Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Микстард 30

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Микстард 30 100IU/МЛ 10МЛ ФЛ №1

30 100 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Микстард 30 100IU/МЛ 10МЛ ФЛ №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
INSULIN HUMAN
Ishlab chiqaruvchi
(Novo Nordisk , Дания)
Chiqarilish shakli
флакон
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti

Sovutgichda 2oS-8oS saqlansin Sovutuvchi elementga tegishiga yoʻl qoʻyilmasin. Muzlatilmasin. Yorugʻlikdan himoya qilish uchun flakon karton qutida saqlansin.

Mikstard® preparatiga haddan tashqari issiqlik va quyosh nurlarining taʼsiriga yoʻl qoʻyish mumkin emas. Birinchi ochilganidan keyin yoki zaxira bloki sifatida ishlatilganida sovutgichda saqlash tavsiya qilinmaydi.

Qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasiga muvofiq aralashtirilsin.

Preparatni issiqlik va quyosh nurlarining taʼsiridan himoya qilish kerak.

Har bir inyeksiyadan keyin ignani tashlash kerak! 

Yaroqlilik muddati

2,5 yil.

Ochilgan flakonlar uchun: 30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda 5 hafta davomida yoki 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda 6 hafta davomida saqlansin. Sovutgichda saqlash tavsiya qilinmaydi. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha. 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun suspenziya 100 XB/ml flakonlarda. 10 ml dan preparat rezina (brombutil/poliizopren) disk bilan berkitilgan, alyumin qalpoqcha bilan yopilgan va plastik ximoya qopqoqcha bilan berkitilgan flakonda (1 tur shisha).

1 va 5 flakonlar x 10 ml. Sotuvda chiqarilishining barcha shakllari boʻlmasligi mumkin. 

Dori shakli

inyeksiya uchun suspenziya 100 XB/ml. 

Tarkibi

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 XB odam insulini.

1 flakon 10 ml saqlaydi, bu 1000 XB ga ekvivalent.

Bir XB (xalqaro birlik) 0,035 mg suvsiz odam insuliniga toʻgʻri keladi.

Mikstard® eruvchi insulin va izofan (NPH) insulinning aralashmasidan iborat

Mikstard® 30 30% eruvchi odam insulini va 70% izofan-insulindan tashkil topgan.

yordamchi moddalar: rux xloridi, glitserol, metakrezol, fenol, natriy gidrofosfati digidrati, natriy gidroksidi/xlorid kislotasi (rN ni toʻgʻrilash uchun), protamin sulfati, inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: oq suspenziya, turganida tiniq rangsiz yoki deyarli rangsiz choʻkma ustki suyuqlik va oq rangli choʻkmaga boʻlinadi. 

Farmakologik xususiyatlari

Qonda glyukozaning darajasini pasaytirish samarasini insulinni mushak va yogʻ xujayralarining retseptorlari bilan bogʻlanishi oqibatida glyukozani oʻzlashtirilishiga yordam berishiga, shuningdek bir vaqtda glyukozani jigardan tushishini susayishiga asoslangan.

Mikstard® ikkilangan taʼsirga ega insulindir. U kechi bilan 1/2 soatdan keyin taʼsir qila boshlaydi, maksimal samarasiga kechi bilan 2-8 soatdan keyin erishiladi, taʼsirining davomiyligi umuman 24 soatgacha yetishi mumkin. 

Farmakokinetikasi

Insulinning qon oqimida yarim chiqarilish davri bir necha minutni tashkil qiladi. Va demak, insulin saqlovchi preparatning taʼsirini xususiyati uning aynan soʻrilish xarakteristikalari bilan belgilanadi. Ushbu jarayonga qator omillar (masalan, insulinning dozasi, yuborish usuli va joyi, teri osti yogʻ kletchatkasi qavatining qalanligi, diabetning turi) taʼsir koʻrsatadi. Shunday qilib, insulin saqlovchi preparatlarning farmakokinetik xususiyatlariga shaxslarning ichidagi va shaxslararo oʻzgaruvchanlik taʼsir qiladi.

Soʻrilishi

Soʻrilish profili, preparat muvofiq ravishda tez va sekin soʻriladigan insulin preparatlarining aralashmasi ekanligi bilan bogʻliq. Tez taʼsirga ega insulinning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga teri ostiga yuborilganidan keyin kechi bilan 1,5-2,5 soatdan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Qonda aylanib yuruvchi insulin antitelalaridan tashqari (agar ular boʻlsa), plazma oqsillari bilan toʻliq bogʻlanishi kuzatilmaydi.

 

Metabolizmi

Taʼrifga koʻra odam insulini insulin proteazasi yoki insulinni parchalovchi fermentlar tomonidan, shuningdek oqsil-disulfidizomeraza tomonidan parchalanadi. Taxminlarga muvofiq insulinning molekulasida bir necha parchalanish (gidroliz) saytlari saqlanadi; parchalanganidan keyin hech qanday metabolitlar hosil boʻlmaydi.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilishining yakuniy davri teri osti toʻqimalaridan soʻrilish tezligi bilan belgilanadi. Yarim chiqarilishining yakuniy davri (tS), shunday qilib, insulinni plazmadan toza holda chiqarilishini emas, balki soʻrilishining koʻrsatgichi hisoblanadi (qon oqimidagi insulinning tS bir necha minutni tashkil qiladi). Tekshirishlarga muvofiq tS taxminan 5-10 soatni tashkil qiladi. 

Qoʻllanilishi
  • 1 va 2 tip qandli diabet;
  • qandli diabeti boʻlgan bemorlarda glikemik nazoratni buzilishi bilan birga kechuvchi shoshilinch holatlarda qoʻllanadi. 
Qoʻllash usuli va dozalari

Mikstard® ikkilangan taʼsirga ega insulindir. Bu ikki fazali taʼsirga ega dori shaklidir, uning tarkibiga ham tez taʼsirga ega insulin, ham davomli taʼsirga ega insulin kiradi. Insulinning majmuaviy preparatlari, agarda boshlangʻich tez va davomliroq samaralarni qoʻshilishi talab qilinsa, odatda kuniga bir yoki ikki marta yuboriladi.

Tavsiya qilingan doza

Doza har bir bemorning zaruratiga muvofiq shaxsiy ravishda belgilanadi. Insulinga boʻlgan shaxsiy ehtiyoj odatda kuniga 0,3 dan 1,0 XB/kg gacha tebranib turadi. Insulinga boʻlgan sutkalik ehtiyoj, insulinga rezistentligi boʻlgan bemorlarda (masalan, jinsiy yetilish davri davomida yoki semirish sababli) yuqori va endogen insulini biroz qoldiq ishlab chiqarilishi boʻlgan bemorlarda past.

Qandli diabeti boʻlgan bemorlarda optimallashtirilgan glikemik nazorat diabetning kechki asoratlarini paydo boʻlish muddatini kechiktiradi. Shu sababli qonda glyukozaning darajasini sinchiklab nazorat qilish tavsiya qilinadi. Preparat ovqat qabul qilish yoki uglevodlar saqlovchi yengil taom tanovul qilishdan 30 minut oldin yuboriladi.

Doza

Yondosh kasalliklar, ayniqsa infeksion kasalliklar va isitmali holatlar odatda bemorning insulinga boʻlgan ehtiyojini oshiradi. Buyrak va jigar yetishmovchiligi insulinga ehtiyojni pasaytirishi mumkin, shuningdek bemorning jismoniy faolligi yoki uning odatdagi ovqatlanishi oʻzgarganida ham dozani tanlashga zarurat tugʻilishi mumkin. Dozani tanlash bemorni insulin saqlovchi bir preparatdan boshqasiga oʻtishda ham zarur boʻlishi mumkin.

Qoʻllash usuli

Teri ostiga yuborish uchun. Insulin suspenziyalarini zinhor vena ichiga yuborish mumkin emas. Mikstard® teri ostiga songa yoki qorin devoriga yuboriladi. Shuningdek qulaylik uchun, preparatni dumba sohasiga yoki deltasimon mushakka yuborish mumkin. Qorin devoriga teri ostiga inyeksiya qilish, boshqa sohalarga qilingan inyeksiyaga qaraganda tezroq soʻrilishni taʼminlaydi. Barmoqlar bilan ushlab olingan teri burmasiga inyeksiya qilish, mushak ichiga behosdan inyeksiya qilish xavfini minimallashtiradi. Preparatning dozasini toʻliq yuborilishini taʼminlash uchun, igna kamida 6 sekund davomida teri ostida qolishi kerak. Lipodistrofiyaga (lipoatrofiya va lipogipertrofiya) yoʻl qoʻymaslik uchun preparatni yuborish joyini anatomik soha chegarasida oʻzgartirish kerak.

Mikstard® preparatiga, bu dori vositasini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi boʻlgan ilova-varaqa ilova qilinadi. Flakonlar birliklarning tegishli shkalasi boʻlgan insulin shprislari bilan qoʻllash uchun moʻljallangan. 

Nojoʻya taʼsirlari

Boshqa insulin saqlovchi preparatlar bilan boʻlgani kabi, koʻpchilik hollarda gipoglikemiya – bu eng koʻp uchraydigan noxush samaradir. U, insulinning dozasi, insulinga boʻlgan ehtiyojga nisbatan haddan tashqari yuqori boʻlgan hollarda paydo boʻlishi mumkin. Klinik tekshirishlarda va tijorat maqsadida ishlatish vaqtida uning paydo boʻlish tez-tezligi bemorlarning guruhi va dozalash tartibiga qarab oʻzgarib turadi. Shunday qilib, gipoglikemiyaning tez-tezligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni keltirishning imkoniyati yoʻq. Ogʻir gipoglikemiya xushdan ketishga va/yoki tirishishlarga olib kelishi mumkin, shuningdek miyaning faoliyatini vaqtinchalik yoki muntazam yomonlashishini yoki hatto oʻlimni chaqirishi mumkin.

Gipoglikemiyaning simptomlari sovuq ter, charchoqlik, diqqatni jamlashda qiyinchilik, uyquchanlik, haddan tashqari ochlik, koʻrishni buzilishi, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, yurakning tez-tez urishini oʻz ichiga oladi.

Quyida keltirilgan noxush reaksiyalar, tez-tezligi va aʼzolar tizimining sinfiga muvofiq tasniflangan. Tez-tezlik toifalari quyidagi shartli belgilarga muvofiq belgilangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hallarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hallarda (<1/10000) va nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar boʻyicha aniqlash mumkin emas).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas – periferik neyropatiya.

Qonda glyukozaning darajasi nazorat qilinganida tez yaxshilanish, odatda qaytuvchi boʻlgan “oʻtkir ogʻriqli neyropatiya” deb nomlanuvchi holat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Koʻrish aʼzolari tomonidan buzilishlar

Juda kam hallarda – refraksiyani buzilishi.

Refraksion anomaliyalar insulin bilan davolash boshlanganidan keyin uchrashi mumkin. Bu simptomlar, odatda, qisqa muddatli xarakterga ega.

Tez-tez emas – diabetik retinopatiya.

Qondagi qandni uzoq muddatli kuchli nazorati diabetik retinopatiyani rivojlanib borishi xavfini pasaytiradi. Biroq glikemik nazoratni keskin yaxshilanishi bilan insulinoterapiyani kuchaytirish, oʻzi bilan diabetik reaksiyani vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas – lipodistrofiya.

Preparatni yuborilishi bir sohaning turli joylariga emas, balki ayni bir joyga amalga oshirilgani tufayli, inyeksiya joyida lipodistrofiya (lipoatrofiya va lipogipertrofiya) rivojlanishi mumkin.

Umumiy xarakterga ega asoratlar va yuborish joyidagi reaksiyalar

Tez-tez emas – yuborish joyida reaksiya.

Insulin bilan davolash yuborish joyida reaksiyalarni (qizarish, shishish, qichishish, ogʻriqlar va yuborish joyida gematoma) paydo boʻlishi bilan kechishi mumkin. Reaksiyalarning katta qismi vaqtinchalik xarakterga ega va keyinchalik davolash vaqtida yoʻqoladi.

Tez-tez emas – shish.

Insulinoterapiyaning boshida shish rivojlanishi mumkin. Odatda bu simptom vaqtinchalikdir.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas – eshakemi, toshma.

Juda kam hallarda – anafilaktik reaksiyalar.

 

Umumiy yuqori sezuvchanlik simptomlari terida tarqoq toshma, qichishish, kuchli terlash, meʼda-ichak yoʻllarini buzilishlari, angionevrotik shish, nafas olishni qiyinlashishi, yurakni tez urishi, qon bosimni pasayishi va xushdan ketishlar/es-xushni yoʻqotishni oʻz ichiga olishi mumkin. Umumiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari hayot uchun potensial xavf tugʻdiradi. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • gipoglikemiya;
  • odam insuliniga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas. 
Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Maʼlumki, dori preparatlarining katta miqdori glyukozaning metabolizmga taʼsir koʻrsatadi.

Quyidagi moddalar patsiyentning insulinga boʻlgan ehtiyojini pasaytirishi mumkin:

Peroral diabetga qarshi preparatlar, monoaminoksidaza ingibitorlari (MAOI), beta-adrenergik retseptorlarning noselektiv blokatorlari, angiotenzin-I-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, salitsilatlar, anabolik steroidlar va sulfamidlar.

Quyidagi moddalar patsiyentning insulinga boʻlgan ehtiyojini oshirishi mumkin:

Peroral homilaga qarshi vositalar, tiazidlar, glyukokortikoidlar, tireoid gormonlar, simpatomimetik vositalar, oʻsish gormoni va danazol.

Beta-blokatorlar gipoglikemiyaning simptomlarini yashirishi va gipoglikemiyani bartaraf qilishga toʻsqinlik qilishi mumkin. Oktreotid/lanreotid insulinga boʻlgan ehtiyojni ham pasaytirishi, ham oshirishi mumkin. Alkogol insulinning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.

Nomutanosiblik. Insulin suspenziyalarini infuziya uchun eritmalarga qoʻshish mumkin emas.

Tiazolidindionlar guruhi prepartlari va insulinning boshqa preparatlari bilan majmuasi.

Patsiyentlarda tiazolidindionlar insulin preparatlari bilan majmuada ishlatilganida dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanish hollari haqida xabar berilgan, ayniqsa bunday patsiyentlarda dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanish omillari boʻlgan patsiyentlarda. Buni tiazolidindionlar va insulin preparatlari bilan majmuaviy davolash buyurilgan patsiyentlarda hisobga olish kerak. Bunday majmuaviy davolash buyurilganida patsiyentlarni, ularni dimlangan yurak yetishmovchiligining belgilari va simptomlarni, tana vaznini oshishi va shishlar borligini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni oʻtkazish kerak. 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatning muvofiq boʻlmagan dozasi yoki davolashni toʻxtatish, ayniqsa I tip diabetda, giperglikemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Odatda, giperglikemiyaning birinchi simptomlari bir necha soat yoki bir necha kun davomida, asta-sekin paydo boʻladi. Ularga chanqoqlik, siyish tez-tezligini oshishi, koʻngil aynishi, qusish, uyquchanlik, terini giperemiyasi va qurishi, ogʻizni qurishi, ishtahani yoʻqolishi, shuningdek nafasda atseton hidi kiradi. I tur diabetda davolash boʻlmaganida, giperglikemiya holati oxir-oqibat oʻlim bilan yakun topish ehtimoli boʻlgan ketoatsidozning rivojlanishiga olib keladi.

Ushbu bemor uchun insulinning haddan tashqari yuqori dozasi yuborilganida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Ovqat qabul qilishni oʻtkazib yuborish yoki rejalashtirilmagan jadal jismoniy zoʻriqish gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Qondagi glyukozaning darajasini sinchkovroq nazorati belgilanganidan keyin, masalan insulin bilan jadalroq davolashda, bemorlarda gipoglikemiyani rivojlanishining odatdagi simptomlarini oʻzgarishi kuzatilishi mumkin, va ular tegishli tavsiyalar olishlari kerak. Gipoglikemiyani rivojlanishining odatdagi boʻlmagan simptomlari koʻp yillik diabeti boʻlgan bemorlarda yoʻqolishi mumkin. Bemorni boshqa turdagi insulin preparatiga yoki brendga oʻtishi qatʼiy shifokor kuzatuvi ostida amalga oshirilishi lozim. Taʼsir qiluvchi moddaning miqdorini brendni (ishlab chiqaruvchini), turini (tez taʼsirga ega insulin va hokazo), kelib chiqishi (hayvon, odam insulini, odam insulini analogi) va/yoki ishlab chiqarish usulini (rekombinant DNK texnologiyasi yoki hayvonlardan olinadigan) oʻzgarishi dozani oʻzgartirishni talab qilishi mumkin. Agarda bemorni Mikstard® ga oʻtishida dozani tanlashning zarurati tugʻilsa, u birinchi inyeksiyani yuborishda yoki birinchi bir necha hafta yoki oy davomida boʻlishi mumkin. Insulin bilan davolashning boshqa turlarida boʻlgani kabi, preparatni yuborish joyida reaksiyalarni, shu jumladan ogʻriq, qichishish, allergik toshma, shish va yalligʻlanishni paydo boʻlish ehtimoli bor. Yuborish joylarini ushbu soha chegarasida uzluksiz almashtirib turish, bu reaksiyalarni kamaytirish yoki bartaraf qilishga yordam berishi mumkin. Odatda, reaksiyalar bir necha kundan bir necha haftagacha boʻlgan muddatda oʻtib ketadi. Kam hollarda preparatni yuborish joyidagi reaksiyalar Mikstard® preparati bilan davolashni toʻxtatishni talab qilishi mumkin. Gipoglikemik reaksiyalarni oʻtkazgan bir necha bemorlar hayvonlardan olingan insulindan oʻtganlaridan keyin, gipoglikemiyani rivojlanishining erta simptomlari kamroq yaqqollikka ega boʻlgani yoki insulinning avvalgi turi bilan davolanish vaqtida ularda paydo boʻlganlaridan farq qilishi toʻgʻrisida xabar berishgan. Agarda patsiyent, mintaqalarini oʻzgarishi bilan kechuvchi safarga tayyorlanayotgan boʻlsa, u shifokor bilan maslahatlashishi kerak, chunki bu bemor insulin va ovqatni boshqa vaqtda qabul qilishga majbur boʻlishini bildiradi. Insulin suspenziyalari insulinli infuzion dozatorlarda ishlatish uchun moʻljallanmagan.

Homiladorlik va laktatsiya

Insulinni yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtmasligi tufayli, homiladorlik davrida diabetni insulin saqlovchi preparatlar bilan davolashga qarshi koʻrsatmalar yoʻq.

Diabetni yetarli darajada nazoratsiz davolashda rivojlanishi mumkin boʻlgan ham gipoglikemiya, ham giperglikemiya rivojlanish nuqsonlarini va homilaning ona qornida nobud boʻlish xavfini oshiradi. Shu sababdan homiladorlik davrida va homiladorlikni rejalashtirishda ayollarga diabetni davolashda kuchaytirilgan nazorat tavsiya qilinadi. Odatda, insulinga boʻlgan ehtiyoj birinchi uch oylikda pasayadi va ikkinchi va uchinchi uch oyliklar davomida ketma-ket oshib boradi. Tugʻruqdan keyin insulinga ehtiyoj, homiladorlik boshlangunicha boʻlganiga tezda qaytadi. Emizish davrida ayollarni insulinoterapiyasi bola uchun xavf tugʻdirmaydi. Biroq Mikstard® preparatining dozasini, ovqatlanishini yoki uni ham buni ham boshqarish kerak.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Gipoglikemiya oqibatida patsiyentning diqqatni jamlash va reaksiya qobiliyati buzilishi mumkin. Bu ushbu qobiliyatlar oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlgan vaziyatlarda (masalan, transport vositalarini boshqarishda yoki turli mexanizmlarni ishlatishda) xavf tugʻdirishi mumkin. Transport vositalarini boshqarishda gipoglikemiyani paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun patsiyentlarga ehtiyotkorlik choralarini koʻrish tavsiya qilinadi. Bu gipoglikemiyaning belgilari paydo boʻlish hissiyoti pasaygan yoki boʻlmaganlarda yoki gipoglikemiya tez-tez uchraydiganlarda oʻziga xos ahamiyatga ega. Bunday hollarda transport vositalarini boshqarish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish kerak.

Xavfsizlikning klinika oldi tekshirishlarining maʼlumotlari

Noklinik maʼlumotlar xavfsizlik boʻyicha standart farmakologik tekshirishlar, takroriy dozaning zaharliligini, genotoksiklikni, kanserogen potensialni, reproduktiv faoliyati uchun toksiklikni tekshirishlar asosida hech qanday spetsifik xavfni aniqlamagan.

Preparatni yoʻq qilishda va u bilan muomala qilishdagi maxsus ehtiyotkorlik choralari

Insulin saqlovchi preparatlarni muzlatilganidan keyin ishlatish mumkin emas.

Mikstard® preparati boʻlgan flakonni qoʻllashdan oldin, uni sovutgichdan olish va xona haroratigacha isishiga qoʻyish, soʻngra preparatni birinchi marta ishlatish uchun yoʻriqnomasiga muvofiq insulinni resuspenziyalash tavsiya qilinadi.

Agarda qayta suspenziyalashdan keyin insulinning suspenziyasi bir xil va oq loyqa koʻrinmasa, uni ishlatishdan voz kechish kerak. Ishlatilmagan preparat va qoldiqlar mahalliy talablarga muvofiq yoʻqotilishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Insulinning dozasini oshirib yuborilishining spetsifik belgilarini aniqlashning iloji yoʻq. Biroq gipoglikemiyaning rivojlanishi ketma-ket bosqichlar orqali oʻtadi:

  • Yengil gipoglikemik holatlarni glyukozani yoki qand saqlovchi mahsulotlarni peroral qabul qilish bilan tuzatish mumkin. Shu sababdan diabeti boʻlgan bemorlarga oʻzlari bilan bir necha qand boʻlaklari, konfetlar, pechenye yoki qandli meva sharbatini doimo olib yurish tavsiya qilinadi.
  • Ogʻir gipoglikemik holatlar, bemor xushini yoʻqotganida, tegishli tayyorgarlikni oʻtgan shaxs tomonidan glyukagonni (0,5 dan 1 mg gacha) mushak ichiga yoki teri ostiga yuborish bilan yoki tibbiyot xodimi tomonidan vena ichiga glyukozani yuborish bilan davolash mumkin. Shuningdek glyukozani vena ichiga quyish, bemor glyukagonning inyeksiyasiga kechi bilan 10-15 minut oʻtgach javob bermagan hollarda qoʻllanadi. Bemor xushiga kelganidan keyin, qaytalanishni oldini olish uchun, unga karbonsuvlarni saqlovchi mahsulotlarni isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.