Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Мезим Форте

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Мезим Форте ТАБЛЕТКА №80

17 000 so'mdan
(1428)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Pancreatin
Ishlab chiqaruvchi
БЕРЛИН ХЕМИ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Ферментные препарат
Dori tafsilotlari
Mezim® forte preparati va uni buyurilishi
Mezim® forte preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
Dorixonalardan berish tartibi
Mezim® forte preparati va uni buyurilishi

Mezim® forte preparati oʻzi nima

Mezim® forte taʼsir etuvchi moddasi pankreatin boʻlgan dori preparati hisoblanadi.

Mezim® forte nima uchun qoʻllaniladi

  • Mezim® forte meʼda osti bezida ovqat hazm qilishni buzilishi bilan birga kechuvchi ovqat hazm qiluvchi fermentlarning hosil boʻlishini buzilishida qoʻllanadi. Bunday buzilishlar, masalan, surunkali pankreatit yoki mukovissidoz bilan chaqirilishi mumkin, ular oʻz navbatida ozuqa moddalarining oʻzlashtirilishini yomonlashishiga olib keladi;
  • qorin dam boʻlganida (meteorizm va gastrokardial sindromi), xususan, meʼda va ichakdagi operatsiyalardan keyin;
  • ovqat massalarini funksional xarakterli ichakdan oʻtishini tezlashishida (yuqori qoʻzgʻaluvchanlik, infeksion tabiatli ichak kasalliklari);
  • jigar/oʻt qopi tomonidan buzilishlar;
  • ishtahani yoʻqolishi, kekirish, qusish va diareya (dispepsiya) bilan kechuvchi ovqat hazm qilishni buzilishlarida,
  • qiyin hazm boʻluvchi sabzavotlar, yogʻli va odatdagi boʻlmagan ovqatlar bir vaqtda isteʼmol qilinganida.
  • Mezim® forteni, shuningdek ovqat hazm boʻlishini buzilishi natijasidagi qorinni dam boʻlishida (meteorizm), diagnostik tadbirlarni (rentgenografiya, ultratovush tekshirishlari) oʻtkazishdan oldin ichakdan gazlarni yoʻqotish uchun ishlatish mumkin.
Mezim® forte preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak

Mezim® forteni qabul qilmang

  • agar Sizda pankreatinga, azorubin laki (Ye 122 boʻyovchisi) yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga (6 boʻlimda sanab oʻtilgan) yuqori sezuvchanlik boʻlsa
  • agar Sizda meʼda osti bezining yalligʻlanishi yoki surunkali yalligʻlanishning zoʻrayish bosqichi boʻlsa. Shunga qaramasdan, zoʻrayish boskichining soʻnish fazasida parhez kengaytirilganda (yengil ovqat), agar ovqat hazm boʻlishini buzilishlari saqlanib qolsa, vaqti-vaqti bilan buyurish mumkin .

 

Mezim® forteni qabul qilishdagi ehtiyotkorlik choralari

Mezim® forteni qoʻllashdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing

  • agar Oʻzingizda ichak tutilishini eslatuvchi simptomlarni (masalan, qorinda ogʻriq, ichak peristaltikasini susayishi, koʻngil aynishi, qusish) sezsangiz.

Mukovissidozli bemorlarda ichak tutilishi shaklidagi asoratlar tez-tez kuzatiladi.

  • Ushbu preparatda faol fermentlar saqlanadi, ular ogʻiz boʻshligʻida ajralib chiqib, masalan chaynash oqibatida, shilliq qavatni shikastlashi (masalan, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatida yara paydo qilishi) mumkin. Shuning uchun Mezim® forteni butunligicha yutish kerak.

 

Boshqa dorilar va Mezim® forte

Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, yaqinda qabul qilgan boʻlsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin boʻlgan boʻlsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Pankreatin saqlovchi preparatlarni qabul qilish, organizmda folat kislotasining soʻrilishini yomonlashtirishi mumkin, natijada folat kislotasini qoʻshimcha qabul qilish talab qilinishi mumkin.

Akarboza va miglitolning (peroral diabetga qarshi preparatlar) gipoglikemik samarasi, Mezim® forte bilan bir vaqtda qoʻllanganida pasayishi mumkin.

 

Homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador boʻlsangiz yoki emizsangiz, homiladorligingizni taxmin qilayotgan boʻlsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, preparatni qoʻllashdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Mezim® forteni homiladorlikda qoʻllash boʻyicha yetarli tajribalar yoʻq. Homiladorlikka, homilani rivojlanishiga, tugʻruq va postnatal rivojlanishga nisbatan hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimentlardan olingan maʼlumotlar yetarli emas.

Preparatni qoʻllashda odamda boʻlishi mumkin boʻlgan xavf nomaʼlum. Homiladorlikda va emizish davrida Mezim® forteni qoʻllash tavsiya etilmaydi, faqat davolovchi shifokor preparatni qoʻllash mutloq zarur degan qarorga kelgan holatlar bundan mustasno.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Mezim® forte transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi yoki ahamiyatsiz darajada taʼsir koʻrsatadi.

Mezim® forte va azorubin

Preparat azorubin laki (Ye 122) boʻyovchisi saqlaydi, u allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

 

Mezim® forteni qanday qabul qilish kerak

Dori vositasini ushbu ilova-varaqadagi koʻrsatmaga qatʼiy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar sizda shubhalar tugʻilsa davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Dozalash:

Tavsiya etilgan doza:

Mezim® fortening 1-2 tabletkasi ovqat qabul qilish vaqtida (3500-7000 birlik lipaza bir ovqat qabul qilishga toʻgʻri keladi)

Mezim® forte preparatining buyuriluvchi dozasi ovqat hazm qilishning buzilishini ogʻirlik darajasiga bogʻliq va shaxsiy ravishda tanlanadi.

Zarur boʻlgan hollarda preparatning koʻrsatilgan dozasini oshirish mumkin.

Ovqatning turiga va ovqat hazm qilishning buzilishini aniqlangan yoki taxminiy ogʻirlik darajasiga qarab, ovqat qabul qilish vaqtida yana plyonka qobiq bilan qoplangan 2-4 tabletkani qabul qilish kerak.

Fermentning sutkalik dozasi 1 kilogramm tana vazniga  15000-20000 TB lipazadan oshmasligi kerak.

Bolalarda va oʻsmirlarda qoʻllanishi

Preparatni bolalar uchun dozalash masalasini shifokor hal qiladi.

Qoʻllash usuli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar yetarli miqdorda suyuqlik bilan birga butunligicha yutiladi. Tabletkalarni butunligicha yutilishini nazorat qiling, chunki Mezim® fortening samaradorligi tabletkalarni chaynash natijasida pasayadi, tarkibidagi fermentlar ogʻiz boʻshligʻida ajralib chiqishi natijasida esa ogʻiz boʻshligʻi shikastlanishi mumkin. Bundan soʻng yetarli miqdorda suyuqlik (suv yoki sharbat) ichish kerak.

Davolash davomiyligi

Preparatni uzoq vaqt davomida doimiy qabul qilish masalasini shifokor belgilaydi. Agar ahvol yaxshilanishi kuzatilmasa yoki yomonlashsa shifokoringizga murojaat qiling.

Bolalarda va oʻsmirlarda qoʻllanishi

Preparatni bolalar uchun dozalash masalasini shifokor hal qiladi.

 

Agar Siz Mezim® fortening tavsiya qilingan dozasini oshirgan boʻlsangiz

Mezim® forte preparatining tavsiya qilingan dozasiga qaraganda, yuqoriroq dozalarda qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Zararli oqibatlardan xavfsiramasa ham boʻladi.

 

Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Preparatning oʻtkazib yuborilgan dozasining oʻrnini bosish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang, davolashni tavsiyalarga muvofiq davom ettiring.

 

Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni toʻxtatgan boʻlsangiz

Agar Siz Mezim® forteni qabul qilishni vaqtidan oldin toʻxtatgan boʻlsangiz yoki davolashni toʻxtatsangiz, Sizda yana simptomlarni takrorlanishini sezishingiz mumkin. Shifokoringizga murojaat qiling.

Agar Sizda bu preparatni qoʻllash usuli boʻyicha aniqlanmagan savollar qolgan boʻlsa, dorixona xodimiga murojaat qiling.

Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar

Barcha boshqa dori vositalari kabi Mezim® forte ham nojoʻya taʼsirlarga ega boʻlishi mumkin, lekin ular hammada ham boʻlmaydi.

Juda kam hollarda: 10000 patsiyentdan 1 tasida kuzatilishi mumkin

  • Pankreatinni yuqori dozalarda qabul qilgan mukovissidozli patsiyentlarda (Mezim® fortening taʼsir etuvchi moddasi), ichakning pastki boʻlimlarini torayish hollari taʼriflangan.
  • Shuningdek pankreatin qabul qilinganidan keyin meʼda-ichak yoʻllari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan (masalan, diareya, meʼdada diskomfort va koʻngil aynishi).
  • Pankreatin qabul qilinganidan keyin tezkor turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, teri toshmalari, aksirish, koʻz yoshlanishi va bronxlar spazmi natijasida hansirash kabi) taʼriflangan.

Tez-tezligi nomaʼlum (bor maʼlumotlar asosida baholab boʻlmaydigan):

  • Mukovissidozli patsiyentlarda, ayniqsa pankreatinni yuqori dozada qabul qilinganidan keyin siydik bilan siydik kislotasining chiqarilishi oshishi mumkin. Shuning uchun mukovissidozli bemorlarda davolashdan oldin, toshlarning paydo boʻlishi xavfini kamaytirish uchun siydik kislotasining miqdorini aniqlash uchun siydik tahlilini oʻtkazish tavsiya qilinadi.

Azorubin laki (Ye122) allergik reaksiyalar paydo boʻlishini chaqirishi mumkin.

Nojoʻya taʼsirlar haqida xabar berish

Agar Siz oʻzingizda biron-bir nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlganini sezsangiz shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada koʻrsatilmaganlariga ham tegishli.

Siz shuningdek, V ilovada koʻrsatilgan bevosita Milliy axborot tizimi orqali ham nojoʻya taʼsirlar yuzasidan xabar berishingiz mumkin.

Nojoʻya taʼsirlar yuzasidan xabar berib, Siz ushbu dori vositasini xavfsizligi toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot toʻplashga yordam berishingiz mumkin.

 

Mezim® forteni qanday saqlash kerak

Ushbu dori preparati bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Mezim® forte qutida koʻrsatilgan “goden do:” yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuniga muvofiq keladi.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiya yoki mahalliy chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dori preparatlarini utilizatsiyasi masalalari boʻyicha dorixona xodimiga murojaat qiling.

Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilishga yordam beradi.

 

Oʻram ichidagisi va boshqa maʼlumot

Mezim® forte quyidagilarni saqlaydi

Taʼsir etuvchi modda:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkada minimal faollikka ega boʻlgan taʼsir etuvchi modda pankreatin saqlaydi

lipaza                        3500 TB Ph.Eur.

amilaza                      4200 TB Ph.Eur.

proteaza                     250 TB Ph.Eur.

 

 

Yordamchi moddalar:

Yadrosi:

mikrokristall sellyuloza; kraxmalning natriyli glikolyati (A turi) tuzi; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati

Qobigʻi:

30% li poliakrilat dispersiyasi (quruq massa), gipromelloza, talk, simetikon emulsiyasi (quruq massa), makrogol 6000, azorubin laki (Ye 122), titan dioksidi (Ye171).

 

Mezim® forte preparatining tashqi koʻrinishi va oʻramning ichidagisi

Mezim® forte pushti, yassi, silindr shaklli, deyarli yassi parallel yuzali va chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalardan tashkil topgan.

10, 20, 40, 80 va 100 tabletka oʻramda chiqariladi.

Tabletkalarni oʻrami sifatida bukiladigan, bosib chiqariladigan karton quti qoʻllaniladi. Birlamchi oʻrami: OPA/alyuminiy/PVX va qattiq alyumindan tayyorlangan plyonkadan tashkil topgan blister, hamda PVX/PE/PVDX va qattiq alyumin folgadan tayyorlangan plyonkadan tashkil topgan blister.

Sotuvda oʻramning hamma oʻlchamlari boʻlmasligi ham mumkin.  

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retseptisiz.