Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Меноришан СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Меноришан СИРОП 100МЛ

17 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Меноришан СИРОП 100МЛ
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
DASMOOL,SARACA INDICA,SYMPLOCOS RACEMOSA,RUBIA CORDIFOLIA,CYPERUS SCARIOSUS,ABROMA AUGUSTA,BUTEA FRONDOSA,HEMIDESMUS INDICUS,BOERHAVIA DIFFUSA,WOODFORDIA FRUTICOSA
Ishlab chiqaruvchi
(Isshaan Healthcare , Индия)
Chiqarilish shakli
сироп
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Tarkibi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

sirop

Farmakologik xususiyatlari

Menorishan o‘tli sirop – o‘simliklardan olinadigan preparat, tarkibida qadimgi ayurvedik tibbiyot tizimida ma‘lum bo‘lgan o‘simliklar saqlaydi. Umumiy tonusni oshiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ayollar organizmini gormonal faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi, normal gormonal fonni va hayz ko‘rish siklini tiklanishiga imkon beradi, ishtaxani yaxshilanishiga yordam beradi, teri tarangligi va tonusini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetika bo‘yicha  ma‘lumotlar yo‘q.

 

Tarkibi
Faol (o‘simlikning botanik

nomi va ishlatiladigan qismi) va yordamchi moddalarning nomi

Lotincha nomi Farmakopeya Miqdori, mg 10 ml da
Faol moddalar

(25% quyuq suvli ekstrakt)

1 Klassik dashmul (ildizlari) Dasmool API 150 mg
2 Xindiston sarakasi (ildizlari) Saraca Indica API 25 mg
3 Popuksimon simpolks (ildizlari) Symplocos Recamosa API 20 mg
4 Yurakbargli marena (ildizlari) Rubia Cordiflora API 30 mg
5 Dumaloq sit (ildizlari) Cyperus Scariosus API 25 mg
6 Yuksak abroma ildizlari, po‘stlog‘i) Abroma Augusta API 20 mg
7 Bir urug‘li buteya (ildizlari) Butea Frondosa API 15 mg
8 Xindiston gemidesmusi (ildizlari) Hemidesmus Indicus API 15 mg
9 Sershox berxaviya (o‘simlakning hamma qismi Boerhavia Diffusa API 15 mg
10 Mevali vudfordiya (o‘simlikning hamma qismi) Woodfordia Fructosa API 10 mg

Ta‘rifi: och-sariqdan jigarranggacha bo‘lgan sirop.

Qo‘llanilishi

Umumiy tonusni oshiruvchi kabi va ayollarda gormonal faoliyatni tiklash uchun, umumiy xolsizlikda, toliqishda, hayz ko‘rish davrida umurtqa pog‘onasida og‘riq va muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rishda qo‘llanadi.

Ginekologik kasalliklarni oldini olish va davolash uchun (majmuaviy davolash bilan):

spesifik va nospesifik ajralmalarni (oqchillar), kichik chanoq a‘zolari yallig‘lanishi, haddan ziyod qindan va bachadondan ajralmalar va klimakterik sindromni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qo‘llanadi.

Kattalar: 2-3 choy qoshiq (10 ml dan 15 mg gacha) kuniga 3 marta.

Bolalar: 1 choy qoshiq (5 ml), kuniga 3 marta.

Yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Tibbiy ko‘rsatmalardan tashqari 24 soat davomida uch dozadan ortiq berilmasin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya etilgan dozalarda o‘simlik siropi qo‘llanganda nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatga yoki uning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yo‘q.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik vaqtida, laktasiyada, bolalar va keksa odamlarda ishlatilishida

hech qanday noxush reaksiyalar kuzatilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish xollari kuzatilmagan, lekin agar Siz siropning yuqori dozalarini qabul qilgan bo‘lsangiz va biron-bir odatdagi bo‘lmagan reaksiyalar yuz bersa, shifokor bilan maslahatlashing.

 

Saqlash sharoiti

Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yil davomida ishlatilsin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.