Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Микройодид ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Микройодид ТАБЛЕТКА 100мкг №100

10 500 so'mdan
(3320)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
potassium iodide
Ishlab chiqaruvchi
ТАТХИМФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препараты содержащие йод
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan olinish tartibi
Yaroqlilik muddati
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Qalqonsimon bezning giperfunksiyasida, tireostatik davolashga bo‘lgan reaksiyasini yod yetishmovchiligi oshiradi, yodni ortiqchaligini esa kamaytiradi.

Agarda yangi tug‘ilganlarda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoqni 2-4 hafta davomidagi davolash kursidan keyin kamaytirishning iloji bo‘lmasa, u holda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallikni boshqa sabablarini taxmin qilish mumkin.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida faqat tavsiya qilingan dozalardagina qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

50 mkg, 100 mkg va 200 mkg yod (kaliy yodid shaklida) saqlovchi tabletkalar, flakonlarda 50 yoki 100 donadan; blister qadoqda 10 ta dan.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

 

 

Dorixonalardan olinish tartibi

Reseptisiz.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kaliy yodid – 50 mkg, 100 mkg yoki 200 mkg;

yordamchi moddalar: qand-rafinad, kalsiy stearati yoki magniy stearati yoki stearin kislotasi.

 

Ta‘rifi:

 oq rangli, shirin ta‘mli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

yod preparati.

Farmakologik xususiyatlari

Noorganik yodid, qalqonsimon bez funksiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi, chunki yod tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) sintezida ishtirok etadi. Organizmga  yetarli darajada yod tushmaganida tireoid gormonlar sintezini buzilishi va qalqonsimon bezi funksiyasini susayishi sodir bo‘ladi. Preparat yod  yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirib, bunday hollarda tireoid gormonlar sintezini tiklaydi. Ammo, yodidlar ortiqcha bo‘lganida, tireoid gormonlar biosintezi tormozlanadi, qalqonsimon bezini gipofizning tireotrop gormonlariga bo‘lgan sezgirligi kamayadi va uning  sekresiyasi gipofiz tomonidan bloklanadi.

Farmakokinetikasi

Preparat ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklariga keng taqsimlanadi. Yuqori biokiraolishligi bilan ajralib turadi. Asosan buyraklar orqali, qisman me‘da-ichak yo‘llari, ter va ko‘krak bezlari orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi
  • Tashqi muhitda yod yetishmovchiligi kuzatiladigan tumanlarda istiqomat qiladigan aholida, birinchi navbatda, bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarda bo‘qoq rivojlanishini va yod yetishmovchiligi holatlarini oldini olish;
  • Bo‘qoqni majmuaviy medikamentoz yoki jarrohlik davolash kursi tugagandan keyingi yod tanqisligi bilan bog‘liq qaytalanishini oldini olish;
  • Tireotoksikozning yaqqol shakllarini operasiyaga tayyorlash;
  • Chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoqni davolash;
  • Diffuz toksik bo‘lmagan (eutireoid) bo‘qoqni davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni ichga ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Boshqacha tavsiyalar bo‘lmaganida  quyidagi keltirilgan dozalarda qo‘llaniladi:

Endemik bo‘qoqni va yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanishini oldini olish:

Chaqaloqlar va bolalar: sutkada 50-100 mkg yod.

O‘smirlar va kattalar: sutkada 100-200 mkg yod.

Homiladorlik va laktasiya davrida: sutkada 150-200 mkg yod. Yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoqni medikamentoz yoki jarrohlik davolash tugatilganidan so‘ng qaytalanishini oldini olish: sutkada 100-200 mkg yod.

Bo‘qoqni davolash:

Chaqaloqlar, bolalar  va o‘smirlar – sutkada 100-200 mkg yod.

45 yoshgacha bo‘lgan kattalarda: sutkada 300-500 mkg yod.

Preparat profilaktika maqsadida uzoq muddat qo‘llanilishi lozim (davolash kursi 20 kun, 10 kunlik tanaffus bilan).

Preparatni buyurish davomiyligini shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni profilaktika uchun barcha yoshdagilarda, hamda davolash uchun chaqaloqlarda, bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanilganida odatda nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmaydi. Kam hollarda: preparatni doimiy uzluksiz ravishda qabul qilish og‘izda metall ta‘m bilan, shilliq qavatlarning shishishi va yallig‘lanishi (tumov, kon‘yunktivit, bronxit) bilan ifodalanadigan yodizm holati rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bezida yirik faol qismlar bo‘lganida sutkada 150 mkg dozadan ortiq yod buyurilgan hollarda,  qalqonsimon bezi giperfunksiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda (yodga bo‘lgan idiosinkraziyada): allergik reaksiyalar, teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, eozinofiliya, juda kam hollarda – anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yaqqol  gipertireoz (qalqonsimon bez funksiyasini shishi), yashirin gipertireoz (sutkada 150 mkg dan ortiq dozada qo‘llanilganida),  gerpetiformli dermatit (Dyuring kasalligi), adenomatoz bo‘qoq, avtonom  adenoma, yodga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash kursidan oldin va preparat bilan davolash davomida, har qanday boshqa yod preparatlarini buyurishdan saqlanish kerak.

Qalqonsimon bezi tomonidan yodni o‘zlashtirilishini perxlorat va tiosionat susaytiradi (qondagi konsentrasiyasi 5 mg/dl dan ortiq bo‘lmaganida), tireotrop gormoni – kuchaytiradi.

Preparatni yuqori dozalarda bir vaqtda kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qabul qilinishi, giperkaliemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin; yod saqlovchi preparatlarni yuqori dozalarda bir vaqtda litiy preparatlari bilan qo‘llash,  bo‘qoq  va gipertireoz rivojlanishiga olib keladi.