Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Метронидазол-GR ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Метронидазол-GR ТАБЛЕТКА 250мг №10

1 500 so'mdan
(1204)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
metronidazole
Ishlab chiqaruvchi
Grace pharma ООО
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Антибактериальные средства
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

Tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Metronidazol – 250 mg.

yordamchi moddalar: makkajoʻxori kraxmali 50,0 mg; dekstrin 5,0 mg; magniy stearati 1,0 mg.

 

 

Taʼrifi:

 Sariq, dumaloq bir tomoni riskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Protozoylarga qarshi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Metronidazolning taʼsir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy jihatdan qaytarilishiga bogʻliq. Qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNKsi bilan oʻzaro taʼsir qilib, ularning nuklein kislotalarini sintezini ingibirlaydi, bu bakteriyaning nobud boʻlishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol.

Amoksitsillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan (amoksitsillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini bostiradi) faollik namoyon qiladi.

Metronidazolga ayrim aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik taʼsir qiladi.

Oʻsmalarning nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizatsiya (disulfiramsimon taʼsir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni ragʻbatlantiradi.

Farmakokinetikasi

Metronidazol meʼda-ichak yoʻllaridan (MIY) tez soʻriladi (kamida 80%).

Ovqat metronidazolning soʻrilish tezligi va qondagi maksimal konsentratsiyasini pasaytiradi. Metronidazol organizmning koʻpchilik toʻqimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Shuningdek yoʻldosh toʻsigʻidan va koʻkrak sutiga oson oʻtadi. Biologik yarim parchalanish davri 6-8 soatni tashkil qiladi.

Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda metronidazolning yarim parchalanish davri uzayishi mumkin.

Metronidazol va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi, shuning uchun siydik toʻq yoki qizil-jigarrang rangga boʻyalishi mumkin.

Metronidazol organizmdan gemodializ yoʻli bilan chiqarilishi mumkin.

 

Qoʻllanilishi

Protozoyli infeksiyalar: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonadali vaginit, trixomonadali uretrit.

Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va boʻgʻimlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, oʻpka empiyemasi va abssessi.

Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infeksiyalar: qorin boʻshligʻining infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq aʼzolarining infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravogʻi infeksiyalari), teri va yumshoq toʻqimalarining infeksiyalari, sepsis.

Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qoʻllash bilan bogʻliq).

Helicobacter pylori bilan bogʻliq boʻlgan gastrit yoki oʻnikki barmoq ichak yarasi.

Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, toʻgʻri ichak atrofi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish.

Oʻsmalari boʻlgan bemorlarda nur bilan davolashda – oʻsmaning chidamliligi oʻsma hujayralaridagi gipoksiya bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, radiosensibillovchi vositasi sifatida qoʻllaniladi.

Asetaldegidrogenazani susaytirib, qonda atsetaldegid miqdorini oshiradi va organizmni alkogolli ichimliklar taʼsiriga sensibilizatsiyasini chaqiradi. Alkogolizmi boʻlgan bemorlarni davolashda qoʻllash mumkin.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Trixomonadoz

Diqqat! Davolanish bir vaqtda ikkala jinsiy sherikda oʻtkazilishi kerak.

Ayollar – peroral 250 mg dan (1 tabletka 250 mg) kuniga ikki marta ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida, 10 kun davomida qoʻllanadi.

Hayz koʻrish davrida davolashni toʻxtatish kerak emas.

Erkaklar – peroral odatda 250 mg dan (1 tabletka 250 mg) kuniga 2 marta ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida, 10 kun davomida buyuriladi.

Amebiaz

Kattalar: peroral 750 mg (3 tabletka 250 mg) dan kuniga 3 marta, 5-10 kun davomida buyuriladi.

Bolalar: peroral sutkada tana vazniga 35-50 mg/kg dan 3 ga taqsimlangan dozada, 10 kun davomida buyuriladi.

Lyamblioz

Peroral qoʻllanadi.

Bolalar: 2 dan 5 yoshgacha: 250 mg li 1/2 tabletka kuniga 2 marta (sutkalik doza 250 mg); 6 dan 10 yoshgacha: 250 mg li 1/2 tabletka kuniga 3 marta (sutkada 375 mg); 10 yoshdan oshganlarga: 250 mg li 1 tabletka kuniga 2 marta (sutkada 500 mg) buyuriladi.

Preparat odatda ertalab va kechqurun 5-10 kun davomida qabul qilinadi. Agar zarurati boʻlsa, davolashni 4-6 hafta oʻtgach takrorlash mumkin.

Anaerob bakteriyalari chaqirgan infeksiyalar

Metronidazolni monoterapiyada yoki boshqa antibakterial vositalari bilan birga qoʻllash mumkin. Oʻrtacha davolash davri 7 kundan oshmasligi kerak.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 250 mg li 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin buyuriladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga: tana vazniga 7,5mg/kg dan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin buyuriladi.

Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish (qorin boʻshligʻidagi, ginekologiya va akusherlikdagi xirurgik operatsiyalardan oldin)

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: avval 1 g (250 mg li 4 tabletka) bir martalik dozada, soʻng 250 mg li 1 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin, operatsiyadan oldingi ochlik vaqtigacha buyuriladi.

5 dan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: 125 mg dan har 8 soatda 2 kun davomida buyuriladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar: tana vazniga 5 mg/kg har 8 soatda 2 kun davomida buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, ichak sanchigʻi, qabziyatlar, ogʻizda “metall” taʼmi, ogʻizni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, taʼsirchanlik, depressiya, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh ogʻrigʻi, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: qaytuvchi neytropeniya, leykopeniya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini giperemiyasi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigar rangga boʻyalishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davri.

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik (II-III uch oyliklari), buyrak/jigar yetishmovchiligi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bilvosita antikoagulyantlarning taʼsirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil boʻlishi vaqtini uzayishiga olib keladi.

Davolanish davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramga xos reaksiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik ogʻriqlar, koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, yuzga toʻsatdan qon oqib kelishi).

Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibirlaydi, bu qon zardobida uning konsentratsiyasini oshishiga va nojoʻya taʼsirlarining rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlarini ragʻbatlantiruvchi (fenobarbital, fenitoin) preparatlarni bir vaqtda buyurish, metronidazolni chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi konsentratsiyasi pasayadi.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, plazmadagi litiy konsentratsiyasini oshishi va intoksikatsiya belgilari rivojlanishi mumkin.

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi taʼsirini kuchaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

18 yoshgacha boʻlgan patsiyentlarda amoksitsillin bilan majmuada qoʻllash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonning rivojlanish xavfiga bogʻliq.

Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatlarning yomonlashishi davolashni toʻxtatilishini talab qiladi.

Ayollardagi trixomonadali vaginitni va erkaklardagi trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Davolash hayz koʻrish vaqtida toʻxtatilmaydi. Trixomaniazni davolashdan keyin hayz koʻrishning navbatdagi uch sikli oldidan va keyin nazorat sinamalarini oʻtkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agar kasallik belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oraligʻida ahlatning 3 marta tahlilini oʻtkazish lozim (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani oʻzlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida, lyamblioz simptomlarini eslatib saqlanib turishi mumkin).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Laktatsiya davrida emizishni toʻxtatish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, ataksiya.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir buyurish, gemodializ oʻtkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletka PVX va alyuminiy folga blisterda. 1, 2 yoki 10 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.