Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Метилурацил мазь

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Метилурацил мазь 10% 25г №1

11 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Метилурацил мазь 10% 25г №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Dioxomethyltetrahydropyrimidine
Ishlab chiqaruvchi
(Борисовский завод медицинских препаратов , Беларусь)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Farmakoterapevtik guruhi: 
Qoʻllanilishi
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dori shakli:
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Tarkibi:
Maxsus koʻrsatmalar
Taʼrifi: 
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Qoʻllash usuli va dozalari

Sirtga qoʻllaniladi. Surtmani terining shikastlangan sohalariga kuniga ikki marta yupqa qilib surtiladi. Eroziya, yaralarda antiseptiklar bilan dastlab ishlov berilgandan keyin surtiladi. Davolash muddati – toʻliq tuzalguniga qadar oʻtkaziladi.

Bolalarda surtmani qoʻllanishi samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

chandiqlanishga yordam beruvchi turli vositalar.

 

Qoʻllanilishi

Ekzema, neyrodermit, dermatitlar, yomon bitadigan yaralar, kuyishlar (reparativ bosqichda), terining eroziyalari va yaralari (shu jumladan nur bilan davolashdan keyin), orqa chiqaruv yoʻli va sut bezlari terisini yoriqlari. Shuningdek fotodermatitlarda fotohimoyalovchi vosita sifatida qoʻllaniladi.

 

Yaroqlilik muddati

3,5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Nojoʻya taʼsirlari

Qisqa muddatli achishish, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Granulyatsiyalarni koʻp boʻlishi (mahalliy qoʻllash uchun). Oʻtkir va surunkali leykozlar, qon yaratish aʼzolari tizimini boshqa xavfli kasalliklari, dori vositasining komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dori shakli:

 sirtga qoʻllash uchun surtma 100 mg/g.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dermatotrop vositalar bilan buyurish mumkin. Glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda mahalliy qoʻllash surtmani samarasini susaytiradi.

 

Tarkibi:

faol modda: metiluratsil – 1,5 g;

yordamchi moddalar: yumshoq oq parafin, suvsiz lanolin, tozalangan suv.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Toʻqimaning haddan tashqari oʻsishi bilan kechuvchi teri kasalliklarida: vegetatsiyalovchi pufakchalar, vegetatsiyalovchi piodermiya, epidermodisplaziyaning verrunoz shaklida va boshqalarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim. Dori vositasini terining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida va surunkali kasalliklarini xuruj davrida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim, sohasining katta maydonlarida xolesterin almashinuvining buzilishlari va jigarning ogʻir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllaniladi.

Homiladorlik va laktatsiya

Agar ona uchun kutilayotgan foyda homila/bola uchun potensial xavfdan yuqori boʻlganda qoʻllash mumkin.

Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va oʻramda koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Taʼrifi: 

sariq rangli, maxsus lanolin hidli surtma.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Kam hollarda – surtma yuqori dozalarda davomli qoʻllanganda periferik qon tarkibining oʻzgarishi.

 

Chiqarilish shakli

15 g dan alyumin tubalarda №1 oʻrami.

 

Saqlash sharoiti

20oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.