Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Мединак ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Мединак ТАБЛЕТКА 50мг+500мг №10

4 000 so'mdan
(3333)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Diclophenacum + Paracetamolum
Ishlab chiqaruvchi
MEDIWIN PHARMA
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Paratsetamol, kofeinga yoki preparatning boshqa komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik, laktatsiya davri;
  • bolalarda (12 yoshgacha) qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Agar Siz biron-bir boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, albatta shifokorni xabardor qiling!

Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishlari rivojlanishi mumkin.

Fenotiazin bilan birga qoʻllanganida, kutilmagan gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning taʼsirini kuchaytirishi va tiazid diuretiklarning diuretik va natriy uretik samarasini susaytirishi mumkin.

Boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlarini koʻpayishi va kuchayishi yuz beradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas.

Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar funksiyasini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qoʻllash vaqtida preparatning gepatotoksik taʼsirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas.

Medinak®-K koʻkrak sutiga oʻtadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish kerak.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Nojoʻya samaralarini hisobga olib, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: allergik reaksiyalar, bosh ogʻrigʻi, psixomotor qoʻzgʻalishlar, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish.

Davolash: meʼdani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 yoki 10 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 500 mg paratsetamol, 30 mg suvsiz kofein;

yordamchi moddalar: makkajoʻxori kraxmali, povidon, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, “sariq shafaq”boʻyovchisi.

 

Taʼrifi:

 ikki tomonlama qavariq, qobiqsiz, toʻq sariq rangli, kasulasimon shaklli, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Paratsetamol ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bogʻliq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi taʼsiri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri bilan bogʻliq, buning natijasida tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikni chiqarilishi kuchayadi.

Kofein charchoqlikni va uyquchanlikni kamaytirishga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishga olib keluvchi markaziy nerv tizimiga stimullovchi taʼsir koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 30-90 minut oʻtgach erishiladi. Organizmning deyarlik barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldoshga orqali oson oʻtadi va koʻkrak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo toʻplanganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari koʻrinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha oʻzgaradi. Jigar funksiyasi buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda toʻplanishiga olib keladi.

Kofein ichga qabul qilinganidan soʻng tez soʻriladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal konsentratsiyaga bir soatdan soʻng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Medinak®–K tabletkalari turli etiologiyali oʻrtacha va kuchsiz jadallikdagi ogʻriq sindromi boʻlgan bemorlarni davolashda tavsiya qilinadi, shuningdek: bosh  ogʻrigʻi, migren, mushak ogʻrigʻi, tish ogʻrigʻi, nevralgiyalar, artralgiyalar, revmatik ogʻriqlar va algodismenoreyalar, jarohatlardan keyingi ogʻriqlar. Shu bilan birga, shamollash, gripp va angina belgilarini yengillashtirish uchun qoʻllanilishi mumkin.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi.

Kattalarga: 1-2 tabletkadan bir qabulga, lekin sutka davomida 4 tabletkadan koʻp emas. Takroran  qabul qilish 4 soatdan kam boʻlmagan vaqt ichida boʻlishi lozim.

Bolalarga: 12 yoshga  toʻlmagan bolalarga tavsiya qilinmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Koʻpchilik hollarda preparat yaxshi oʻzlashtiriladi. Paratsetamolning nojoʻya samaralari odatda kuchsiz namoyon boʻladi. Gematologik tizim tomonidan reaksiyalar haqida xabarlar bor. Baʼzida toshmalar va boshqa allergik teri reaksiyalari (toshma, eritema, eshakemi) paydo boʻladi.

Odatda kofein bilan bogʻliq boʻlgan nojoʻya samaralar meʼda-ichak yoʻllarini qoʻzgʻalishi va markaziy nerv tizimini ragʻbatlantirishidir (bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori taʼsirchanlik).