Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НЕФРОЦИТ К

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НЕФРОЦИТ К ТАБЛЕТКА №60

43 000 so'mdan
(3492)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
VITALLY
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakoterapevtik guruhi-
Tarkibi
Qo`llanilishi
Qo`llash usuli:
Qarshi ko`rsatmalar:
Saqlash sharoiti:
Chiqarilish shakli:
Yaroqlilik muddati:
Ishlab chiqaruvchi
Farmakoterapevtik guruhi-

diuretik ta’sirga ega bo`lgan BFQ.

Tarkibi

har 1 tabletka saqlaydi.

Qorag`at bargi  kukuni (Ribes folia L.) -                   50 mg

Zig`ir urug`i kukuni (Semine lini L.) -                      50 mg

Jo`xori popugi kukuni (Stigmata Zea maydis L.) -   50 mg

Momoqaymoq bargi kukuni (Folii taraxaci L.) -     50 mg

Ukrop urug`i  kukuni (Semina anethum L.) -           50 mg

Melissa bargi kukuni (Folia melissa officinalis L.) -50 mg

Ortosifon bargi kukuni (Folia orthosiphoni L.) -      50 mg

Kaliy sitrat (Kalii citrate L.) -                                   50 mg

Nefrosit Kning farmakologik xususiyatlari

Arbutin (antiseptik ta`sirga ega) manba’si, flavanoid va dubil moddalar, efir moylari saqlaydi.

Momoqaymoq, ukrop urug`i, jo`xori popugi, ortosifon, zig`ir urug`i, melissa bargi, qorag`at bargi diuretik ta’sirga ega bo`lib, buyrak toshi(oksalat, urat, fosfat) va yallig`lanishlarida shifobaxsh ahamiyatga ega.

Kaliy sitrat oksalat va urat toshlarni parchalashga yordam beradi.

Qo`llanilishi

Siydik haydash funksiyasini kuchaytirishda

Buyrak va siydik yo`llarining o`tkir surunkali yallig`lanish va shamollash kasalliklariga qarshi  (sistit, piyelonefrit, piyelit, uretrit)

Buyrak, siydik yo`li tosh va tuz kasalliklarini majmuaviy davolashda va buyrak, siydik yo`llarida tosh hosil bo`lishini oldini olishda.

Organizmdagi ortiqcha tuz moddasining to`planishi va ko`payishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar: umurtqa osteoxondrozi, podagra va artrit.

Shish sindromi (yurak kasalliklarida, hayz ko`rish oldi sindromida va b.)

Qo`llash usuli:

kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 2-3 tabletkadan kuniga 3 mahal, 5-11 yoshli bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 mahal yoki mutaxasis tavsiyasiga ko`ra ovqatdan 20 minut oldin.

 

Qarshi ko`rsatmalar:

Nefrosit K komponentlariga bo`lgan individual qabul qilolmaslik.

Homilador va emizikli ayollar: Nefrosit Kni  mutaxasis tavsiyasiga ko`ra qabul qilish mumkin.

Saqlash sharoiti:

25˚C dan baland bo`lmagan quruq (namlik 70% dan yuqori bo`lmagan) va bolalar ololmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli:

60 tabletkadan polietilen flakonda yoki blisterlarda karton qutida qo`llash uchun yo`riqnoma bilan birga ishlab chiqariladi. Nefrosit K tabletkalari retseptsiz beriladi. Mahsulot sertifikatlangan.

Yaroqlilik muddati:

24 oy

Ishlab chiqaruvchi

“VITALLY” XK, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Sofdil, №45 tel.: +998909539005