Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Настойка прополиса

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Настойка прополиса РАСТВОР СПИРТОВОЙ 25МЛ №1

1 500 so'mdan
(2317)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЗИЕ НУР ФАРМ
Chiqarilish shakli
ШТ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli.
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari

Sirtga, sutkada 1-2 marta, har kuni shikastlangan joylarga koʻyiladi. Jaroxatlar va trofik yaralarni davolashda sutkada 1 marta, kun ora qoʻllanadi, davolash kursi odatda 2-3 xaftani tashkil qiladi. Ogʻiz va tomoqni suvda suyultirilgan nastoyka bilan chayiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar (qichima, terining qizarishi, toshmalar).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻtkir ekzema, preparatga boʻlgan yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Allergik reaksiyalar rivojlanganida davolashni toʻxtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻggandan soʻng ыщllanilmasin.

 

Chiqarilish shakli.

Shisha yoki PET idishlarda 25 ml, 40 ml, 50 ml xajmda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Tarkibi:

 propolis 100 g, tibbiy etil spirti 80% 1,0 l gacha.

Propolis (asalari yelimi) asalarilar hayot faoliyatining mahsulotidir. Efir moylari, mum, smolalar aralashmasi, daraxtlar kurtaklarida saqlanuvchi tabiiy birikmalar (flavonlar, flavanlar, flavonollar, dolchin kislotasi xosilalari, atsetoksibetulinol va boshqalar), ulardan asalarilar yopishqoq ajratmalar yigʻadilar.

 

Taʼrifi:

 tiniq qizil-jigar rang rangli oʻziga xos propolis hidli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Toʻqimalar trofikasini va regeneratsiyasini ragʻbatlantiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Qichimaga qarshi taʼsir koʻrsatadi, granulyatsiyalar oʻsishiga yordam beradi, jaroxat yuzalarini regeneratsiya va epitelizatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, kuchsiz yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega.

 

 

Qoʻllanilishi

Surunkali ekzema, neyrodermatitlar, qichimali dermatozlar, uzoq vaqt bitmaydigan jaroxatlar va trofik yaralar, ogʻiz boʻshligʻi va tomoqni yalligʻlanish kasalliklarini (majmuaviy davolash tarkibida) davolashda qoʻllanadi.