Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Марвелон ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Марвелон ТАБЛЕТКА №21

840 000 so'mdan
(2067)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ORGANON
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гормональные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

Faol tabletka:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 0,150 mg dezogestrel, 0,030 mg etinilestradiol;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, povidon, stearin kislotasi, kolloid kremniy dioksidi, all-rac-alfa-tokoferol, laktoza monogidrati.

Platsebo tabletka:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati, laktoza monogidrati.

 

Taʼrifi:

Faol tabletka:oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, tabletkaning bir tomonida “5” raqami ustida “TR” va tabletkaning boshqa tomonida “ORGANON*” gravirovkasi boʻlgan tabletkalar.

Platsebo tabletka: oq, dumaloq, tabletkaning bir tomonida “5” raqami ustida “KN” gravirovkasi va boshqa tomonida “Toʻgʻri toʻrtburchak*” boʻlgan chetlari kesilgan yassi tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 kontratseptiv vosita (estrogen + gestagen)

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Majmuaviy peroral (oral) kontratseptivlarning (MOK) kontratseptiv taʼsiri turli omillarning oʻzaro taʼsiriga asoslangan boʻlib, ulardan eng muhimi ovulyatsiyani susaytirishi va servikal sekretsiyani oʻzgartirishi hisoblanadi. Kontratseptiv xususiyatlardan tashqari, salbiy samaralar bilan bir qatorda (“Nojoʻya taʼsirlari”, “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimlariga qarang), MOK bir qator ijobiy taʼsirlarga ham ega, ular kontratsepsiya usulini tanlashda hisobga olinishi kerak. Hayz koʻrishga oʻxshash reaksiyalar yanada muntazamroq boʻladi, kamroq ogʻriq va kamroq qon ketishi bilan kechadi. Soʻnggi holat yondosh kechuvchi temir tanqisligi anemiyasini uchrash tez-tezligini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, MOK ni yuqori dozalarda (50 mkg etinilestrodiol) qoʻllanganda koʻkrakning kistoz-fibroz oʻsmalari, tuxumdon kistalari, chanoq aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklari, bachadondan tashqari homiladorlik, endometriy raki va tuxumdon rakini rivojlanish xavfini kamayishi kuzatilgan.

Hozirgi vaqtga qadar past dozali MOK uchun bunday samarali xususiyatlarining tasdigʻi yoʻq.

Farmakokinetikasi

Dezogestrel

Soʻrilishi

Peroral qabul qilingan dezogestrel tez va toʻliq soʻriladi va keyin etonogestrelga aylanadi. Uning qon zardobidagi maksimal konsentratsiyasiga taxminan 1,5 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 62-81% ni tashkil qiladi.

 

Taqsimlanishi

Etonogestrel qon zardobidagi albumin va jinsiy gormonlarni bogʻlovchi globulin (JGBG) bilan bogʻlanadi. Qon zardobida etonogestrelning umumiy konsentratsiyasining faqat 2-4% erkin stereoid koʻrinishida boʻladi, 40-70% JGBG bilan spetsifik tarzda bogʻlanadi.

Etinilestradiol tomonidan chaqirilgan JGBG konsentratsiyasini oshishi qon zardobidagi oqsillari oʻrtasida taqsimlanishga taʼsir koʻrsatadi va bu JGBG –  bogʻlangan fraksiyasini oshishiga va albuminga bogʻlangan fraksiyalarni kamayishiga olib keladi. Dezogestrelning taxminiy taqsimlanish hajmi 1,5 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Etonogestrel steroid gormonlar metabolizmning maʼlum boʻlgan yoʻllari boʻyicha toʻliq metabolizmga uchraydi; qon zardobidan metabolik chiqarilish tezligi minutiga 2 ml/kg ni tashkil qiladi. Etonogestrelning bir vaqtda qabul qilinadigan etinilestradiol bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Chiqarilishi

Etonogestrelning qon zardobidagi konsentratsiyasi 2 bosqichda kamayadi. Yakuniy bosqich 30 soatni tashkil qiluvchi yarim chiqarilish davri (T1/2) bilan xarakterlanadi. Dezogestrel va uning metabolitlari buyrak va ichak orqali taxminan 6:4 nisbatda chiqariladi.

Muvozanat holatining sharoitlari

Etonogestrelning farmakokinetikasiga, konsentratsiyasi etinilestradiolning taʼsiri ostida 3 marta ortadigan JGBG darajasi taʼsir koʻrsatadi. Har kuni qabul qilinganda etonogestrelning qon zardobidagi konsentratsiyasi siklning ikkinchi yarmida doimiy qiymatga erishgan holda 2-3 martaga oshadi.

Etinilestradiol

Soʻrilishi

Etinilestradiol peroral qabul qilinganidan keyin tez va toʻliq soʻriladi. Uning qon zardobida maksimal konsentratsiyasiga 1-2 soat davomida erishiladi. Mutloq biokiraolishligi (tizimoldi konʼyugatsiyasi va birinchi oʻtish metabolizmi natijasi) taxminan 60% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Etinilestradiol qon zardobidagi albumin bilan deyarli toʻliq (taxminan 98,5% ga), lekin nospetsifik tarzda bogʻlanadi va qon zardobida JGBG konsentratsiyasini oshishiga yordam beradi. Etinilestradiolning taxminiy taqsimlanish hajmi 5 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Etinilestradiol ingichka ichakning shilliq pardasida ham, jigarda ham tizim oldi konʼyugatsiyasiga uchraydi. Etinilestradiol dastlab ham erkin holatda, ham glyukuronidlar va sulfatlar bilan birikkan konʼyugatlar koʻrinishida aniqlanadigan turli xil gidroksillangan va metillangan metabolitlarni hosil boʻlish bilan kechadigan aromatik gidroksillanish yoʻli bilan metabolizmga uchraydi. Etinilestradiolning qon plazmasidan metabolik chiqarilish tezligi minutiga taxminan 5 ml/kg ni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Etinilestradiolning qon zardobidagi konsentratsiyasi 2 bosqichda kamayadi. Yakuniy bosqich taxminan 24 soatlik yarim chiqarilish davri T1/2 bilan xarakterlanadi. Preparat oʻzgarmagan holda chiqarilmaydi, etinilestradiolning metabolitlari buyrak va ichak orqali 4:6 nisbatda chiqariladi. Metabolitlarning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan bir sutkani tashkil qiladi.

Muvozanat holatining  sharoitlari

Muvozanat konsentratsiyasiga 3-4 kun qabul qilingandan keyin, qon zardobidagi konsentratsiyasi bitta dozasi qabul qilingandan keyingi konsentratsiyadan 30-40% ga oshganida erishiladi.

 

Qoʻllanilishi

Kontratsepsiya uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Marvelon 28 ni qanday qabul qilish kerak

Tabletkalarni ichga, oʻramda koʻrsatilgan tartibda, har kuni taxminan bir xil vaqtda, agar zarur boʻlsa oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Kuniga 1 tabletkadan, katta faol tabletkalardan boshlab, 21 kun davomida qabul qilinadi, soʻngra gormon saqlamaydigan (platsebo) kichik tabletkalarni 7 kun davomida qabul qilishni davom ettirish kerak. Keyingi oʻramdagi tabletkalarni oxirgi platsebo tabletkasini qabul qilish tugagandan keyin darhol boshlash lozim. Platsebo tabletkalarini qabul qilish jarayonida hayz koʻrishga oʻxshash qon ketishi yuz beradi. U odatda soʻnggi faol tabletka qabul qilinganidan keyin 2-3 kuni boshlanadi va keyingi oʻramdan qabul qilish boshlangunicha toʻxtamasligi mumkin.

Marvelon 28 preparatini  qabul qilishni qanday boshlash kerak

– Agar gormonal kontratseptivlar soʻnggi oy davomida ishlatilmagan boʻlsa

Tabletkalarni qabul qilishni hayz koʻrish siklining 1-chi kunidan (yaʼni hayz qon ketishini birinchi kunidan) boshlash kerak. Preparatni qabul qilishni hayz siklining 2-5 kunlaridan boshlash mumkin, biroq bunday hollarda birinchi hayz siklida tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida kontratsepsiyaning qoʻshimcha (nogormonal) usulini qoʻllash tavsiya qilinadi.

– Majmuaviy gormonal kontratseptivlardan (majmuaviy peroral kontratseptivdan (MOK), vaginal halqadan yoki transdermal plastirdan) Marvelon 28 ga oʻtish

Marvelon 28 preparatini ilgari foydalanilgan MOKning soʻnggi faol tabletkasini (faol moddalarni saqlagan soʻnggi tabletkasi) qabul qilingan kundan keyingi kuni, lekin tabletkalarni qabul qilish oraligʻidagi odatdagi tanaffus tugagandan keyin uzogʻi bilan keyingi kuni yoki soʻnggi platsebo tabletkani qabul qilingandan keyin ertasidan boshlab qabul qilishni boshlagan maʼqul. Vaginal halqa yoki transdermal plastir qoʻllangan hollarda, Marvelon 28 preparatini ular olib tashlangan kundan qabul qilish lozim. Biroq preparatni qabul qilinishini yangi halqani kiritilishi yoki plastirning keyingi applikatsiyasi kerak boʻlgan kundan kechiktirmasdan boshlagan maʼqul.

Agar ayol avvalgi kontratsepsiya usulini muntazam va toʻgʻri qoʻllagan boʻlsa va uning homilador emasligiga asoslangan ishonchi mavjud boʻlsa, ayol avvalgi majmuaviy gormonal kontratsepsiya usulidan siklning istalgan kuni ushbu tabletkalardan foydalanishga oʻtishi mumkin.

Avvalgi kontratsepsiya usuliga oʻtish lozim boʻlsa, gormonlarni qabul qilish orasidagi tanaffus, uni tavsiya etilgan davomiyligidan ortiqroq muddatga oshirilishi mumkin emas.

– Tarkibida faqat progestogen (“mini-pili”, inyeksiyalar, implantat) saqlaydigin preparatlardan yoki progestagen ajratib chiqaruvchi bachadon ichi tizimidan (BIT)  Marvelon 28ga oʻtish

“Mini-pili” qabul qiluvchi ayol istalgan kuni Marvelon 28 preparatini qabul qilishga (implantat yoki BIT dan foydalanuvchi ayol – ular olib tashlangan kuni; inyeksiyalar koʻrinishidagi preparatlardan foydalanuvchi ayol – keyingi inyeksiya qilinishi kerak boʻlgan kuni) oʻtishi mumkin, lekin barcha hollarda ham Marvelon 28 preparatini qabul qilishning dastlabki 7 kuni davomida qoʻshimcha toʻsiqli kontratsepsiya usullarini qoʻllash tavsiya qilinadi.

Birinchi uch oylikda qilingan abortdan keyin

Ayol preparatni qabul qilishni darhol boshlashi mumkin. Hech qanday qoʻshimcha kontratsepsiya usulini qoʻllashga zarurat yoʻq.

– Tugʻruqdan yoki ikkinchi uch oylikda qilingan abortdan keyin

Preparatni tugʻruqdan yoki homiladorlikning ikkinchi uch oyligida qilingan abortdan keyin 21-28 kundan qabul qilishni boshlash tavsiya qilinadi. Preparatni homiladorlikning kechki muddatlarida qabul qilishni boshida birinchi 7 kuni davomida kontratsepsiyaning qoʻshimcha toʻsiqli usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Biroq, agar ayolda jinsiy aloqalar boʻlgan boʻlsa, preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish yoki birinchi hayz koʻrgunicha kutish kerak.

Venoz tromboemboliyaning (VTE) yuqori xavfi tugʻruqdan yoki abortdan keyingi davrida Marvelon 28 preparatini qabul qilish qayta boshlangan hollarda koʻrib chiqilishi kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Preparatni navbatdagi qabulni  oʻtkazib yuborilgan hollarda nima qilish kerak

Agar navbatdagi tabletkani qabul qilish 12 soatdan kamroq vaqtga kechikkan boʻlsa, kontratsepsiyaning ishonchliligi pasaymaydi. Ayol esiga tushishi bilan, tabletkani qabul qilishi, keyingi tabletkalarni esa odatdagi vaqtda qabul qilishni davom ettirishi kerak.

Agar navbatdagi tabletkani qabul qilish 12 soatdan koʻproq vaqtga kechikkan boʻlsa, kontratsepsiyaning ishonchliligi pasayishi mumkin. Bu holda quyidagi ikki qoidaga amal qilish lozim:

  1. Tabletkalarni qabul qilishni 7 kundan ortiq vaqtga toʻxtatib qoʻyish mumkin emas.
  2. Gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimini adekvat susaytirish uchun tabletkalarni 7 kun ketma-ket qabul qilish lozim.

Muvofiq ravishda quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

  • 1-hafta

Ayol tabletkalarni qabul qilish kerakligi toʻgʻrisida eslashi bilan oʻtkazib yuborilgan tabletkani, xatto bu agar ikkita tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa ham, qabul qilishi kerak. Soʻngra qabul qilishni odatdagi sxema boʻyicha davom ettirish kerak. Keyingi 7 kun davomida qoʻshimcha ravishda kontratsepsiyaning toʻsiqli usulini (prezervativ) qoʻllash lozim. Agar avvalgi 7 kun davomida ayolda jinsiy aloqa sodir boʻlgan boʻlsa, homiladorlikni yuz berish ehtimolini hisobga olish kerak. Tabletkalarni qabul qilishni qancha koʻp oʻtkazib yuborilgan boʻlsa va preparatni qabul qilishdagi tanaffus jinsiy aloqa vaqtiga qanchalik yaqin boʻlsa, homiladorlik xavfi ham shunchalik yuqori boʻladi.

  • 2-hafta

Ayol tabletkalarni qabul qilishi kerakligi toʻgʻrisida eslashi bilan oʻtkazib yuborilgan tabletkani xatto, agar bu bir vaqtda ikkita tabletkani qabul qilishni bildirsa ham, qabul qilishi kerak. Keyin qolgan tabletkalarni qabul qilishni odatdagi sxema boʻyicha davom ettirish kerak. Agar oʻtkazib yuborilgan birinchi dozadan avvalgi 7 kun davomida ayol tabletkalarni oʻz vaqtida qabul qilgan boʻlsa, kontratsepsiyaning qoʻshimcha (nogormonal) usullaridan foydalanish shart emas. Aks holda yoki agar ayol 1 tadan ortiq tabletkani oʻtkazib yuborgan boʻlsa, keyingi 7 kun davomida kontratsepsiyaning qoʻshimcha usullarini qoʻllash tavsiya qilinadi.

  • 3-hafta

Platsebo tabletkalarini qabul qilinishi tufayli kontratsepsiyaning ishonchliligi pasayishi mumkin. Bunga preparatni qabul qilishni moslashtirish yoʻli bilan yoʻl qoʻymaslik mumkin. Agar quyida keltirilgan ikkita sxemadan istalganidan foydalanilsa va bunda ayol oʻtkazib yuborilgan birinchi dozadan oldingi 7 kun davomida tabletkalarni oʻz vaqtida qabul qilgan boʻlsa, kontratsepsiyaning qoʻshimcha usullarini qoʻllashga zarurat yoʻq. Aks holda quyidagi ikki sxemaning biridan foydalanish, shuningdek keyingi 7 kun davomida kontratsepsiyaning qoʻshimcha usullarini qoʻllash tavsiya qilinadi.

  1. Ayol oʻtkazib yuborilgan tabletkani, uni qabul qilish kerakligi toʻgʻrisida eslashi bilanoq xatto, agar bu bir vaqtning oʻzida ikkita tabletkani qabul qilishni bildirsa ham, qabul qilishi kerak. Keyin qolgan tabletkalarni qabul qilishni odatdagi sxema boʻyicha davom ettirish kerak. Yangi oʻramdan qabul qilishni, avvalgi oʻram tugashi bilanoq boshlash kerak, yaʼni platsebo tabletkalarini qabul qilmasligi kerak. Ikkinchi oʻramdan platsebo tabletkalarini qabul qilinishi boshlangunicha “bekor qilish qon ketishi”ning paydo boʻlish ehtimoli yuqori emas, ammo ayrim ayollarda preparatni qabul qilish vaqtidayoq surkaluvchi ajralmalar yoki koʻp miqdorda qon ketish paydo boʻlishi mumkin.
  2. Ayolga joriy oʻramdagi preparatni qabul qilishni toʻxtatishni tavsiya qilish mumkin. Ayol platsebo tabletkalarini darhol davom ettirishi kerak. Oʻtkazib yuborilgan yoki platsebo tabletkalarining umumiy soni 7 dan oshmasligi kerak. Soʻngra yangi oʻramdan qabul qilishni boshlash kerak.
  • 4-hafta

Kontratsepsiyaning ishonchliligi pasaymaydi, ayol tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilishi kerak.

Preparatni qabul qilish oʻtkazib yuborilganda va keyinchalik platsebo tabletkani qabul qilishda birinchi normal tanaffusda qon ketishi yuz bermasa, homiladorlik sodir boʻlishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Meʼda-ichak buzilishlari yuz bergan hollarda tavsiyalar

Ogʻir meʼda-ichak buzilishlari boʻlgan hollarda soʻrilish toʻliq boʻlmasligi mumkin va kontratsepsiyaning qoʻshimcha choralarini koʻrish lozim. Agar preparat qabul qilingandan keyin 3-4 soat davomida qusish paydo boʻlsa, navbatdagi preparatni qabul qilishni oʻtkazib yuborish holatlariga oid tavsiyalardan foydalanish lozim (“Preparatni navbatdagi qabul qilinishi oʻtkazib yuborilgan hollarda qanday qaror qabul qilish kerak” boʻlimiga qarang). Agar ayol qabul qilishning odatdagi sxemasini oʻzgartirishni xohlamasa, unda u boshqa oʻramdan qoʻshimcha tabletka(lar)ni qabul qilishi kerak.

Hayz koʻrishning boshlanish muddatini qanday oʻzgartirish mumkin

Hayz koʻrish muddatini uzaytirish uchun platsebo tabletkani qabul qilmasdan,
Marvelon 28 preparatining boshqa oʻramidan tabletkalarni qabul qilishni davom ettirish lozim. Ikkinchi oʻramdagi tabletkalar tugagunicha hayz koʻrishni istalgan muddatga kechiktirish mumkin. Bu davrda ayolda koʻp miqdorda qon ketishi yoki surkaluvchan ajralma paydo boʻlishi mumkin. Bunda preparatni odatiy sxema boʻyicha qabul qilishni platsebo tabletkalarini qabul qilishdagi 7 kunlik intervaldan keyin qayta boshlash lozim. Hayz koʻrishni boshlanish muddatini boshqa kunga surish uchun platsebo tabletkalarni qabul qilishdagi odatiy tanaffusni qancha kerak boʻlsa, shunchaga qisqartirish mumkin. Tanaffus qanchalik qisqa boʻlsa, tanaffus vaqtida hayz koʻrishni boʻlmaslik xavfi va ikkinchi oʻramdagi tabletkalarni qabul qilish vaqtida koʻp qon ketishi yoki surkaluvchi ajralmalarni paydo boʻlish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Marvelon 28 yoki umuman MOK qabul qilgan ayollarda klinik sinovlarda va kuzatuvi boʻlgan tadqiqotlarda qayd qilingan, u bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan noxush taʼsirlar quyidagi jadvalda1 keltirilgan:

Aʼzolar tizimining sinfi1

Tez-tez 

(≥ 1/100 )

Tez-tez emas

(≥ 1/000 va <100)

Kam hollarda

(< 1/1000)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

 

 

Oʻta yuqori sezuvchanlik

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar

 

Organizmda suyuqlikni tutilib qolishi

 

Ruhiyatni buzilishlari

Emotsional labillik, depressiya,

Libidoni pasayishi

Libidoni oshishi

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Bosh ogʻrigʻi

Migren

 

Koʻrish aʼzosi tomonidan buzilishlar

   

Kontakt linzalarini oʻzlashtira olmaslik

Qon tomirlari tizimi tomonidan buzilishlar

   

Venoz tromboemboliya2, arterial tromboemboliya2.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Koʻngil aynishi, qorinda ogʻriq

Qusish, diareya

 

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

 

Teri toshmasi, eshakemi

Tugunsimon eritema, ekssudativ eritema

Jinsiy aʼzolari va sut bezi tomonidan buzilishlar

Koʻkrakda ogʻriq, sut bezlaridagi ogʻriq

Sut bezlarini kattalashishi

Vaginal ajralmalar, sut bezlaridan ajralmalar

Laborator va instru-mental tekshiruvlarning natijalariga taʼsiri

Tana vaznini oshishi

 

Tana vaznini kamayishi

Maʼlum bir nojoʻya reaksiyalarni taʼriflash uchun eng toʻgʻri keluvchi MedDRA terminlari (10.1 versiyasi) koʻrsatilgan. Sinonimlar yoki bogʻliq holatlar koʻrsatilmagan, lekin eʼtiborga olinishi lozim.

2 Tadqiqotlarda kuzatilgan guruhlardagi kasallanish koʻrsatkichi yiliga ≥1/10000 dan <1/1000 gacha ayolni tashkil etgan.

Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qiluvchi ayollarda qayd qilingan noxush hodisalarning ayrimlari “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimida batafsil koʻrib chiqiladi. Ularga quyidagilar: venoz tromboembolik buzilishlar; arterial tromboembolik buzilishlar; gipertenziya; gormonga bogʻliq oʻsmalar (masalan, jigar oʻsmalari, koʻkrak raki); xloazma kiradi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Quyida sanab oʻtilgan kasalliklar (holatlar) dan birontasi mavjud boʻlganida majmuaviy gormonal kontratseptivlarni qabul qilish mumkin emas. Agar ulardan birontasi preparatni qabul qilish fonida yuz bersa, uni qabul qilishni darhol toʻxtatish lozim.

  • hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi venoz trombozni (chuqur venalar trombozi, oʻpka tomirlar emboliyasini) boʻlishi;
  • hozirgi vaqtda yoki anamnezda arterial trombozni (miokard infarkti, bosh miyada qon aylanishini buzilishi) yoki prodromal xolatlari (masalan, bosh miyada qon aylanishini oʻtuvchan buzilishi, stenokardiya) boʻlishi;
  • venoz yoki arterial trombozga nisbatan maʼlum boʻlgan moyillik, masalan faollashtirilgan S proteinni rezistentligi (ARS), antitrombin III yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, gipergomotsisteinemiya, antifosfolipidli antitelalardan iborat boʻladi;
  • hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi oʻchoqli nevrologik simptomatikasi bilan kechuvchi migren (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang);
  • qon tomirlarni shikastlanishi bilan kechuvchi qandli diabet;
  • ogʻir yoki koʻplab omillarining mavjudligi venoz yoki arterial tromboz xavfining rivojlanishi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang);
  • katta jarrohlik aralashuvlari uzoq muddatli immobilizatsiyasi bilan (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang);
  • hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi yaqqol namoyon boʻlgan gipertriglitseridemiya bilan kechuvchi pankreatit;
  • hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi jigarning ogʻir kasalliklarini boʻlishi (agar jigar faoliyatini koʻrsatkichlari meʼyoriy qiymatga qaytmagan boʻlsa);
  • hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi jigar oʻsmalari (xavfli va xavfsiz);
  • jinsiy aʼzolarning yoki sut bezlarining aniqlangan yoki taxmin qilingan gormonga qaram xavfli oʻsmasi;
  • qindan nomaʼlum etiologiyali qon ketishi;
  • aniqlangan yoki taxmin qilingan homiladorlik;
  • Marvelon 28 ning faol moddalaridan birontasiga yoki preparatning yordamchi moddalariga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Marvelon 28 ni S gepatiti virusiga (HCV) qarshi preparatlar ombitasvir/paritaprevir/ritonavirni dasabuvir bilan majmuasi yoki usiz qoʻllanganda qoʻllash mumkin emas (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Izoh: potensial oʻzaro taʼsirlarni aniqlash uchun bir vaqtda qoʻllanilayotgan preparatning yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.

Peroral kontratseptivlar bilan boshqa dori vositalari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir, hayz koʻrishlar oʻrtasidagi qon ketishlarga va/yoki kontratseptivlarni samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Adabiyotlarda quyidagi oʻzaro taʼsirlar bayon qilingan.

Jigardagi metabolizmi: oʻzaro taʼsirlar mikrosomal fermentlarni, xususan sitoxrom P450 (CYP) fermentlarini induksiya qiluvchi dori vositalari yoki oʻsimliklardan olinadigan vositalar bilan yuz berishi mumkin, bu jinsiy gormonlarning qon plazmasidagi konsentratsiyasini pasaytirib, klirensini oshishiga olib kelishi mumkin va majmuaviy oral kontratseptivlarning, shu jumladan Marvelon 28 ning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Bu vositalarga fenitoin, fenobarbital, primidon, bozentan, karbamazepin, rifampitsin va ehtimol, shuningdek okskarbazepin, topiramat, felbamat, grizeofulvin, OITV-proteazasi ayrim ingibitorlari (masalan, ritonavir) va qaytar transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari (masalan, efavirenz), shuningdek  tarkibida teshik dalachoy saqlagan oʻsimlik dori vositalari kiradi. Fermentlarning induksiyasi davolash boshlangandan soʻng bir necha kundan keyin roʻy berishi mumkin. Fermentlarning maksimal induksiyasi odatda bir necha haftadan keyin kuzatilgan. Davolash toʻxtatilganidan keyin enzimlarning induksiyasi taxminan 28 kun davomida saqlanib qolishi mumkin.

Gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qoʻllanganda OITV proteazasining koʻpgina ingibitorlari (masalan, nelfiravin) va qaytar transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari (masalan, nevirapin) va/yoki S gepatiti virusiga qarshi preparatlar (masalan, botseprevir, telaprevir) bilan majmuada progestinlarning, shu jumladan etonogestrel, dezogestrelning faol metaboliti yoki estrogenlarning plazmadagi konsentratsiyalarini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Bu oʻzgarishlarning foydali samarasi ayrim hollarda klinik ahamiyatli boʻlishi mumkin.

Yuqorida koʻrsatilgan, jigar enzimlarini induksiya qiluvchi preparatlar yoki oʻsimliklardan olinadigan preparatlardan birontasi bilan davolanayotgan ayollarga Marvelon 28 preparatining samaradorligini pasayishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar berish lozim. Jigar enzimlarini induksiya qiluvchi preparatlarni qoʻllaganda yoki bunday preparatni qoʻllash toʻxtatilganidan keyin 28 kun davomida Marvelon 28 ga qoʻshimcha ravishda kontratsepsiyaning toʻsiqli usullaridan foydalanish kerak.

Agar faol tabletkalarni bir vaqtda qoʻllanishi joriy oʻramdagi MOK ning oxiriga toʻgʻri kelayotgan boʻlsa, MOK ning keyingi oʻrami, gormon saqlamaydigan tabletkalarni odatdagi tarzda qabul qilmasdan darhol boshlanishi kerak.

Jigar enzimlarini induksiya qiluvchi preparatlar bilan uzoq muddat davomida davolanishda, jigar enzimlarini induksiya qiluvchi preparatlar taʼsiriga uchramaydigan muqobil kontratsepsiya usulini tanlash kerak.

CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin) yoki oʻrtacha ingibitorlari (masalan, flukonazol, diltiazem, klaritromitsin) bilan bir vaqtda qoʻllanishi qon plazmasida estrogenlar va progestinlar, shu jumladan etonogestrel, dezogestrelning faol metabolitining konsentratsiyasini oshirishi mumkin.

Peroral kontratseptivlar boshqa dori vositalarini metabolizmiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ularning plazmadagi va toʻqimalardagi konsentratsiyalari muvofiq ravishda oshishi (masalan, siklosporin) yoki pasayishi (masalan, lamotridjin) mumkin.

Klinik tadqiqotlar vaqtida HCV (S gepatiti virusi) ga qarshi preparatlarni ombitasvir/paritaprevir/ritonavirni dasabuvir bilan yoki usiz majmuasi qoʻllanganda ALT darajasini normaning yuqori chegarasi (ULN) dan besh marta oshishi MGK (majmuaviy gormonal kontratseptivlar) kabi etinilestradiol saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ancha koʻp boʻlgan. Marvelon 28 ni ombitasvir/paritaprevir/ritonavir preparatlarini dasabuvir bilan yoki usiz majmuada qoʻllash tartibi bilan davolash boshlanishidan oldin toʻxtatish kerak (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimlariga qarang). Marvelon 28 ni preparatlar majmuasi bilan davolash tugaganidan keyin taxminan 2 haftadan soʻng davom ettirish mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Quyida sanab oʻtilgan holatlardan yoki xavf omillaridan birontasi boʻlgan hollarda MOK ni qabul qilish afzalliklari va mumkin boʻlgan xavflarini sinchkov baholash lozim. Bu masalani preparatni qabul qilishdan avval patsiyent bilan muhokama qilish kerak. Kasallik zoʻraygan hollarda, holatni yomonlashishida yoki yuqorida eslatilgan holatlarni yoki xavf omillarining birinchi simptomlari paydo boʻlgan hollarda, patsiyent zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi lozim. Shifokor preparatni bekor qilish kerakligini hal qilishi lozim.

  1. Qon tomirlardagi buzilishlar
  • Epidemiologik tadqiqotlar, MOK ni qoʻllanishi va miokard infarkti, insult, chuqur venalar trombozi va oʻpka emboliyasi kabi arterial trombotik/tromboembolik koʻrinishlar xavfini oshishi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjudligini koʻrsatdi. Bu koʻrinishlar kam hollarda roʻy beradi.
  • MOK ni qoʻllanishi chuqur venalar trombozi va/yoki oʻpka emboliyasi koʻrinishida namoyon boʻluvchi venoz tromboemboliya (VTE) ning yuqori xavfi bilan bogʻliqdir. Xavf MOK ni birinchi yil qoʻllaganda eng yuqori boʻladi. Xavf shuningdek aynan bir MOK ni boshlangʻich qoʻllashni boshida yoki qoʻllash qayta boshlangandan keyin yoki boshqa MOK ni qoʻllangandagi 4 haftalik yoki undan ortiq tanaffusdan keyin ortadi.
  • Ayrim epidemiologik tadqiqotlarda, MOK ning past dozalarini progestogenning uchinchi avlodi, shu jumladan dezogestrel bilan birga qabul qilgan ayollarda, MOK ning past dozalarini progestogen levonogestrel bilan birga qabul qilganlarga nisbatan VTE ni yuz berishining yuqori xavfi borligi aniqlandi. Bu tadqiqotlar xavfni taxminan 2 marta oʻsishini koʻrsatdi, bu yiliga 10 000 ayolga VTE ning qoʻshimcha 1-2 holatiga toʻgʻri keladi. Biroq boshqa tadqiqotlarning maʼlumotlari xavfni 2 barobar oshishini koʻrsatmagan.
  • MOK uchun estrogenning past dozalarini (<0,05 mg etinilestradiol) qabul qilgan ayollarda VTE holatlari chastotasi, MOK ni qabul qilmagan 10000 ayollardagi yiliga 1-5 holatlarga nisbatan, 10000 ayolda yiliga taxminan 3 dan 12 tagacha holatni tashkil etgan. MOK ni qabul qilayotgan ayollarda VTE ni yuz berish xavfi, homiladorlik vaqtidagi VTE xavfidan pastroq (10 000 ayolda yiliga 5-10 holat). VTE ning natijasi sifatida oʻlim holati 1-2% holatlarda qayd etilgan.
  • Juda kam hollarda tromboz boshqa qon tomirlarda (masalan, jigar, ichak tutqichi, buyrak, miya yoki koʻzning toʻr pardasi venalari va arteriyalarida) yuz beradi.
  • Venoz yoki arterial trombotik/tromboembolik koʻrinishlarning yoxud miyada qon aylanishini buzilish simptomlari: oyoqda bir tomonlama ogʻriqni va/yoki shishni; chap qoʻlga beruvchi yoki bermaydigan koʻkrakda behosdan kuchli ogʻriqni; toʻsatdan boʻgʻilishni; toʻsatdan yoʻtalni; har qanday gʻayri-oddiy, kuchli, davomli bosh ogʻrigʻini; koʻrishni toʻsatdan qisman yoki toʻliq yoʻqolishini; diplopiyani; tushunarsiz nutq yoki afaziyani; bosh aylanishini; fokal tutqanoq huruji bilan yoki usiz kechuvchi kollapsni; holsizlik yoki yaqqol namoyon boʻlgan, tananing bir tomonida yoki bir qismida toʻsatdan paydo boʻlgan et jimirlashini; harakat buzilishlarini; “oʻtkir” qorin sindromini oʻz ichiga oladi.
  • Venoz tromboz/tromboemboliya xavfi:
    • yosh oʻtgani sayin;
    • oilaviy anamnezda mavjud (yaʼni, tugʻishgan aka yoki opa-singillarida yoki ota-onalarida nisbatan yoshroq vaqtida VTE bilan kasallanish holatlari) boʻlgan patsiyentlarda oshib boradi. Agar nasliy moyillik taxmin qilinayotgan boʻlsa, ayol biron-bir gormonal kontratseptivni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun mutaxassisga murojaat qilishi lozim;
    • semizlik bilan xastalangan (tana vazni indeksi 30 kg/m2 dan yuqori) patsiyentlarda;
    • uzoq muddatli immobilizatsiyada, yirik jarrohlik aralashuvini, oyoqlarda jarrohlik aralashuvi oʻtkazgan yoki ogʻir travmasi boʻlgan patsiyentlarda oshadi. Bunday vaziyatlarda MOK ni qoʻllashni toʻxtatish (rejali jarrohlik aralashuvlarida operatsiyadan uzogʻi bilan 4 hafta oldin) va toʻliq remobilizatsiyadan keyin 2 hafta davomida ularni ishlatishni qaytadan boshlamaslik tavsiya etiladi (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang);
    • ehtimol, yuzaki tromboflebitda va venalarni varikoz kengayishida oshsa kerak. Ushbu koʻrinishlarni venoz tromboemboliyaning etiologiyasiga boʻlishi mumkin boʻlgan taʼsiri toʻgʻrisida yakdil fikr yoʻq.
  • Arterial tromboz/tromboemboliya xavfi:
  • yosh oʻtgani sayin;
  • chekkanda (yosh oʻtgani sayin va kuniga chekiladigan sigaretalar soni oshgani sayin, xavf xam, ayniqsa 35 yoshdan katta ayollarda ortib boradi);
  • dislipoproteinemiya;
  • semizlik (tana vazni indeksi 30 kg/m2 dan yuqori);
  • arterial gipertenziya;
  • migren;
  • yurak klapanlari kasalligi;
  • yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasi bilan bogʻliq ravishda oshib boradi;
  • oilaviy anamnezda tromboembolik kasalliklarni bor (masalan, tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillarida yoki ota-onalarida nisbatan yoshroq vaqtida arterial tromboemboliya) boʻlgan patsiyentlarda oshib boradi. Agar nasliy moyillik taxmin qilinayotgan boʻlsa, ayol har qanday MOK ni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun mutaxassisga murojaat qilishi lozim.
  • Tromboemboliya bilan kasallanishni rivojlanish xavfi tugʻruqdan keyingi davrda yuqori boʻlishiga eʼtibor berish lozim (“Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi” boʻlimiga qarang).
  • Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi boshqa kasalliklarga: qandli diabet, tizimli qizil yugirik, gemolitiko-uremik sindrom, ichakning surunkali yalligʻlanish kasalliklari (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va oʻroqsimon hujayrali anemiya kiradi.
  • MOK ni qabul qilinganda migrenlar soni va jadalligini oshishi (bu shuningdek serebrovaskulyar buzilishlarning belgisi boʻlishi mumkin) MOKni zudlik bilan bekor qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
  • Venoz yoki arterial trombozga tugʻma yoki orttirilgan moyillikning markerlari boʻlishi mumkin boʻlgan biokimyoviy koʻrsatkichlarning oʻzgarishlari faollashtirilgan S proteinining rezistentligi (ARS), gipergomotsisteinemiyani, antitrombin III yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, antifosfolipid antitelolarni (kardiolipinga antitelolar, yugurikga qarshi antikoagulyant) ni oʻz ichiga oladi.
  • MOK ni qabul qilishdan olingan ijobiy va salbiy samaralarni baholashda shifokor ushbu kasalliklarni adekvat davolaganda trombozni rivojlanish xavfi ancha pasayishini hisobga olishi lozim.
  1. Oʻsmalar
    • Epidemiologik tadqiqotlar, MOK uzoq muddat davomida qoʻllash odam papillomasi virusi (OPV-infeksiyasi) tomonidan zararlangan ayollarda bachadon boʻyni rakini rivojlanishini asosiy xavf omili ekanligini qayd etadi. Biroq bu samarani tarqalishi, bachadon boʻynini koʻriklari sonini oshishi va jinsiy xulqdagi farqlar, shu jumladan kontratsepsiyaning toʻsiqli usullari kabi aralash omillarning taʼsiri yoki sababli aloqalar bilan bogʻliqdir.
    • 54 ta epidemiologik tadqiqotlarning meta-tahlili hozirgi paytda MOK ni qoʻllayotgan ayollarda sut bezi rakini nisbiy rivojlanish xavfini (1,24) biroz oshishini koʻrsatgan. Yuqori xavf MOK bekor qilingandan keyin 10 yil davomida asta-sekin kamayadi. Sut bezi raki 40 yoshgacha boʻlgan ayollarda ancha kam uchrashi tufayli, hozirgi vaqtda MOK ni qoʻllovchi yoki ulardan foydalanishdan yaqinda voz kechgan ayollarda sut bezi rakini rivojlanishini oshish ehtimoli, rakni rivojlanishining dastlabki xavfiga nisbatan unchalik yuqori emas. Bu tadqiqotlarda rakning etiologiyasi boʻyicha maʼlumotlar keltirilmaydi. Sut bezi raki xavfini oshishini MOK ni qabul qilayotgan ayollarda, sut bezi raki tashxisi ancha erta muddatlarda aniqlanishi va MOK ning biologik samaralari bilan yoki har ikkala omilni birga uchrashi bilan tushuntirish mumkin. Qachonlardir MOK ni qabul qilgan ayollarda sut bezi raki, hech qachon MOK ni qabul qilmagan ayollarga qaraganda, klinik jihatdan kamroq oʻtkazib yuborilishi toʻgʻrisidagi tendensiya mavjud.
    • Juda kam hollarda MOK ni qoʻllaganda jigarning xavfsiz va undan kam hollarda xavfli oʻsmalarining rivojlanish holatlari kuzatilgan. Alohida holatlarda bu oʻsmalar hayot uchun xavf soluvchi qorin ichi qon ketishlariga olib kelgan. Agar simptomlar qorinning yuqori qismida oʻtkir ogʻriqni, jigarni kattalashishi yoki qorin ichida qon ketishini oʻz ichiga olsa, shifokor MOK ni qabul qilayotgan ayollarda kasalliklarni differensial diagnostikasida jigar oʻsmasi boʻlishi mumkinligini hisobga olishi kerak.
  1. S gepatiti
  • Klinik tadqiqotlar vaqtida HCV (S gepatiti virusi) ga qarshi preparatlarni ombitasvir/paritaprevir/ritonavirni dasabuvir bilan majmuasi yoki usiz qoʻllanganda ALT darajasini normaning yuqori chegarasi (NYUCh) dan besh marta oshishi MGK (majmuaviy gormonal kontratseptivlar) kabi etinilestradiol saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ancha koʻp boʻlgan. Marvelon 28 ni ombitasvir/paritaprevir/ritonavir preparatlarini dasabuvir bilan majmuada yoki usiz qoʻllash tartibi bilan davolash boshlanishidan oldin toʻxtatish kerak (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimlariga qarang). Marvelon 28 ni preparatlar majmuasi bilan davolash tugaganidan keyin taxminan 2 haftadan soʻng davom ettirish mumkin.
  1. Boshqa kasalliklar
  • Agar ayolda yoki uning oila aʼzolarida gipertriglitseridemiya aniqlangan boʻlsa, unda MOK qabul qilinganda pankreatit xavfi ortishi mumkin.
  • MOK qabul qilayotgan koʻpchilik ayollarda arterial bosimni birozgina oshish holatlari qayd qilinganligiga qaramay, klinik jihatdan sezilarli holatlar anchagina kam. MOK ni qabul qilish bilan gipertenziyani rivojlanishi oʻrtasida bogʻliqlik aniqlanmagan. Ammo MOK dan foydalanuvchi ayollarda turgʻun, klinik jihatdan ahamiyatli arterial gipertenziya rivojlansa, shifokor MOK ni bekor qilishi va arterial gipertenziyani davolashni buyurishi kerak. Antigipertenziv davolash yordamida arterial bosimining normal qiymatlariga erishishga muvaffaq boʻlingan hollarda, shifokor, patsiyent MOK ni qabul qilishni qayta boshlashi mumkinligini hisobga olishi mumkin.
  • Xolestaz sababli chaqirilgan sariqlik va/yoki qichishish; oʻt pufagida toshlarni hosil boʻlishi, porfiriya, tizimli qizil yugurik, gemolitik-uremik sindrom, Sidengam xoreyasi (kichik xoreya), homiladorlar gerpesi, otoskleroz natijasida eshitish qobiliyatini yoʻqotilishi (irsiy), angionevrotik shishning homiladorlikda ham, MOK ni qabul qilinganda ham rivojlanishi yoki zoʻrayishi toʻgʻrisidagi xabarlar mavjud, ammo bularni MOK ni qabul qilinishiga taalluqli ekanligi yuzasidan dalillar ishonchli emas.
  • Jigar funksiyasini oʻtkir yoki surunkali buzilishlari MOK ni jigar funksiyasini koʻrsatkichlarini normaga kelgunicha bekor qilinish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Ilgari homiladorlik davrida yoki jinsiy steroid preparatlardan foydalanilganda kuzatilgan xolestatik sariqlikni qaytalanishi MOK ni bekor qilinishini talab qiladi.
  • Garchi MOK periferik toʻqimalarning insulinga va glyukozaga boʻlgan tolerantligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlsada, qandli diabeti boʻlgan bemorlarda <0,05 mg etinilestradiol saqlovchi MOK ning kichik dozalarini qabul qilish boʻyicha terapevtik sxemani oʻzgartirish lozimligi toʻgʻrisida dalillar yoʻq. Har qanday holatda ham, qandli diabet bilan ogʻrigan ayollar MOK ni qabul qilish vaqtida shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida boʻlishlari kerak.
  • MOK ni qabul qilish hamda Kron kasalligi va yarali kolitlar oʻrtasida bogʻliqlik mavjudligiga oid maʼlumotlar mavjud.
  • Baʼzida, ayniqsa ayol avvalroq homilador boʻlgan boʻlsa, MOK ni qabul qilganida yuz terisini pigmentatsiyasi (xloazma) kuzatilishi mumkin. Xloazma moyilligi boʻlgan ayollar MOK ni qabul qilish vaqtida toʻgʻridan-toʻgʻri tushuvchi quyosh yoki ultrabinafsha nurlaridan saqlanishlari lozim.
  • Marvelon 28 ning har bir tabletkasi <80 mg laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan nasliy oʻzlashtira olmasligi, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani soʻrilishini buzilishi boʻlgan, laktozasiz parhezga rioya qiluvchi patsiyentlar yuqoridagilarni eʼtiborga olishlari kerak.

Shuningdek kontratsepsiyaning biron-bir usulidan foydalanish tavsiya qilinganda ham, yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni hisobga olish lozim.

Tibbiy koʻriklar/maslahatlar

Marvelon 28 preparatini qoʻllashni qaytadan boshlashdan oldin batafsil tibbiy anamnezni (shu jumladan oilaviy anamnezni) toʻplash va homiladorlik ehtimolini istisno qilish lozim. Qon bosimini oʻlchash va klinik koʻrsatmalar boʻlganda qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlarni (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang) va ehtiyotkorlik choralarini (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang) hisobga olgan holda, sinchkov tekshiruvni oʻtkazish lozim. Shuningdek, ayol preparatni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalarni diqqat bilan oʻrganib chiqishni va olingan tavsiyalarga amal qilishning muhimligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak. Tekshiruvlarni oʻtkazish tez-tezligi va roʻyxati umum qabul qilingan amaliyotga asoslanishi va har bir ayol uchun individual  tanlanishi kerak.

Ayolga peroral kontratseptivlar OITV (OITS) va jinsiy yoʻllar bilan yuqadigan boshqa infeksiyalardan himoyalamasligini xabar qilish lozim.

Samaradorlikni pasayishi

Marvelon 28 ning samaradorligi qabul qilishlar oʻtkazib yuborilgan hollarda (“Qoʻllash usuli va dozalari. Preparatning navbatdagi dozasini qabul qilishni oʻtkazib yuborilgan hollarda nima qilish kerak” boʻlimiga qarang), meʼda-ichak buzilishlari (“Qoʻllash usuli va dozalari. Meʼda-ichak buzilishlari paydo boʻlgan hollardagi tavsiyalar” boʻlimiga qarang) yoki qon plazmasida dezogestrelning faol metaboliti – etonogestrelning konsentratsiyasini kamaytiradigan preparatlarni yondosh qabul qilinganda pasayishi mumkin (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Nomuntazam qonli ajralmalar

MOK ni qabul qilinganda, ayniqsa foydalanishning birinchi oylarida, nomuntazam surkaluvchi yoki koʻp miqdordagi qonli ajralmalar paydo boʻlishi mumkin. Shuning uchun nomuntazam qon ketishlarini baholashni, faqat uchta hayz sikli davomiyligidagi adaptatsion davri tugaganidan keyin oʻtkazish lozim.

Agar nomuntazam qon ketishlar saqlanib qolsa yoki oldingi muntazam sikllardan keyin paydo boʻlsa, sikl buzilishining nogormonal sabablari boʻlishi mumkinligini hisobga olish va xavfli oʻsmalarni yoki homiladorlikni istisno qilish uchun muvofiq tekshiruvlarni oʻtkazish kerak. Bu choralar bachadonni diagnostik tozalashlarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Ayrim ayollarda platsebo tabletklarni qabul qilishganida hayz koʻrishga oʻxshash qon ketishlari boʻlmasligi mumkin. Agar MOK yuqorida keltirilgan “Qoʻllash usuli va dozalari” boʻlimidagi tavsiyalariga muvofiq qabul qilingan boʻlsa, ayolni homilador boʻlish ehtimoli uncha yuqori boʻlmaydi. Aks holda, agar MOK qon ketishini birinchi marta boʻlmasligigacha boʻlgan tavsiyalarga muvofiq qabul qilinmagan boʻlgan yoki agar qon ketishi ketma-ket ikki marta boʻlmasa, homiladorlikni yuz berish ehtimolini istisno qilish va MOK ni qoʻllashni davom ettirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Laborator tekshirishlar

Peroral kontratseptivlar ayrim laboratoriya tekshirish natijalariga, shu jumladan jigar, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va buyrak funksiyasining biokimyoviy koʻrsatkichlariga, plazmadagi transport oqsillari, masalan, kortikosteroid bogʻlovchi globulin va lipidlar/lipoproteinlarni fraksiyalarining miqdoriga uglevod almashinuvi koʻrsatkichlariga, koagulyatsiya va fibrinoliz koʻrsatkichlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Odatda bu oʻzgarishlar laboratoriya koʻrsatkichlarining normal qiymatlari chegaralarida boʻladi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Marvelon 28 preparatini homiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas. Homiladorlik yuz bergan hollarda Marvelon 28 preparatini qabul qilishni toʻxtatish lozim. Biroq epidemiologik tekshirishlar onalari homiladorlikkacha MOK ni qabul qilgan bolalarda na tugʻma nuqsonlar xavfini oshishini, na homiladorlikning erta muddatlarida MOK ning tasodifan qoʻllanilishi natijasida teratogen taʼsirlarni aniqlanmagan.

MOK laktatsiyaga taʼsir koʻrsatishi mumkin, chunki ular ona suti miqdorini kamaytiradi va uning tarkibini oʻzgartiradi. Shuning uchun emizuvchi ayol bolasini emizishni toʻliq toʻxtatmagunicha MOK dan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Kontratseptiv steroidlar va/yoki ularning almashinuvi mahsulotlarining oz miqdori sut bilan ajralib chiqishi mumkin, biroq ularni yangi tugʻilgan chaqaloqning sogʻligʻiga noxush taʼsirini koʻrsatuvchi dalillar mavjud emas.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Marvelon 28 preparatini avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Marvelon 28 preparatini dozasini oshirib yuborilgan hollarda biron-bir jiddiy asoratlar kuzatilmagan. Dozani oshirib yuborilganda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan simptomlar: koʻngil aynishi, qusish, yosh qizlarda – qindan uncha koʻp boʻlmagan qonli ajralmalar boʻlishi mumkin. Antidotlari yoʻq va keyingi davolash simptomatik boʻlishi kerak.

 

Chiqarilish shakli

28 tabletkadan alyumin folgali sashega joylashtirilgan PVX/Al blisterda.

1, 3 yoki 100 alyumin folgali sashe qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

2°S-30°S haroratda, yorugʻlikdan va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.