birinchi darajali yurak blokadasi (yurakka nerv signallari oʻtishi buziladigan holat, bu yurak qisqarishlarini davriy oʻtkazib yuborilishlariga yoki nomuntazam yurak qisqarishlariga olib kelishi mumkin).

Bundan tashqari, agar Siz quyidagilarni qabul qilmoqchi boʻlsangiz shifokoringizga xabar qiling:

  • desensibilizatsiya qiluvchi davolash (masalan, pollinozni profilaktika qilish uchun), chunki Niperten® tabletkalari allergik reaksiya rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkin yoki bunday reaksiya ogʻir kechishi mumkin;
  • anesteziya (masalan, jarrohlik aralashuvida), chunki Niperten® tabletkalari ushbu vaziyatga nisbatan Sizning organizmingiz reaksiyasiga taʼsir etishi mumkin.

Boshqa dori preparatlari va Niperten®

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, yaqin orada qabul qilgan boʻlsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga maʼlum qiling.

Shifokoringiz tavsiyasisiz quyidagi preparatlarni Niperten® bilan qabul qilmang:

  • nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon kabi I sinf antiaritmik preparatlar);
  • yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (verapamil va diltiazem kabi kalsiy antagonistlari);
  • yuqori arterial bosimni davolash uchun qoʻllaniladigan klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin kabi ayrim preparatlar. Biroq ushbu preparatlarni qoʻllashni shifokoringiz bilan maslahatlashmay turib toʻxtatmang.

Quyidagi preparatlarni Niperten® tabletkalari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing; ehtimol shifokoringiz Sizning salomatligingiz holatini tez-tez nazorat qilishiga toʻgʻri keladi:

  • yuqori arterial bosimni, stenokardiyani yoki nomuntazam yurak urishini davolash uchun qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (nifedipin, felodipin va amlodipin kabi digidropiridin qatoridagi kalsiy antagonistlari);
  • nomuntazam yoki noodatiy yurak urishini davolash uchun qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (amiodaron kabi III sinf antiaritmik preparatlar);
  • mahalliy qoʻllaniladigan beta-blokatorlar (glaukomani davolash uchun timolol koʻzga tomchilar kabi);
  • masalan, Alsgeymer kasalligi yoki glaukomani davolash uchun qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (takrin yoki karbaxol kabi parasimpatomimetiklar) yoki oʻtkir yurak patologiyasini davolash uchun qoʻllaniladigan preparatlar (izoprenalin va dobutamin kabi simpatomimetiklar);
  • qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, shu jumladan insulin;
  • ogʻriqsizlantiruvchi preparatlar (masalan, jarrohlik aralashuvi vaqtida);
  • yurak yetishmovchiligini davolash uchun qoʻllaniladigan angishvonagul preparatlari;
  • artrit, ogʻriqlar yoki yalligʻlanishni davolash uchun qoʻllaniladigan nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (NYAQV) (masalan, ibuprofen yoki diklofenak);
  • gipotenziv preparatlar kabi kutilgan yoki noxush samara sifatida arterial bosimni pasaytirishi mumkin boʻlgan har qanday preparatlar, depressiyani davolash uchun ayrim preparatlar (imipramin yoki amitriptilin kabi tritsiklik antidepressantlar), tutqanoqni davolash uchun yoki anesteziya vaqtida qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (barbituratlar, masalan fenobarbital) yoki haqqoniy holat bilan aloqani yoʻqotgan holda tavsiflanadigan ruhiy kasalliklarni davolash uchun qoʻllaniladigan ayrim preparatlar (levomepromazin kabi fenotiazinlar);
  • bezgakni oldini olish yoki davolash uchun qoʻllaniladigan mefloxin;
  • depressiyani davolash uchun moklobemid kabi monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlari bundan mustasno) deb ataladigan preparatlar;
  • Reyno sindromi kabi qon aylanishini buzilishlarini davolash uchun qoʻllaniladigan moksisilit.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik davrida Niperten® preparati qoʻllanilganida bolaga salbiy taʼsir koʻrsatish xavfi mavjud. Agar Siz homilador boʻlsangiz yoxud emizikli boʻlsangiz, oʻzingizni homilador deb ehtimol qilsangiz yoxud homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, mazkur dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Niperten® preparatini homiladorlik vaqtida qoʻllash mumkinligini u hal etadi.

Insonda koʻkrak sutiga bisoprololni oʻtishi nomaʼlum. Shuning uchun Niperten® preparati bilan davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Bolalar va oʻsmirlarda qoʻllanilishi

Niperten® preparati bolalarda yoki oʻsmirlarda qoʻllanilishi uchun tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash

Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga taʼsiri Siz Niperten® preparatini qanday oʻzlashtirishingizga bogʻliq. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat oʻzgartirilganida, shuningdek preparatni alkogol bilan majmuada qoʻllanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling.

Niperten® qanday qoʻllaniladi

Preparat shifokor yoki farmatsevt buyurilgandek doimo aniq qabul qilinishi lozim. Agar Sizda ikkilanishlar paydo boʻlsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Tabletkani ovqat qabul qilinishidan qatʼiy nazar ertalab suv bilan iching. Tabletkani sindirmang va chaynamang.

Niperten® preparati bilan davolashda shifokoringiz tomonidan muntazam monitoring olib borilishi zarur. Davolash boshlanishi vaqtida, dozasi oshirilganida yoki preparat bilan davolash toʻxtatilganida bu ayniqsa zarurdir.

Niperten® preparati bilan davolash odatda uzoq davom etadi.

Arterial gipertenziya va stenokardiya

Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar

Dozani tanlash shaxsiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Odatda sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.

Preparatga nisbatan organizmning javobiga bogʻliq ravishda shifokoringiz dozani 5 mg gacha kamaytirishga yoki dozani 20 mg gacha koʻpaytirishni hal etishi mumkin. Doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.

Stabil surunkali yurak yetishmovchiligi

Katta yoshdagi, shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlar

Bisoprolol bilan davolash past dozadan, dozani bosqichma-bosqich oshirgan holda boshlanishi kerak.

Shifokoringiz dozani qanday oshiishni hal etishi lozim; odatda u quyidagi tarzda oʻtadi:

  • 1,25 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 2,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 3,75 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 7,5 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida;
  • 10 mg bisoprolol sutkada bir marta bir hafta davomida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida.

Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza 10 mg bisoprololni tashkil etadi.

Preparatga nisbatan oʻzlashtiraolishingizga bogʻliq ravishda shifokoringiz shuningdek dozalarni oshirish oraligʻidagi intervalni uzaytirishi mumkin. Holat yomonlashganida yoki preparatni oʻzlashtira olmagan holatlarda dozani yana kamaytirish yoki davolash vaqtincha toʻxtatib turish talab etilishi mumkin. Ayrim patsiyentlarda bisoprololning 10 mg dan kam boʻlgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi yetarlicha boʻlishi mumkin. Shifokoringiz bu holatda qanday yoʻl tutish mumkinligini Sizga xabar qiladi. Davolashni toʻliq toʻxtatish zarurati boʻlganida shifokor, odatda dozani bosqichma-bosqich kamaytirishni tavsiya etadi, chunki aks holda Sizning holatingiz yomonlashishi mumkin.

Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanilishi

Yengil va oʻrta darajali jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Ogʻir darajadagi buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi <20 ml/min) va ogʻir darajali jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda bisoprololning sutkalik dozasi 10 mg dan oshirilmaslik tavsiya qilinadi.

Bolalar va oʻsmirlarda qoʻllanilishi

Niperten® bolalarda qoʻllash uchun tavsiya etilmaydi.

Agar Siz Niperten® ni keragidan ortiq koʻp miqdorda qabul qilgan boʻlsangiz

Agar Siz Niperten® preparatini keragidan ortiq koʻp miqdorda qabul qilgan boʻlsangiz, bu haqida shifokoringizga darhol xabar qiling. Shifokoringiz qanday choralar lozimligi haqida qaror qabul qiladi.

Dozani oshirib yuborilganligi simptomlari yurak qisqarishlari tez-tezligini sekinlashishini, ogʻir darajali nafas siqilishini, bosh aylanishini yoki qaltirashni (qonda qand miqdorining pasayishi munosabati bilan) oʻz ichiga olishi mumkin.

Niperten® Kombi dozasini oʻtkazib yuborilishi

Oʻtkazib yuborilgan dozaning oʻrniga ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Ertasi kuni ertalab odatdagi dozangizni qabul qiling.

Agar Siz Niperten® preparatini qabul qilishni toʻxtatib qoʻysangiz

Niperten® preparatini qabul qilishni shifokoringiz tavsiyasisiz hech qachon toʻxtatib qoʻymang. Aks holda Sizning holatingiz sezilarli ravishda yomonlashishi mumkin. Davolanishni ayniqsa yurakning ishemik kasalligi boʻlgan patsiyentlarda birdan toʻxtatib qoʻymaslik lozim. Agar Siz davolanishni toʻxtatib qoʻyishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, shifokoringiz dozani asta-sekin kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.

Agar Sizda mazkur preparatni qabul qilishga nisbatan qoʻshimcha savollar yuzaga kelsa, shifokiringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar

Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat nojoʻya samaralarni keltirib chiqarishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo boʻlmasa ham.

Agar nojoʻya samaralar ogʻir boʻlsa, toʻsatdan yuzaga kelgan boʻlsa yoki Siz ularni tez yomonlashishini qayd etgan boʻlsangiz, jiddiy reaksiyalarni oldini olish uchun darhol shifokorga murojaat qiling. Eng jiddiy nojoʻya samaralar yurak faoliyatiga aloqador boʻlib, ular quyidagichadir:

  • yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishi (10 nafar insondan 1 tasidan koʻp boʻlmagan holatda paydo boʻlishi mumkin);
  • yurak yetishmovchiligini avj olishi (10 nafar insondan 1 tasidan koʻp boʻlmagan holatda paydo boʻlishi mumkin);
  • sekin yoki nomuntazam yurak urishi (100 nafar insondan 1 tasidan koʻp boʻlmagan holatda paydo boʻlishi mumkin).

Agar Siz bosh aylanishi, holsizlik yoki nafas olishni qiyinlashishini sezsangiz shifokoringizga iloji boricha tezroq murojaat qiling.

Quyidagi nojoʻya taʼsirlar ular tez-tez uchrashiga qarab sanab oʻtilgan:

Tez-tez (10 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo boʻlishi mumkin):

  • toliqish, holsizlik hissi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi;
  • qoʻllar yoki oyoqlarni muzlashi yoki uvishishi;
  • past arterial bosim;
  • koʻngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat kabi meʼda yoki ichak tomonidan buzilishlar.

Tez-tez emas (100 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo boʻlishi mumkin):

  • uyquni buzilishi;
  • depressiya;
  • oʻrnidan turganda bosh aylanishi;
  • bronxial astmali yoki surunkali oʻpka kasalligi mavjud patsiyentlarda nafas olishni buzilishi;
  • mushak kuchsizligi, mushak tirishishi.

Kam hollarda (1000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo boʻlishi mumkin):

  • eshitishni buzilishi;
  • allergik rinoreya;
  • yosh ajralishini pasayishi (quruq koʻzlar);
  • koʻz yoki koʻz oqini sargʻayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan jigar yalligʻlanishi;
  • jigar faoliyati yoki lipidlar konsentratsiyasini belgilovchi qon tahlilining ayrim natijalari normadan farqlanadi;
  • qichishish, giperemiya, toshma kabi allergik tipdagi reaksiyalar;
  • ereksiyani buzilishi;
  • tungi vahimali tushlar, gallyutsinatsiyalar;
  • hushdan ketish.

Juda kam hollarda (10 000 nafar insondan 1 tasidan kamroq holatda paydo boʻlishi mumkin):

  • koʻzlarni achishishi va qizarishi (konʼyunktivit);
  • soch toʻkilishi;
  • poʻstloqli teri toshmasi (psoriaz) paydo boʻlishi yoki avj olishi; psoriazsimon toshma.
Niperten® qanday saqlash kerak

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.

Ushbu preparat oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qoʻllanilmasin. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.

30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda, namlik va yorugʻlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qoʻllamayotgan dori preparatlarini qanday qilib utilizatsiya qilish haqida farmatsevtdan soʻrang. Mazkur choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Oʻram oʻz ichiga nimani oladi va boshqa axborot

Niperten® nimalarni oʻzida saqlaydi

Faol modda – bisoprolol fumarati.

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibida 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bisoprolol fumaratini saqlanadi.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati (A tipi), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi va magniy stearati tabletka yadrosida, gipromelloza, makrogol, titan dioksid, talk, temir (II) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda va temir (III) oksidi Ye172 – faqat plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li va 10 mg li tabletkalarda.

Niperten® qanday koʻrinishga ega va oʻram ichidagisi

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2,5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi boʻlgan tabletkalar.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg: oval, biroz ikki tomonlama qavariq, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi boʻlgan tabletkalar.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg: dumaloq, biroz ikki tomonlama qavariq, qiya chekkali, och jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi boʻlgan tabletkalar.

10 tabletkadan OPA/Al/PVX va alyumin folgali blisterda. 3, 6 yoki 9 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.