Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
НАСМОРК ТОТАЛ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

НАСМОРК ТОТАЛ ТАБЛЕТКА №100

3 200 so'mdan
(4841)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
КОМБИТИК ГЛОБАЛ КАПЛЕТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средство для устранения симптомов ОРЗ
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi,
  • glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi,
  • tireotoksikoz, arterial gipertenziya va qon diskraziyasi,
  • beta-blokatorlarni, tritsiklik antidepressantlarni va MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish,
  • homiladorlik va laktatsiya davri,
  • 2 yoshgacha boʻlgan bolalar,
  • preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Paratsetamol bir vaqtda qoʻllanganida urikozurik vositalarining samaradorligini pasaytiradi, MAO ingibitorlarini, sedativ vositalari, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi dori vositalari, antipsixotik, fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, ogʻizni qurishi, qabziyat xavfini kuchaytiradi, GKS esa – glaukomani rivojlanish xavfini kuchaytiradi.

Jigar mikrosomal fermentlari induktorlari, gepatotoksik taʼsirga ega boʻlgan vositalar bilan bir vaqtda qoʻllanganida paratsetamolning gepatotoksik taʼsirini kuchayishi, antikoagulyantlar bilan – protrombin vaqtini unchalik katta boʻlmagan yoki oʻrtacha oshishi, diazepam bilan – diazepamni ekskretsiyasini kamayish, metoklopramid bilan – paratsetamolni va uni qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshish xavfi paydo boʻladi.

Kofein uyqu chaqiruvchi va narkoz uchun vositalarining samarasini pasaytiradi, nonarkotik analgetiklarning samarasini oshiradi.

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

Har bir tabletka saqlaydi:

faol moddalar: paratsetamol 500 mg; kofein (suvsiz) 30 mg; xlorfeniramin maleati 2 mg;

yordamchi moddalar: povidon K-30, metilparaben, propilparaben, mikrokristall sellyuloza, makkajoʻxori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy ikki oksidi, brilliant koʻki boʻyovchisi, xinolin sarigʻi boʻyovchisi.

 

Taʼrifi:

yashil-sariq rangli, dumaloq, yassi, qobiq bilan qoplanmagan, bir tomonida boʻlish chizigʻi boʻlgan tabletka.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

oʻtkir respirator kasalliklar (OʻRK) va shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat boʻlib, taʼsiri uni tashkil qiluvchi komponentlarining xususiyatlariga bogʻliq.

Paratsetamol

Ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi, taʼsir mexanizmi asosan markaziy nerv tizimida prostaglandinlarni sintezini ingibitsiya qilish va kamroq darajada gipotalamusdagi termoregulyatsiyaga taʼsiri bilan bogʻliq.

Xlorfeniramin maleati

N1-gistamin retseptorlarining blokatori. Allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi, ekssudatsiya holatini kamaytiradi. Burun qon tomirlarini toraytiradi, burun boʻshligʻini, burun-halqum va burun yon boʻshliqlarini shilliq qavatini shishini va qizarishini bartaraf qiladi.

Kofein

Bosh miyaning psixomotor markazlarini ragʻbatlantiradi, ogʻriq qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi, (shu jumladan migren), uyquchanlik va charchoqlikni bartaraf qiladi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol

Meʼda-ichak yoʻllaridan, asosan ingichka ichakdan asaosan passiv transport yoʻli bilan tez soʻriladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-4 soatni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati

Ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga (Cmax) 1-2,5 soatda erishiladi.T1/2 oxirgi fazada 16-19 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan (70-83%) oʻzgarmagan metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.

Kofein

Ichakda yaxshi soʻriladi, T1/2 plazmada 5-10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali asosan metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Yuqori harorat, isitma, bosh ogʻrigʻi, burun bitishi, tumov, aksirish, mushaklarda ogʻriqlar bilan kechuvchi infeksion-yalligʻlanish kasalliklari (OʻRVI, rinit, shamollash, gripp) simptomatik davolash.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi.

Kattalarga 1-2 tabletkadan har 4-6 soatda, kuniga 6 tabletkadan oshmasligi kerak.

2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga: 1/4 tabletkadan kuniga 3 marta;

6 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga: 1/2 tabletkadan kuniga 3 marta.

Davolash kursi 7 kundan oshmasligi kerak.

Agar preparatni qabul qilishni boshlagandan keyin 3 kun davomida simtomlarni yengilashishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Ammo quyidagilar boʻlishi mumkin:

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimini oshishi, taxikardiyaaritmiya, bradikardiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, epigastriya sohasida ogʻriq, qabziyat, ogʻizni qurishi, gepatotoksik taʼsir.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Uzoq vaqt qoʻllanganida jigar, buyrak faoliyatini, qon yaratish tizimi holatini (preparatning tarkibida paratsetamol boʻlganligi tufayli) kuzatish zarur.

Keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Davolash vaqtida arterial bosimni va EKG nazorat qilib boriladi.

Jigar mikrosomal ragʻbatlantiruvchilari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) paratsetamolning gidroksillangan faol metabolitlarini ishlab chiqarilishini oshiradi, bu unchalik katta boʻlmagan dozani oshirib yuborilishlarida ogʻir intoksikatsiyani rivojlanish ehtimoli bilan bogʻliq.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatni qabul qilish vaqtida avtotransportni haydashdan va yuqori psixomotor reaksiya tezligini va diqqatni jamlashni konsentratsiyasini talab qiladigan potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: paratsetamolni haddan tashqari yuqori dozalarda qabul qilgan bemorlarda bemorning holati birinchi 3 kun davomida qoniqarli boʻlishi mumkin va faqat undan keyin jigarning shikastlanish belgilari paydo boʻlishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi natijasida jigar hujayralarida rivojlanadigan oʻzgarishlar shikastlanish va metabolizmning oraliq toksik moddalarini toʻplanishini chaqiradi.

Davolash: meʼdani yuvish, tuzli surgi vositalarini qoʻllash. Markaziy nerv tizimini shikastlanishida holatni nazorat qilish uchun oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi (OʻSV) va kislorod bilan taʼminlash, shuningdek naloksonni yuborish kerak boʻlishi mumkin, Asetilsistein yoki gepatoprotektor taʼsir namoyon qiladigan metionin paratsetamolning antidoti boʻlib hisoblanadi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan PVX va alyumin folgali kontur uyali oʻramda, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.