Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МЕЛЬДОНИЙ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МЕЛЬДОНИЙ АМПУЛЫ 100мг/мл 5мл №10

26 000 so'mdan
(2254)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
РОССИЯ
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Стимуляторы метаболических процессов
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun eritma

5 ml dan ampulalarda, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramlarda, 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Tarkibi

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meldoniy – 500,0 mg;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.

Farmakologik xususiyatlari

Meldoniy karnitinning o‘tmishdoshi bo‘lib, gamma butirobetainning (GBB) strukturali analogi bo‘lib, unda azot atomiga bir atom uglerod qo‘shilgan.

Meldoniy gamma butirobetaingidroksilazani qaytuvchan ingibisiya qilib, karnitin biosintezini kamaytiradi va xujayra qobig‘i orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarini tashilishiga to‘sqinlik qiladi, shu tarzda xujayralarda kuchli detergentlar – oksidlanmagan yog‘ kislotalarining faol shakllarini to‘planishiga to‘sqinlik qilib, xujayra membranalarining shikastlanishini oldini oladi.

Ishemiya sharoitlarida karnitin konsentrasiyasi kamayganida yog‘ kislotalarining β-oksidasiyasi kechikadi va xujayralarda kislorodga ehtiyoj oshadi, glyukozani oksidlanishi rag‘batlantiriladi va ATF ning biosintez joyidan (mitoxondriyalar) zarur bo‘lgan joyigacha (sitozol) yetkazilishi yangilanadi. Asosan xujayralar ozuqa moddalari va kislorod bilan to‘yinadi, shuningdek ushbu moddalarni ishlatilishi ko‘payadi.

O‘z navbatida karnitin, GBB avlodining biosintezi ko‘payganida, NO-sintetaza faollanadi, buning natijasida qonning reologik xususiyati yaxshilanadi va qon tomirlarning periferik qarshiligi kamayadi.

Meldoniyning konsentrasiyasi kamayganida, karnitinning biosintezi yana kuchayadi va xujayralarda yog‘ kislotalarining miqdori oshadi.

Xujayra yuklamaga chidamliligini oshishi Meldoniyning ta‘siri samarasi hisoblanadi (yog‘ kislotalarining miqdori o‘zgarganida).

Yurak–qon tomir tizimiga ta‘siri

Dori vositasi miokardning qisqarish qobiliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, miokardioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi (shu jumladan, katexolaminlar va alkogol) va yurak aritmiyalari va miokard infarktini kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Yurak ishemik kasalligi (stabil stenokardiya):

Meldoniy boshqa antianginal preparatlar bilan birgalikda stenokardiya xurujlari tez-tezligini va jadalligini, shuningdek qabul qilingan nitrogliserinning miqdorini kamaytiradi. Meldoniy tinch holatda kislorodga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Meldoniy antiaritmik samara ko‘rsatish qobiliyatiga ega. U aritmiyali yurak kasalligida, ayniqsa qorinchalar ekstrasistoliyasida samaralidir va supraventrikulyar ekstrasistoliyada kam samarali.

 

Surunkali yurak yetishmovchiligi:

Meldoniy jismoniy zo‘riqishga chidamlilikni oshiradi, NYHA tasnifi bo‘yicha yurak yetishmovchiligining I-III funksional sinfini davolashda samarali hisoblanadi, bunda pasientlarning hayot ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.

Markaziy nerv tizimiga ta‘siri:

Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida meldoniy ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, ishemiyaga uchragan sohaga qonni qayta taqsimlaydi, gipoksiya sharoitida neyronlarni chidamliligini oshiradi. Meldoniy markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek simpato-adrenal tizimini rag‘batlantirishda, stressga qarshi bosh miyada va buyrak usti bezida katexolaminlarni to‘planishida ta‘sir qiladi, stress vaqtida organizmdagi o‘zgarishlardan himoya qiladi. Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda ta‘sir ko‘rsatadi, bosh miyada o‘tkazilgan operasiyalardan keyin, jarohatlar va serebrovaskulyar kasalliklardan keyingi funksional buzilishlarni barataraf etadi. Fikrlash faoliyatlarini tiklashda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Meldoniy bosh miyada nervlarni shikastlanishini va reflektor bezilishlarni kamaytiradi, ruhiy e‘tiborni va vegetativ funksiyalarni tiklaydi. Tana vazniga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Qo‘llanilishi

Meldoniy quyidagi holatlarda majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi:

  • yurak–qon tomir kasalliklari – stabil stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA I–III funksional sinfi), ishemik kardiomiopatiya, miokard infarktidan keyingi sog‘ayish davri;
  • bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlari, serebrovaskulyar kasalliklar, boshning jarohatlaridan keyingi sog‘ayish davri.
Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘zg‘atuvchi samarasini rivojlanishi ehtimolini nazarda tutib, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.

Yurak–qon tomir kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida): vena ichiga sutkada 0,5-1,0 g dan, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi (ichga 250 mg dan; sutkada 500-1000 mg). Davolash kursining davomiyligi 4-6 haftani tashkil qiladi. Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida: vena ichiga 500 mg dan kuniga 1 marta, 2-3 hafta davomida buyuriladi. Davolash peroral dori shaklini
(250 mg) sutkada 500 mg dan qo‘llash bilan davom ettiriladi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 6 haftani tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar a‘zolar tizimi guruhlariga muvofiq tasniflangan; uchrash tez-tezligi ko‘rsatmalarida quyidagi tasnifdan foydalaniladi; juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida holatlar; noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida uchrash tez-tezligini aniqlash mumkin emas).

Qon va limfatik tizimi tomonidan: eozinofiliya*.

Immun tizimi tomonidan: tez-tez: allergik reaksiyalar

Yurak funksiyani buzilishlari: alohida hollarda: taxikardiya.

Qon tomir tizimini buzilishlari: alohida hollarda: arterial bosimini pasayishi.

Nerv  tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez: bosh og‘rig‘i; qo‘zg‘aluvchanlik*.

*Noma‘lum.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, bosh miya ichki bosimini oshishi (venoz oqimini buzilishi va

bosh miya ichidagi o‘smalarda), og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida jigar va buyrak funksiyaning surunkali kasalliklari bo‘lgan pasientlarda dori vositasini qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, jigar va buyrak funksiyani nazorati zarur.

Dori vositasini 18 yoshdan kichik bolalarda, ushbu yosh guruhida xavfsizlik va samarasi haqidagi ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli, preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarktini va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi meldoniy o‘tkir koronar sindromida birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmasligini ko‘rsatdi va uni qo‘llash zarur preparat hisoblanmaymi.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga nojo‘ya ta‘siridan saqlanish uchun, homiladorlik vaqtida dori vositasi  buyurilmaydi. Preparat ko‘krak sutiga ajralib chiqishi noma‘lum. Agar ona uchun meldoniy bilan davolanishning zarurati bo‘lsa, u holda bolani emizishni to‘xtatish lozim.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siriPsixomotor reaksiyalar tezligiga meldoniyning nohush ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Meldoniy bilan dozani oshirib yuborilishi holatlari to‘g‘risida xabar berilmagan. Preparat kam zaharli va jiddiy  nojo‘ya samaralarni chaqirmaydi. Arterial qon bosimini tez pasayishi holatida simptomatik davolash o‘tkazish lozim. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir holatlarida jigar va buyrak funksiyani nazorat qilish lozim.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.