Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Муфлексин РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Муфлексин РАСТВОР ДЛЯ ИНЕКЦИИ 4мг/2мл 2мл №6

56 600 so'mdan
(2025)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
BILIM IIAC SANAYI VE TICARET
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИН
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dori shakli:
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Analogik xususiyatlarga ega preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilish simptomlarida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

 

Saqlash sharoiti

+25ºS dan past xona haroratidaoriginal o‘ramda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Eritma: 60 oy.

Dori shakli:

 mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma

Farmakodinamikasi

Mufleksin – tabiiy glikozid kolxikozididan olinadigan yarim sintetik mushak relaksantidir. Preparat gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) va glisinergik reseptorlariga selektiv affinlikni namoyon qiladi. Ushbu mushak relaksantini faolligini isboti orqa miya ko‘migi darajasida GAMK reseptorlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri faollashuvini natijasi deb xisoblash mumkin. Tiokolxikozidni glisinomimetik samarasini nerv tizimining turli darajalarida, ham mahalliy xarakterga ega spazmlarda, ham markaziy spastik spazmlarda preparatning ta‘siri bilan ifodalanadi.

U kuraresimon ta‘sir ko‘rsatmaydi. Mushaklar falajini chaqirmaydi va nafasni susaytirmaydi. Bundan tashqari preparat kardiovaskulyar tizimga biron-bir ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Mufleksin ichga qabul qilinganda qonda tez taqsimlanadi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 15-45 minutdan keyin erishiladi.

Plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 61 ng/ml tashkil qiladi.

Taqsimlanishi: Oqsillar bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil qiladi. Tiokolxikozid albumin bilan bog‘lanadi.

Metabolizm: Yarim chiqarilish vaqti 2,5-5 soat.

Chiqarilishi: Qabul qilingan dozaning taxminan 20% o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan, 75-81% me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Mufleksin spastik xarakterga ega bo‘lgan og‘riqlarni yengillashtirish uchun quyidagilarda ko‘rsatilgan:

  • Umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklarida (qiyshayishida, umutrqa pog‘onasining statik kasalliklarida)
  • Tortikolisda
  • Dorsalgiyada
  • Travmatologik va nevrologik kasalliklarda
  • Bo‘g‘imlardagi operasiyalardan keyingi reabilitasiya vaqtida.
Qo‘llash usuli va dozalari

Kam hollarda: teri toshmasi, shish, allergik va allergiyadan keyingi reaksiyalar (allergik vaskulit), gastralgiya, diareya, gipotenziya, ta‘sirchanlik va uyquchanlik (mushak ichiga yuborilganda) kuzatilishi mumkin.

 

Ogohlantirishlar/ehtiyotkorliklar

Diareya paydo bo‘lganda dozani kuniga bir kapsulagacha kamaytirish kerak.

Kutilmagan samaralar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • tiokolxikozidga yoki kolxisinga yuqori sezvuvchanlik
  • mushaklar gipotoniyasi
  • engil falaj
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.