Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Нейротон ТАБ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Нейротон ТАБ №30

55 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Нейротон ТАБ №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
BENFOTIAMINE,PYRIDOXINE
Ishlab chiqaruvchi
(Фармак , Украина)
Chiqarilish shakli
таблетка
Farma. Guruh
Витамины и минералы
Dori tafsilotlari
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Piridoksin levodopani saqlovchi preparatlar bilan nomutanosib, chunki bir vaqtda qo‘llanganida levodopani periferik dekarboksillanishi kuchayadi va oqibatda uning antiparkinsonik ta‘siri pasayadi.

Benfotiamin oksidlovchilar va ishqoriy birikmalar: simob xloridi, yodidi, karbonati, asetati, tanin kislotasi, temir ammoniy sitrati, shuningdek fenobarbital natriy, riboflavin, benzilpenisillin, glyukoza va metabisulfit 5-ftorurasil bilan nomutanosib, chunki ularning ishtirokida faolsizlanadi. Mis benfotiaminni parchalanishini tezlashtiradi; bundan tashqari tiamin rN ko‘rsatkichi (3 dan yuqori) oshganida o‘zining ta‘sirini yo‘qotadi.

Antasidlar tiaminni so‘rilishini kamaytiradi.

Kalavali so‘rilishini susaytiruvchi xalqali diuretiklar (masalan furosemid), uzoq davolash vaqtida tiaminni chiqarilishini oshirishi va shu bilan tiamin darajasini pasaytirishi mumkin.

 

 

Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 100% quruq moddaga hisoblaganda 100 mg benfotiamin, 100% quruq moddaga hisoblaganida 100 mg piridoksin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, povidon, kalsiy stearati, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi;

plyonka qobig‘i Opadry II 85 F 18422: polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi (Ye 171).

 

Ta‘rifi: 

oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

V1 vitamini V6 va/yoki V12 vitaminlari bilan majmuada.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

V guruhi neyrotrop vitaminlari nerv va tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va/yoki degenerativ kasalliklarida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ularni tanqislik holatlarini bartaraf qilish uchun qo‘llash kerak, katta dozalarda esa og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega, qon aylanishni yaxshilanishiga yordam beradi, nerv tizimi faoliyatini va qon yaratish jarayonini normallashtiradi.

Farmakokinetikasi

V6 vitamini va uning hosilalari ko‘proq ovqat hazm qilish yo‘llarining yuqori qismida passiv diffuziya yo‘li bilan tez so‘riladi va taxminan 2-5 soat ichida chiqariladi (ekskresiya qilinadi).

 

 

Qo‘llanilishi

V1, V6 vitaminlarini isbotlangan tanqisligi bilan bog‘liq nevrologik kasalliklarida qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Tavsiya qilingan doza sutkada 1 tabletkani tashkil qiladi. Individual xolatlarda dozani oshirish va 1 tabletkadan sutkada 3 marta qo‘llanadi.

Tabletkalarni butunligicha ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Davolash kursini davomiyligini xar bir xolatda shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi. Davolashning maksimal davridan keyin (4 xafta) preparatning dozasini kamaytirish va dozasiga tuzatish kiritish xaqida xulosa qabul qilinadi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, me‘da shirasining kislotaliligini oshishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya.

Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari shu jumladan anafilaktik shok; anafilaksiya, eshakemi.

Teri tomonidan: teri toshmasi, qichishish.

Juda kam xollarda – shok xolati kuzatilgan.

V6 vitaminini xar kuni 50 mg dan ortiq dozada (6-12 oydan ko‘proq) uzoq qo‘llanganda periferik sensor neyropatiyaga, nerv qo‘zg‘aluvchanligiga, bosh aylanishiga, bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Vvitaminini allergik reaksiyalarda qabul qilish mumkin emas.

Vvitaminini me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichida qabul qilish mumkin emas (chunki me‘da shirasini kislotaliligi oshishi mumkin).

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligining og‘ir va o‘tkir shakli bo‘lgan pasientlarni davolash uchun Neyroton®ni qo‘llash to‘g‘risidagi masalani, bemorning holatini hisobga olgan holda shifokor shaxsiy ravishda xal qiladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik yoki emizish davrida Vvitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 25 mg gachani tashkil qiladi. Preparat 100 mg Vvitamini saqlaydi, shuning uchun uni bu davrda qo‘llash mumkin emas.

Bolalar

Preparat bolalarda qo‘llanganda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun pasientlarning bu yosh toifasiga buyurish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati

Preparat ayrim pasientlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va taxikardiya kabi nojo‘ya xolatlar chaqirishi mumkinligi tufayli, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari simptomlarini kuchayishi kuzatiladi.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak. Simptomatik davolash.

Vvitaminining yuqori dozalari kuraresimon samarani namoyon etadi.

V6 vitaminining har kuni 50 mg ko‘proq dozada (6-12 oydan ko‘proq) uzoq qo‘llanganda periferik sensor neyropatiyaga olib kelishi mumkin.

V1 vitamini sutkada 2 g dan ortiq dozada uzoq qo‘llanganida ataksiya bilan kechuvchi neyropatiya va sezuvchanlikni buzilishlari, EEG da o‘zgarishlar bilan kechuvchi serebral tirishishlar, shuningdek ayrim xollarda – gipoxrom anemiya va seboreyali dermatit kuzatilgan.

 

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 5 blisterdan qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.