Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Мельдоний-МИК КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Мельдоний-МИК КАПСУЛА 500мг №60

118 000 so'mdan
(2269)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МИНСКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meldoniy – 250 mg;

yordamchi moddalar: kalsiy stearati,  kartoshka kraxmali.

Qattiq jelatinli kapsula tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy lauril sufati.

 

Taʼrifi: 

oq rangli qattiq jelatinli, 1 raqamli kapsulalar.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Meldoniy – odam organizmining har bir hujayrasida boʻladigan gamma-butirobetain moddasining strukturali analogi.

Kuchli zoʻriqish sharoitlarida meldoniy hujayralarning kislorodga boʻlgan ehtiyoji va uni yetkazib berilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarda ularda modda almashinuvining zaharli mahsulotlarini toʻplanishini bartaraf etib, ularni shikastlanishlardan himoya qiladi; shuningdek tonusni oshiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Uni qoʻllash natijasida organizm zoʻriqishga chidamlilik va energetik zahiralarni tezda tiklab olish qobiliyatiga ega boʻladi. Ushbu xususiyatlari tufayli meldoniydan yurak-qon tomir tizimi faoliyatidagi, miyani qon bilan taʼminlanishidagi turli buzilishlarni davolash, shuningdek jismoniy va aqliy ishlash qobiliyatini oshirish uchun foydalaniladi. Karnitin konsentratsiyasini pasayishi natijasida qon tomirlarini kengaytiruvchi xususiyatlarga ega boʻlgan gamma-butirobetain kuchli ravishda sintezlanadi. Miokard oʻtkir ishemik shikastlanganda meldoniy nekrotik sohani hosil boʻlishini sekinlashtiradi, reabilitatsiya davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardni qisqaruvchanligini oshiradi, jismoniy zoʻriqishga tolerantlikni oshiradi, stenokardiya xurujlari sonini kamaytiradi. Miyada qon aylanishini oʻtkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya oʻchogʻida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyaga uchragan soha foydasiga qayta taqsimlashga yordam beradi. Koʻz tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samarali hisoblanadi. Preparat surunkali alkogolizm bilan xastalangan bemorlarda abstinensiya sindromida nerv tizimining funksional buzilishlarini bartaraf etadi. Nevrologik xarakterga ega buzilishlarda (miyada qon aylanishi buzilishlari, bosh miyadagi jarrohlik operatsiyalari, bosh jarohatlari, oʻtkazilgan kanali ensefalitdan keyingi) sogʻayish davrida jismoniy va intellektual faoliyatlarni tiklanish jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

 

 

Qoʻllanilishi

Quyidagi kasalliklarni kompleks davolash uchun:

  • ish qobiliyatini pasayishi bilan kechadigan jismoniy va ruhiy-emotsional zoʻriqishlarda;
  • serebrovaskulyar kasalliklar, bosh miya jarohatlari va ensefalit kasaliklaridan keyingi tiklanish davrida (shifokor tavsiyasiga koʻra) qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik doza 500 mg (2 kapsula) ni tashkil qiladi.  Barcha dozani ertalab bir marta, yoki 2 qabulga boʻlib (1 kapsuladan) qoʻllash mumkin. Qoʻzgʻatuvchi samarasini rivojlanishi ehtimolini nazarda tutib, kunning birinchi yarmida qoʻllash tavsiya etiladi.

Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.

Keksa yoshli patsiyentlar. Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda meldoniyning dozasi kamaytirilishi lozim.

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar. Meldoniyning dozasi kamaytirilishi lozim.

18 yoshgacha boʻlgan bolalarda xavfsizligi va samarasi haqidagi maʼlumotlar yoʻqligi tufayli meldoniy qoʻllanilmaydi.

Agar Siz preparatning navbatdagi dozasini qabul qilishni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, uni darhol qabul qiling. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Shifokor tavsiyalariga muvofiq preparatni qabul qilishni davom ettiring.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Meldoniy odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Biroq, sezgir patsiyentlarda, shuningdek doza oshirib yuborilganida nojoʻya samaralar kelib chiqishi mumkin.

Yurak–qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, gipotenziya, gipertenziya, qorin sohasida diskomfort va koʻkrak qafasida ogʻriq, sovuq ter  chiqishi, oqarish.

Qon va limfa tizimi tomonidan: eozinofiliya.

Nafas aʼzolari tomonidan: hansirash.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, jizzakilik, uyquni buzilishi, quloqlarda shovqin, sezish va xarakat koordinatsiyasini buzilishi, tremor, koʻrishni buzilishi, xushdan ketish.

Immun tizimi tomonidan: angionevrotik shish, terining allergik reaksiyalari (terini qizarishi, toshmalar, qichishish, shish)

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, dispepsiya, qabziyat, qorinda ogʻriq,  ogʻizni qurishi, ogʻizda metall taʼmi.

Umumiy buzilishlar: umumiy holsizlik, koʻp terlash, qizib ketish hissi, teri giperemiyasi, mushak kuchsizligi, artralgiya, belda ogʻriq. Tana vaznini oshishi, tomoqda qichishish hissi va quruq yoʻtal keyinchalik kuzatuvni talab etadi, chunki virusli kasallik simptomlari boʻlishi mumkin.

Keltirilgan nojoʻya reaksiyalar paydo boʻlganida, shuningdek yoʻriqnomada qayd etib oʻtilmagan nojoʻya reaksiya paydo boʻlganida shifokorga murojaat qilish zarur.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning har qanday yordamchi komponentlariga щta yuqori sezuvchanlik;
  • bosh miya ichki bosimini oshishi (venada qon oʻtishi buzilganida, bosh miya ichidagi shishlarda);
  • buyrak va jigar yetishmovchiligi (qoʻllash xavfsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetarli emas);
  • homiladorlik, laktatsiya davri;
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda (qoʻllash xavfsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetarli emas) qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Meldoniyni uzoq taʼsirga ega boʻlgan nitratlar va boshqa antianginal vositalar, yurak glikozidlari, diuretik preparatlar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda  qoʻllash mumkin.

Meldoniy glitseriltrinitratlar, nifedipin, beta adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatorlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Meldoniy saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qoʻllash mumkin emas, chunki nojoʻya taʼsirlarning namoyon boʻlish xavfi oshishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Anamnezida jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya etishlari lozim (jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish).

Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qoʻllanilishi. Meldoniyni  homiladorlikka, embrion/homila rivojlanishiga, tugʻruqlar va tugʻruqdan keyingi rivojlanishga taʼsiri haqida hayvonlardagi oʻtkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Insonlar uchun potensial xavfi nomaʼlum, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparat qoʻllanilmaydi. Meldoniyni ona koʻkrak sutiga ajralib chiqishi tufayli, preparatni laktatsiya davrida qoʻllanganda emizishni toʻxtatish lozim.

Avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiriga oid tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozasini oshirib yuborish holatlari toʻgʻrisida xabar berilmagan. Preparat kam zaharli va xavf soluvchi nojoʻya taʼsirlarni chaqirmaydi.

Simptomlari: arterial qon bosimi past boʻlganida bosh ogʻriqlari, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy holsizlik yuz berishi mumkin.

Davolash: simptomatik.

Dozani oshirib yuborilishining ogʻir holatlarida jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim. Qon bosimi ahamiyatli darajada tushib ketganida bosimni meʼyorlashtiruvchi dori vositalarini qoʻllash lozim.

 

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali oʻramda.

2 kontur uyali oʻramlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.