Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МЕТОКЛОПРАМИД ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МЕТОКЛОПРАМИД ТАБЛЕТКА 10МГ №50

5 000 so'mdan
(4846)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
METOCLOPRAMIDE
Ishlab chiqaruvchi
РОССИЯ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi

Qusish, koʻngil aynishi, turli genezli hiqichoq (shu jumladan dori vositalari chaqirgan); meʼda va ichakning atoniyasi va gipotoniyasi (shu jumladan operatsiyadan keyingi); safro chiqarish yoʻllarining diskineziyasi; reflyuks ezofagit; meʼdaning chiqish qismining funksional stenozi; qandli diabetdagi meʼdaning parezi; meʼda va oʻnikki barmoq ichak yara kasalligini zoʻrayishi (majmuaviy davolashda); meʼda-ichak yoʻllarining rentgenokontrast tekshirishlarini oʻtkazishda, duodenal zondlashda (meʼdaning boʻshashini va ingichka ichakning motorikasini tezlashtirish uchun) qoʻllanadi.

20 yoshgacha boʻlgan patsiyentlarda faqat quyidagi koʻrsatmalarda qoʻllanadi:

– ogʻir bartaraf etilmaydigan qusish (sababi aniqlanganida);

– nur bilan davolash va sitotoksik vositalarni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan qusish;

– meʼda-ichak yoʻllarini tekshirish;

– jarrohlik muolajalaridan oldingi premedikatsiya.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Metoklopramidni ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin qabul qilish kerak, tabletkalar chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Dozani shifokor belgilaydi. Kattalar uchun odatdagi doza 10 mg dan kuniga uch marta.

15-19 yoshli shaxslarga: tana vazni 60 kg dan ortiq boʻlganida 10 mg dan kuniga uch marta; 30-59 kg boʻlganida 5 mg dan kuniga uch marta.

Diagnostik muolajalarni bajarishdan 5-10 min oldin bir marta kattalar uchun 10-20 mg dan, oʻsmirlarga – 10 mg dan buyuriladi.

 

 

Dori shakli: 

tabletkalar 10 mg.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metoklopramid gidroxloridi – 10 mg;

yordamchi moddalar – laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kalsiy stearati.

 

Taʼrifi: 

oq yoki deyarli oq rangli, faskali tabletkalar, marmarlikka yoʻl qoʻyiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Qusishga qarshi vositalar – D2-dopamin retseptorlarining blokatorlari. Meʼda-ichak yoʻllarining motorikasini ragʻbatlantiruvchilari.

 

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: davolashni boshida qabziyat, diareya boʻlishi mumkin; kam – ogʻizni qurishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: davolashni boshida charchoqlik hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, depressiya, akatiziya boʻlishi mumkin. Metoklopramid bilan davolashda mushak tonusini buzilishlari, qoʻl-oyoqlarning ixtiyorsiz harakatlari, yuz mushaklarini qisqarishi va qiyshiqboʻyin koʻrinishidagi ekstrapiramid simptomlar paydo boʻlishi mumkin. Bunday simptomlar koʻpincha yoshlarda, shuningdek metoklopramid katta dozalarda qoʻllanganida paydo boʻlishi mumkin. Bunday reaksiyalar qabul qilish toʻxtatilganidan keyin 24-48 soat davomida oʻtib ketadi. Keksa yoshli shaxslarda (ayniqsa ayollarda) metoklopramidning katta dozalari ishlatilganida, koʻpincha qaytmas kechki diskineziya (lablarni tishlash, lunjlarni shishirish, tilning tez yoki chuvalchangsimon harakatlari, nazorat qilinmaydigan chaynash harakatlari, qoʻl va oyoqlarning nazorat qilinmaydigan harakatlari) rivojlanishi mumkin. Bunday asorat rivojlanganida metoklopramid bilan davolashni darhol toʻxtatish kerak.

Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz (davolashni boshida).

Endokrin tizimi tomonidan: kam – galaktoreya, ginekomastiya, hayz koʻrish siklining buzilishlari (uzoq vaqt katta dozalarda qoʻllanganida).

Allergik reaksiyalar: kam – teri toshmasi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, meʼda-ichakdan qon ketishi, meʼdaning chiqish qismini stenozi, mexanik ichak tutilishi, meʼda yoki ichak perforatsiyasi, meʼda va/yoki ichakdagi operatsiyalardan keyingi birinchi 3-4 kun, feoxromotsitoma, ekstrapiramid buzilishlar, tutqanoq, prolaktinga bogʻliq oʻsmalar, homiladorlik, 15 yoshgacha boʻlgan bolalar, laktatsiya davri, metoklopramidga yuqori sezuvchanlik.

 

Ehtiyotkorlik choralari

Bronxial astmada, arterial gipertenziyada, Parkinson kasalligida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, keksa yoshlilarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Xolinesteraza ingibitorlari taʼsirini susaytirishi mumkin.

Tetratsiklin, ampitsillin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi, levodopa, etanolni soʻrilishini kuchaytiradi, bromokriptin va siklosporinning (uning qondagi konsentratsiyasini nazorat qilish kerak) biokiraolishligini oshiradi; digoksin va simetidinni soʻrilishini kamaytiradi. N2-gistamin retseptorlari blokatorlarining samarasini susaytiradi.

Metoklopramidni neyroleptiklar bilan birga buyurishga yoʻl qoʻyilmaydi (ekstrapiramid buzilishlarning paydo boʻlishini xavfi oshadi).

Metoklopramid gepatotoksik vositalar bilan majmuada qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlarining xavfini oshiradi.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Metoklopramid bilan davolash davrida alkogol va spirt saqlovchi dori vositalarini isteʼmol qilish mumkin emas.

Jigar va buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi

Jigar va buyraklar faoliyatining klinik ahamiyatli buzilishlari boʻlgan bemorlarda dori vositasining dozasini kamaytirish lozim.

Bolalarda va keksa yoshli shaxslarda qoʻllashning oʻziga xosligi

15 yoshgacha boʻlgan bolalarda metoklopramidni qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Oʻsmirlarda va yoshlarda (15-19 yosh), shuningdek keksa yoshli shaxslarda metoklopramid bilan davolashda ekstrapiramid reaksiyalar paydo boʻlishini xavfi yuqori.

Keksa yoshli shaxslarni metoklopramid bilan 12 haftadan ortiq davolash tavsiya etilmaydi. Agarda kutilgan terapevtik samara kechki diskineziyani rivojlanish xavfidan yuqori boʻlsa, davolash 12 haftadan oshishi mumkin.

Homiladorlikda va emizishda qoʻllanishi

Metoklopramidni homiladorlikda qoʻllash mumkin emas. Metoklopramid koʻkrak sutiga kiradi, shuning uchun uni qabul qilishda bolani koʻkrakdan ajratish kerak.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Davolash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipersomniya, arterial bosimni oʻzgarishi, bradikardiya bilan kechuvchi yurak-tomir tizimining faoliyatini buzilishi, dezoriyentatsiya va ekstrapiramid buzilishlar. Simptomlar qabul qilinganidan soʻng 24 soat saqlanib turadi.

Davolash: ogʻir zaharlanishda va ekstrapiramid buzilishlarda siklodol (kattalar uchun dozasi 2-4 mg, bolalar uchun 0,04 mg/kg tana vazniga) buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

10 yoki 25 tabletkadan kontur uyali oʻramda; oʻramda №10x1, №10x5, №25x1, №25x2.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.