Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Метролан РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Метролан РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 100мл №1

5 747 so'mdan
(3675)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Metronidazole
Ishlab chiqaruvchi
РЕКА МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Противопротозойные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

infuziya uchun eritma

 

Tarkibi:

faol moda: metronidazol – 0,5 g;

yordamchi moddalar: inyeksiya uchun suv – 100 ml gacha.

 

Taʼrifi:

yashil rangli biroz sargʻish tusli tiniq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

protozoylarga qarshi vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Protozoylarga va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Taʼsir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va soddalarning hujayra ichki transport oqsillarning 5-nitroguruhini biokimyoviy jihatidan qaytarilishiga bogʻliq. Qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibirlab, oʻzaro taʼsir qiladi, bu bakteriyani nobud boʻlishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides  thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol. Ushbu shtammlar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Amoksitsillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan (amoksitsillin metronidazolga nisbatan chidamlilikni rivojlanishini susaytiradi) faollik namoyon qiladi.

Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik taʼsir qiladi.

Onkologiya amaliyotida oʻsmalarni nurlanishga boʻlgan sezgirligini oshiradi, alkogolga nisbatan sensibilizatsiya (disulfiramsimon taʼsir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni ragʻbatlantiradi.

Farmakokinetikasi

Toʻqimalarga yuqori kirish xususiyatiga ega, organizmning koʻpchilik toʻqima va suyuqliklarida, shu jumladan oʻpka, buyrak, teri, jigar, orqa miya suyuqligi, miya, safro, soʻlak, amniotik suyuqlik, abssess boʻshligʻi, qin sekreti urugʻ suyuqligi, koʻkrak sutida bakteritsid konsentratsiyalarga erishiladi, gemato-ensefalik va yoʻldosh toʻsigʻidan oʻtadi. Taqsimlanish hajmi: kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tugʻilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg ni tashkil qiladi.

Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 10-20% tashkil qiladi.

Qondagi maksimal konsentratsiyaga Smax 30-60 minutdan keyin, erishiladi, terapevtik konsentratsiyasi esa, 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal konsentratsiyasi (Smin) keyingi yuborishda – 18 mkg/ml ni tashkil qiladi. Normal safro hosil boʻlishida metronidazolning safrodagi konsentratsiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi konsentratsiyasidan ancha yuqori boʻlishi mumkin.

Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukouronlanish yoʻli bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Jigarning normal faoliyatida yarim chiqarilish davri (T½) – 8 soat, jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tugʻilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tugʻilganlarda, muvofiq ravishda, taxminan – 75 soat, 32-35 haftaligida– 35 soat, 36-40 haftaligida tugʻilganlarda – 25 soatni tashkil qiladi. Buyrak orqali – 60-80%, (20% oʻzgarmagan holda), ichak orqali – 6-15% chiqariladi.

Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida toʻplanib qolishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyrak faoliyatni ogʻir buzilishlari boʻlgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T½ 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Protozoy infeksiyalar: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonadali vaginit, trixomonadali uretrit, Bacteroides spp. ning turlari (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides  thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus) tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: suyak va boʻgʻimlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, oʻpka empiyemasi va abssessi.

Bacteroides turlari, shu jumladan  Bacteroides fragilis guruhi, Clostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: qorin boʻshligʻining infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq aʼzolarining infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravogʻi infeksiyalari), teri va yumshoq toʻqimalarining infeksiyalari, sepsis.

Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qoʻllash bilan bogʻliq),

Helicobacter pylori, alkogolizm bilan bogʻliq boʻlgan gastrit yoki oʻnikki barmoq ichak yarasi.

Operatsiyadan (ayniqsa chambar ichakdagi, toʻgʻri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, apendektomiya, ginekologik operatsiyalardan) keyingi asoratlarni oldini olish.

Oʻsmalari boʻlgan bemorlarda nur bilan davolashda – oʻsmaning rezistentligi oʻsma hujayralaridagi gipoksiya bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, radiosensibilizatsiyalovchi vosita sifatida qoʻllaniladi.

Alkogolizm.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlangʻich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), keyin har 8 soatda 500 mg dan minutgiga 5 ml tezliqda. Yaxshi oʻzlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga oʻtiladi. Davlash kursi 7 kun. Zarurati boʻlganida v/i ga yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Koʻrsatmalar boʻyicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 martalik erishilgan samarani ushlab turuvchi qabul qilishga oʻtish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga xuddi shunday sxemada bir martalik 7,5 mg/ kg dozada buyuriladi.

Yiringli–septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi oʻtkaziladi.

Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i ga tomchilab operatsiya arafasida 0,5-1 g dan, operatsiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga erishilgan samarani ushlab turuvchi davolashga oʻtiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBЕ) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan oshmasligi kerak, qabul qilishlar soni – sutkada 2 martani tashkil qiladi.

Radiosensibilizatsiyalovchi vosita sifatida v/i ga tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv.m hisobidan, nur bilan davolash boshlanishidan 0,5-1 soat oldin yuboriladi.

Nur bilan davolashning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qoʻllanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qoʻllanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatidagi intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalari tomchilab yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, ichak sanchigʻi, qabziyat, ogʻizda “metall” taʼmi, ogʻizni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanashi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, taʼsirchanlik, depressiya, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh ogʻrigʻi, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiyalar.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni ushlab turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang ranga boʻyalishi. Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (ogʻriq, inyeksiya qilingan joyda qizarish va shish).

Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishchasini tekislanishi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Metronidazolning v/i ga yuborish uchun eritmasini boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.

Bilvosita  antikoagulyantlarning taʼsirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil boʻlishi vaqtini uzayishga olib keladi.

Disulfiramga oʻxshab, etanolni oʻzlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qoʻllash turli nevrologik simptomlarni rivojlanishga olib kelishi mumkin (preparatlarni buyurish oralisidagi interval – 2 haftadan kam boʻlmasligi kerak).

Simetidin metronidazolning metabolizmni ingibirlaydi, bu qon zardobida uning konsentratsiyasini oshishiga va nojoʻya taʼsirlarining rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini ragʻbatlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish, metronidazolni chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi konsentratsiyasi pasayadi.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, oxirgining plazmadagi konsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya belgilari rivojlanishi mumkin.

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi taʼsirini kuchaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar: qorinda spastik ogʻriqlar, koʻngil aynishi,qusish, bosh ogʻrigʻi, yuzni birdan qizib ketishi rivojlanishi mumkin).

18 yoshgacha boʻlgan patsiyentlarda amoksitsillin bilan majmuada qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Uzoq muddat davomida davolashda qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonni rifojlanish xavfiga bogʻliq.

Ataksiya, bosh aylanishini paydo boʻlishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni toʻxtatishni talab qiladi.

Treponemalarni immobilizatsiya qilish va soxta musbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin. Siydikni toʻq rangga boʻyaydi.

Ayollardagi trixomonadali vaginit va erkaklardagi trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Jinsiy sheriklarni albatta bir vaqtda davolash lozim. Davolash xayz koʻrish vaqtida toʻxtatilmaydi. Trixomaniazni davolagandan keyin xayz koʻrishning navbatdagi uch sikli oldidan va keyin nazorat sinamalarini oʻtkazish lozim. Lyambliozni davolagandan keyin, agar simptomlar saqlanib qolsa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oraligʻida ahlatni 3 marta tahlilini oʻtkazish lozim (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya  oqibatidagi laktozani oʻzlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin).

Laktatsiya davrida emizishni toʻxtatish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, ataksiya.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni oʻtkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

0,5% infuziya uchun eritma 100 ml dan rezina tiqinlar bilan berkitilgan, alyumin qopqoqchalar bilan qisilgan 120 ml sigʻimli shisha butilkalarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan, +25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.