Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НИКОТИНОВАЯ К-ТА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НИКОТИНОВАЯ К-ТА ТАБЛЕТКА №50

5 000 so'mdan
(4350)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМСТАНДАРТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlik.

Homiladorlik va emizish davri.

Meʼda va 12 barmoq ichakning yara kasalligi (zoʻrayish bosqichidagi), jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, podagra va giperurikemiya, gipertoniya kasalligi va aterosklerozning ogʻir shakllari, bolalar (3 yoshgacha).

Ehtiyotkorlik bilan

Gemorragiyalar, glaukoma, jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperatsid gastrit, meʼda va 12 barmoq ichakning yara kasalligi (zoʻrayish bosqichidan tashqari).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

 

Agar nikotin kislotasi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qoʻllanadigan boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Gipotenziv dori vositalari, antikoagulyantlar va atsetilsalitsil kislotasi bilan birga majmuada qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jigar tomonidan asoratlarni oldini olish uchun (katta dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganida) parhezga metioninga boy mahsulotlarni (tvorog) qoʻshish yoki metionin, lipoy kislotasi va boshqa lipotrop vositalarni qabul qilish kerak.

Nikotin kislotasi bilan davolash jarayonida (ayniqsa katta dozalar bilan) jigar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali oʻramda. 5 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Farmakologik xususiyatlari

Nikotin kislotasi (RR vitamini) spetsifik pellagraga qarshi vositadir. Uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi, qon tomirlarni, shu jumladan miya qon tomirlarini kengaytiruvchi taʼsir koʻrsatadi, gipolipidemik faollikka ega. Katta dozalarda nikotin kislotasi qonda triglitseridlar va b-lipoproteidlarning miqdorini kamaytiradi, past zichlikdagi lipoproteidlarda xolesterin/fosfolipidlar nisbatini kamaytiradi. Dezintoksikatsiyalovchi xususiyatlarga ega.

 

 

Qoʻllanilishi

Nikotin kislotasi pellegrani (RR avitaminozi) oldini olish va davolash uchun, miya qon aylanishini ishemik buzilishlarini, oyoq qon tomirlarining kasalliklarini (obliteratsiyalovchi endarteriit, Reyno kasalligi) majmuaviy davolashda, qoʻl-oyoq qon tomirlarining, oʻt va siydik chiqarish yoʻllarining spazmida, qandli diabetning asoratlarida (diabetik polineyropatiya, mikroangiopatiya), jigar kasalliklarida (oʻtkir va surunkali gepatitlar), past kislotali gastritlarda, shuningdek yuz nervining nevritlarida, uzoq bitmaydigan jarohatlar va trofik yaralarda buyuriladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Nikotin kislotasining tabletkalari ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Antipellagrik vosita sifatida nikotin kislotasi kattalarga 0,1 g (2 tabletka) dan sutkada 2-4 marta buyuriladi (yuqori sutkalik doza 0,5 g).

Bolalarga, 3 yoshdan boshlab, yoshiga qarab, 0,05 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursi 15-20 kun.

Kattalarga miya qon aylanishini ishemik buzilishlarida, qoʻl-oyoq qon tomirlarining spazmlarida, past kislotali gastritlarda, yuz nervining nevritida, jarohatlar va yaralarda nikotin kislotasi 0,05-0,1 g bir martalik dozada tavsiya qilinadi, sutkalik doza – 0,5 g gacha. Davolash kursi – 1 oy. Takroriy kurslar – shifokorning tavsiyasi boʻyicha.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin. Yuqori dozalari ichga qabul qilinganida: yuz va gavdaning yuqori qismi terisining giperemiyasi, paresteziyalar, bosh aylanishi, yuz terisiga qon “quyilishlari”, aritmiya, ortostatik gipotenziya, diareya, teri va koʻz shilliq qavatining quruqligi, giperglikemiya, giperurikemiya, mialgiya, koʻngil aynishi, qusish, peptik yara, holsizlantiradigan teri qichimasi.

Uzoq vaqt qoʻllanganida – jigarning yogʻli distrofiyasi, giperurekemiya, glyukozaga tolerantlikni pasayishi, qonda aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenaza, ishqoriy fosfatazaning konsentratsiyasini oshishi, qizishni xis qilish, terini qizarishi (ayniqsa yuz va boʻyinni), bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, asteniya.

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi::

faol modda: nikotin kislotasi – 0,05 g;

yordamchi moddalar: dekstroza – 0,148 g, stearin kislotasi – 0,002 g.

 

Taʼrifi: 

oq rangli yassitsilindrik faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 vitaminlar.