Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Монурал ГРАНУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Монурал ГРАНУЛА 2г №1

77 400 so'mdan
(1880)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Fosfomycin
Ishlab chiqaruvchi
ЗАМБОН
Chiqarilish shakli
ГРАНУЛА
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dori shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qo‘llanishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Fosfomisinga, preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min), 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (3 g li doza uchun); 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar (2 g li doza uchun); gemodializ, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

 

Dori shakli

ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar.

Farmakodinamikasi

Monural® – siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarini davolash uchun mo‘ljallangan fosfon kislotasining hosilasi, keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotik – fosfomisin [mono (2-ammoniy-2-gidroksimetil-1,3-propandiol)(2R-sis)-(3-metiloksiranil) fosfonat] saqlaydi. Ta‘sir mexanizmi bakteriyalarning xujayra devori sintezining ilk bosqichini susaytirishi bilan bog‘liq. Fosfoenolpiruvatning struktur analogi hisoblanib, fosfoenolpiruvat va UDF-N-asetil-D-glyukozamindan UDF-N-asetil-3-O-(1-karboksivinil)-D-glyukozaminning shakllanish reaksiyasini katalizasiyalovchi UDF-N-asetilglyukozamienolpiruviltransferaza fermentini qaytmas ingibisiya qiladi. Shuningdek preparat qaytalanuvchi infeksiyalarga zamin yaratuvchi omil sifatida muxim rol o‘ynovchi qovuq shilliq qavatidan bakteriyalar adgeziyasini kamaytirish qobiliyatiga ega. Preparatning ta‘sir mexanizmi boshqa antibiotiklar va antibiotiklarning boshqa sinfi, masalan, beta-laktam antibiotiklarning o‘zaro ta‘sirini kuchaytiruvchi kesishgan rezistentlikning yo‘qligi bilan ifodalanadi.

Fosfomisin odatda siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida aniqlanadigan Escherichia coli, Citrobacter spp., Klebsiella spp., Proteus spp., Serratia spp., Pseudomonas aeruginosa, Enterrococcus faecalis kabi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng doirasiga nisbatan faol.

Laboratoriya sharoitlarida rezistentlikni yuz berishi L-alfa-gliserofosfatlar va glyukozofosfatni transportini nazorat qiluvchi ayrim genlarning mutasiyasi bilan tushuntiriladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ichga qabul qilinganida fosfomisin ichakdan yaxshi so‘riladi va taxminan 50% biokiraolishlikka ega. Peroral qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 2-2,5 soatdan keyin kuzatiladi va 22-32 mg/l ni tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soatga teng.

Ovqat bilan qabul qilish siydikdagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, lekin so‘rilishini sekinlashtiradi.

Taqsimlanishi: Fosfomisin buyrakda, qovuq devorlarida, prostatada va urug‘ bezida taqsimlanadi. Fosfomisinning siydikdagi, Minimal Bakteriostatik konsentrasiyasi (MBsK) dan yuqori bo‘lgan doimiy konsentrasiyasiga, peroral qibul qilinganidan keyin 24-48 soatdan so‘ng erishiladi.

Fosfomisin plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Bir martalik in‘eksiyadan keyin fosfomisin ko‘krak sutiga oz miqdorda ajralib chiqadi.

Chiqarilishi: Fosfomisin o‘zgarmagan shaklda, asosan kalavalar filtrasiyasi yo‘li bilan buyrak orqali chiqariladi (qabul qilingan dozaning 40-50% siydikda aniqlanadi), bunda yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi, oz miqdorda – ahlat bilan (dozaning 18-28%) chiqariladi.

Preparat qabul qilingandan keyin 6 soat va 10 soatdan so‘ng zardobda ikkinchi cho‘qqi konsentrasiyani paydo bo‘lishi, preparat ichak-jigar orqali qayta sirkulyasiyaga uchrashini taxmin qilishga imkon beradi.

Fosfomisinning farmakokinetik xususiyatlari pasientning yoshiga va homiladorlikka bog‘liq emas.

Preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda to‘planadi; fosfomisinning farmakokinetik parametrlari va kalavalar filtrasiyasi tezligi orasida proporsional bog‘liqlik aniqlangan.

Qo‘llanishi

Fosfomisinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda qo‘llanadi:

  • o‘tkir bakterial sistit, qaytalanuvchi bakterial sistitning o‘tkir xurujlari;
  • bakterial nospesifik uretrit;
  • homiladorlardagi simptomsiz massiv bakteriuriya;
  • siydik chiqarish yo‘llaring operasiyadan keyingi infeksiyalari;
  • xirurgik aralashuvlar va transuretral diagnostik tekshirishlardan keyingi siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarini oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi.

Granulalar 1/2 stakan suvda (50-75 ml) yoki boshqa ichimlikda eritiladi, to‘liq erigunicha aralashtiriladi, erishi bilan darhol qabul qilinadi. Monural® sutkada bir marta ichga, och qoringa ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan keyin 2-3 soatdan so‘ng, yaxshisi uyqudan oldin, oldindan qovuqni bo‘shatib qabul qilinadi.

Kattalarga va 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 1 paketdan (3 g) kuniga bir marta buyuriladi.

Xirurgik aralashuvlarda, transuretral diagnostik muolajalarda siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalanishini oldini olish uchun Monural® yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda, aralashuvlardan 3 soat oldin va aralashuvdan keyin 24 soatdan so‘ng 3 g dan 2 marta qabul qilinadi.

5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 paket (2 g) dan kuniga bir marta buyuriladi. Davolash kursi 1 kunni tashkil qiladi. Xirurgik aralashuvlarda, transuretral diagnostik muolajalarda siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalanishini oldini olish uchun Monural® yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda, aralashuvlardan 3 soat oldin va aralashuvdan keyin 24 soatdan so‘ng 2 g dan 2 marta qabul qilinadi.

Og‘irroq hollarda (keksa pasientlar, qaytalanuvchi infeksiyalar) 24 soatdan so‘ng yana 1 paket qabul qilinadi.

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki gemodializdagi pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Fosfomisinni bir marta qabul qilganda eng ko‘p tarqalgan noxush reaksiyalari me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lib, yanada ko‘proq darajada diareya. Ushbu reaksiyalar qisqa muddatli hisoblanadi va tez o‘tib ketadi.

Monural® preparatini klinik tadqiqotlar jarayonida yoki postregistrasion kuzatuvlarda ishlatilganda qayd etilgan noxush nojo‘ya reaksiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Reaksiyalar tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (> 1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (> 1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).

Har bir guruhda noxush reaksiyalar og‘irlik darajasini kamayish tartibida keltirilgan.

Tizim-a‘zo sinfi Noxush reaksiyalar
tez-tez emas

(> 1/1000 dan <1/100 gacha)

kam hollarda (> 1/10000 dan <1/1000 gacha) juda kam hollarda (<1/10000) noma‘lum
Infeksion va parazitar kasalliklar Vulvova-ginit Superin-feksiya    
Immun tizimi tomonidan buzilishlar       Anafilak-tik reaksiya-lar, shu jumladan anafilaktik shok, o‘ta yuqori sezuvchanlik
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi Paresteziya    
Yurak tomonidan buzilishlar     Taxikar-diya  
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar       Astma, bron-xospazm, hansirash
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Diareya, ko‘ngil aynishi, dispepsiya Abdominal og‘riqlar, qusish   Antibiotik qo‘llanishi oqibatidagi sanchiq, ishtahani pasayishi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar   Toshma, eshakemi, qichishish   Angionevro-tik shish
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar   Charchoqlik    
Qon tomirlar tomonidan buzilishlarv       Arterial bosimni pasayishi, petexiyalar
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar       Ishqoriy fosfataza va “jigar” transamina-zalari faol-ligini qis-qa muddatli oshishi
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar    Aplastik anemiya   Eozinofi-liya, trombo-sitoz (petexiyalar)
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Fosfomisin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, metoklopramid fosfomisinning qon zardobidagi va siydikdagi konsentrasiyasini pasaytiradi.

Antasidlarni yoki kalsiy tuzlarini bir vaqtda qo‘llanishi qon prazmasida va siydikda fosfomisinning konsentrasiyasini kamaytiradi.

Me‘da-ichak yo‘llarining harakat faolligini oshiruvchi boshqa preparatlar analogik samarani chaqirishi mumkin.

Xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) o‘zgarishlari bilan bog‘liq spesifik muammolar bo‘lishi mumkin. Antibiotik olayotgan pasientlarda K antivitamini antagonistining yuqori faolligini oshishining ko‘p sonli holatlari qayd etilgan. Og‘ir infeksiyalar yoki yallig‘lanish, yosh yoki sog‘liqning umumiy yomon holati xavf omiliga kiradi. Ushbu sharoitlarda XNN o‘zgarishlari infeksion kasalliklar yoki uni davolash oqibati ekanligini aniqlash qiyin. Shunday bo‘lsa-da, ayrim antibiotiklar sinfi, ya‘ni: ftorxinolonlar, makrolidlar, siklinlar, kotrimoksazol va ba‘zi sefalosporinlar shunday samara chaqirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Fosfomisin bilan davolanish vaqtida hayot uchun xavf tug‘diruvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini, shu jumladan anafilaksiya va anafilaktik shok yuz berishi mumkin. Agar bunday reaksiya yuz bersa, fosfomisinni takror qabul qilishni to‘xtatish zarur va adekvat davolashni o‘tkazish zarur.

Antibiotikni qo‘llash oqibatidagi diareya deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan fosfomisin qo‘llanganida ham kuzatilgan. Uning og‘irligi yengil diareyadan o‘limga olib keluvchi kolitgacha o‘zgarib turishi mumkin. Monural® preparati bilan davolanish vaqtida yoki davolangandan keyin (shu jumladan davolangan so‘ng birinchi hafta davomida) kuzatiladigan diareya, ayniqsa og‘ir darajadagi to‘xtamaydigan va/yoki qonli diareya Clostridium difficile chaqirgan kasallikning (soxta membranoz kolit) simptomi bo‘lishi mumkin. Ushbu tashxisni Monural® preparatini qabul qilish vaqtida va qabul qilgandan so‘ng inobatga olish kerak. Soxta membranoz kolit tashxisi gumon qilinganida yoki tasdiqlanganida zudlik bilan muvofiq davolashni boshlash kerak. Ushbu klinik holatda ichak harakatini susaytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi: agar kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan yuqori bo‘lsa fosfomisinning siydikdagi konsentrasiyasi odatdagi doza qabul qilinganidan keyin 48 soat davomida saqlanadi.

Preparatni gemodializ olayotgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar Monural® preparatining 1 paketi 2 g yoki 3 g dozali fosfomisin mos ravishda 2,100 g yoki 2,213 g saxaroza saqlashini hisobga olishlari

kerak.

Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda preparat faqat ona uchun potensial foyda, xomila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lganida buyuriladi.

Preparatni laktasiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganida davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin pasientlarni preparat bosh aylanishini chaqirishi to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

Bosh aylanishi paydo bo‘lganida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ichga qabul qilish uchun fosfomisinning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan.  Monural® preparatining haddan ziyod dozasini qabul qilgan pasientlarda quyidagi reaksiyalar kuzatilgan: vestibulyar apparat faoliyatini buzilishi, eshitishni buzilishi, og‘izda “metall” ta‘mi, shuningdek ta‘m sezishni umumiy pasayishi.

Dozani oshirib yuborilishini davolash – simptomatik va tutib turuvchi.

Doza oshirib yuborilgan hollarda diurezni kuchaytirish maqsadida ichga suyuqlik qabul qilish tavsiya etiladi.

Saqlash sharoiti

30ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlanmin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.