Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Меропенем ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Меропенем ПОРОШОК ДЛЯ ИНЪЕКЦИИ 1,0Г №1

39 900 so'mdan
(2042)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
meropenem
Ishlab chiqaruvchi
ADIPHARM LTD
Chiqarilish shakli
ПОР Д/ИН
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg va 1000 mg

 

Tarkibi:

Har bir flakon/butilka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meropenem (meropenem va natriy karbonati koʻrinishida) – 500 mg yoki
1000 mg

 

Taʼrifi: 

oqdan sargʻish ranggacha boʻlgan kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Beta-laktam antibiotigi. Karbapenemlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meropenem penitsillinlarni bogʻlovchi oqsillar (RVR) bilan bogʻlanish yoʻli orqali grammusbat va grammanfiy bakteriya xujayralarining devori sintezini ingibitsiya qilish yoʻli orqali bakteritsid taʼsir koʻrsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalari kabi meropenemning konsentratsiyasi minimal ingibitsiya qiluvchi konsentratsiyalar (MIK) dan yuqori boʻlgandagi vaqt koʻrsatkichi (T>MIK), samaradorlik bilan yuqori korrelyatsiyani namoyish qilgan. Klinika oldi modellarida meropenem qon plazmasidagi infeksion mikroorganizmlar uchun MIK dan taxminan 40% yuqori dozalar intervalidagi konsentratsiyalarda faollikni namoyish qilgan. Bu maqsadli koʻrsatkich klinik jihatdan aniqlanmagan.

Meropenemga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:

  1. grammanfiy bakteriyaning tashqi membranasining oʻtkazuvchanligi pasayishi (porinlarni ishlab chiqarishni pasayishi oqibatida);
  2. maqsadli RVR bilan yaqinligi tufayli;
  3. efflyuks nasos komponentlarining ekspressiyasini oshishi;
  4. karbapenemlarni gidrolizga uchratuvchi beta-laktamazalarni ishlab chiqarilishi.

Yevropa Ittifoqida karbapenemlarga chidamli bakteriyalar chaqirgan infeksion kasalliklar qayd etilgan.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetratsiklinlar sinfiga mansub dori vositalari bilan maqsadli mikroorganizmlarni hisobi bilan kesishgan rezistentlik mavjud emas. Shunga qaramasdan, agar rezistentlik mexanizmi xujayra membranasini oʻtkazmasligi va/yoki efflyuks nasos(lar) ni oʻzi ichiga oladigan boʻlsa, bakteriyalar antibakterial vositalarning bittadan ortiq sinfiga rezistentlik namoyish qilishi mumkin.

Mikroblarga qarshi sezgirlikni aniqlash yuzasidan Yevropa qoʻmitasi (EUCAST) tomonidan oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarda aniqlangan MIK ning chegaraviy koʻrsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Mikroorganizm

Sezgir (S), (mg/l)

Rezistent (R), (mg/l)

Enterobacteriaceae

≤ 2

> 8

Pseudomonas 

≤ 2

> 8

Acinetobacter 

≤ 2

> 8

Streptococcus A, B, C, G guruhi

≤ 2

> 2

Streptococcus pneumoniaye1

≤ 2

> 2

Boshqa streptokokklar

2

2

Enterococcus

Staphylococcus2

3 ga qarang

3 ga qarang

Haemophilus influenzae1, Moraxella catarrhalis

≤ 2

> 2

Neisseria meningitidis2,4

≤ 0,25

> 0,25

Grammusbat anaeroblar

≤ 2

> 8

Grammanfiy anaeroblar

≤ 2

> 8

Mikroorganizmlarning turi bilan bogʻliq boʻlmagan chegaraviy koʻrsatkichlar5

≤ 2

> 8

1 meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning chegarviy koʻrsatkichlari 0,25/l mg/l ni tashkil etadi.

2 MIK koʻrsatkichi sezgirlik boʻsagʻasidan yuqori boʻlgan mikroorganizmlar shtammlari kam hollarda kuzatiladi va hozirgi vaqtda aniqlanmaydi. Har qanday shunday izolyatni identifikatsiya qilish va unga nisbatan mikroblarga qarshi sezgirlik yuzasidan tahlillarni takrorlash kerak va agar natija tasdiqlansa, izolyat tekshiruv laboratoriyasiga yuboriladi. MIK koʻrsatkichlari rezistentlikning tegishli chegaraviy koʻrsatkichlaridan (kursiv bilan ajratilgan) yuqori boʻlgan verifikatsiya qilingan izolyatlar uchun klinik javob haqidagi maʼlumotlar boʻlganda, izolyatlar chidamli sifatida qayd etilishi kerak.

3 Stafilokokklarning meropenemga sezgirligi metitsillinga sezgirgik yuzasidan maʼlumotlar asosida prognoz qilinadi.

4 Neisseria meningitidis uchun meropenemning chegarviy koʻrsatkichi faqat meningitga tegishli.

5 mikroorganizmlarning turlari bilan bogʻliq boʻlmagan chegaraviy koʻrsatkichlar FK/FD maʼlumotlari asosida aniqlangan va alohida turlarning MIK taqsimlanishiga bogʻliq emas. Ular jadvalda va ilovalarda koʻrsatilmagan turlar yuzasidan qoʻllash uchun moʻljallangan.

“–” sezgirlikni aniqlash yuzasidan tekshiruv oʻtkazish tavsiya etilmaydi, chunki ushbu tur meropenem uchun optimal nishon boʻlib hisoblanmaydi.

Orttirilgan rezistentlikni tarqalishi ayrim turlar uchun geografik va vaqt jigʻatidan oʻzgarishi mumkin, shuning uchun ayniqsa ogʻir infeksiyalarni davolaganda mikroorganizmlarning rezistentligi haqidagi mahalliy maʼlumotga tayanish kerak. Mahalliy darajada mikroorganizmlarning rezistentligini tarqalganlik darajasi dori vositasini qoʻllashdan foyda kamida infeksiyalarning ayrim turlariga nisbatan shubhali darajada boʻlgan hollarda, mutaxassisga murojaat etish kerak.

Navbatdagi jadvalda patogen mikroorganizmlar klinik tajriba va kasalliklarni davolashning klinik protokollaridan kelib chiqqan holda sanab oʻtilgan.

Odatdagi sezgir turlari:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis6Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir)7Staphylococcus species (metitsillinga sezgir), shu jumladan Staphylococcus epidermidisStreptococcus agalactiae (B guruhi), Streptococcus milleri (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniaye, Streptococcus pyogenes (A guruhi).

Grammanfiy aeroblar: Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzayeKlebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniaye, Morganella morganii, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharolyticus, Peptostreptococcus species (shu jumladan P. micros, P. anaerobius, P. magnus).

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis guruhi, Prevotella bivia, Prevotella disiens.

 

Orttirilgan rezistentlik muammoli boʻlishi mumkin boʻlgan turlar:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium6,8.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter species, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.

Tabiiy rezistent mikroorganizmlar:

Grammanfiy aeroblar: Stenotrophomonas maltophilia, Legionella species.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniaye, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniaye.

tabiiy oralik sezgirlik aniqlangan turlar.

Barcha metitsillinga rezistent stafilokokklar meropenemga chidamli.

YEI ning bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik koʻrsatkichi >50%.

Farmakokinetikasi

Sogʻlom odamlarda T1/2 taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Maksimal konsentratsiyasi (Cmax) va “konsentratsiya-vaqt” egri chizigʻi ostidagi maydon (AUC) yuzasidan yuborilgan dozaga mutloq farmakokinetik proporsional bogʻliqlik mavjud emas. Doza 0,25 g dan 2 g gacha oshirilganda klirensi minutiga 287 ml dan 205 ml gacha kamayadi. 500, 1000 va
2000 mg doza vena ichiga yuborilgandan keyin 30 minut davomida Cmax taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml ni tashkil qiladi, bu AUC 39,3 62,3 va 153 mg.soat/ml ga mos keladi. Vena ichiga 500 mg 5 minut davomida oqim bilan yuborilganda Cmax – 52 mkg/ml, 1000 mg –
112 mkg/ml ni tashkil qiladi. Doza buyrak funksiyasi normal boʻlgan odamlarga 8 soat davomida yuborilganda meropenemni toʻplanishi kuzatilmaydi.

Tadqiqotda 12 nafar patsiyentlarga intraabdominal infeksiyada jarrohlik aralashuvidan keyin 1000 mg meropenem har 8 soatda yuborilgan, bunda Cmax va T1/2 bilan bir xil koʻrsatkich namoyish etilgan, lekin taqsimlanish hajmi katta – 27 l boʻlgan.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 2% ni tashkil qiladi va konsentratsiyaga bogʻliq emas. Tez (5 minut yoki undan kam) yuborilganda farmakokinetikasi bioeksponensial hisoblanadi. Meropenem organizmning koʻpgina toʻqimalari va suyuqliklari, shu jumladan oʻpka, bronxial sekretsiya, safro, orqa miya suyuqligi, ginekologik toʻqimalar, teri, fassiyalar, mushaklar va peritoneal ekssudatga yaxshi kiradi.

Metabolizmi

Meropenem mikrobiologik jihatdan faol boʻlmagan metabolit hosil qilib beta-laktam halqani gidrolizi yoʻli bilan metabolizmga uchraydi. Meropenem in vitro sharoitda imipenemga nisbatan odamning degidropeptida-I gidroliziga nisbatan past sezgirlikni namoyish qilgan.

Organizmdan chiqarilishi

Meropenem organizmdan oʻzgarmagan koʻrinishda buyraklar orqali chiqariladi; dozaning taxminan 70% (50-75%) oʻzgarmagan koʻrinishda 12 soat davomida chiqariladi. Yana 28% mikrobiologik faol boʻlmagan metaboliti koʻrinishida qaytariladi. Axlat bilan chiqarilishi dozaning taxminan 2% ni tashkil qiladi. Oʻzgargan buyrak klirensi va probenetsid samarasi meropenem filtratsiya va sekretsiyaga uchrashini koʻrsatadi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda organizmdan yarim chiqarilish davrini uzayishi aniqlangan. Sogʻlom odamlarga (CrCL > 80 ml/min) nisbatan oʻrtacha darajada buzilishlari (CrCL 33-74 ml/min) boʻlgan patsiyentlarda AUC 2,4 marta, jiddiy buzilishlari (CrCL < 2 ml/min) boʻlgan patsiyentlarda 5 marta va gemodializda (CrCL < 2 ml/min) boʻlgan bemorlarda 10 marta oshadi. Oʻrtacha va ogʻir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Meropenem gemodializ yordamida chiqariladi, gemodializ vaqti anuriyasi boʻlgan patsiyentlarga nisbatan taxminan 4 marta koʻproqni tashkil qiladi.

 

Jigar yetishmovchiligi

Jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar, ushbu patologik oʻzgarishlar meropenemning farmakokinetikasiga taʼsir koʻrsatmasligini namoyish qilgan.

Katta patsiyentlar

Katta patsiyentlarda oʻtkazilgan 32 tadqiqotlar buyrak funksiyasi ekvivalent boʻlgan sogʻlom odamlarga nisbatan ahamiyatli farmakokinetik farqlarni namoyish qilmagan. Intraabdominal infeksiya yoki pnevmoniyasi boʻlgan 79 nafar patsiyentlar asosida ishlab chiqilgan populyatsion model markaziy xajmni patsiyentning tana vazniga va kreatinin klirensi va yoshiga bogʻliqligini namoyish qilgan.

Bolalar

Infeksiyasi boʻlgan chaqaloqlar va bolalarda 10, 20 va 40 mg/kg doza qabul qilingandagi farmakokinetika kattalarda muvofiq ravishda 500, 1000 va 2000 mg doza qabul qilgandagiga oʻxshash Cmax ni namoyish etgan. Taqqoslash kattalardagiga oʻxshash farmakokinetikani namoyish qilgan, <6 oylik bolalardan tashqari – T1/2-1,6 soat. Meropenem klirensining oʻrtacha koʻrsatkichi – minutiga 5,8 ml/kg (6-12 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 6,2 ml/kg (2-5 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 5,3 ml/kg (6-23 oylik bolalar uchun) va minutiga 4,3 ml/kg (2-5 oylik bolalar uchun) tashkil qiladi. Dozaning taxminan 60% siydik bilan 12 soat davomida meropenem koʻrinishida, 12% – metaboliti koʻrinishida chiqariladi. Meningiti boʻlgan bolalarda meropenemning orqa miya suyuqligidagi konsentratsiyasi taxminan 20% ni tashkil qiladi, ammo ahamiyatli individual oʻzgaruvchanlik mavjud. Antibiotiklar bilan davolash zarur boʻlgan yangi tugʻilgan chaqaloqlarda klirensi oshishi kuzatilgan, T1/2 – 2,9 soat.

Keksa patsiyentlar

Keksa (65-80 yosh) patsiyentlarda oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar plazma klirensini pasayishini namoyish qilgan, bu kreatinin klirensini yoshga doir pasayishi va buyrakdan tashqari klrensini pasayishi bilan korrelyatsiya qilgan.

Ogʻir va oʻrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi holatlaridan tashqari, keksa patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda va bolalarda (3 oylikdan oshgan) meropenemga sezgir bir yoki bir nechta qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yalligʻlanish kasalliklarini davolash uchun koʻrsatilgan:

  • pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • mukovissedozda bronx-oʻpka infeksiyalari;
  • siydik chiqarish yoʻllarining asoratlangan infeksiyalari;
  • qorin boʻshligʻining asoratlangan infeksiyalari;
  • tugʻruq va tugʻruqdan keyingi infeksiyalar;
  • teri va yumshoq toʻqimalarning asoratlangan infeksiyalari;
  • oʻtkir bakterial meningit.

Meropenem neytropeniyasi boʻlgan patsiyentlarda bakterial infeksiya chaqirgan isitmani davolash uchun ishlatilishi mumkin.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash tartibi kasallikning kechishini ogʻirlik darajasi, qoʻzgʻatuvchining turi va klinik koʻrinishlariga qarab individual ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun kuniga 3 marta 2 g gacha va oʻsmirlar uchun kuniga 3 marta 40 mg/kg gacha dozalari bolalar uchun Pseudomonas aeruginosa yoki Acinetobacter species chaqirgan kasalxona ichki infeksiyalarini davolash uchun maqsadga muvofiq ravishda qoʻllanishi mumkin.

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish kerak.

Kattalar va oʻsmirlar:

Infeksiya

Har 8 soatda yuborish uchun dozalar

Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya

500 mg yoki 1 g

Mukovissidozda bronx-oʻpka infeksilari

2 g

Siydik chiqarish yoʻllarining asoratlangan infeksiyalari

500 mg yoki 1 g

Qorin boʻshligʻining asoratlangan infeksiyalari

500 mg yoki 1 g

Tugʻruq va tugʻruqdan keyingi infeksiyalar

500 mg yoki 1 g

Teri va yumshoq toʻqimalarning asoratlangan infeksiyalari

500 mg yoki 1 g

Oʻtkir bakterial meningit

2 g

Febril neytropeniya

1 g

Jigar yetishmovchiligi:

Jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa patsiyentlarda dozalash:

Buyrak funksiyasi normal yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori boʻlgan keksa bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

3 oylikdan kichik bolalar:

3 oylikdan kichik bolalarda qoʻllashning samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek optimal dozalash tartibi tekshirilmagan. Lekin farmakokinetika yuzasidan cheklangan maʼlumotlar har 8 soatda 20 mg/kg doza optimal dozalash tartibi ekanligini taxmin qilish imkonini beradi.

3 oylikdan – tana vazni 50 kg dan past boʻlgan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun:

Infeksiya

Har 8 soatda yuborish uchun dozalar

Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya

10 – 20 mg/kg

Mukovissidozda bronx-oʻpka infeksilari

40 mg/kg

Siydik chiqarish yoʻllarining asoratlangan infeksiyalari

10 – 20 mg/kg

Qorin boʻshligʻining asoratlangan infeksiyalari

10 – 20 mg/kg

Teri va yumshoq toʻqimalarning asoratlangan infeksiyalari

10 – 20 mg/kg

Oʻtkir bakterial meningit

40 mg/kg

Febril neytropeniya

20 mg/kg

Meropenem kattalar va bolalarga odatda 15-30 minut davomida tomchili infuziya koʻrinishida yuboriladi. Flakon (butilka) ichidagisi 1 dan 20 mg/ml yakuniy konsentratsiyagacha 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasida eritiladi. Qoʻllashdan oldin eritmani chayqatish kerak.

Meropenemni 5 minut davomida oqim bilan vena ichiga yuborishga yoʻl qoʻyiladi: kattalarga – 1 g gacha, bolalarga (3 oylikdan tana vazni 50 kg dan past boʻlgan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar) – tana vazniga 20 mg/kg gacha dozada. Kattalarga 2 gacha, bolalarga – tana vazniga 40 mg/kg gacha dozada vena ichiga oqim bilan yuborish mumkinligi haqida cheklangan maʼlumotlar bor. Vena ichiga oqim bilan yuborilganda dori vositasining dozasi 50 mg/ml yakuniy konsentratsiyagacha inyeksiya uchun steril suvda eritiladi.

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi gradatsiya boʻyicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: tez-tez: epigastral sohada ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, diareya, giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza, LDG faolligini oshishi; tez-tez emas: qabziyat, xolestatik gepatit; juda kam hollarda: soxtamembranoz enterokolit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligini rivojolanishi yoki chuqurlashishi, yurakni toʻxtashi, taxi- yoki bradikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, hushdan ketish holatlari, miokard infarkti, oʻpka arteriyalari tarmoqlari tromboemboliyasi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: dizuriya, shishlar, buyrak funksiyasini buzilishi (giperkreatininemiya, plazmada mochevina konsentratsiyasini oshishi), gematuriya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, koʻp shaklli ekssudativ eritema, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: bosh ogʻrigʻi, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik, xavotirlik, ongni buzilishi, gallyutsinatsiyalar; kam hollarda: tirishishlar.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda: Kvinke shishi, anafilaktik shok.

Laborator koʻrsatkichlarni oʻzgarishlari: eozinofiliya, trombotsitopeniya, neytropeniya, leykopeniya; kam hollarda: agranulotsitoz, gipokaliyemiya, leykotsitoz, giperkreatininemiya, gemolitik anemiya, qaytuvchan trombotsitopeniya, qisman chastichnogo tromboplastin vaqtini kamayishi, qonda transaminazalar darajasini oshishi, laktatdegidrogenaza darajasini oshishi, bilirubin darajasini oshishi.

Infeksiyalar va invaziyalar: tez-tez emas: oral va vaginal kandidoz.

Mahalliy reaksiyalar: yalligʻlanish, flebit, tromboflebit, yuborish joyida ogʻriq; KFK darajasini oshishi bilan kechuvchi toʻqimalarni shikastlanishi.

Boshqalar: musbat bevosita yoki bilvosita Kumbs sinamasi, anemiya, gipervolemiya, dispnoe, vaginal kandidoz va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati kandidozi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Anamnezida meropenemga yoki karbapenemlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga oʻta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktatsiya davri, 3 oylikdan kichik bolalar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Probenetsid buyrak ekskretsiyasini ingibitsiya qilib va meropenemning yarim chiqarilish davrini va konsentratsiyasini oshishini chaqirib faol kanalchalar sekretsiyasi uchun raqobatlashadi. Meropenemni probenetsid bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Karbapenemlar bilan birga qoʻllanilganda bir necha kundan keyin valproat kislotasining darajasini 60-100% ga pasayishi kuzatiladi. Shunday qilib, valproat kislotasi va karbapenemlarni birga qoʻllashdan saqlanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar: antibiotiklarni varfarin bilan qoʻllanilganda antikoagulyant samaralar kuchayadi. Antikoagulyant preparatlarni antibakterial preparatlar bilan peroral qabul qilingan vaqtda antikoagulyant samaralarni oshishi haqida xabar berilgan. Xavf infeksiya qoʻzgʻatuvchisi, patsiyentning yoshi va umumiy holatiga qarab oʻzgarishi mumkin, shuning uchun antibiotiklarni xalqaro normallashgan nisbat (XNN) ga taʼsirini baholash qiyin. Davolash jarayonida va antibiotiklar va peroral antikoagulyantlar bilan birga davolagandan keyin ayrim vaqt davomida XNN ni tez-tez aniqlash tavsiya etiladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Har bir konkret patsiyentni davolash uchun meropenem buyurilganda infeksiyaning ogʻirlik darajasi, boshqa antibakterial preparatlarga rezistentlikni mavjudligiga qarab karbapenemlarni qoʻllashni maqsadga muvofiqligini eʼtiborga olish kerak.

Deyarli barcha antibiotiklarni qoʻllagandagi kabi meropenemni qoʻllaganda soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatiladi, u ogʻirlik darajasi yengildan to hayotga xavf soluvchi shaklgacha oʻzgarishi mumkin. Meropenemni qoʻllash fonida diareya yuzaga kelganda soxtamembranoz kolit rivojlanganligi ehtimolini yodda tutish kerak. Meropenem bilan davolashni toʻxtatishni koʻrib chiqish kerak. Ichak peristaltikasini ingibitsiya qiluvchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Karbapenemlar, shu jumladan meropenem bilan davolash vaqtida tirishishlar rivojlanishi haqida tez-tez xabar berilmagan.

Boshqa karbapenemlar va beta-laktam antibiotiklari, penitsillinlar va sefalosporinlar orasida kesishgan allergik reaksiyalarning klinik va laborator belgilari mavjud. Meropenemni qoʻllaganda ham, boshqa beta-antibiotiklarni qoʻllaganda ham oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining (shu jumladan oʻlim bilan yakunlanuvchi) kam holatlari haqida xabarlar mavjud. Peropenem bilan davolashni boshlashdan oldin anamnezida beta-laktam antibiotiklariga oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga alohida eʼtibor berib, patsiyentni sinchkovlik bilan soʻroq qilish kerak. Anamnezida shunga oʻxshash koʻrinishlari boʻlgan patsiyentlarda meropenem ehtiyotkorlik bilan qoʻllanishi kerak. Agar meropenemga allergik reaksiya yuzaga kelsa, preparatni yuborishni toʻxtatish va tegishli choralarni koʻrish kerak.

Jigar kasalliklari boʻlgan bemorlarni davolash “jigar” transaminazalarining faolligi va bilirubinning konsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorati ostida olib borilishi kerak. Davolash jarayonida chidamli qoʻzgʻatuvchilar rivojlanishi mumkin, shuning uchun uzoq muddatli davolash rezistent shtammlarni tarqalganligini doimiy nazorati ostida olib boriladi.

Metitsillinga rezistent stafilokklar chaqirgan infeksiyalarda preparatni qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Meropenem bilan davolash vaqtida bevosita va bilvosita Kumbs sinamasi musbat boʻlishi mumkin.

500 mg li meropenemning bir flakoni 2,0 mmol natriy saqlaydi. 1000 mg li meropenemning bir flakoni 4,0 mmol natriy saqlaydi. Buni natriyni isteʼmol qilinishini nazorat qiluvchi (natriyning miqdori past parhezga rioya qiluvchi) odamlarda eʼtiborga olish kerak.

Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak. Agar dori vositalari darhol ishlatilmasa, saqlash muddati va sharoitiga shifokor javob beradi. Meropenemning 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan tayyorlangan eritmasini darhol, yaʼni tayyorlangandan keyin 1 soat davomida qoʻllash kerak.

Meropenemning eritmasini muzlatish mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi: homiladorlik vaqtida meropenemning klinik xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimental tadqiqotlar rivojlanayotgan homilaga biron-bir nozush samaralarni namoyish etmagan. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida homila, chaqaloq va ona uchun preparatni qoʻllashdan potensial foydasi va boʻlishi mumkin boʻlgan xavfni baholash kerak. Har bir holatda preparatni bevosita shifokor kuzatuvi ostida qoʻllash kerak. Meropenem hayvonlarning koʻkrak sutida juda past konsentratsiyalarda aniqlanadi. Davolash davrida emizishni toʻxtatish kerak.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri: meropenemni avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri haqida ishonchli maʼlumotlar yoʻq. Shunga qaramasdan, meropenemni qabul qilganda bosh ogʻrigʻi, paresteziya va tirishishlar kuzatilishi mumkinligini eʼtiborga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash vaqtida, ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda toʻsatdan dozani oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Simptomlari: spetsifik simptomlari yoʻq.

Davolash: simptomatik davolash oʻtkaziladi. Normada preparatni buyrak orqali chiqarilishi tez amalga oshadi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda gemodializ meropenem va uning metabolitlarini samarali chiqaradi.

 

Chiqarilish shakli

500 mg dan flakonlarda, 1000 mg dan flakonlarda va butilkalarda.

Flakon yoki butilka qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

Statsionarlar uchun oʻrami: 500 mg yoki 1000 mg dozali 40 flakonlar yoki 12 butilkalar yoki 1000 mg dozali flakonlar tegishli miqdordagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan guruh qutisida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.