Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Метотрексат ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Метотрексат ТАБЛЕТКА 2.5мг №50

45 000 so'mdan
(4089)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Methotrexate
Ishlab chiqaruvchi
СЕВЕРНАЯ ЗВЕЗДА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противоопухлевые препараты
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: spesifik simptomlari mavjud emas. Plazmadagi metotreksatning darajasiga qarab diagnostika qilinadi.

Davolash: metotreksatning mielotoksik ta‘sirini neytralizasiya qilish uchun kalsiy folinatini darhol yuborish (ichga, m/i yoki v/i). Kalsiy folinatining dozasi kamida metotreksatning dozasiga teng bo‘lishi kerak, uni birinchi soat davomida yuborish kerak; keyingi dozalar zaruratga qarab yuboriladi. Organizmning gidratasiyasi oshiriladi, preparat va uning metabolitlarini siydik yo‘llarida cho‘kmaga tushishidan saqlanish uchun siydikni ishqoriylashtirish o‘tkaziladi.

Dori shakli

 qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Folat kislotasining struktur analoglari guruhiga mansub antimetabolit hisoblanadi. O‘smalarga qarshi (sitostatik), immunodepressiv ta‘sir ko‘rsatadi. Digidrofolat kislotasini DNK sintezi uchun zarur purin nukleotidlari va timidilat sintezida bir uglerodli guruhlarning donori hisoblangan tetragidrofolat kislotasiga aylantiruvchi digidrofolatreduktaza (DGF) ni ingibisiya qiladi. Bundan tashqari, metotreksat xujayrada faqat DGF ga emas, balki folat kislotasini bog‘liq boshqa fermentlar, shu jumladan timidilatsintetaza, 5-aminoimidazol-4-karboksamidoribonukleotid (AIKAR) transa-milazaga ham ingibitor sifatida ta‘sir ko‘rsatuvchi metabolitlarini hosil qilib poliglutaminizasiyaga uchraydi.

DNK sintezi va reparasiyasi, xujayra mitozini susaytiradi, kamroq darajada RNK va oqsil sinteziga ta‘sir ko‘rsatadi. S-fazali spesifiklikka ega, xujayralarning yuqori darajadagi profiliferativ faolligiga ega to‘qimalarga nisbatan faol, xafli o‘smalarni o‘sishini tormozlaydi. O‘smalarning faol bo‘linuvchi xujayralari, shuningdek suyak ko‘migi, embrion, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, ichak, qovuq xujayralari sezgirroq.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganda so‘rilishi dozaga bog‘liq. 30 mg/m2 va undan pastroq dozada ichga qabul qilinganda MIY orqali tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi. Leykemiyasi bo‘lgan bolalarda so‘rilish darajasi 23 dan 95% gachani tashkil etadi. Doza 80 mg/m2 dan oshganda so‘rilishi ahamiyatli darajada kamayadi (ehtimol to‘yinish samarasi tufayli). Peroral yuborilganda Smax ga 1-2 soatda erishiladi. Ovqat bilan birga qabul qilish Smax ga erishish uchun zarur vaqtni taxminan 30 minutga sekinlashtiradi, lekin so‘rilish darajasi va biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Yuborish usulidan qat‘iy nazar terapevtik dozalarda qabul qilinganda gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi. Ko‘krak suti bilan ajraladi, yo‘ldosh orqali kiradi (homilaga teratogen ta‘sir ko‘rsatadi). Gidrolazalar ta‘siri ostida metotreksatga aylanishi mumkin bo‘lgan poliglutamatlar (DGF va timidilatsintetaza ingibitorlari) ni hosil bo‘lishi bilan jigar va boshqa xujayralarda metabolizmga uchraydi. Ichak mikroflorasi tomonidan (ichga qabul qilingandan keyin) qisman metabolizmga uchraydi. Poliglutaminizasiya qilingan hosilalarning ahamiyatsiz qismi to‘qimlarda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Bu faol metabolitlarning saqlanib qolish vaqti va ta‘siri davomiyligi xujayra, to‘qimaning turi va o‘smaning turiga bog‘liq. Ahamiyatsiz darajada 7-gidroksimetotreksatgacha (suvda eruvchanligi metotreksatga nisbatan 3-5 marta past) metabolizmga uchraydi. Bu metabolitning osteosarkomani davolash uchun buyuriladigan yuqori dozalarini qabul qilganda to‘planishi kuzatiladi. Yakuniy T1/2 dozaga bog‘liq xarakterga ega va metotreksatning past dozalari yuborilganda 3-10 soatni va yuqori dozalari (80 mg/m2 va undan yuqori) yuborilganda – 8-15 soatni tashkil etadi. 24 soat davomida kalavalar filtrasiyasi va kanalchalar sekresiyasi yo‘li biln asosan buyraklar orqali chiqariladi, safro bilan 10% dan kamrog‘i chiqariladi. Metotreksatning klirensi keng o‘zgaruvchan, yuqori dozalarda pasayadi. Yaqqol assit yoki plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik bo‘lgan bemorlarda preparatni chiqarilishi sekinlashadi. Takroran yuborilganda metabolitlari ko‘rinishida to‘qimalarda to‘planadi.

Qo‘llanilishi

Metotreksat folat kislotasining antagonisti hisoblanadi va antimetabolit va sitostatik agent sifatida tasniflanadi.

Metotreksat oddiy davolashga javob bermaydigan yoki jidab bo‘lmaydigan og‘ir, faol, klassik yoki ma‘lum joylashuvdagi revmatoid artriti bo‘lgan kattalarni davolash uchun ishlatiladi.

Metotreksat shuningdek davolashning boshqa turlariga javob bermaydigan og‘ir, nazorat qilib bo‘lmaydigan psoriazni davolash uchun ham ishlatiladi.

Metotreksat o‘sma kasalliklarining keng diapazonida, shu jumladan o‘tkir leykozlar, noxodjkin limfomasi, osteogen sarkoma va yumshoq to‘qimalar sarkomasi va soliz o‘smalar, ayniqsa sut bezi, o‘pka, bosh va bo‘yin, qovuq, bachadon bo‘yni, tuxumdonlarning o‘smalari va moyak karsinomasida regressiyaga erishish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi.

Revmatoid artritni davolash uchun dozalash:

Kattalar:

Oddiy davolashga javob bermaydigan yoki jidab bo‘lmaydigan og‘ir, faol, klassik yoki ma‘lum joylashuvdagi revmatoid artriti bo‘lgan kattalarga metotreksatni 7,5 mg dozada, peroral, haftada bir marta buyurish kerak. Reseptda preparatni xaftaning qaysi kuni qabul qilish vaqti aniq ko‘rsatilishi kerak.

Keksalar:

Keksa pasientlarda metotreksatni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, dori vositasining dozasini kamaytirish ehtimoli ko‘rib chiqilishi kerak.

Bolalar:

Rak ximioterapiyasidan tashqari, bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.

Psoriazni davolash uchun dozalash:

Psoriazning og‘ir shakllarini davolash uchun preparatni 10-25 mg dozada, peroral, haftada bir marta qabul qilish tavsiya etiladi. Pasientning reaksiyasi va gematologik toksiklikka qarab dozalashga tuzatish kiritish kerak. Reseptda preparatni xaftaning qaysi kuni qabul qilish kerakligi aniq ko‘rsatilishi kerak.

Rakni davolash uchun dozalash:

Individual nojo‘ya samaralarni aniqlash uchun davolashni boshlashdan bir hafta oldin tavsiya etilgan test dozasi – 5-10 mg, parenteral yuboriladi.

30 mg/m2 dan yuqori bo‘lmagan dozalar, 5 kundan uzoq bo‘lmagan muddatga buyuriladi. Preparatni qabul qilish muolajalari orasida suyak ko‘migi normal funksional holatgacha tiklanib olishi uchun dam olish davri tavsiya etiladi.

100 mg dan yuqori dozalari odatda parenteral yuboriladi va in‘eksion preparat ishlatilishi kerak. 70 mg/m2 dan yuqori dozalari leykovorin bilan himoyalash yoki preparat qabul qilingandan 24-48 soat o‘tgach metotreksatning zardobdagi darajasini miqdor jihatdan aniqlashsiz yuborilishi kerak.

Agar metotreksat majmuaviy ximioterapiya tarkibida qo‘llanilsa, boshqa dori vositalarining har qanday kesishgan toksikligini e‘tiborga olib, dozasi kamaytirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: ensefalopatiya, leykoensefalopatiya (ayniqsa bosh miyani nur bilan davolashdan keyingi bemorlar), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, uyquchanlik, afaziya, bel sohasida og‘riq, bo‘yinning orqa sohasidagi mushaklar rigidligi, tirishishlar, falaj, gemiparez, parez, dizartriya; yuqori dozalarda qo‘llanilganda: kognitiv faoliyatni tranzitor buzilishlari, emosional labillik; odatdagi bo‘lmagan kranial sezuvchanlik; ayrim hollarda – toliqish, holsizlik, ongni chalkashishi, ataksiya, tremor, ta‘sirchanlik, koma; kon‘yunktivit, ko‘p ko‘zyoshi oqishi, katarakta, yorug‘likdan qo‘rqish, bosh miya po‘stlog‘ini shikastlanishi bilan bog‘liq ko‘rlik (yuqori dozalarda).

Yurak-qon tomir tizimi (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pansitopeniya, neytropeniya, limfopeniya (ayniqsa T-limfositlar), eozinofiliya, agranulositoz, SOE ni tezlashishi, limfadenopatiya, limfoproliferativ kasalliklar, gipogamma-globulinemiya, gemorragiya, leykopeniya oqibatidagi septisemiya; kam hollarda – perikardit, ekssudativ perikardit, gipotenziya, tromboembolik o‘zgarishlar (arterial tromboz, serebral tromboz, chuqur venalar trombozi, buyrak venasi trombozi, ko‘z to‘r pardasi trombozi, tromboflebit, o‘pka emboliyasi).

Respirator tizim tomonidan: kam hollarda – interstisial pnevmonit, o‘pka fibrozi, o‘pka infeksiyalarini zo‘rayishi, nafas yetishmovchiligi, alveolit, interstisial pnevmonit (shu jumladan fatal), O‘SOK.

MIY a‘zolari tomonidan: gingivit, faringit, yarali stomatit, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, yutishni qiyinlashishi, melena, gematemezis, MIY shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, me‘da-ichakdan qon ketishi, enterit, jigarni shikastlanishi, jigar fibrozi va sirrozi, o‘tkir gepatit, jigar yetishmovchiligi, gipoalbuminemiya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi (uzluksiz yoki uzoq muddatli davolanayotgan pasientlarda ehtimoli yuqori), pankreatit.

Siydik-jinsiy tizim tomonidan: sistit, nefropatiya, buyrak yetishmovchiligi, azotemiya, gematuriya, proteinuriya, giperurikemiya yoki yaqqol nefropatiya, dismenoreya, barqaror bo‘lmagan oligospermiya, oogenez va spermatogenez jarayonlarini buzilishi, fetal nuqsonlar, libidoni pasayishi, impotensiya, dismenoreya, qindan ajralmalar, ginekomastiya, bepushtlik, o‘z-o‘zidan bola tashlash, homilani nobud bo‘lishi.

Teri qoplamalari tomonidan: teri eritemasi, qichishish, sochlarni to‘kilishi (kam hollarda), fotosensibilizasiya, ekximoz, xusnbuzarsimon toshma, furunkulyoz, kepaklanish, terini de- yoki giperpigmentasiyasi, pufaklarni hosil bo‘lishi, follikulit, teleangioektaziya, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, terida yara paydo bo‘lishi va nekrozi, eksfoliativ dermatit.

Allergik reaksiyalar: isitma, qaltirash, toshma, eshakemi, anafilaksiya.

Boshqalar: immunosupressiya, infeksiyalar: hayot uchun xavf soluvchi opportunistik infeksiyalar (shu jumladan pnevmosist pnevmoniya), SMV (shu jumladan SMV-pnevmoniya), sepsis (shu jumladan fatal), kokardioz, gistoplazmoz, kriptokokkoz, Herpes zoster va Herpes simplex chaqirgan infeksiyalar (shu jumladan tarqalgan), osteoporoz, artralgiya, belda og‘riq, mialgiya, osteonekroz, sinishlar, vaskulit, qandli diabet, limfoma (shu jumladan qaytuvchan), o‘sma lizisi sindromi, yumshoq to‘qimalar nekrozi, to‘satdan o‘lim.

Revmatoid artritni davolaganda: 10% dan ko‘proq – “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish; 3-10% – stomatit, trombositopeniya (100 ming/mkl); 1-3% – teri toshmasi, qichishish, dermatit, diareya, alopesiya, leykopeniya (3000/mkl), pansitopeniya, bosh aylanishi, interstisial pnevmonit; boshqalar – gematokritni pasayishi, bosh og‘rig‘i, infeksiyalar (shu jumladan yuqori nafas yo‘llari), anoreksiya, artralgiya, ko‘krak qafasida og‘riq, yo‘tal, dizuriya, ko‘zlarda diskomfort, burundan qon ketishi, isitma, ko‘p terlash, quloqlarda shang‘illash, qindan ajralmalar.

Psoriazni davolaganda: alopesiya, fotosezuvchanlik, terida achishish hissi, terida og‘riqli eroziv blyashkalar.

Yuvenil revmatoid artritni davolaganda: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi (14%), MIY faoliyatini buzilishi (11%), shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, stomatit (2%), leykopeniya (2%), bosh og‘rig‘i (1,2%), alopesiya (0,5%), bosh aylanishi (0,2%), teri toshmasi (0,2%).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Quyidagi holatlarda metotreksatni qo‘llash mumkin emas:

  • Jigar faoliyatini ahamiyatli buzilishi (bilirubin darajasi > 85,5 mkmol/l);
  • Alkogolni suiste‘mol qilish;
  • Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi ˂20 ml/min);
  • Og‘ir o‘tkir yoki surunkali infeksiyalar (masalan tuberkulyoz yoki OITV);
  • Og‘iz bo‘shlig‘i yoki me‘da-ichak yo‘llari yaralari;
  • Metotreksat bilan davolash davrida tirik vaksinalar bilan vaksinasiya qilish.

Homilador ayollarga yuborilganda metotreksat homilani nobud bo‘lishini yoki teratogen ta‘sir chaqiradi. Psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan homilador ayollarda metotreksatni qo‘llash mumkin emas va o‘sma kasalliklari davolash uchun faqat potensial foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llanishi kerak. Tug‘ruq yoshidagi ayollar homiladorlik inkor etilmaguncha metotreksatni qo‘llamasliklari kerak va agar ular davolash vaqtida homilador bo‘lgan bo‘lsalar, homila uchun jiddiy xavf yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Agar sheriklardan biri dori vositasi bilan davolash vaqtida va erkak jinsdagi pasientda davolash tugaganidan keyin kamida uch oy davomida va ayol pasientda davolashdan keyin kamida bir ovulyasiya vaqtida metotreksat qabul qilsa, homiladorlikdan saqlanish kerak.

Chaqaloqlarda jiddiy nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkinligi tufayli, metotreksatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Alkogolizm, jigarning alkogolli kasalligi yoki jigarning boshqa surunkali kasalliklari bilan psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan pasientlar metotreksatni qabul qilmasliklari kerak.

Immun tanqislik sindromining yaqqol yoki laborator belgilari bo‘lgan psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan pasientlar metotreksatni qabul qilmasliklari kerak.

Suyak ko‘migi gipoplaziyasi, leykopeniya, trombositopeniya, anemiya kabi qonning patologik o‘zgarishlari bo‘lgan psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan pasientlar metotreksatni qabul qilmasliklari kerak.

Metotreksatga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

NYAQV, barbituratlar, sulfanilamidlar, kortikosteroidlar, tetrasiklinlar, trimetoprim, xloramfenikol, para-aminobenzoy va para-aminogippur kislotalari, probenesidni bir vaqtda qo‘llash metotreksatning intoksikasiyaga olib keluvchi kuchaygan va ta‘sirini uzayishiga olib keladi. Qonda siydik kislotasining konsentrasiyasini oshiradi, shuning uchun yondosh giperurikemiya va podagrasi bo‘lgan pasientlarda podagraga qarshi dori vositalarining (allopurinol, kolxisin, sulfinpirazon) dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin; urikozurik podagraga qarshi dori vositalarini qo‘llash metotreksat bilan davolash fonida siydik kislotasini hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq nefropatiya rivojlanishi xavfi oshishi mumkin (allopurinolni qo‘llagan afzal). NYAQV metotreksatning yuqori dozalari fonida metotreksatning konsentrasiyasini oshiradi va chiqarilishini sekinlashtiradi, bu og‘ir gematologik va me‘da-ichak intoksikasiyasi tufayli o‘limga olib kelishi mumkin. O‘rtacha va yuqori dozalarda metotreksatning infuziyasidan oldin fenilbutazonni 7-12 kun oldin, piroksikamni 10 kun oldin, diflunisal va indometasinni 24-48 soat oldin, ketoprofen va T1/2 qisqa NYAQV ni 12-24 soat oldin va u yakunlangandan keyin kamida 12 soat davomida (qondagi metotreksatning konsentrasiyasiga qarab) qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi. NYAQV ni past dozada metotreksat bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (buyrak kanalchalari tomonidan metotreksatni chiqarilishi kamayishi mumkin). Kanalchalar sekresiyasini bloklovchi dori vositalari (masalan probenesid) metotreksatni buyraklar orqali chiqarilishini kamayishi hisobiga uning toksikligi oshiradi. Retinoidlar, azatioprin, sulfasalazin, etanol va boshqa gepatotoksik dori vositalari gepatotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi. Folat saqlovchi dori vositalari (shu jumladan polivitaminlar) metotreksatning suyak ko‘migiga toksik ta‘sirini kamaytiradi. Asparaginaza xujayralar replikasiyasini ingibisiya qilish hisobiga metotreksatning o‘smalarga qarshi ta‘siri yaqqolligini kamaytiradi. Dinitrogen oksidi bilan anesteziya o‘tkazish oldindan bilib bo‘lmaydigan og‘ir mielosupressiya va stomatit rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Parenteral qo‘llash uchun asiklovir metotreksatni intratekal yuborish fonida nevrologik buzilishlar rivojlanishi xavfini oshiradi. Folat kislotasi va uning hosilalari samaradorlikni pasaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlar (kumarin yoki indandion hosilalari) ta‘sirini kuchaytiradi va qon ketishlari xavfini oshiradi. Penisillin guruhiga mansub preparatlar metotreksatning buyrak klirensini pasaytiradi. Metotreksat va asparaginazani bir vaqtda qo‘llaganda metotreksatni (ichga qabul qilganda) so‘rilishini bloklashi mumkin. Neomisin (ichga qabul qilish uchun) metotreksatning (ichga qabul qilish uchun) so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Qonda patologik o‘zgarishlarni chaqiruvchi preparatlar leykopeniya va/yoki trombositopeniyani kuchaytirishi mumkin, agar bu preparatlar suyak ko‘miga faoliyatini nisbatan metotreksat kabi ta‘sir ko‘rsatsa. Suyak ko‘migi faoliyatini susayishini chaqiruvchi boshqa preparatlar yoki nur bilan davolash samarani kuchaytiradi va suyak ko‘migi faoliyatini additiv susaytiradi. Sitarabin bilan bir vaqtda qo‘llaganda sinergik sitotoksik samara kuzatilishi mumkin. Metotreksatni PUVA-davolash (metoksalen va UBN) bilan majmuaviy davolangan psoriaz yoki zamburug‘li mikozi bo‘lgan pasientlarda teri raki aniqlangan. Nur bilan birga davolash suyak ko‘migi faoliyatini susayishi xavfini oshirishi mumkin. Tirik virusli vaksinalar bilan birga vaksina virusining replikasiyasi jarayonini intensifikasiyani, vaksinaning nojo‘ya ta‘sirini kuchayishini va tirik ham, faolsizlantirilgan vaksinalarni yuborishga javoban antitelalarni ishlab chiqarilishini pasayishini chaqirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Himoyalanmagan terini uzoq vaqt quyosh nurlari ta‘sirida bo‘lishiga yoki UBN lampasini suiste‘mol qilish mumkin emas (fotosensibilizasiya reaksiyasi kuzatilishi mumkin). Preparatni qabul qilgandan keyin 3 oydan 12 oygacha intervalda immunizasiyadan voz kechish kerak (agar shifokor tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa); bemor bilan birga istiqomat qiluvchi oila a‘zolari poliomielitga qarshi peroral vaksina bilan immunizasiyadan voz kechishlari kerak (poliomielitga qarshi vaksina qabul qilgan odamlar bilan kontaktdan saqlanish kerak yoki burun va og‘izni yopib turuvchi himoya niqobini taqish kerak).

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llash. Tadqiqotlar metotreksatning teratogen samarasini namoyish qilgan, shuning uchun uni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi pasientlar (ayollar ham, erkaklar ham) va ularning sheriklari metotreksat bilan davolash davrida va davolash tugatilganidan keyin kamida olti oy davomida samarali kontrasepsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Agar pasient ayol yoki metotreksat bilan davolanayotgan erkakning sherigi homilador bo‘lib qolsa, metotreksatning homilaga salbiy ta‘siri yuzasidan mutaxassis bilan maslahatlashishi kerak. Metotreksat ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

 

Ehtiyotkorlik choralari

Metotreksat bilan davolash vaqtida va davolagandan keyin (erkaklarga – davolagandan keyin 3 oy, ayollarga – kamida bitta ovulyasion sikl) homilador bo‘lishdan saqlanish kerak. Metotreksat bilan davolash kursi o‘tkazilgandan keyin preparatning yuqori dozalarini toksik samaralarini kamaytirish uchun kalsiy folinatini qo‘llash tavsiya etiladi. Intoksikasiyaning simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun periferik qon holatini (leykositlar va trombositlar miqdorini: avval kunora, keyinchalik birinchi oy davomida har 3-5 kunda, so‘ngra 7-10 kunda 1 marta, remissiya davrida – 1-2 haftada 1 marta), jigar transaminazalari faoligini, buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak, ko‘krak qafasi rentgenografiyasini muntazam o‘tkazish kerak. Davolashdan oldin, davolash davrida 1 marta va davolash kursi yakunlangandan keyin suyak-ko‘migida qon yaratilishi holatini nazorat qilish kerak. Diareya va yarali stomatit rivojlangan hollarda, gemorragik enterit va ichak devorini teshilishining yuqori xavfi tufayli, metotreksat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Metotreksat o‘tkir yoki surunkali gepatotoksiklik (shu jumladan jigar fibrozi va sirrozi) ga potensial olib kelishi mumkin. Surunkali gepatotoksiklik odatda metotreksatni uzoq vaqt qo‘llagandan keyin (odatda 2 va undan ko‘proq yil) yoki 1,5 g umumiy kumulyativ dozaga erishilgandan keyin rivojlanadi va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Gepatotoksik samara shuningdek yondosh anamnez (alkogolizm, semirish, qandli diabet) va keksalik yoshi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda jigar faoliyatini ob‘ektivizasiyasi uchun davolashni boshlashdan oldin yoki davolash boshlangandan 2-4 oydan keyin jigar biopsiyasini o‘tkazish tavsiya etiladi; umumiy kumulyativ doza 1,5 g va har bir qo‘shimcha 1-1,5 g dozada. Jigarning o‘rtacha fibrozida yoki sirrozning har qanday darajasida metotreksat bilan davolash bekor qilinadi; yengil shakldagi fibrozda odatda 6 oydan keyin takroriy biopsiya tavsiya etiladi. Birlamchi davolash vaqtida jigarning ahamiyatsiz gistologik o‘zgarishlari (ahamiyatsiz portal yallig‘lanish va yog‘li o‘zgarishlar) kuzatilishi mumkin, bu davolashdan voz kechish yoki to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi, lekin preparatni qo‘llagandan ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Bosh aylanishi, ongni chalkashishi va uyquchanlik kabi nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishini e‘tiborga olib, metotreksatni qo‘llaganda avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.