Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МЕРКАЗОЛИЛ-ЗДОРОВЬЕ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МЕРКАЗОЛИЛ-ЗДОРОВЬЕ ТАБЛЕТКА 5МГ №50

6 000 so'mdan
(1967)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЗДОРОВЬЕ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 100% li moddaga qayta xisoblanganda 5 mg  tiamazol;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 55,7 mg; mikrokristall selyulloza – 75,8 mg; natriy karboksimetilkraxmali – 1,4 mg; kolloid kremniy dioksidi – 1,4 mg; kalsiy stearati – 0,7 mg.

 

Ta‘rifi: 

oqdan sarg‘ish yoki och sariq tuslidan oq rangligacha bo‘lgan, yassisilindrik, faska va riskali tabletkalar. Biroz «marmarlikka» yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

antitireoid vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Antitireoid preparat; qalqonsimon bezida triyod va tetrayodtironinning hosil bo‘lishi bilan bo‘lgan tironinning yodlanishda ishtirok etadigan peroksidaza fermentini bloklab, qalqonsimon bezi gormonlarining sintezini buzadi, tiroksinning (T4) ichki sekresiyasini pasaytiradi.

Bu xususiyati etiologiyasidan qat‘iy nazar tireotoksikozning simtomatik davolashni o‘tkazishga imkon beradi. Merkozolil qalqonsimon bezining follikulalaridan sintezlangan tironinning ajralib chiqish jarayoniga ta‘sir qilmaydi. Bu bilan turli davomiylikdagi yashirin davri tushuntiriladi, ular qon plazmasida triyodtironin (T3) va T4 darajasini me‘yorlashuviga mos kelishi, ya‘ni klinik manzarani yaxshilanishi mumkin. Merkazolil qalqonsimon bezining hujayralarini parchalanishidan keyin gormonlarni ajralib chiqishi oqibatida (radiofaol yod bilan davolashdan keyin yoki tireoiditda) rivojlangan tireotoksikozga ta‘sir qilmaydi. Merkazolil asosiy almashinuvni pasaytiradi, qalqonsimon bezdan yodidlarning ajralib chiqishini tezlashtiradi, sintezini va gipofiz tomonidan tireotrop gormonini chiqarilishini resiprok faollashuvini oshiradi, bu qalqonsimon bezining biroz giperplaziyasi bilan birga kechadi.

Bir marta qabul qilingan dozaning ta‘sirini davomiyligi deyarli 24 soatni tashkil qiladi.

Farmakokinetikasi

Preparat peroral qo‘llanganda yaxshi so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilishning miqdori va tezligiga ta‘sir qilmaydi. Biokirishaolishligi – 93%. Plazma oqsillari bilan amalda bog‘lanmaydi. Qalqonsimon bezining to‘qimasida to‘planadi. Oz miqdori ko‘krak sutida aniqlanadi. Taqsimlanish hajmi – 0,6 l/kg. Preparat qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 30-60 minutni tashkil qiladi,      60 mg doza peroral yuborilganida plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 1,184 mkg/ml ga yetadi. Metabolizmi nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jigarda amalga oshiriladi. Organizmdan buyraklar orqali, bunda 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi
  • tireotoksikoz;
  • tireotoksikozni jarrohlik davolashga tayyorlash;
  • tireotoksikozni radiofaol yod bilan davolashga tayyorlash;
  • radiofaol yodning ta‘sirini yashirin davrida davolash. Radiofaol yodning ta‘siri boshlangunicha (4-6 oy davomida) o‘tkaziladi;
  • umumiy holat yoki shaxsiy sabablar munosabati bilan radikal davolashni o‘tkazish mumkin bo‘lmaganida, alohida hollarda – tireotoksikozni uzoq muddatli bir maromda saqlab turuvchi davolash;
  • latent tireotoksikoz, avtonom adenoma yoki anamnezida tireotoksikoz bo‘lganida yod preparatlari buyurilganida (yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo‘llash hollarini ham qo‘shib) tireotoksikozni oldini olishda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni ichga ovqatdan keyin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish kerak. Sutkalik doza bir qabulga buyuriladi yoki ikki-uch bir martalik dozalarga bo‘linadi. Davolashning boshida bir martalik dozalar kun davomida qat‘iy bir aniq vaqtlarda qabul qilinadi.

Saqlab turuvchi dozani bir qabulda ertalabki nonushtadan keyin qabul qilish kerak.

Tireotoksikoz:

Kattalarda davolashni boshida tireotoksikozning og‘irlik darajasiga qarab, Merkazolil sutkada 3 marta (har 8 soatda) umumiy  dozada qo‘llanadi:

  • engil tireotoksikoz holida sutkada 15 mg (3 tabletka);
  • o‘rtacha nomoyon bo‘lgan tireotoksikoz holida sutkada 20-30 mg (4-6 tabletka);
  • tireotoksikozning og‘ir hollarida sutkada 40 mg (8 tabletka).

Qalqonsimon bezining faoliyati me‘yorlashganidan keyin preparat bir maromda saqlab  turuvchi doza – sutkada 2,5 dan 10 mg gacha bo‘lgan dozalarda (1/2-2 tabletka) 1 yoki 2 qabulda buyuriladi.

Homiladorlikda preparat maksimal kichik dozalarda sutkada 2,5-1 mg dan buyuriladi. Bolalarga davolashning boshida odatda sutkada 300-500 mkg/kg tana vazniga 3 qabulda buyuriladi; bir maromda saqlab turuvchi doza – sutkada 200-300 mkg/kg tana vazniga 2 qabulda.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat suvda ingichka osilmagacha eritiladi, bevosita qabul qilishdan oldin tayyorlanadi. Merkazolil bilan davolashning davomiyligi bemorning shaxsiy ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Preparatni terapevtik qo‘llash tajribasi, diffuz toksik bo‘qoqdagi tireotoksikozni davolash davomiyligi 1,5-2 yilni tashkil qilishi kerakligini ko‘rsatadi.

Tireotoksikozni jarrohlik davolashga tayyorlashda eutireoid holatiga erishilgunicha sutkada 20-40 mg dan 3-4 hafta davomida (alohida hollarda – uzoqroq) rejalashtirilgan operasiya kunigacha buyuriladi; shu vaqtdan boshlab levotiroksinni qo‘shimcha qabul qilish tavsiya etiladi. Tiamazolni qabul qilish operasiyadan bir kun oldin to‘xtatiladi. Operasiyaga tayyorlash uchun kerak bo‘lgan vaqtni qisqartirish maqsadida, qo‘shimcha beta-adrenoblokatorlar va yod preparatlari buyuriladi.

Radiofaol yod bilan davolashga tayyorlash: eutireoid holatiga erishilgunicha sutkada 20-40 mg dan buyuriladi. Ko‘rsatma: tiamazol va tiomochevina hosilalari qalqonsimon bezining to‘qimalarini nur bilan davolashga sezuvchanligini pasaytirishi mumkin.

Radiofaol yodning ta‘sirini latent davrida davolash: kasallikning og‘irligiga qarab radiofaol yodning ta‘siri boshlangungacha sutkada 5-20 mg dan (4-6 oy) buyuriladi.

Uzoq muddatli tireostatik samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash: sutkada 2,5-10 mg dan qo‘shimcha levotiroksinning kichik dozalarini qabul qilish bilan.

Latent tireotoksikoz, avtonom adenoma yoki anamnezdagi tireotoksikozdagi yod preparatlarini buyurishda (sh jumladanyod saqlovchi rentgenkontrast preparatlarni qo‘llash hollarida), tireotoksikozni oldini olish: sutkada 10-20 mg tiamazol va kuniga 1 g perxlorat kaliy 8-10 kun davomida yod saqlovchi vositalarini qabul qilishdan oldin buyuriladi.

Jigar yetishmovchiligida preparat minimal samarali dozalarda buyuriladi.

Barcha hollarda preparat bilan davolashni shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (qichishish, toshma, eshakemi), mielopoezni susayishi  (agranulositoz, granulositopeniya, trombositopeniya), aplastik anemiya, dori isitmasi, gipoglikemiya bilan bo‘lgan autoimmun sindromi, yoyilgan limfoadenopatiya, sialadenopatiya, nevrit, ta‘mni buzilishi, alopesiya, polinevrit, yuguriksimon sindrom, gipoprotrombinemiya (petexiyalar, qon ketishlar), periartrit, gepatit, xolestatik sariqlik, terini qichishishi, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘riq, artralgiya, mialgiya, paresteziyalar, yaqqol holsizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, terining giperpigmentasiyasi, shishlar, tana vaznini oshishi, kam – nefrit. Preparatning yuqori dozalari qabul qilganida subklinik va klinik gipotireoz rivojlanishi mumkin. Shuningdek qalqonsimon bezini kattalashishi boshlanishi mumkin, bu esa qonda TTG miqdorini oshishi bilan bog‘liq.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • tiamazol yoki tiomochevina hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
  • karbimazol yoki tiamazol bilan ilgari o‘tkazilgan davolash vaqtidagi agranulositoz;
  • granulositopeniya (shu jumladan anamnezdagi);
  • davolashni boshlash oldidagi xolestaz;
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkinemas.

Ehtiyotkorlik bilan

Xomiladorlarda, traxeyani torayishi bilan bo‘lgan juda katta o‘lchamli bo‘qoqli bemorlarda (faqat operasiyaga tayyorlash davrida qisqa muddatli davolash), jigar yetishmovchiligida, antikoagulyantlar, yurak glikozidlari, hamda aminofillin olayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Litiy preparatlari, beta-adrenoblokatorlar, rezerpin, amiodaron tiamazolning samarasini (uning dozasini to‘g‘rilash talab qilinadi) oshiradi.

Sulfonilamidlar, metamizol natriy leykopeniyani rivojlanish xavfini oshiradi.

Melotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi belgilarini kuchaytiradi.

Samarasini yod tanqisligi oshiradi, ko‘pligi esa (masalan, yodning katta miqdorini saqlovchi dori vositalarini qabul qilish fonida) zaiflashtiradi.

Leykogen va folat kislotasi tiamazol bilan bir vaqtda qo‘llanganida leykopeniyaning rivojlanishini xavfi kamayadi. Gentamisin tiamazolning antitireoid ta‘sirini kuchaytiradi. Tiriotoksikoz tufayli tiamazol qabul qilgan pasientlarda eutireoid holatga erishilgandan keyin yurak glikozidlarining (digoksin va digitoksin), aminofillinning qabul qilinayotgan dozalarini kamaytirish, shuningdek qabul qilinayotgan varfarin va boshqa antikoagulyantlar kumarin va indandion hosilalarining dozalarini oshirishning zarurati paydo bo‘lishi mumkin (farmadinamik o‘zaro ta‘siri).

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash vaqtida periferik qonning nazoratini o‘tkazish kerak (dozani tanlash davrida 1-2 haftalik interval bilan va tutib turuvchi davolash davrida oyiga 1 marta).

Qalqonsimon bezining traxeyani toraytiruvchi sezilarli kattalashishi bo‘lgan bemorlarda merkazolil levotiroksin bilan qisqa muddatda buyuriladi, chunki uzoq muddat qo‘llanganida bo‘qoqni kattalashishi va traxeyani yanada ko‘proq siqilish mumkin. Bemorlarni sinchiklab kuzatuvini (TTG darajasini, traxeal o‘tkazilishini nazorati) o‘tkazish kerak.

Merkazolil buyurilgan bemor isitma, etni uvishishi, yo‘tal, tomoq og‘riqlari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi, furunkullar paydo bo‘lganida, albatta shifokorga murojat qilish kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilishi kerak, chunki bu ko‘rinishlar agranulositozning belgilari bo‘lishi mumkin.

Davolash vaqtida noaniq genezli teri osti qon quyilishlari yoki qon ketishlari, yoyilgan teri toshmasi va qichishish, ko‘ngil aynishi yoki qusishlar, sariqlik, kuchli epigastral og‘riqlar va yaqqol holsizlikni paydo bo‘lishi preparatni bekor qilishni talab etadi.

Davolashni erta to‘xtatish hollarida qaytalanish bo‘lishi mumkin.

Endokrin oftalmopatiyaning paydo bo‘lishi yoki kechishini yomonlashishi, Merkazolil bilan to‘g‘ri o‘tkazilgan davolashdan bo‘lgan nojo‘ya ta‘sir emas.

Davolash tugaganidan keyin kam hollarda kechki gipotireoz paydo bo‘lishi mumkin, u preparatning nojo‘ya ta‘siri emas, balki, asosiy kasallikning chegarasida kechuvchi qalqonsimon bezining to‘qimasidagi yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar bilan bog‘liqdir.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilishi

Tiamazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va xomila qonida onadagidek konsentrasiyaga erishadi. Shuning uchun xomiladorlikda preparat faqat o‘ta zarur holda minimal samarali dozada qalqonsimon bezining gormonlari preparatlarini qo‘shimcha qabul qilmasdan shifokorning sinchikov kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak. Tiamazolning yuqori dozasi homilada bo‘qoq hosil bo‘lishi va gipotireozni chaqirishi mumkin.

Tiamazol shuningdek ko‘krak sutiga o‘tadi va unda ona qonidagi darajasiga muvofiq konsentrasiyaga yetishi mumkin. Emizish davrida tireotoksikozni davolashni davom ettirishining zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘riqlar, isitma, artralgiya, terini qichishish, shishlar. Aplastik anemiya (pansitopeniya) yoki agranulositoz birinchi soatlarda yuzaga chiqishi mumkin. Kam – gepatit, nefrotik sindrom, eksfoliativ dermatit, neytropeniya, markaziy nerv tizimini susayishi yoki rag‘batlantirilishi.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash. Tiamazolning dozasini surunkali oshirib yuborilishi qalqonsimon bezini kattalashishi va gipotireozni rivojlanishiga olib keladi. Bunday hollarda preparat bilan davolash to‘xtatiladi. Levotiroksin bilan o‘rinbosar davolash, agarda bu gipotireozning og‘irlik darajasi bilan oqlansa, o‘tkaziladi. Odatda tiamazol bekor qilinganidan keyin qalqonsimon bezining faoliyatini o‘z-o‘zidan tiklanishi kuzatiladi.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 5 mg, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.