Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Несопин СПРЕЙ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Несопин СПРЕЙ НАЗАЛЬНЫЙ 0,05% 20МЛ №1

5 000 so'mdan
(3449)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
спрей наз
Farma. Guruh
Препараты для облегчения носового дыхания
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Chiqarilish shakli

Nazal sprey 0,05%.

10 ml dan preparat plastik purkagichli dori vositalari uchun plastik flakonlarda.

Har bir flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Nojoʻya taʼsirlari

Burun boʻshligʻi shilliq qavatini oʻtkinchi quruqligi va achishishi, ogʻiz va tomoqni qurishi, aksirish; arterial bosimni oshishi, yuqori xavotirlik, koʻngil aynishi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik, yurak urib ketishi, uyquni buzilishi.

Uzoq muddat qoʻllanilganida – taxifilaksiya, shilliq qavat reaktiv giperemiyasi va burun boʻshligʻi shilliq qavati atrofiyasi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalarda            (6 yoshgacha) qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – surunkali yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar, yaqqol ateroskleroz, arterial gipertenziya, tireotoksikoz, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukomada ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi dori vositalarini soʻrilishini sekinlashtiradi, ularning taʼsirini susaytiradi.

Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalari bilan birga buyurish nojoʻya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Monoaminoksidaza blokatorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – arterial bosim oshadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Tavsiya etilgan dozada shifokor bilan maslahatlashmasdan 3 kungacha qoʻllash mumkin. Intranazal yuborish uchun moʻljallangan preparatni koʻzlarga tushishidan saqlanish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish, potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat koʻrishga taʼsir koʻrsatganligi tufayli, reaksiya tezligi pasayishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va tezkor reaksiyalarni talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: intranazal qoʻllanilganida – taxikardiya, arterial bosimni oshishi, markaziy nerv tizimini susayishi. Davolash: simptomatik.

 

Dori shakli: 

nazal sprey

 

Tarkibi:

1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,5 mg;

yordamchi moddalar: ratsementol (ratsemik mentol) – 0,4 mg, xivchinsimon evkalipt barglari moyi (evkalipt moyi) – 0,4 mg, dinatriy edetati digidrati (etilendiaminotetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi, trilon B) – 0,5 mg, natriy gidrofosfati dodekagidrati (natriy digidrofosfati 12 N2O) – 28,0 mg, natriy digidrofosfat digidrati (natriy digidrofosfati 2 N2O) – 12,5 mg, propilenglikol – 100,0 mg, benzil spirti – 10,0 mg, inyeksiya uchun suv – 1,0 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

rangsiz yoki sargʻish tusli, tiniq yoki tovlanuvchi suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antikongestiv vosita – alfa-adrenomimetik

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Mahalliy qoʻllash uchun antikongestiv vositadir (alfa-adrenostimulyatsiyalovchi vosita). Oksimetazolin gidroxloridi burun, yondosh boʻshliqlar va yevstaxiyev nayining shilliq qavati qon tomirlarini torayishini chaqiradi, bu ularni shishini yumshoq va uzoq muddatli kamayishini chaqiradi va burun orqali nafas olishni yengillashishiga olib keladi. Tumovni davolash uchun vositadir.

Mentol, evkalipt moyi mahalliy shishga qarshi, yalligʻlanishga qarshi va antiseptik taʼsir koʻrsatadi, quyuq shilliqni suyultiradi va uni burun atrofidagi boʻshliqlardan chiqarilishini yengillashtiradi, shuningdek preparatning taʼsiri davomiyligini oshishiga yordam beradi.

Burun orqali nafas olish purkalgandan 15 minutdan keyin namoyon boʻladi va 8-12 soat davomida davom etadi.

 

Farmakokinetikasi

Mahalliy qoʻllanilganida tizimli soʻrilishi past.

 

Qoʻllanilishi

Allergik va infeksion-yalligʻlanish etiologiyali rinit, sinusit, yevstaxiit, pichan isitmasida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Intranazal qoʻllanadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – har bir burun yoʻliga      2-3 purkashdan 10-12 soat interval bilan buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga – har bir burun yoʻliga 1 purkashdan buyuriladi.

3-5 kundan koʻproq davolash zarurati boʻlganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.