Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Натрия хлорид

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Натрия хлорид АМПУЛЫ 0,9% 10мл №10

3 000 so'mdan
(1538)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ДЖУРАБЕК
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Солевые растворы
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Qo‘llanilishi
Dorixonalardan berish tartibi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘yata‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori shakli

 in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi

Faol modda: natriy xloridi – 9 g;

Yordamchi modda – in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.

Qo‘llanilishi

Turli sababli degidratasiya. Operasiya vaqtida va undan keyin qon plazmasi hajmini tutib turish, jarohatlar, ko‘zlar, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini yuvish, hamda turli preparatlarni suyultirish uchun erituvchi sifatida qo‘llanadi.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Farmakologik xususiyatlari

Izotonik eritma. Degidratasiya holatiga tushgan organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to‘ldiradi. Natriy va xlor ionlari hujayradan tashqari suyuqlikning asosiy noorganik tarkibiy qismi bo‘lib, qon plazmasi va hujayradan tashqari suyuqlikning osmotikbosimini me‘yorda tutib turadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat oldindan 380S darajagacha isitilib vena ichiga (ko‘pincha tomchilab, minutiga 40-120 tomchi tezlikda), teri ostiga, xo‘qnalarda klinik ko‘rsatmalarga qarab 3 litrgacha yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Kiritilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning balansi xar 6 soatda aniqlanadi. Ko‘zlar, burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati va jarohatlarni yuvishda preparat bevosita yuvilayotgan yuzaga quyiladi yoki preparat bilan ho‘llangan steril salfetkalar ishlatiladi.

 

Nojo‘yata‘sirlari

Ko‘ngilaynishi, qusish, diareya, me‘daspazmlari, chanqoqlik, ko‘zyoshinioqishi, terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertoniya. Buyraklarfaoliyatnibuzilishi, shishlar, hansirash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik bo‘shashish, mushaklarni tortilishi va gipertonusida qo‘llanadi. Katta miqdorlarda yuborish xloridli asidoz, gipergidratasiya va organizmdan kaliyning chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganida hech qanday nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gipernatriemiya, gipergidratasiya holati, o‘pka, bosh miya shishi havfi, kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolashda qo‘llash mumkin emas.

 

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak chiqarish funksiyasi buzilgan, gipokaliemiya holatidagi bemorlarda preparatning katta hajmlari ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Uzoq muddat qo‘llanganida sutkalik diurez va plazmadagi elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.