Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МИЛДРОНАТ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МИЛДРОНАТ АМПУЛЫ 500МГ/5МЛ 5МЛ №10

64 000 so'mdan
(2438)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
MELDONIUM
Ishlab chiqaruvchi
ГРИНДЕКС
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

inyeksiya uchun eritma 0,5 g/5 ml.

 

Tarkibi:

1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,5 g meldoniy digidrati;

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

tiniq rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meldoniy karnitinning oʻtmishdoshi boʻlgan gamma butirobetainning (GBB) struktur analogi hisoblanadi, unda uglerod atomlaridan biri azot atomiga almashgan. Uning organizmga taʼsirini ikki tomonlama tushuntirish mumkin.

  • Karnitinning biosinteziga taʼsiri

Meldoniy, gamma butirobetaingidroksilazani qaytuvchan ingibitsiya qilib, karnitinni biosintezini kamaytiradi va shu boisdan xujayra qobiqlari orqali uzun zanjirli yogʻ kislotalarining tashilishiga toʻsqinlik qiladi. Shunday qilib, yogʻ kislotalarini oksidlanmagan faollangan shakli, kuchli detergentni xujayralarda toʻplanishiga toʻsqinlik qiladi. Shunday qilib xujayra membranalarini shikastlanishi bartaraf etiladi.

Ishemiya sharoitlarida karnitinning konsentratsiyasi kamayganida yogʻ kislotalarining β-oksidlanishi kechikadi va xujayralarda kislorodni istemol qilinishi optimallashadi, glyukozani oksidlanishi ragʻbatlantiriladi va ATF ni, uni biosintezi joylaridan (mitoxondriyalardan) istemol qilinish joylariga (sitolizda) tashilishi qayta tiklanadi. Aslida xujayralar ozuqa moddalari va kislorod bilan taʼminlanadi, shuningdek bu moddalarni ishlatilishi optimallashadi.

Oʻz navbatida, karnitinning oʻtmishdoshi, yaʼni GBB biosintezini oshishida, NO-sintetaza faollashadi, buning natijasida qonning reologik xususiyatlari yaxshilanadi va qon tomirlarning periferik qarshiligi kamayadi.

Meldoniyning konsentratsiyasi kamayganida karnitinning biosintezi yana kuchayadi va xujayralarda yogʻ kislotalarining miqdori biroz tiklanadi.

Meldoniyning taʼsir samaradorligining asosida xujayra yuklamasiga (yogʻ kislotalarining miqdorini oʻzgarishida) boʻlgan tolerantlikni oshishi yotadi deb hisoblanadi.

  • Gipotetik GBB-yergik tizimida mediatorning funksiyasi

Organizmda neyronli signallarni oʻtkazuvchi tizim – GBB-tizimi mavjudligi haqida gipoteza oldinga suriladi, u somatik xujayralar orasida nerv impulslarini oʻtkazilishini taʼminlaydi. Bu tizimning mediatori karnitinning oʻtmishdoshi – GBB efiri hisoblanadi. GBB-esterazaning taʼsiri natijasida mediatr xujayraga elektoron beradi, shunday qilib elektr impuls olib oʻtiladi, oʻzi esa GBB ga aylanadi. Keyin  GBB ning gidrolizlangan shakli  jigarga, buyraklarga va urugʻdonlarga faol tashiladi, u yerda u karnitinga aylanadi. Somatik xujayra, taʼsirlanishga javob berib, signalni tarqalishini taʼminlab, yana  GBB ning yangi molekulalarini sintez qiladi.

Karnitinning konsentratsiyasi kamayganida GBB ning sintezi ragʻbatlantiriladi, buning natijasida GBB efirining konsentratsiyasi oshadi.

Meldoniy, ilgari koʻrsatilganidek, GBB ning struktur analogi hisoblanadi va “mediator” vazifasini bajarishi mumkin. Bunga qarama-qarshi tarzda GBB-gidroksilaza meldoniyni “tanimaydi”, shuning uchun karnitinning konsentratsiyasi oshmaydi, balki kamayadi. Shunday qilib, meldoniyning oʻzi ham, “mediator” oʻrnini bosib, GBB konsentratsiyasini oshishiga yordam berib, organizmning javob reaksiyasini rivojlanishiga yordam beradi. Natijada umumiy metabolik faollik, shuningdek boshqa tizimlarda ham, masalan markaziy nerv tizimida (MNT) oshadi.

Yurak-qon tomir tizimiga taʼsiri

Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda meldoniyni miokardning qisqaruvchanlik faolligiga ijobiy taʼsiri aniqlangan, unga miokrdioprotektiv taʼsir xos boʻlib (shu jumladan katexolaminlar va alkogolga qarshi), u yurak ritmini buzilishlarini oldini olish, miokard infarkti sohasini kamaytirish qobiliyatiga ega.

Yurakning koronar kasalligi (stabil zoʻriqish stenokardiyasi)

Klinik maʼlumotlarning tahlili, stabil zoʻriqish stenokardiyasini davolashda boshqa antianginal vositalar bilan majmuada meldoniyni kursli qoʻllash, stenokardiya xurujlari soni va jadalligini, shuningdek qoʻllanayotgan glitseriltrinitratning miqdorini kamaytiradi. Preparat yurakning koronar kasalligi (YUKK) va qorincha ekstrasistolalari boʻlgan bemorlarda yaqqol antiaritmik taʼsir namoyon qiladi, u supraventrikulyar ekstrasistolalari boʻlgan patsiyentlarda kamroq samaralidir. Preparatni tinchlik xolatida kislorodni isteʼmol qilinishini kamaytirish xususiyati alohida ahamiyatga ega, bu YUKK ni antianginal davolashni samarali mezoni hisoblanadi.

Meldoniy qon zardobida xolesterinning umumiy darajasini va aterogen indeksni kamaytirib, koronar va periferik qon tomirlardagi aterosklerotik jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Nisbatan koʻp sonli klinik tadqiqotlarda YUKK natijasidagi surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda meldoniyning roli tahlil qilingan va jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshirish, shuningdek yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlar tomonidan bajarilgan ish hajmini oshirish xususiyati aniqlangan.

Latviya va Tomsk kardiologiya institutlaridagi alohida tadqiqotda oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi (NYHA II funksional sinfi) yurak yetishmovchiligida meldoniyning samaradorligi tekshirilgan. Meldoniy bilan davolash natijasida, boshida II funksional sinfi yurak yetishmovchiligi boʻlgan 59-78% patsiyentlar, I funksional sinfi guruxiga oʻtkazilgan. Meldoniyni qoʻllash ogʻir nojoʻya taʼsirlarni chaqirmay, miokardning inotrop faoliyatini yaxshilashi va jimoniy yuklamaga tolerantlikni oshirishi, patsiyentlarning hayot sifatini yaxshilashi aniqlangan.

MNT ga taʼsiri

Hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimentlarda meldoniyning antigipoksik taʼsiri va miyada qon aylanishiga yordam beruvchi taʼsiri aniqlangan. Meldoniy miyada qon aylanish hajmini ishemik oʻchoqlar foydasiga qayta taqsimlanishini optimallashtiradi, gipoksiya sharoitlarida neyronlarning mustahkamligini oshiradi.

Preparat MNT ga ragʻbatlantiruvchi taʼsirga ega – harakat faolligi va jismoniy chidamlilikni oshiradi, xatti-harakat reaksiyalarini ragʻbatlantiradi, shuningdek antistressor taʼsir namoyon qiladi – simpatoadrenal tizimini ragʻbatlantirilishi, bosh miya va buyrak usti bezlarida katexolaminlarni toʻplanishi, stress chaqirgan oʻzgarishlardan ichki aʼzolarni himoyasini taʼminlaydi.

 

 

Miyada qon aylanishini buzilishlari hollarida va nevrologik kasalliklarda samaradorligi

Meldoniyni miyada qon aylanishini oʻtkir va surunkali buzilishlarini (ishemik insult, miyada qon aylanishini surunkali yetishmovchiligi) majmuaviy davolashda samarali vosita ekanligi isbotlangan. Meldoniy miya kapillyarlari va arteriolalarining tonusi va qarshiligini normallashtiradi, ularning reaktivligini qayta yaxshilaydi.

Nevrologik xarakterga ega buzilishlari (miya qon tomirlarining oʻtkazilgan kasalliklari, bosh miyadagi operatsiyalar, travmalardan, oʻtkazilgan kana ensefalitidan keyingi holat) boʻlgan patsiyentlarda reabilitatsiya jarayoniga meldoniyning taʼsiri oʻrganilgan.

Meldoniyning terapevtik faolligini tekshirish natijalari, sogʻayishi davrida patsiyentning jismoniy chidamliligiga va funksional mustaqilligini tiklanishiga uning dozaga bogʻliq ijobiy taʼsir koʻrsatishidan dalolat beradi.

Preparat qoʻllanganidan keyin alohida va yigʻindi intellektual funksiyalarning oʻzgarishlarini tahlilida, tuzalish davrida intellektual funksiyalarni tiklanish jarayoniga ijobiy taʼsiri aniqlangan.

Meldoniyni rekonvalessent yashash sifatini yaxshilashi aniqlangan (asosan organizmning jismoniy faoliyatlarini yangilanishi hisobiga), shu bilan birga preparat patsiyentdagi mental buzilishlarni bartaraf qilinishiga yordam beradi.

Meldoniyga nevrologik tanqisligi boʻlgan patsiyentlarda tuzalish davrida nerv tizimining buzilgan faoliyatlarini regressiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi xosdir. Patsiyentlarning umumiy nevrologik holati yaxshilanadi (bosh miya nervlarining shikastlanishini va patologik reflekslarni kamayishi, parezlarni regressiyasi, harakat koordinatsiyasi va vegetativ faoliyatlarni yaxshilanishi kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi sogʻlom shaxslarda meldoniyni vena ichiga va peroral qoʻllanganida oʻrganilgan.

Soʻrilishi

Vena ichiga koʻp martalik dozalari yuborilganidan keyin qon plazmasidagi meldoniyning maksimal konsentratsiyasi (Cmax) 25,50±3,63 mkg/ml ga yetgan.

Biokiraolishligi Cmax, “konsentratsiya-vaqt” egri chizigʻi osti maydoni (AUC) va yarim chiqarilish davri (T1/2) oshgan shaxslarda, jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda va ogʻir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda oshgan. Vena ichiga qoʻllanganida meldoniy bir marta va dozalar takroran yuborilganidan keyin AUC farq qiladi. Bu natijalar meldoniyni qon plazmasida toʻplanishi mumkinligidan dalolat beradi.

Taqsimlanishi

Meldoniy qon oqimidan toʻqimalarga tez tarqaladi; yurak toʻqimalariga yuqori affinlikka ega. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi doza qoʻllanganidan keyingi vaqtga qarab oshadi. Meldoniy va uning metabolitlari yoʻldosh toʻsigʻidan qisman oʻtadi.

Hayvonlardagi tadqiqotlarda meldoniyni ona sutiga ajralib chiqishi isbotlangan.

Metabolizmi

Eksperimental hayvonlardagi tadqiqotlarda, meldoniyni asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan.

Chiqarilishi

Meldoniy va uning metabolitlarini chiqarilishida ahamiyatli rolni jigar ekskretsiyasi oʻynaydi. Meldoniy 250 mg, 500 mg va 1000 mg dozalarda bir marta vena iyaiga yuborilganidan keyin meldoniyning erta chiqarilishini yarim davri 5,56-6,55 soatni, chiqarilishini yakuniy yarim davri – 15,34 soatni tashkil qiladi.

Patsiyentlarning alohida guruhlari

Keksa patsiyentlar

Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlari, proporsional biokiraolishligi yuqori  boʻlgan keksa patsiyentlarda meldoniyning dozasini kamaytirish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyati susaygan, biokiraolishligi yuqori boʻlgan patsiyentlarda, dozani kamaytirish kerak. Meldoniy yoki uning metabolitlari (masalan, 3-gidroksimeldoniy) va karnitinning buyrak reabsorbsiyasida oʻzaro taʼsirlar mavjud, uning natijasida karnitinning buyrak klirensi oshadi. Meldoniyni, GBB va meldoniy/GBB majmuasini renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga bevosita taʼsiri yoʻq.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan biokiraolishligi oshgan patsiyentlarda, meldoniyning dozasini kamaytirish kerak. Meldoniyning kalamushlardagi toksiklik boʻyicha tekshirishlarda meldoniy 100 mg/kg dan katta dozada, jigarni sariq rangga boʻyalishini va yogʻlarni denaturatsiyasini chaqiradi. Meldoniyning katta dozalari
(400 mg/kg va 1600 mg/kg) qoʻllanganidan keyin hayvonlardagi gistopatologik tekshirishlarda, jigar xujayralarida lipidlarni toʻplanishi kuzatilgan. 400-800 mg ni tashkil qiluvchi dozalar qoʻllanganidan keyin odamlarda jigar faoliyatining koʻrsatkichlarini oʻzgarishi kuzatilmagan. Jigar xujayralarigi yogʻlarning mumkin boʻlgan infiltratsiyasini istisno qilish mumkin emas.

 

Qoʻllanilishi

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qoʻllanadi:

  • yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiya, shuningdek miya qon aylanishini oʻtkir va surunkali buzilishlarini (miya insultlari va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolash;
  • gemoftalm va toʻr pardaga turli etiologiyali qon quyilishi, toʻr pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik);
  • ishlash qobiliyatini pastligi; jismoniy oʻta zoʻriqish, shu jumladan sportchilardagi;
  • surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromi (alkogolizmni spetsifik davolash bilan majmuada);
  • bronxial astma va surunkali obstruktiv bronxit (majmuaviy davolashda immunomodulyator sifatida).

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Qoʻzgʻatuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli, kunning birinchi yarmida qoʻllash tavsiya etiladi. Preparatni qoʻllash, yuborish oldidan maxsus tayyorgarlikni koʻzda tutmaydi.

Yurak-qon tomir kasalliklari

Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1 g dan vena ichiga (inyeksiya uchun 5-10 ml
0,5 g/5 ml eritma), butun doza bir yoʻla yoki uni 2 marta qabulga boʻlib, 10-14 kun davomida qoʻllanadi, keyin ichga qabul qilishga oʻtiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta.

Miokardning disgormonal distrofiyasi fonidagi kardialgiyada – peroral dori shakli buyuriladi.

Miyada qon aylanishini buzilishi

Oʻtkir fazasi – 0,5 g dan kuniga 1 marta 10 kun davomida, soʻngra ichga qabul qilishga oʻtiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta.

Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qoʻllanadi.

Takroriy kurslarni (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor bilan maslahatlashgandan keyin oʻtkazish mumkin.

Qon tomir patologiyasi va toʻr pardaning distrofik kasalliklari

Parabulbar 0,5 ml 0,5 g/5 ml eritma 10 kun davomida qoʻllash buyuriladi.

Aqliy va jismoniy zoʻriqishlar, shu jumladan sportchilardagi zoʻriqishlar

0,5 g dan vena ichiga kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati boʻlganida davolash 2-3 hafta oʻtgach takrorlanadi.

Sportchilarga peroral shakli buyuriladi.

Surunkali alkogolizm

Vena ichiga 0,5 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash kursi – 7-10 kun.

Bronxial astma

Peroral dori shakli buyuriladi.

Agar Siz preparatning navbatdagi qabulini oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, uni darxol qabul qiling. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Qabul qilishni shifokorning tavsiyasi boʻyicha davom ettiring.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Quyida aʼzolar tizimiga muvofiq tasniflangan nojoʻya samaralari sanab oʻtilgan; uchrash tez-tezligini koʻrsatishda quyidagi tasnif ishlatiladi: tez-tez (>1/100, <1/10), kam hollarda (>1/10000, <1/1000).

Immun tizimi  buzilishlari

Tez-tez – allergik reaksiyalar*.

Kam hollarda – yuqori sezuvchanlik, allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shishi, anafilaktik reaksiyalar.

Ruxiy buzilishlar

Kam hollarda – qoʻzgʻalish, qoʻrquv xissi, shilqimlik, uyquni buzilishi.

Nerv tizimining buzilishlari

Tez-tez – bosh ogʻrigʻi*.

Kam hollarda – paresteziyalar, et uvishishi, gipesteziya, quloqlar shangʻillashi, vertigao, bosh aylanishi, yurishni buzilishi,  xushdan ketish oldi xolati, xushdan ketish.

Yurak faoliyatini buzilishi

Kam hollarda – aritmiya, yurakni urib ketishi, taxikardiya/sinusli taxikardiya, yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasi, koʻkrakda diskomfort xissi/koʻkrakda ogʻriq.

Qon tomirlar tizimini buzilishlari

Kam hollarda – arterial bosimni oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, oqarish.

Respirator kasalliklar va koʻkrak qafasi kasalliklari

Kam hollarda – tomoqni yalligʻlanishi, yoʻtal, dispnoe, apnoe.

MIY faoliyatini  buzilishlari

Tez-tez – dispepsiya*

Kam hollarda – disgevziya (ogʻizda metall taʼmi), ishtahani yoʻqolishi, qusishga qistovlar, koʻngil aynishi, qusish, meteorizm, ich ketishi, qorinda ogʻriqlar.

Teri va teri osti toʻqimlarini shikastlanishlari

Kam hollarda – toshmalar, umumiy/makulez/papulez toshmalar, qichishish.

Skelet-mushak va yondosh tizimining shikastlanishlari

Kam hollarda – belda ogʻriq, mushak kuchsizligi, mushak spazmlari.

Buyrak faoliyatini va siydik chiqarish yoʻllarini buzilishlari

Kam hollarda – pollakiuriya (kuchli qistovlar va ogʻriq bilan birga kechuvchi tez-tez siyish).

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar

Kam hollarda – umumiy kuchsizlik, qaltirash, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqlarni shishi, qizish hissi, sovuqni his qilish, sovuq ter.

Tekshirishlar

Kam hollarda – elektrokardiogrammada (EKG) oʻzgarishlar, yurak ishini tezlashishi, eozinofiliya*.

* Ilgari oʻtkazilgan nazorat qilinmagan klinik sinovlarda kuzatilgan nojoʻya taʼsirlari.

Keltirilgan nojoʻya reaksiyalar, shuningdek yoʻriqnomada koʻrsatilmagan nojoʻya reaksiyalar paydo boʻlganida, shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Meldoniy digidratiga yuqori sezuvchanlik.
  • Bosh miya ichki bosimini oshishi (venoz oqib chiqish buzilganida, bosh miya ichki oʻsmalarda),
  • Ogʻir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi.
  • Homiladorlik va emizish davri.
  • Bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar (qoʻllash xavfsizligi tekshirilmagan).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Koronarodilyatatsiyalovchi vositalar, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining taʼsirini kuchaytiradi.

Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qoʻllash mumkin.

Meldoniy glitseriltrinitrat saqlovchi preparatlar, nifedepin, beta-adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Simptomlarini kamaytirish uchun bir vaqtda Meldoniy va lizinoprilni qabul qilayotgan surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda, majmuaviy davolashning ijobiy taʼsiri aniqlangan (asosiy arteriyalarning vazodilatatsiyasi, periferik qon aylanishini va yashash sifatini yaxshilanishi, ruxiy va jismoniy stressni kamayishi kuzatilgan).

Temir tanqisligi anemiyasi boʻlgan patsiyentlarda Sorbifer va meldoniyni bir vaqtda qoʻllash natijasida, yogʻ kislotalari va qizil qon xujayralari tarkibi yaxshilangan.

Ishemiya/perfuziya oqibatidagi shikastlanishlarni bartaraf qilish uchun orotat kislotasi bilan majmuada meldoniy qoʻllanganda, qoʻshimcha farmakologik samara kuzatiladi.

Meldoniy azidotimidin (AZT) chaqirgan yurakning patologik oʻzgarishlarini yoʻqotishga yordam beradi, va mitoxondriyalarning disfunksiyasiga olib keluvchi AZT tomonidan chaqirilgan oksidlanishli stress reaksiyalariga bilvosita taʼsir koʻrsatadi. Meldoniyni AZT yoki orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) ni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qoʻllash, OITS ni davolashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Etanol chaqirgan muvozanat refleksini yoʻqotilish testida, meldoniy uyqu davomiyligini kamaytirgan. Pentilentetrazol tomonidan chaqirilgan tirishilar vaqtida meldoniyni yaqqol tirishishga qarshi taʼsiri aniqlangan. Oʻz navbatida,  meldoniy bilan davolash oldidan ά2-adrenoblokator yoximbin 2 mg/kg dozada va azot oksidi sintezini (AOS) ingibitori N-(G)-nitro-L-arginin 10 mg/kg dozada qoʻllanganida, meldoniyning tirishishga qarshi taʼsiri butunlay bloklanadi.

Meldoniyning dozasini oshirib yuborilishi, siklofosfamid tomonidan chaqirilgan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

D-karnitin (farmakologik nofaol izogmer)-meldoniy qoʻllanganida hosil boʻluvchi karnitinning tanqisligi, ifosfamid chaqirgan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

Meldoniy indinavir chaqirgan kardiotoksiklik va efavirenz chaqirgan neyrotoksiklik hollarida himoyaviy taʼsir koʻrsatadi.

Nojoʻya taʼsirlari paydo boʻlishi xavfini oshishi mumkin boʻlganligi tufayli, meldoniy saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qoʻllash mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jigar va/yoki buyrakning surunkali kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparat uzoq muddat qoʻllanganida, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (jigar va/yoki buyrak faoliyatini nazorati kerak).

Bolalarda meldoniyni qoʻllash boʻyicha yetarli maʼlumotlar yoʻq.

Homiladorlik va emizish

Meldoniyni homiladorlikka, embrion va homilani rivojlanishiga, tugʻruq va tugʻruqdan keyingi rivojlanishga taʼsirini baxolash uchun hayvonlardagi tadqiqotlar yetarli emas. Odam uchun potensial xavfi nomaʼlum. Homiladorlik davrida preparatni qoʻllash mumkin emas.

Hayvonlardagi bor boʻlgan maʼlumotlar meldoniyni ona sutiga chiqarilishidan dalolat beradi. Preparatni odam ona sutiga chiqish-chiqmasligi nomaʼlum. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar/goʻdaklar uchun xavfni istisno qilish mumkin emas, shuning uchun emizish vaqtida bu preparatni qoʻllash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri xaqida maʼlumotlar yoʻq.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Meldoniyning dozasini oshirib yuborilish hollari nomaʼlum, preparat kam zaharli va patsiyentlarning sogʻligʻi uchun xavfli nojoʻya taʼsirlar chaqirmaydi.

Simptomlari: qon bosimi pasaygan hollarda bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy kuchsizlik boʻlishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Doza ogʻir oshirib yuborilgan hollarda jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. Preparatni oqsillar bilan yaqqol bogʻlanishi tufayli, gemodializ ahamiyatli qimmatga ega emas.

 

Chiqarilish shakli

5 ml dan sindirish yoʻli yoki nuqtasi boʻlgan I gidrolitik sinfi rangsiz shisha ampulalarda.

5 ampuladan uyali qoplamasiz polivinilxlorid plyonka oʻramda (taglik).

2 uyali oʻramdan (taglik) qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanmasin.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.