Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Микразим капс.

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Микразим капс. 25000ед (420мг) №20

40 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Микразим капс. 25000ед (420мг) №20
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Pancreatin
Ishlab chiqaruvchi
(АВВА РУС , Россия)
Chiqarilish shakli
капсулы
Farma. Guruh
Ферменты
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:                                                        10000 TB                                25000 TB

Pakreatin kukunini saqlovchi ichakda eruvchi   168 mg*                                  420 mg*

pelletlar ko‘rinishida                                           125 mg                                    312 mg

bu:

proteaza                                                                   520 TB                                    1300 TB

amilaza                                                                     7500 TB                                  19000 TB

lipaza                                                                       10000 TB                                25000 TB

faolligiga mos keladi.

* – nominal lipolitik faollikka qayta hisoblaganda.

ichakda eruvchi pellet tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar: metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri [1:1] (30% li dispersiya ko‘rinishida, qo‘shimcha saqlangan polisorbat-80, natriy laurilsulfati) – 25,3 mg/63,2 mg, trietilsitrat – 5,1 mg/12,6 mg, 30% li simetikon emulsiyasini quruq massasi (32,6%) – 0,1 mg/0,3 mg, shu jumladan: dimetikon – 27,8%, cho‘ktirilgan kolloid kremniy – 1,3%, muallaq kolloid kremniy – 0,9%, metilsellyuloza – 2,5%, sorbin kislotasi – 0,1%, suv – 67,4%, talk –
12,6 mg/31,6 mg.

Kapsula qobig‘ining tarkibi:

korpusi: jelatin – 100% gacha, suv – 13-16%

qopqog‘i: jelatin – 100% gacha, suv – 13-16%, puns bo‘yovchisi (ponso 4R) – 0,6666%/0,7999%, xinolin sariq bo‘yovchisi – – 0,1000%/0,3166%, patentlangan ko‘k bo‘yovchisi – 0,0200%/0,0053%, titan dioksidi – 1,2999%/2,9574%.

Ta‘rifi:

 jigarrang qopqoqli tiniq korpusli №2 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar (10000 TB doza uchun) va to‘q zarg‘aldoq qopqoqli tiniq korpusli №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar (25000 TB doza uchun).

Kapsulalarning ichidagisi: silindrik yoki dumaloq shaklli yoki noto‘g‘ri shaklli, och-jigarrangdan jigarrang rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli pelletlar.

Farmakologik xususiyatlari

Mikrazim® – pankreatin pelletlarini saqlovchi kapsulalar. Preparatning tarkibiga ovqatdagi oqsil, yog‘ va uglevodlarni hazm bo‘lishini ta‘minlovchi hayvonlarning me‘da osti bezining tabiiy fermentlari – proteaza, lipaza va amilaza kiradi.

Mikrazim® preparati ichga qabul qilingandan keyin kapsulalar me‘dada tez eriydi, natijada kapsalalardan ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan pankreatin pelletlari ajralib chiqadi. O‘lchami kichikligi tufayli, pelletlar ovqat bilan tez va bir tekis aralashadi va bir vaqtda ovqat luqmasi bilan birga o‘nikki barmoq ichakka, so‘ngra esa ingichka ichakka oson o‘tadi. Ichakda pankreatik fermentlar ajralib chiqib, faol ta‘sir qila boshlaydi va ovqatning oqsillari, yog‘lari va uglevodlarini tez va to‘liq hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Pankreatin pelletlarining me‘da ichidagi ovqat mahsulotlari bilan tez aralashib, bir tekis taqsimlanishi, ximus bilan bir vaqtda passaji (harakatlanishi), shuningdek fermentlarning faolligini, ularning ichakdagi ishi boshlangunicha saqlanib qolishi (pelletlarning ichakda eruvchi qobig‘i borligi tufayli), preparatning ovqat hazm qilish bo‘yicha ancha yuqori faolligini hamda ta‘sirini tabiiy ovqat hazm qilish jarayoniga maksimal yaqinlashishini ta‘minlaydi. Mikrazim® ning fermentativ faolligi ichga qabul qilinganidan so‘ng 30 minutdan keyin maksimal namoyon bo‘ladi, bu ta‘sirining tez boshlanishini ta‘minlaydi.

Proteaza, lipaza va amilaza substratlar bilan o‘zaro ta‘sir qilganidan so‘ng ichakning pastki qismlarida faolligini yo‘qotadi va ichakdagi moddalar bilan birga organizmdan chiqariladi.

Mikrazim® me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va faqat ingichka ichak ichida ta‘sir qiladi.

Qo‘llanilishi

Me‘da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash: surunkali pankreatit, pankreatektomiya, nurlanishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovissidoz; meteorizm, noinfeksion genezli diareyada qo‘llanadi.

Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (me‘da va o‘nikki barmoq ichak rezeksiyasidan keyingi holat): me‘da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan shaxslarda ovqatlanishdagi xatoliklarda, yog‘li ovqatni, katta miqdordagi ovqatni qabul qilish, muntazam ovqatlanmaslik, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun va chaynash faoliyatini buzilishlarida, kam harakatli hayot tarzida, uzoq muddatli immobilizasiyada qo‘llanadi. Remxeld sindromi (gastrokardial sindromi).

Qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining rentgenologik tekshirishlari va UTT ga tayyorlashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasi yosh, simptomlarning og‘irligi va parhezning tarkibiga qarab, individual ravishda tanlanadi. Dozani tanlash qayd qilingan Mikrazim® 10000 TB va Mikrazim® 25000 TB dori preparatlari yordamida amalga oshiriladi.

Kapsulalar ichga yetarli miqdordagi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik (suv, meva sharbatlari) bilan birga qabul qilinadi. Agar preparatning dozasi 1 kapsuladan ortiq bo‘lsa, kapsulalarning umumiy miqdorini yarmini bevosita ovqat qabul qilish oldidan, boshqa yarmini esa – ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Agar bir martalik doza – 1 kapsula bo‘lsa, uni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.

Yutish qiyin bo‘lganida (masalan, bolalar yoki keksa odamlar), kapsulani ochish va pelletlarni, chaynashni talab qilmaydigan ovqatga (masalan, olma pyuresi, yogurt) qo‘shib berish mumkin. Pelletlarni maydalash va chaynash, shuningdek ularni, rN ko‘rsatkichi 5,5 dan yuqori bo‘lgan ovqatga qo‘shish, ularning me‘da shirasining ta‘siridan himoya qiluvchi qobig‘ini yemirilishiga olib keladi. Pelletlarning ovqat yoki suyuqlik bilan har qanday aralashmasi tayyorlangandan keyin darhol qabul qilinishi kerak.

1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ruxsat berilgan doza – sutkada 50 000 TB ni; 1,5 yoshdan katta bolalar uchun – sutkada 100 000 TB ni tashkil qiladi.

Pankreatinni qabul qilish davomiyligi bir necha kundan (ovqat hazm qilinishini buzilishi) to bir necha oylar yoki yillargacha (uzoq muddatli o‘rinbosar davolash) bo‘lishi mumkin.

Me‘da osti bezining turli xil ekzokrin yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash.

Doza tashqi sekretor yetishmovchilikning darajasiga, pasientning shaxsiy ovqat yeyish odatlari va yoshiga qarab, individual ravishda tanlanadi.

Steatoreya (ahlatdagi yog‘ sutkada 15 g dan ortiq)

Ich ketishida, tana vazni kamayganida va parhez jiddiy samara bermaganida – har gal ovqat iste‘mol qilishda 25000 TB dan lipaza buyuriladi. Zarurat bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida doza bir qabul qilishda lipazaning dozasi 30000-35000 TB gacha oshiriladi. Dozani keyingi oshirilishi, ko‘pchilik hollarda davolash natijalarini yaxshilamaydi va tashxisni qayta ko‘rib chiqishni, rasionda yog‘ miqdorini kamaytirishni va/yoki qo‘shimcha proton nasosi ingibitorlari – preparatlarini buyurishni talab qiladi.

Ich ketishlari va tana vaznini kamayishi bilan kechmaydigan kuchsiz namoyon bo‘lgan steatoreyada bir qabul qilish uchun lipaza 10000 dan 25000 TB gacha dozada buyuriladi.

Mukovissidoz.

4 yoshdan kichik bolalar uchun boshlang‘ich hisoblangan dozasi, har bir ovqatlantirishda tana vaznining har kilogrammiga 1000 TB dozadagi lipazani, 4 yoshdan katta bolalar uchun har bir ovqat qabul qilishda har kilogrammga 500 TB lipazani tashkil qiladi. Doza kasallikning og‘irligi, steatoreyaning yaqqolligi va nutritiv statusga qarab, individual ravishda tanlanadi. Ko‘pchilik pasientlar uchun samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada tana vaznining har kilogramiga 10000 TB dan oshmasligi kerak.

 

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Preparatning katta dozalari ishlatilganida kam hollarda diareya, ko‘ngil aynishi, qabziyatlar, epigastral sohada diskomfort kuzatiladi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pankreatinni yoki preparatning ayrim komponentlarini individual o‘zlashtiraolmaslik. O‘tkir pankreatitda, surunkali pankreatitni zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pankreatin temir preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, temirni so‘rilishi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pankreatinning ancha katta dozalari bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalar va kattalar muntazam mutaxassis kuzatuvida bo‘lishlari kerak.

Ferment bilan davolashning samarasizligini asosiy sabablari: fermentlarni o‘n ikki barmoq ichakda, uning ichidagisi bilan oksidlanishi natijasida faolsizlanishi; ingichka ichakning yondosh kasalliklari (gijja invaziyalari, disbakterioz); pasientlar tomonidan tavsiya qilingan davolash tartibini bajarmaslik; o‘z faolligini yo‘qotgan fermentlarni ishlatish hisoblanadi.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanishi

Pankreatinni homiladorlik va laktasiya davrida ishlatishning potensial xavflari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud emas, shuning uchun preparatni homilador va emizikli onalarga faqat, agar davolashdan kutilayotgan samara yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar

Alohida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: siydik kislotasining miqdorini siydikda (giperurikuriya) va qonda (giperurikemiya) oshishi. Bolalarda – qabziyatlar.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 10000 TB va 25000 TB.

10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramlarda.

1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz..