Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Мирастимин СПРЕЙ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Мирастимин СПРЕЙ 0.01% 15мл №1

18 000 so'mdan
(1986)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Мирастимин СПРЕЙ 0.01% 15мл №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartiibi
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli: 

sirtga qoʻllash uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,1 mg miramistin;

yordamchi modda: tozalangan suv.

 

Taʼrifi:

 rangsiz yoki sargʻish tusli, tiniq, silkitilganida koʻpiklanuvchi suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.

 

Chiqarilish shakli

50 ml dan flakonlarda, 1 flakondan uretral uchlik bilan birga qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, 30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartiibi

Retseptsiz.

Farmakologik xususiyatlari

Miramistinning taʼsiri asosida mikroorganizm membranalarining lipidlari bilan molekulaning bevosita gidrofob oʻzaro taʼsiri yotadi, bu ularning fragmentatsiyasi va buzilishiga olib keladi. Bunda miramistin molekulasining bir qismi, membrananing gidrofob sohasiga kirib, membrananing usti qavatini buzadi, membranani yumshatadi, yuqori molekulyar moddalar uchun ularning oʻtkazuvchanligini oshiradi, ferment tizimlarini ingibitsiya qilib, mikrob xujayrasini ferment faolligini oʻzgartiradi, bu mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susayishi va ularning sitoliziga olib keladi. Boshqa antiseptiklardan farqli ravishda, miramistin mikroorganizmlarga nisbatan yuqori tanlab taʼsir qilish xususiyatiga ega, chunki odam xujayralari qobiqlariga deyarli taʼsir qilmaydi. Ushbu samara insonning xujayra membranasini oʻzgacha tuzilishi bilan bogʻliq (ahamiyatli katta uzunlikdagi lipid radikallari, xujayralar bilan miramistinni gidrofobli oʻzaro taʼsiri cheklash xususiyatiga ega).

Miramistin grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob, spora hosil qiluvchi va monokulturalar va mikrobli assotsiatsiyalar, shu jumladan gospital shtammlari, koʻrinishidagi asporogen bakteriyalarga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi taʼsirga ega.

Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga: gonokokklar, oqish treponemalar, trixomonadalar, xlamidiyalar, shuningdek gerpes, odam immun tanqisligi viruslariga nobud qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. Aspergillus oilasi va Penicillum oilasiga mansub askomitsetlarga, achitqi (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va boshq.) va achitqisimon (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei va boshq.) zamburugʻlar, dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenteini, Trichophyton violaceum, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va boshq.), shuningdek monokulturalar va mikrobli assotsiatsiyalar koʻrinishidagi boshqa patogen zamburugʻlarga nisbatan (masalan Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur)) zamburugʻlarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Miramistinning taʼsiri ostida mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligi kamayadi.

 

Qoʻllanilishi

Xirurgiya, travmatologiya: turli hollarga joylashgan va turli etiologiyali infeksiyalangan yaralarni mahalliy davolash; granulyatsiyalangan yaralarni ikkilamchi infeksiyasini oldini olish.

Kombustiologiya: II va III A darajali kuyishlarni davolash; kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash.

Akusherlik va ginekologiya: tugʻruqdan keyingi yaralarni, tugʻruqdan keyingi jarohatlarni yiringlanishini oldini olish va davolash; chot oraligʻi va qin yaralari; tashqi jinsiy aʼzolar va qinning yalligʻlanish kasalliklari (vulvovaginit).

Dermatologiya: teri va shilliq qavatlarning kandidozi, oyoq kafti kandidozi va katta burmalar mikozini majmuaviy davolash.

Venerologiya: jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gonoreya, genital gerpes) shaxsiy ravishda profilaktikasi.

Otorinolaringologiya: oʻtkir va surunkali otitlarni, gaymoritlar, tonzillitlarni majmuaviy davolash.

Stomatologiya: parodontitlar, stomatitlarni davolash, olib qoʻyiladigan protezlarni gigiyenik tozalash, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining operativ aralashuvlaridan keyingi mikrobli asoratlarni oldini olishda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalarda mahalliy qoʻllanadi.

Xirurgiya, travmatologiya, kombustiologiya. Profilaktika va davolash maqsadida Miramistin® bilan jarohat va kuyish yuzalari yuviladi, jarohat va oqma yoʻllari boʻsh tamponlanadi, antiseptik bilan xoʻllangan doka tamponlar fiksatsiya qilinadi. Davolash muolajasi 3-5 kun davomida sutkada 2-3 marta takrorlanadi. Jarohat va boʻshliq sutkada taxminan 1 l preparatni sarf qilinishi bilan samarali hisoblanadi.

Akusherlik va ginekologiya. Tugʻruqdan keyingi infeksiyalarni oldini olish maqsadida tugʻruqdan oldin (5-7 kun), qinni yuvish koʻrinishida va 50 ml preparatga boʻktirilgan qin ichki tamponlari koʻrinishida, tugʻruqdan keyingi 2 soatlik ekspozitsiya 5 kun davomida qoʻllanadi.

Ayollar jinsiy aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarini davolash preparat bilan tamponlarni qin ichiga yuborish yoʻli bilan  2 hafta davomida, tashqi jinsiy aʼzolar terisiga ishlov berish, shuningdek preparatni elektroforez yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Dermatologiya. Teri va shilliq qavatlarining kandidomikozi, oyoq-tovoni va katta burmalarning mikozini davolash sepuvchi uchlik yordamida, 3-4 marta sepish yoki sutkada 2-4 marta applikatsiya yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Venerologiya. Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarni shaxsiy profilaktikasi uchun  miramistin eritmasi, agar u jinsiy aloqadan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin qoʻllansa samaralidir. Flakon ichidagisi uretral uchlik yordamida siydik chiqarish kanaliga – 2-3 ml (erkaklarga), 1-2 ml (ayollarga), qinga – 5-10 ml 2-3 minutda) yuboriladi. Sonlarning ichki yuzasi, chov, tashqi jinsiy aʼzolar terisiga ishlov beriladi.

Otorinolaringologiya. Yiringli gaymoritlarda yuqori jagʻ boʻshligʻini punksiya qilish vaqtida 10 ml preparat bilan yuviladi. Tonzillitlar va laringitlarni davolashda Miramistin eritmasi bilan tomoqni koʻp marta chayish oʻtkaziladi. Otitlarda preparatga botirilgan tampon tashqi eshitish yoʻliga 10-14 kun davomida sutkada 4-6 marta kiritiladi.

Stomatologiya. Parodontitlarni davolashda miramistin eritmasi parodontal choʻntaklarga, keyingi milklarga 15 minut davomidagi applikatsiya qilish yoʻli bilan turundalar kiritiladi. Zoʻrayishlarda Miramistin® bilan parodontal choʻntaklar shpris yordamida yuviladi va absess boʻshligʻiga preparatli turunda kiritiladi.

Vestibuloplastika va frenulektomiya oʻtkazilgandan keyin, preparat ambulator sharoitda vannochkalar koʻrinishida qoʻllanadi. Olib qoʻyiladigan protezlarga gigiyenik ishlov berish maqsadida, oxirgisi Miramistin® eritmasida kechasiga qoldiriladi, protezlarni ishlatish oldidan yaxshilab oqar suvda yuviladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ayrim hollarda, 15-20 sekunddan keyin mustaqil oʻtib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan qisqa muddatli achishish hissi boʻlishi mumkin.

Miramistinga yuqori sezuvchanlikda terining mahalliy taʼsirlanish koʻrinishlari: qichishish, giperemiya, achishish hissi, terining quruqligi paydo boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Miramistinga shaxsiy sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Qoʻllashdagi xavfsizlikning tegishli choralari

Venerologiya. Siydik chiqarish kanalini, qinni, sonning ichki yuzasini, qov va tashqi jinsiy aʼzolarini Miramistin® bilan ishlov berilganidan keyin 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antibiotiklar miramistin bilan majmuada qoʻllanganida, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini kamayishi kuzatiladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni rezorbsiyasi deyarli yoʻqligi tufayli, Miramistin®ni homiladorlik va emizish davrida qoʻllashga ruxsat beriladi.

Bolalar.

Bolalarni davolash uchun miramistin eritmasini qoʻllash yuzasidan yetarli tajriba yoʻqligi tufayli, u pediatriya amaliyotida qoʻllanmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bildan ishlash qobiliyatiga taʼsiri.

Preparatni qoʻllash avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmasligi bilan xarakterlanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.